I bob. Savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanishining nazariy asoslari
Download 22.98 Kb.
|
MUNDАRIJА (1)
Ish tuzilmasining tavsifi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, asosiy qismda uchta bob, 6 ta bo‘lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. SAVDO-IQTISODIY ALOQALAR RIVOJLANISHINING NAZARIY ASOSLARI 1.1. Tashqi savdo tushunchasi va uni o’rganishning nazariy jihatlari Hozirgi jahon rivojining xususiyatli belgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo, tashqi savdoning tez o‘sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro hamkorlikning ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va boshqa shakllari (kadrlarni tayyorlash, turizm va h.k.) bilan bir qatorda xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim shakli hisoblanadi. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi. Xalqaro savdo – bu turli davlat-milliy xo‘jaliklari o‘rtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir9. Xalqaro savdoga oid nazariyalar o‘z tarixiga ega. Bu boradagi ilk iqtisodiy ta’limot XVII asrdayoq yaratilgan. O‘rta asrlarda ro‘y bergan Yevropadagi ulkan o‘zgarishlar, jumladan, yangi qit’alarning kashf etilishi, mustamlakalardagi oltin va boshqa boyliklarni egallab olishga intilish o‘z-o‘zini ta’minlashni targ‘ib etuvchi feodalizm nazariyasi doirasidan chiqib ketgan yangi xo‘jalik tizimi doirasida tovarlar rolini va davlatlarning xalqaro savdoga bo‘lgan talabini asoslab bera oladigan yangi iqtisodiy nazariyaga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Shunday nazariyalardan biri merkantilizm ta’limotidir. Merkantilizm maktabi XV-XVII asrlarda faoliyat ko‘rsatgan. Uning eng yirik vakillari ingliz iqtisodchilari Tomas Man (1571-1641) va Uilyam Staffordlar (1554—1612) hisoblanishadi10. Merkantilizm vakillari (T.Men, A.Monkreten) 13 oltin zaxiralarini ko‘paytirish davlatning eng muhim vazifasidir va tashqi savdoda birinchi navbatda oltin ishlab chiqarishni ta’minlashi kerak, degan fikrni ilgari surishdi. Bunga tovarlar eksporti ularning importidan, faol savdo balansidan oshib ketish orqali erishilishini ta’kidlashdi. Shunday qilib, tashqi savdo sohasida davlat hokimiyatining turli aralashuvlari, bu sohada qat’iy nazorat o‘rnatilishi nazarda tutilgan. Savdo siyosati xorijiy tovarlarga bojxona bojlarini to‘lash orqali eksport va importni cheklashni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. Bunday himoya qilish xalqaro savdoni murakkablashtirdi, mustamlakachilik hududlariga to‘siqlarni himoya qiluvchi ayrim mamlakatlar, ayniqsa, metropoliya hududlari uchun afzalliklar yaratdi. Kapitalistik munosabatlarni rivojlantirishga jiddiy to‘siqlar qo‘yilgan, bu tashqi savdoni kengaytirish, jahon bozorini qayta taqsimlashga sabab bo‘ldi. Ushbu holatdagi savdo munosabatlari erkin savdo tamoyiliga asoslanib, nazariyalarga yo‘l berib, pozitsiyasini yo‘qotdi. Ammo hatto bizning davrimizda ham ayrim mamlakatlarning tashqi savdo siyosatida yangi savdo-sotiq variantlari mavjud bo‘lib, ular bir darajaga qadar protektsionizmga murojaat qilib, eksportni faollashtirish va ayrim tovar va xizmat turlari, iqtisodiyotning alohida tarmoqlari uchun importni taqiqlashda faol savdo balansiga asoslanadi. Merkantilistlar o‘z nazariyalarida faqat cheklangan miqdordagi boylikka ega bo‘lgan statik qarashlarni qo‘llab-quvvatlaganlar. Shu sababdan biron-bir mamlakat boyligining ko‘payishi faqatgina boshqa mamlakatning qashshoqlashishi evaziga amalga oshishi mumkin. Demak, boylikning ko‘payishi qayta taqsimot evaziga amalga oshar ekan, xar bir mamlakat mustahkam iqtisodiyotga va boshqa davlatlar ustidan hukmronlikni ta’minlab 1 Ш. М. Мирзиёев. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Тошкент: «Ўзбекистон» НМИУ, 2016. Б. 6. 2 https://strategy.uz/index.php?news=70&lang=uz 3 Смит А.Исследование о природе и причинах богатства народов. Вступит. статья и комментарий В.С.Афанасьева. М., Издательство социально-экономической литературы, 1962; Смит А. Исследование о природе и причинах богатства народов (книги I—III). М., Наука, 1993. 4 Давид Рикардо. Начала политической экономии и налогового обложения. 1817. 5 Paul Krugman, Trade in Differentiated Products and the Political Economy of Trade Liberalization, 1982, (p. 197 - 222), http://www.nber.org/chapters/c6005 6 Timur Dadabaev. “Silk Road” as foreign policy discourse: The construction of Chinese, Japanese and Korean engagement strategies in Central Asia. Journal of Eurasian Studies, Volume 9, Issue 1, 2018, Pages 3041,https://doi.org/10.1016/j.euras.2017.12.003. 7 Laurent Didier. Economic diplomacy: The “one–China policy” effect on trade. China Economic Review, Volume 48, 2018, Pages 223-243, https://doi.org/10.1016/j.chieco.2016.11.003. 8 Alimov A. A. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish. O’zbekiston faylasuflari milliy nashriyoti, T., 2007. 9 Shodmonov Sh.Sh., G‘afurov U.V., Iqtisodiyot nazariyasi. O’quv qo’llanma. T.,2005. B. 736. 10 Vaxabov A.V, D.A.Tadjibaev, Sh.X.Xajibakiyev. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. O‘quv qo‘llanma. T.,2015. B. 253. Download 22.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling