I bob. Shartnomani bekor qilish
Download 109 Kb.
|
huquq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodim talabiga binoan mehnat shartlarini o`zgartirish .
birinchidan, ish beruvchi ayrim toifadagi xodimlar uchun mehnat shartlarini o`zgartirish borasida korxonadagi xodimlarning vakillik organi bilan oldindan maslahatlashib olishi lozim;
ikkinchidan, ish beruvchi kelgusida mehnat shartlarini o`zgartirish ehtimoli haqida xodimni kamida 2 oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, tilxat olishi shart. Ko`rsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodimning roziligi bilan yo`l qo`yiladi; uchinchidan, ko`pchilik xodimlar guruhi uchun mehnat shartlari noqulay tarzda o`zgargan taqdirda, ish beruvchi mahalliy mehnat organiga bunday o`zgartirishning sababi haqida ma`lumot berishi shart; to`rtinchidan, xodim bilan mehnat shartnomasi u yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etgani sababli bekor qilinishi mumkin; bunday hollarda xodimga o`rtacha oylik ish haqidan kam bo`lmagan miqdorda ishdan bo`shatish nafaqasi to`lanishi kerak; beshinchidan, xodim, ish beruvchi tomonidan mehnat shartlari o`zgartirilgani haqida sudga shikoyat qilishga haqlidir; oltinchidan, nizoni ko`rish vaqtida avvalgi mehnat shartlarini saqlab qolish imkoniyati yo`qligini isbotlab berish majburiyati ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. Mehnat kodeksi 89-moddasining 2-qismida ish beruvchi ayrim toifa xodimlar uchun mehnat shartlarini o`zgartirish xususida kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan oldindan maslahatlashib olishi nazarda tutilgan. Maslahatlashishning mohiyati shundaki, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo`mitasiga yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga kutilayotgan mehnat shartlarining o`zgartirilishi natijasida korxona xodimlari uchun yuzaga chiqishi mumkin bo`lgan oqibatlar haqida axborot beriladi. Xodim talabiga binoan mehnat shartlarini o`zgartirish. Amaldagi mehnati qonunchiligida muayyan vaziyatlar mavjud bo`lganda mehnat shartlarini xodim talabiga binoan o`zgartirish mumkinligi ko`zda tutilgan. Buning uchun o`sha muayyan vaziyat mavjud bo`lishi va aniq ko`rsatilishi shart. MKning 90-moddasi 1-qismiga ko`ra, mehnat to`g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda xodim ish beruvchidan mehnat shartlarini o`zgartirishni talab qilishga haqlidir. Bunday holatlar MKning 218-, 226-, 227-, 228-, 229-, 230-, 232- va boshqa moddalarida nazarda tutilgan. Bunday holatlar boshqa normativ hujjatlarda ham ko`rsatilgan bo`lishi mumkin. Xodimning mehnat shartlarini o`zgartirish haqidagi arizasi, berilgan kundan e`tiboran 3 kundan kechiktirmay, ish beruvchi tomonidan ko`rib chiqilishi lozim. Xodimning bu talablari rad etilgan taqdirda, ish beruvchi unga rad etishning sababini ma`lum qilishi kerak. Ammo, xodim talablarini rad etish sabablari unga ma`lum qilinmagani shikoyat qilish uchun to`siq bo`lmaydi. Xulosa Umumiy qoida bo‘yicha, shartnoma taraflaming kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat quyidagi hollardagina o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin: 1. Ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa; 2. Fuqarolik kodeksi, boshqa qonunlar va shartnomada tuzilgan o‘zga holatlarda. Taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishga umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘ladigan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi. Bir taraf shartnoma bajarishda to‘la yoki qisman bosh tortib, qonun yoxud taraflarning kelishuvida bunga yo‘l qo‘ysa, shartnoma tegishlicha bekor qilingan va o‘zgartirilgan hisoblanadi. Agar qonunda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib belgUab qo‘yilmagan bo‘lsa, taraflar shartnoma o‘zgartirUguncha yoki bekor qilinguncha majburiyat bo‘yicha o‘zlari bajargan narsalarni qaytarib berishni talab qilishga haqli emaslar. Shartnomaning tuzilishi FKning 354-moddasida ko‘rsatilganidek, agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Shartnomaning umumiy tartibda tuzilishi ikki davr bilan belgilanadi. Birinchi davr — shartnoma tuzishga taklif qilish davri, bu — oferta, shartnoma tuzishga taklif qiluvchi esa, offerent, deb ataladi. Ikkinchi davr — shartnoma tuzish to‘g‘risidagi taklifni qabul qilish davri bu — aksept, taklifni qabul qiluvchi — akseptant deb aytiladi. Shartnoma tuzishning umumiy tartibiga oid qoidalar FKning 364- 381-moddalarida berilgan. Bu qoidalarda aytilishicha, agar shartnoma tuzish to‘g‘risidagi taklif (oferta) javob uchun muddat tayinlab qilingan bo‘lsa, bu holda shartnoma ikkinchi taraf (akseptant) tomonidan taklifning qabul qilinganligi to‘g‘risidagi javob shu muddat ichida taklif qiluvchi (oferent) tomonidan olingan holdagina tuzilgan hisoblanadi. Oferta yoMlagan shaxs uning akseptini olgan paytdan shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Agar taraflar shartnomani muayyan shaklda tuzishga kelishgan bo‘lsalar, garchi qonunda bu turdagi shartnomalar uchun bunday shakl talab qilingan bo‘lmasa-da, shartnoma belgilangan shaklga keltirilganidan keyin tuzilgan hisoblanadi. Download 109 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling