I bob. Sovuq urushning sabablari va sssr munosabatlari
Vetnamning ikkiga bo‘linishi. Sakkiz yillik urush
Download 1.13 Mb.
|
AQSh va SSSR munosabatlari. Vetnam urushi tarixi (2)
2.2. Vetnamning ikkiga bo‘linishi. Sakkiz yillik urush
1954-yil Hindixitoyda tinchlik o‘rnatish uchun Jyeneva kelishuvi imzolanadi. Kelishuvga ko‘ra, Fransiya Vetnam, Kamboja va Laosni mustaqil davlatlar sifatida tan olishi va bu davlatlarda demokratik saylovlar o‘tkazilishi belgilanishi kerak edi. Fransiya Jyeneva shartlarini bajaradi, ammo bu ham Hindixitoyga tinchlik olib kelmaydi. Saylovgacha Vetnam Benxay daryosidan ikkiga bo‘linadi. Mamlakat shimolida saylovlar o‘tkaziladi va u yerda kommunistlar g‘alaba qozonishadi. Keyinroq Shimoliy Vetnam sotsializm yo‘lidan ketishini e’lon qiladi va SSSR bilan yaqin munosabatlar o‘rnata boshlaydi. Janubiy Vetnamda esa saylov o‘tkazilishiga xalaqit berishadi, AQSh yordamida bu yerda Vetnam Respublikasi tuziladi. Uning rahbari Ngo Din Zem bo‘ladi. 1955-yil 16-iyulida Zem Janubiy Vetnamda saylov o‘tkazilmasligini va antikommunistik tuzum o‘rnatilishini malum qiladi. AQSh prezidenti Duayt Eyzenxauer Ngo Din Zemni Vashington aeroportida kutib olyapti.Xitoy va SSSR yordami bilan mamlakat shimolida kommunistlar tomonidan Vetnam Demokratik Respublikasi tuzilgani qayta e’lon qilinadi. Xo Shi Min unga rahbar bo‘ladi. 1959-yilda VDR mamlakat janubini kuch bilan bosib olish uchun harakat boshlaydi. 1960-yilda Zem boshqaruviga qarshi va kommunistlarga xayrixoh guruhlar janubda «Janubiy Vetnamni ozod qilish milliy fronti»ni tuzishadi.9 AQSh Janubiy Vetnam tomonda 1961-yil Janubiy Vetnamga AQSh qurolli kuchlariga tegishli ikkita vertolyot rotasi kiritiladi. Shundan so‘ng Janubiy Vetnam armiyasiga harbiy ta’lim berish uchun AQShdan ko‘plab harbiy mutaxassislar yuboriladi.O‘sha paytda Kennedi administratsiyasi Janubiy Vetnamdagi ittifoqchilarni «kommunistlar agressiyasidan saqlab qolish uchun» AQSh barcha choralarni ko‘rishi haqida bayonot beradi. Shu tariqa,butun dunyo AQShning Vetnamdagi harbiy harakatlarda ishtirok etayotganidan xabar topadi. 1963-yilda AQSh hukumati Janubiy Vetnamda Zemga qarshi davlat to‘ntarishiga hozirlik ko‘rilayotgani haqida xabar topadi va to‘ntarish tashkilotchilari bilan aloqa bog‘laydi. Oradan biroz vaqt o‘tib, to‘ntarish sodir etiladi va Ngo Din Zem qo‘lga olinib, ertasi kuni akasi bilan birga qatl etiladi. Zemning o‘rniga kelgan harbiy xunta siyosiy tarafdan juda kuchsiz ekani va mamlakatni boshqara olmasligi ma’lum bo‘ladi. Buning natijasida partizanlar yanada ko‘proq hududlarni o‘z nazoratiga olishadi. AQSh Janubiy Vetnam armiyasiga yordam tariqasida tobora ko‘proq harbiylarini kirita boshlaydi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling