I bob. Sovuq urushning sabablari va sssr munosabatlari


Download 1.13 Mb.
bet3/11
Sana22.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1378791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AQSh va SSSR munosabatlari. Vetnam urushi tarixi (2)

Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, asosiy qism ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat. Birinchi bo‘limda Sovuq urushning boshlanish sabablari, urush davrida AQSh va SSSR munosabatlari va urushning tugashi. Ikkinchi bo‘limda AQSH-Vetnam urushi boshlanishi, shuningdek Vetnamning ikkiga bo‘linishi va sakkiz yillik urush oqibatlari tavsiflanadi.


ASOSIY QISM
I.BOB. SOVUQ URUSHNING SABABLARI VA SSSR MUNOSABATLARI
1.1. Sovuq urushning sabablari va boshlanishi
Sovuq urush — bir tarafdan AQSh va uning ittifoqdoshlari, ikkinchi tarafdan SSSR va uning ittifoqdoshlari orasidagi XX asrning 40-yillari oʻrtalaridan 90-yillarning boshlarigacha davom etgan global geosiyosiy, iqtisodiy va gʻoyaviy konfrontatsiya.1
Qoʻshma Shtatlar va SSSR toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy ziddiyatga kirishmagan boʻlsalar ham, ularning dunyoga taʼsirini oʻtkazish borasidagi raqobat koʻpincha butun dunyo boʻylab lokal harbiy ziddiyatlarga olib kelar edi. AQSh va Sovet Ittifoqi oʻzlarining taʼsir doiralarini yaratdilar hamda ularni harbiy-siyosiy bloklar — NATO va Varshava bitimi bilan mustahkamladilar.
Sovuq urush Uchinchi jahon urushiga olib kelishiga xavf tugʻdiruvchi oddiy va yadroviy qurollar poygasi bilan birga olib borildi. Dunyo halokat arafasida turgan bunday holatlardan biri 1962-yilgi Karib inqirozi boʻldi. Shundan soʻng 1970-yillarda ikkala tarafdan xalqaro tanglikni "yengillashtirish" va qurollanishni cheklash harakatlari amalga oshirildi.
SSSRning bora-bora tehnologik tarafdan ortda qolishi sovetlar iqtisodiyotining stagnatsiyasi va 1970-yillar oxiri — 1980-yillarning boshidagi juda katta harbiy xarajatlar bilan bir qatorda sovet hukumatining siyosiy va iqtisodiy reformalar oʻtkazishiga majbur qildi. 1985-yilda Mixail Gorbachyov tomonidan eʼlon qilingan qayta qurish va oshkoralik KPSSning boshliq rolini yoʻqotishiga va ogʻir iqtisodiy-ijtimoiy inqirozga, oqibatda esa 1991-yili SSSRning parchalanishiga olib keldi.
Sharqiy Yevropada sovetlar qoʻllovidan mahrum boʻlgan kommunistik hukumatlar undan ham oldin 1989-1990-yillarda agʻdariladi. Varshava bitimi oʻz faoliyatini rasman 1991-yil 1-iyulda tugatdi va shu vaqtdan boshlab sovuq urushni tugagan deb hisoblashimiz mumkin.
Sovuq urushning boshlanishi
Sovuq urushning boshlanishi rasman 1946-yil 5-mart kuni, Winston Churchill tomonidan Fulton (AQSh)dagi mashhur nutqi soʻzlangan payt hisoblanadi. Ittifoqdoshlar orasidagi munosabatlarning keskinlashuvi oldinroq boshlangan edi, ammo 1946-yilning martiga kelib bu holat SSSRning Erondan okkupatsion qoʻshinlarini olib chiqishiga noroziligidan kuchayadi.
Turkiya va Fors davlatlari ham Moskva hukumati ularga qoʻyayotgan talablar bilan juda taajubga tushganlar. Ruslar Berlinda kvazi-kommunistik partiya yaratishga harakat qildilar. Endi agar sovet hukumati oʻz hududida prokommunistik Germaniyani yaratish harakatini qilsa, bu britan va amerika hududlarida yangi jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi va magʻlub nemislarni Sovetlar hamda gʻarbiy demokratik davlatlar orasida boʻlib yuboradi.2
Dalillar shunday: bu biz ozod boʻlishi uchun kurashgan Yevropa emas. Bu doimiy tinchlik oʻrnatilishiga kerakli narsa ham emas.
Churchill 30-yillarning xatolarini qaytarmaslikka chaqirdi va ozodlikning qimmati, demokratiya va totalitarizmga qarshi "Xristian sivilizatsiya" uchun turishni, buning uchun esa anglosakson millatlarning ahilligi va birligi kerakligini aytdi.
Bir haftadan soʻng I. V. Stalin "Pravda"ga intervyusida Churchillni Hitler bilan bir qatorga qoʻydi va uni oʻz nutqida Gʻarbni SSSR bilan urushga chaqirganligida aybladi.
1945-1962
Yevropa hududida bir-biriga qarshilik koʻrsatayotgan harbiy-siyosiy bloklar.
Vaqt oʻtishi bilan bloklar qarshiligidagi tanglik oʻzgarib borar edi. Uning eng keskin nuqtasi Koreya urushi yillariga toʻgʻri keladi, uning oqibatida 1956-yili Polsha, Vengriyadagi voqealar va Suets inqirozi kelib chiqadi; Xruschev "iliqligi" kelishi bilan tanglik ozgina yengillashadi, bu ayniqsa 1950-yillarning ohiriga xos; Amerika samolyot-aygʻoqchisi U-2 (1960) bilan bogʻliq janjal yangi tanglikka olib keladi, uning choʻqqisi boʻlib Karib inqirozi (1962) boʻldi; bu inqiroz taasurotida yana yengillashish keladi, ammo u "Praga bahori" bilan buziladi.3
1979-1985
Yangi keskinlashuv 1979-yili, sovet qoʻshinlarining Afgʻonistonga kirishidan soʻng vujudga keldi, sovetlarning bu harakatini Gʻarbda geosiyosiy muvozanatning buzilishi va SSSRning ekspansiya siyosatiga oʻtdi deb qabul qilishdi. Keskinlashuv 1983-yilning kuzida, sovet kuchlari ichida 300 ga yaqin odam boʻlgan Janubiy Koreyaning fuqarolar avialaynerini urib tushirganida oʻz choʻqqisiga yetdi. Aynan oʻsha paytda AQSh prezidenti Ronald Reagan SSSRga nisbatan "yovuzlik imperiyasi" frazeologizmini qoʻlladi. AQSh bu davr mobaynida oʻz yadroviy raketalarini Gʻarbiy YYevropada joylashtirdi va kosmik raketalarga qarshi himoya dasturi ustida ishlashni boshladi; bu ikkala keng koʻlamli dasturlar sovet hukumati tinchini buzdi, SSSRning koinotda qarshilik koʻrsatish uchun mablagʻi yoʻq edi. Ammo o‘tmishda bu ikki davlat dushmanligi ma’lum iliqlik davrlarini ham boshdan kechirgan. Masalan, Brejnev va Nikson uchrashuvlar o‘tkazgan, qator rejalarni amalga oshirgan bo‘lsalar, Gorbachev hamda Reygan davriga kelib, tinchlik ramzi ostidagi do‘stona loyihalar shu qadar ko‘payib ketdiki, ilk bor kuzatganda bu ikki davlat azaliy hamkorlar deb ham o‘ylash mumkin edi. Bunday ramziy harakatlar bir qarashda oddiy tashriflardan tortib nafaqat ikki davlat, balki butun dunyo ahamiyatiga molik hujjatlar imzolanishigacha borgandi. 4
Samanta Smit SSSRda
1982-yilda Brejnev vafot etadi va KGB rahbari Yuriy Andropov SSSR yetakchisiga aylanadi. Ammo dunyo hamjamiyati uni juda sovuq kutib oladi. Andropovning o‘zi ham birovga ishonmaydigan, faqat mamlakatning qurolli qudratiga suyanishni afzal biladigan, o‘ta prinsipial rahbar edi. AQSh prezidenti Ronald Reygan SSSRni ochiqdan-ochiq yovuzlik imperiyasi deb ataydi va bu holat davlatlararo munosabatning naqadar sovuqligini anglatib turardi.
Shuningdek, juda ko‘pchilik negadir Andropovning yadro qurolidan foydalanishiga, ikki davlatning atom urushi boshlanishiga ishonib qolgandi. Time jurnali o‘sha yili Andropov haqida turkum maqolalar chop etadi. Men shtatida yashovchi 10 yoshli Samanta Smit onasidan “Andropovdan hamma qo‘rqarkan, nega undan hech kim urush boshlash niyati bor yoki yo‘qligini so‘rab xat yozmaydi?” deya so‘raydi. Onasi bunga javoban: “Nega o‘zing so‘ramaysan?” deydi va Samantaning mashhurligiga turtki beradi.
S amanta Andropovga “Siz atom urushi tarafdorimisiz? Nega AQShni bosib olmoqchisiz?” degan mazmunda xat yozadi. Uning xati “Pravda” gazetasida e’lon qilinadi. Andropov unga javoban “SSSR hech kim bilan urushmoqchi emas. Biz tinchlik tarafdorimiz. Sen yurtimizga mehmonga kel va o‘z ko‘zing bilan ko‘r”, deya javob berdi.



Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling