I bob. Sanoat ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi


Download 106.64 Kb.
bet3/10
Sana23.06.2023
Hajmi106.64 Kb.
#1652535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SANOAT ISHLAB CHIQARISH, QISHLOQ XO’JALIGI

Kurs ishining mavzusi: Sanoat ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi, zargarlik buyumlari, maishiy uy-ro’zg’or buyumlari, va mahsulotlarni tayyorlashda xomashyo va buyumlarni rejalash, o’lchash, tehnologik xarita tuzish, eskizlar tayorlash va texnologik konstruksiyalashni o’rganish.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, ikkita bob, har bobda uch tadan reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar.

I.BOB. SANOAT ISHLAB CHIQARISH, QISHLOQ XO’JALIGI
1.1. Sanoat ishlab chiqarish
Sanoat tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash dasturlarining amalga oshirilishi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi, respublika sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga zamin yaratdi.
1995 yilda sanoat ishlab chiqarishning hajmi 1990 yilga nisbatan 0,2 foizga kamayganiga qaramay, 2000 yildan boshlab (1990 yilga nisbatan) o`sish 1,2 m., 2005 yilda – 1,8 m., 2010 yilda – 3,0 m. va 2016 yilda esa 4,6 m. oshganini ko`rsatmoqda.
1-rasm
Sanoat ishlab chiqarishning o`sish sur`atlari dinamikasi

Shuni ta`kidlash lozimki, 2016 yilda respublikaning jami sanoat ishlab chiqarilishi hajmi asosan Toshkent shahri (21,0%), Toshkent (15,1%), Navoiy (9,5%), Qashqadaryo (8,6%), Farg`ona (7,2%), Andijon (7,1%) va Samarqand (6,7%) viloyatlari hisobidan shakllangan bo`lib, juda katta bo`lmagan ulushi esa Jizzax (1,8%), Surxondaryo (2,0%) va Xorazm (2,5 %) viloyatlariga to`g`ri kelmoqda.
2-rasm
2016 yilda O`zbekiston Respublikasida jami sanoat ishlab chiqarish hajmida hududlarning ulushi
(jamiga nisbatan foizda)


2016 yilda hududlar kesimida sanoat ishlab chiqarishning aholi jon boshiga hajmi Navoiy viloyatiga (11395 ming so`m), Toshkent shahriga (9761 ming so`m), Toshkent (5998 ming so`m), Sirdaryo (4421 ming so`m) va Qashqadaryo (3151 ming so`m) viloyatlariga to`g`ri keladi. Aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishning eng past hajmi esa Surxandaryo (903 ming so`m) va Namangan (1323 ming so`m) viloyatlarida kuzatilmoqda.



Download 106.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling