I-bob Shaxs – sotsial ta’sirlar mahsuli sifatida
Download 341 Kb.
|
Psixoanalizda shaxs muammosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- BMIning ilmiy yangiligi
- Tadqiqot ishining tuzilishi.
- G otfrid Vilgelm Leybnits
Tadqiqot ishining obekti. Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti, Falasfa, Horijiy filologiya va Geografiya fakultetlari talabalari.
Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati. BMI tadqiqoti ishining natijalaridan quyidagi sohalarda foydalanish mumkin. Psixodiagnostika fanini o‘qitishda qo‘llanma. Individuallik xususiyatlarini tadqiqot metodikalari sifatida; Shaxslarning individuallik jihatlarini yoritish holatda, ularning kasbiy faoliyatini tashkil etishda. Kasbiy saralashda. BMIning ilmiy yangiligi: 1.Individuallikka daxldor rasmiy dinamik so‘rovnomalarni mahalliy muhitga moslashtirishga harakat qilinganligi. 2. V.M.Rusalov so‘rovnomasining natijalarni qayta ishlash tizimini takomillashtirilganligi. 3. V.M.Rusalov va Yа.Strelyau so‘rovnomalari yordamida o‘zaro aloqadorlikda tatbiq etilganligi. Tadqiqot ishining tuzilishi. Ushbu ish kirish, uch bob, sakkiz paragraf, xulosasalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan tuzilgan. I-bob. Shaxs – sotsial ta’sirlar mahsuli sifatida 1.1 Sotsial normalar, sanksiyalar va shaxs «Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko’p qo’llanilladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o’rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning sotsialligi va aynan jamiyat bilan bo’lgan aloqasi masalasini chetlab o’tolmagan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Homo sapiens» — «aqlli zot» tushunchasini o’zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo’lganiga taxminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlarning e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan emish. C harlz Darvin ta’biri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida yer yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti ko’proq biologik omillardan ko’ra, sotsial omillar ta’sirida ro’y bermoqda. Shuning uchun ham har bir individni yoki shaxsni o’rganish masalasi uning bevosita sotsial muhiti va uning sotsial normalari doirasida o’rganishni taqozo etadi. Sotsial yoki ijtimoiy muhit - bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko’rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu sotsial olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan sotsial xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo’ladi. Psixologiya ilmining namoyondalari bo’lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, A.Navoiy kabi ko’plab Sharq allomalari ham bu o’zaro bog’liqlikning falsafiy va sotsial sirlarini ochishga o’zlarining eng durdona asarlarini bag’ishlaganlar. Barcha qarashlarda umumiy bo’lgan narsa shu bo’lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun avvalo uning shu jamiyatda tutgan o’rni va mavqeini bilish zarur. Shaxsni o’rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning sotsial mavqei, sotsial munosabatlar tizimidagi o’rni bilan belgilanishi kerak. Lekin, shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro aloqalar masalasi birdaniga, bir xil yechimga kelinmagan. Bu o’zaro munosabatlar asosan ikki polyar nuqtai nazardan kelib chiqadi. Nativizm yo’nalishining tarafdorlari insonlardagi barcha xususiyatlarni tug’ma xarakterga ega, deb e’tirof etadilar.(Lens, Gruber va boshqalar). E mpirizm tarafdorlarining fikricha, yangi tug’ilgan bola go’yoki «top-toza taxta»(tabula rasa), unga hayot va undagi talablar o’zining qonuniyatlarini yozadi va bola ularga so’zsiz bo’ysunishga majbur. Bu yo’nalishning asoschilaridan biri Dj. Lokk bo’lib (1632 — 1704) uning fikricha, tug’ma fikrlar yoki g’oyalar bo’lishi mumkin emas, ular xohish-tilak va og’riq kabi elementar sezgilarning qayta ishlanishi natijalaridir. Hayotda ana shunga o’xshash turli xil sezgilar va g’oyalarning assosiasiyasi ro’y beradi. G otfrid Vilgelm Leybnits (1646—1716) Lokka e’tiroz bildirib, hayotda umuman toza, sof doskaning o’zi bo’lmaydi, xattoki, eng yaxshi silliqlangan marmar yuzasida ham sezilarli teshiklar, do’ngliklar yoki tug’ma asoratlar bo’ladiki, ular layoqatlardek, inson taqdirida ma’lum rol o’ynaydi. B u ikkala yirik yo’nalish o’rtasidagi tortishuvlarga chek qo’yish maqsadida F.Galton qator eksperimental tadqiqotlar o’tkazib, har bir individga xos differensial xususiyatlar mavjudligini «egizaklar metodi» yordamida asoslashga harakat qildi. Galtondan keyingi tadqiqotlarda musiqaga bo’lgan qobiliyatga ona tilining xususiyati ta’sir qilishi aniqlandi: yumshoq-tonal yoki keskir (qo’pol) tonal bo’lmagan tillar. Masalan, keskinroq hisoblangan rus tilida gapiruvchi bolalardagi musiqani idrok qilish yumshoq, tonal tillarda so’zlashuvchi vyetnamliklarning idrokidan ancha past chiqqan. Lekin yuqoridagi fikrlar va tortishuvlarning kelib chiqish sababi tushunarli bo’lishi kerak: ular insonning asl mohiyatini tushunish va uning xulqini boshqarish ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Demak, inson jamiyat a’zosi sifatida uning normalariga bo’ysunadi, uning kutishlariga javob berishga xarakat qiladi va o’z xulqini uning talablariga monand qilishga intiladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, shaxs fenomeniga ta’rif berish mumkin. Shaxs — sotsial va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning subyekti bo’lmish individdir. Shaxsga taaluqli bo’lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab sotsial munosabatlarga bevosita aloqadorlik, sotsial faoliyatga nisbatan ham obyekt, ham subyekt bo’lishlikdir. Shaxsga taalluqli bo’lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, sotsial ta’sirlarni o’z ongi va idroki bilan qabul qilib (obyektni), so’ngra shu ta’sirlarning subyekti sifatida faoliyat ko’rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanoq «mening hayotim», «bizning dunyo» degan sotsial muhitga tushadi. Bu muhit o’sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir. Bu muhit — kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an’analar, udumlar, turli xil tillar olami bo’lib, undagi ko’plab qoidalarga ko’pchilik mutloq qo’shiladi, ba’zilar qisman qo’shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo’ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi, ta’qiblanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartib — qoidalarni qabul qiluvchi subyekt bo’lsa, jamiyat-sotsial intizom va tartibning, madaniyatning mufassal ko’rinishidir. Shaxs sotsial xulqiga turli tashqi kuchlar ta’sir qiladi: siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy va boshqalar. Bu ta’sirotlar mohiyatan aslida jamiyat a’zolari bo’lmish shaxslar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning ayrim alohida yo’nalishlarini belgilab beradi. Shunday qilib, shaxs turli sotsial munosabatlar tizimi ta’sirida bo’ladi va ko’plab sotsial institutlar (oila, mahalla, o’quv maskanlari, mehnat kollektivlari, norasmiy tashkilotlar, din, san’at, madaniyat va boshq.) bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, shaxsdagi turli g’oyalar, fikrlar va mafkura mafkuraviy munosabatlar tizimi ta’sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog’cha, maktab va boshqa o’quv va tarbiya muassasalari orqali ongga singdiriladi. Agar bu ta’sir uning e’tiqodi darajasida ko’tarilsa, va unda yana yangidan-yangi fikrlar va g’oyalarning paydo bo’lishi va o’sishiga olib kelsa, shaxs taraqqiyoti jarayonida shunday faoliyat sohasini tanlaydiki, u o’z qobiliyatlari, malaka va ko’nikmalarini rivojlantira borib, ziyoli sifatida yo o’qituvchi, yoki vrach, yoki olim, kashfiyotchi, muxandis bo’lib, elu-yurtiga xizmat qiladi. Iqtisodiy munosabatlar ham shaxs ongi va uning insoniy xususiyatlari shakllanishida katta rol o’ynaydi. Masalan, bosqichma-bosqich bozor munosabatlariga o’tayotgan O’zbekiston sharoitini oladigan bo’lsak, yangicha iqtisodiy o’zgarishlar, bozor, raqobat, legalizasiya, liberalizasiya, ya’ni erkinlashtirish va shunga o’xshash yangiliklar har bir shaxsning moddiy boyliklar va ularga bo’lgan shaxsiy munosabatlarida aks etib, uning iqtisodiy ongi, tafakkuri va iqtisodiy xulqi normalarini belgilaydi. Sotsial norma — shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o’z a’zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan xarakatlar talablaridir. Masalan, o’zbeklar uchun biror xonaga kirib kelgan insonning kim bo’lishidan qat’iy nazar, «Assalomu alaykum» deb kelishi — norma; o’quvchining o’qituvchi bergan topshiriqlarni bajarishi lozimligi — norma; xotinning er hurmatini o’rniga qo’yishi, qaynonaga gap qaytarmaslik — norma; avtobusda yoki boshqa jamoat transportida kichikning kattalarga, nogironlarga o’rin bo’shatishi — norma va hokazo. Bu normalarni ayrim-alohida odam ishlab chiqmaydi, ular bir kun yoki bir vaziyatda ham ishlab chiqilmaydi. Ularning paydo bo’lishi sotsial tajriba, hayotiy vaziyatlarda ko’pchilik tomonidan e’tirof etilganligi fakti bilan xarakterlanadi, har bir jamiyat, davr, millat va sotsial guruh psixologiyada muhrlanadi. Sotsial normalarning u yoki bu davrda, u yoki bu toifa vakili bo’lmish shaxs tomonidan qay darajada bajarilishi yoki unga amal qilinayotganligi sotsial sanksiyalar orqali nazorat qilinadi. Sotsial sanksiyalar - normalarning shaxs xulqida namoyon bo’lishini nazorat qiluvchi jazo va rag’batlantirish mexanizmlari bo’lib, ularning borligi tufayli biz har bir alohida vaziyatlarda sotsial xulq normalarini buzmaslikka, jamoatchilikning salbiy fikri obyektiga aylanib qolmaslikka harakat qilamiz. Masalan, yuqoridagi misolda, agar jamoat transportida katta mo’ysafid kishiga o’rin bo’shatishni norma deb qabul qilmagan o’smirga nisbatan ko’pchilikning ayblov ko’zi bilan qarashi, yoki og’zaki tanbeh berishi, juda kam hollarda o’zini bebosh tutayotgan o’smirning qo’lidan tutib, nima qilish kerakligini o’rgatib, «ko’zini moshday qilib ochib qo’yish» sotsial sanksiyaning hayotdagi bir ko’rinishidir. Har bir alohida shaxs jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan sotsial normalar va sanksiyalarni u yoki bu sotsial rollarni bajarishi mobaynida xulqida namoyon etadi. Rol — shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatlardagi huquq va burchlaridan iborat harakatlari majmuini bildiradi. Masalan, talaba rolini oladigan bo’lsak, uni bajarish — u yoki bu oliy o’quv yurtida tahsil olish, uning moddiy bazasidan foydalanish, kutubxonasiga a’zo bo’lish, stipendiya olib, ma’muriyatning sotsial himoyasida bo’lish kabi qator huquqlar bilan birgalikda o’sha oliygoh ichki tartib-intizomi normalariga so’zsiz bo’ysunish, darslarga o’z vaqtida kelish, reyting baholov talablari doirasida kundalik o’zlashtirish normalarini bajarish, amaliyotda bo’lish, dekanatning bergan jamoatchilik topshiriqlarini ham bajarish kabi qator burchlarni ham o’z ichiga oladi. Bu rol uning uyga borgach bajaradigan «farzandlik» roli (ota va ona, yaqin qarindoshlar oldida) talab va imtiyozlaridan farq qiladi. Ya’ni, konkret shaxsning o’ziga xosligi va qaytarilmasligi u bajaradigan turli-tuman sotsial rollarning xarakteridan kelib chiqadi. Shunga ko’ra, kimdir «tartibli, ba’mani, fozil, axloqli va odobli» deyilsa, kimdir-be’mani, bebosh, o’zgaruvchan, ikkiyuzlamachi (ya’ni, bir sharoitda juda qobil, boshqa yerda — betartib) degan hayotiy mavqega ega bo’lib qoladi. Hayotda shaxs bajaradigan sotsial rollar ko’pligi sababli ham, turli vaziyatlardagi uning mavqei — statusi ham turlicha bo’lib qoladi. Agar biror rol shaxs sotsial tasavvurlari tizimida uning o’zi uchun o’ta ahamiyatli bo’lsa (masalan, talaba roli), u boshqa rollarni unchalik qadrlamasligi va oqibatda, o’sha vaziyatda boshqacharoq, noqulay va noboproq mavqeni egallab qolishi mumkin. Qolaversa, rollarning ko’pligi ba’zan rollar ziddiyatini ham keltirib chiqarishi mumkinki, oqibatda — shaxs ichki ruhiy qiyinchiliklarni ham boshdan kechirishi mumkin. Hozirgi sotsial-iqtisodiy vaziyat va bozor munosabatlari sharoitidagi raqobat muhiti shaxsdan bir vaqtning o’zida qator qobiliyatlar va malakalarni talab qilmoqdaki, ayniqsa, yoshlar o’zgaruvchan sharoitlarga tezroq moslashish uchun ba’zan bir-biriga zid xislatlarni ham xulqda namoyon qilishga majbur bo’lishmoqda. Masalan, yosh oila boshlig’i, talaba, ota-onalarga moddiy jihatdan qaram bo’lmaslik uchun, bir vaqtning o’zida ham itoatkor, intizomli talaba va o’qishdan keyin esa — chaqqon va uddaburon, tadbirkor, tijoratchilik bilan shug’ullanishga majbur bo’lishi mumkin. Bu holat tabiiy, shaxsdan kuchli iroda, doimiy intiluvchanlik va o’z ustidan muttasil ishlashni talab qiladi. Download 341 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling