I bob. Savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanishining nazariy asoslari
Bitiruv malakaviy ishi ob’yekti va predmeti
Download 22.98 Kb.
|
MUNDАRIJА (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqsadi va vazifalari.
- Mavzu bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili).
Bitiruv malakaviy ishi ob’yekti va predmeti. Bitiruv malakaviy ishi ob’yekti sifatida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi mamlakatlari belgilab olindi.
Tadqiqotning predmeti O‘zbekiston va Koreya Respublikasi mintaqasi mamlakatlari savdo-iqtisodiy aloqalarini o‘rganish va tahlil qilish hisoblanadi. Maqsadi va vazifalari. Hozirgi iqtisodiy integratsiyalashuv davrida mamlakatning ichki va tashqi iqtisodiy faoliyatini samarali olib borish hamda uning doimiy sur’atlar bilan o‘sib borishini ta’minlash har bir davlatning asosiy vazifasi sanaladi. O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning savdo-iqtisodiy aloqalari, ularning yo‘nalishlari, savdo-iqtisodiy dinamikasini tahlil etish bitiruv malakaviy ishining maqsadi hisoblansa, ushbu maqsadga erishish yo‘lida quyidagi vazifalarni bajarish lozimdir. Ular: - Tashqi savdo rivojlanishining nazariy asoslarini o‘rganish; - Tashqi savdoning milliy iqtisodiyot rivojlanishiga ta’sirini o‘rganish; - Tashqi savdoni rivojlantirishning huquqiy-me’yoriy asoslarini o‘rganish; - Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar tahlili; - O‘zbekiston savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlanishidagi asosiy muammolarni ko‘rib chiqish; - O‘zbekiston va Janubiy Koreya savdo iqtisodiy aloqalari rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishlari tahlili. Mavzu bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Savdo iqtisodiy alaqalarni o‘rganish, uning o‘ziga xos jihatlarini tahlil qilish, uni amaliyotga tadbiq etish masalalari bo‘yicha bir qator jahon va mahalliy olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Tashqi iqtisodiy aloqalarning roli va ularning iqtisodiy o‘sishga ta’siri haqidagi masalalarni o‘rganish bilan ko‘plab chеt el va yurtimiz iqtisodchi olimlari shug‘ullangan. Xalqaro savdo nazariyalarini o‘rgangan va biz tadqiqot jarayonida asarlaridan keng foydalanilgan olimlarda A.Smit3, D.Rikardo4, P.Krugman 5singari klassik olimlarni keltirsak, Koreyaning Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston bilan “Ipak yo‘li” doirasidagi tashqi iqtisodiy va siyosiy munosabatlarini tahlil qilishda T.Dadabaev6 , Laurent Didie7 tadqiqotlaridan keng foydalanilgan. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish masalalari I.I.Iskandarov, A.M.Alimov, Sh. X. Xojiboqiyev, A. V. Vahobov, A.A.Isajonov, A.T.Isaxo‘jayev, G.K.Karimova, G.G.Nazarova kabilarning ilmiy ishlarida yoritilgan. Shu bilan birga bozor iqtisodiyotini rivojlantirish sharoitida erkin iqtisodiy mintaqalarni tashkil etish muammolarning ko‘p qirraliligi nazariy va amaliy izlanishlarni talab qiladi8. Mavzuning manbalari bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Jahon savdo tashkiloti (JST), Koreya tashqi savdo assotsatsiyasi (KITO)ning yillik statistik to‘plamlari, Yaponiya, AQSH, Rossiya va boshqa iqtisodchi olimlarining ilmiy ishlaridan foydalanildi. Download 22.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling