I bob. Savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanishining nazariy asoslari
Download 22.98 Kb.
|
MUNDАRIJА (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. O’ZBEKISTON VA JANUBIY KOREYA SAVDO-IQTISODIY ALOQALARI RIVOJLANISHINING TAHLILI
- III BOB. O’ZBEKISTON VA JANUBIY KOREYA SAVDO-IQTISODIY ALOQALARI RIVOJLANISHINING ISTIQBOLLARI
- Xulosа
MUNDАRIJА Kirish.................................................................................................................... I BOB. SAVDO-IQTISODIY ALOQALAR RIVOJLANISHINING NAZARIY ASOSLARI ........................................................................................ 1.1. Tashqi savdo tushunchasi va uni o’rganishning nazariy jihatlari…………… 1.2. Tashqi savdoni rivojlantirishning huquqiy-me’yoriy asoslari............................. I bob boʼyichа xulosаlаr ....................................................................................... II BOB. O’ZBEKISTON VA JANUBIY KOREYA SAVDO-IQTISODIY ALOQALARI RIVOJLANISHINING TAHLILI........................................ 2.1. Koreya va O’zbekiston savdo-iqtisodiy aloqalarining Tovar va xizmatlar tarkibi, rivojlanish omillari.................................................................................... 2.2. O’zbekiston va Koreya o’rtasida texnik va texnologik aloqalarning rivojlanishi……………………………………………………………………… II bob boʼyichа xulosаlаr……………….……..……………….………. III BOB. O’ZBEKISTON VA JANUBIY KOREYA SAVDO-IQTISODIY ALOQALARI RIVOJLANISHINING ISTIQBOLLARI............................... 3.1. O’zbekiston va Koreya savdo-iqtisodiy aloqalarining rivojlanishidagi asosiy tendensiya va muammolar……………………………………………………….. 3.2. O’zbekiston va Janubiy Koreya savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollari………......................................................................... III bob boʼyichа xulosаlаr ………...…………...…………........... Xulosа…….……...……………………………………………….…………….. Foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr............................................................... KIRISH Bitiruv malakaviy ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Mamlakat rivojlanishining barcha tarixiy bosqichlarida tashqi iqtisodiy faoliyat har xil darajalarda umuman xalq xo‘jaligida, alohida hududlarda, muassasa va tashkilotlarda iqtisodiy masalalarni hal qilishga katta ta’sir ko‘rsatgan va bu amaliy jarayonlar ilmiy-nazariy tadqiqotlarida ham o‘z aksini topgan. Xalq xo‘jaligi tizimining bir bo‘lagi sifatida tashqi iqtisodiy faoliyat ichki xo‘jalikning mukammalashishiga, ishlab chiqarish kuchlarining birlashishiga, rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi va ko‘maklashadi. Jahon xo‘jaligidagi mustaqil xo‘jaliklarning iqtisodiyoti bir-biri bilan o‘zaro aloqador bo‘lib, hech bir mamlakat jahon xo‘jaligidan alohida rivojlanishi mumkin emas. Mamlakatlar savdo, investitsiyalar, ilmiy-tadqiqot faoliyati orqali bir-biri bilan aloqalar olib boradi. Jahonda globallashuv jarayoni kechayotgan bir davrda mamlakatlar oldida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, fuqarolar turmush darajasini oshirish kabi masalalar asosiy o‘rinda turibdi. Bu borada davlatlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, xalqaro maydonda munosib o‘rin egallash har bir mamlakatning eng asosiy vazifalaridan biriga aylandi. O‘zbekistonning rivojlanish yo‘li sarhisob qilinar ekan, tashqi iqtisodiy siyosat va iqtisodiy diplomatik xizmatni shakllantirish borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlarni ham alohida qayd qilish lozim. Prezident Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, bugungi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rni va mavqeiga ega. Biz dunyodagi barcha davlatlar bilan yaqindan hamkorlik qilish va amaliy muloqot uchun ochiqmiz1. Bugungi kunda O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar, avvalo, qo‘shni davlatlar bilan olib borayotgan ochiq, konstruktiv, o‘zaro manfaatli tashqi siyosati Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlatimiz rahbari o‘tgan davr mobaynida Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Qirg‘izistonga amalga oshirgan davlat tashriflari mamlakatimiz tashqi siyosatida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga alohida e’tibor qaratilayotganining amaliy isbotidir. Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida ta’kidlaganidek, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratishga erishildi. Mazkur davlat tashriflari mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Ushbu tashriflar tafsilotlari nafaqat siyosiy doiralarda, balki jamoatchilik va ekspertlar orasida keng muhokama qilindi. Bularning barchasi mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash yo‘lida izchil siyosat olib borayotganidan dalolatdir2. O‘zbekistonning xalqaro mehnat taqsimotidagi ulushining oshib borayotganligi, Yevropa, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zolari bilan savdo iqtisodiy munosabatlatlarining takomillashib borayotganligi mamlakatimizni yaqin kelajakda jahon xo‘jaligining boshqa mamlakatlari, jumladan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan ham savdo-iqtisodiy aloqalarini yangi zamonaviy yo‘nalishda olib borish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi mavzusi aynan ana shu zamonaviy savdo iqtisodiy aloqalarni O‘zbekiston va Janubiy Koreya misolida tadqiq qilinayotganligi sababli ham dolzarb hisoblanadi. Download 22.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling