I bob: So‘zlarni turkumlash tamoyili II bob
Download 53.46 Kb.
|
so\'zlarning turkumlarga ajratilishi
bog‘lamishman-bog‘langanman, topmamishlar - topmaganlar kabi.10
Til haqidagi fanning shakllanishi, odatda XIX asrning boshiga to‘g‘ri keladi deb, baholanadi. Biroq tilshunoslikning eng aosiy, tub muammosi, jumladan, so‘z turkumi va gap bo‘lagi, tilning tabiati, til belgisining ma’noga aloqadorligi, mantiqiy, grammatik va boshqa hodisaga munosabati va hatto, til, lison va nutq munosabati, tilning sistemaviy xarakteri, sistema ekanligi, yaxlit strukturadan iborat ekanligi, tilga qadimdan boshlab sistema sifatida yo‘l tutilganligi, shuningdek, tilning kelib chiqishi masalasini ham qamrab olib baho beriladigan bo‘lsa, tilshunoslik fanining shakllanishi uzoq tarixga egaligi ma’lum bo‘ladi. Morfologiyaga e’tibor mashhur hind tilshunosi Panini (eramizdan oldingi III-II asrlar) davridan buyon e’tibor qaratilganligi e’tirof etiladi. So‘zlarni turkumlarga ajratish dastavval hind tilshunosligida amalga oshirilgan. Bu davrda so‘zlar to‘rt guruhga ajratilgan: ot, fe’l, ko‘makchi va yuklama. Til muammosiga emperik va tasviriy yo‘nalishda yondashish hind tilshunosligining asosiy yo‘nalishi edi. Qadimgi yunon tilshunosligi til masalasiga, asosan, falsafiy nuqtai nazardan yondashishi bilan xarakterlanadi. Shunga ko‘ra, tilni o‘rganish falsafa tarkibida, u bilan asosan faylasuflar shug‘ullangan. So‘z va narsa munosabati masalasi yunon tilshuniosligining bosh masalasi bo‘lgan, so‘zni turkumga ajratish harakati Aflotun yashagan davrga to‘g‘ri keladi. Aflotun mavjud so‘zni ikki guruhga ajratadi: a) ot, b) fe’l. Ega vazifasida qo‘llaniluvchi so‘z, ot, kesim vazifasida qo‘llaniluvchi so‘z- f’el. Sifat ham oddiy fe’l qatoriga kiritiladi.11 Arastu esa nutqni quydagi bo‘lakka ajratadi: 1) harf; 2) bo‘g‘in; 3) bog‘lovchi; 4) bo‘lak (a’zo); 5) ot; 6) fe’l; 7) kelishik; 8) gap; Har bir qism alohida-alohida izohlangan. Jumladan, ot quydagicha izohlanadi: “Ot murakkab, (a) ma’no anglatuvchi, (b)zamonni bildirmaydigan, (v) qismi o‘z-o‘zidan ma’no anglatmaydigan so‘z, (g) so‘z. Morfologiyaga oid ko‘pgina masalalar Arustu maktabi tomonidan o‘rganilgan. keyinroq esa shakllangan Aleksandriya maktabi vakillari so‘z turkumi va morfologiya masalasi ancha batafsil o‘rganilganligi diqqatga sazovordir. Aristarx tasnifiga ko‘ra, so‘zlar sakkizta turkumga ajratiladi: 1. Ot; 2.Fe’l; 3.Sifatdosh; 4.A’zo; 5.Olmosh; 6.Ko‘makchi; 7. Ravish; 8.Bog‘lovchi; Dian Fraksiy esa, ot, fe’l, sifatdosh, ravish, bog‘lovchi turkumining har biri haqida aloxida to‘xtalib, uning eng xarakterli jihatini sanab o‘tadi. Jumladan, u fe’l haqida gapirar ekan, fe’l kelishiksiz so‘z turkumi, u zamon, shaxs va sonni qabul qilib, harakat yoki holatni bildiradi. Shuningdek, u fe’l mayli (buyruq, istak, xabar, tobe va noaniq), fe’l nisbati, son, shaxs, fe’l zamoni haqida ham batafsil ma’lumot beradi. 12 Xorazmda tavallud topgan Mahmud Zamaxshariyning “Muqaddimat ul- adab” asarida turkiy tilning morfologik jihati keng tadqiq etilgan. Morfologiyani o‘rganishda uning o‘rni beqiyos.13 Tilshunoslik tarixida olimlar tilning morfologik jihatini o‘rganish bilan VIII-XV asrda ham keng shug‘ullanganligi ma’lum. Jumladan Yusuf Sakkokiyning “Miftoh ul-ulum” asarining ayrim qismi morfologiya va sintaksisni o‘rganishga bag‘ishlangan. Abu Hayyon al-Andalusiyning “Kitob al-idrok li-lison, al-atrok” asaridagi ayrim qismlar ham turkiy til morfologiyasini yoritishga bag‘ishlangan. Muallifi noma’lum bo‘lgan tilshunoslikka oid, ayniqsa, turkiy tilni jiddiy o‘rganishga bag‘ishlangan asardan ikkinchisi “At-tuhfa (kitob at-tuhfa az- zakiyatu fil-lug‘at at-turkiya)” (“Turkiy til haqida noyob tuhfa”) kitobi. Bu asarning “Leksik-grammatik ocherk” qismida “At-tuhfa” asari muallifining morfologik qarashi bayon qilinadi. Unda ism (ot) alohida so‘z turkumi sifatida ajratilgan. Otdagi barcha grammatik kategoriya o‘sha davr nuqtai nazaridan juda mukammal yoritib berilgan. Muallif, avvalo, grammatik shaklni ham shu tarzda, ya’ni aniq xarakterlab beradi. Jumladan, ko‘pgina shaxs otining atoqli otga ko‘chishi asosida yuzaga kelganligini ko‘rsatadi: arslon, lochin. Shuningdek, otning asosiy qismini turdosh ot tashkil etishi, turkiy tilda jins kategoriyasini (biologik jins)ga ajratish mumkinligini (uni faqat grammatik jins sifatida qaralmasligi kuzatiladi) ko‘rsatadi: ota, qardosh, okuz (ho‘kiz), ayg‘ir (yerkak ot), basrak (nor tuya), yigit, ona, tul (beva), qiz, inak (sigir) kabi. “At- tuhfa”da sifat, son, olmosh, fe’l kategoriyasi haqidagi uning yasalishi, barcha shakli borasidagi qarashi yuklamaga oid fikrning hammasi o‘zbek tili morfologiyasi bo‘yicha “At-tuhfa” asari muallifining jiddiy talqinini ko‘rsatadi. Bu kitobda o‘zbek tili morfologiyasi juda jiddiy tarzda tadqiq etilgan. Muallifning morfologiya sohasidagi qarashi, hozirgi o‘zbek tilshunosligidagi morfologiyaga oid tadqiqotini boyitadi, deyish mumkin. O‘zbek tili morfologiyasining tilshunoslik tarixida chuqur o‘rganilishi, talqini haqida gapirganda, ayniqsa “At-tuhfa” asariga batafsil to‘xtalmaslik mumkin emas. Chunki, morfologik kuzatish boshqa manbada keng va asosli xolda ma’lumot bermagan. Asarda har bir grammatik shaklning turli hil ma’no qirrasiga ega ekanligi, turli hil vazifa bajarishi kabi ko‘p holat to‘la o‘z ifodasini topgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, Alisher Navoiyning morfologik qarashlari alohida o‘rin egallaydi. Ularni quyidagi guruhlarga ajratadi: a) so‘zni uch turkumga ajratadi: fe’l, ism va harakat (yordamchi) Bunda Navoiyning fe’lga alohida e’tibor qaratganligi ancha muhim; b) fe’lning birgalik nisbatdagi shakliga alohida e’tibor beradi (orttirma nisbat yasovchi -t qo‘shimchasiga diqqaqt qiladi); d) mazmuniy sintaksis bo‘yicha ilk ma’lumotlarni bergan. Alisher Navoiy o‘z davrida tilshunoslikning boshqa sohasiga to‘xtalish bilan birga, morfologik sathga oid o‘z talqinini beradi.14 O‘zbek tilshunosligida morfologiyaga qiziqish o‘rta asrda ham u yoki bu tarzda olib borganligini kuzatish mumkin. Bu davrda morfologiyaga oid talqin ancha mukammal o‘z ifodasini topgan lug‘at asarlardan biri Muhammad Yaqub Chingiyning “Kelurnoma”asaridir. Ushbu asarda fe’lning noaniq shakli bo‘lgan infinitivga, otning kelishik kategoriyalariga alohida o‘rin berilgan.15 XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshida ham o‘zbek tili, morfologiyasiga jiddiy e’tibor berildi. XX asrning boshida ham tilshunoslik, shu jumladan, morfologiya sohasida ham Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Ashurali Zohiriyning tilshunoslikka doir ishlarida morfologiyaga oid yetarli ma’lumotlar berilgan. XX asr boshida o‘zbek tili morfologiyasini bevosita tadqiq qilishni mashhur olim Abdurauf Fitrat o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. U o‘zbek tili grammatikasini yaxlit, ya’ni morfologiyani jiddiy ravishda tadqiq qiladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘zbek ilmiy tilshunosligi shakllangandan buyon so‘z tarkibi maslasiga alohida ahamiyat berib kelindi. So‘z tarkibi unga bog‘liq bo‘lgan atamalar tizimining shakllanishida prof. A.G‘ulomovning xizmatllari beqiyosdir. Ushbu, muammo asosan, so‘z yasalishi bilan uzviy bog‘liq ravishda ko‘tariladi. So‘z yasash jarayonida ma’lum yasovchi vositalarning muayyan asosga qo‘shiluvchi va bu qismlarning o‘zaro munosabatini o‘rganish jarayonida so‘zni ma’noli qismlarga ajratishga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, so‘zning morfologik tarkibini belgilashda ham uning eng kichik ma’noli qismlarini ajratishga ehtiyoj tug‘ildi. Shunday qilib, so‘z yasalishi va so‘zning morfologik tarkibini o‘rganish bilan uzviy bog‘liq ravishda morfemika masalalari ham o‘rganila boshlandi. Eng avvalo so‘zning eng kichiki ma’noli qismi, tushunchasi paydo bo‘ldi va ana shu lingvistik tushunchani maxsus atama bilan atash ehtiyoji tug‘ildi. Natijada prof. A.G‘ulomov o‘zbek tilshunosligi tarixida ilk bor Boduyen de Kutene tomonidan eng kichik ma’noli birlikni ifodalash uchun qo‘llangan morfema atamasini olib kirdi.16 Tilshunoslik fan sifatida shakllangan davrdan tortib to sistemaviy-struktur tilshunoslik paydo bo‘lgunga qadar, ya’ni antik davrdan XX asrning birinchi choragiga qadar bo‘lgan davrda asosiy til birligi sifatida so‘zni e’tirof etish, qolgan barcha birliklarni so‘z asosida izohlash an’anaga aylangan edi. Xususan, so‘zdan kichik va katta birliklar esa so‘zlarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan birliklar sifatida izohlanar edi. Demak tilning barcha birliklari so‘z asosida aylanar va ana shundan keltirib chiqarilar edi. Bu konsepsiya tabiatshunoslikda barcha planetalarning nima asosida harakat qilishiga ko‘ra giosentrik (barcha planetalarning yer atrofida aylanishi) va geliosentrik (barcha planetalarning harakat markazida quyosh turishi) nazariyalarning vujudga kelgani kabi barcha til birliklarining asosida glossentrik (lotincha glosso-so‘z) yoki verbotsentrik (lotincha verbe-fe’l yoki so‘z) nazariya deb yuritiladi. I.A.Boduyen de Kurtene ham morfema atamasini tilshnoslikka olib kirar ekan, uni glossentrizm nuqtai nazaridan izohladi. Uning ta’kidlashicha, morfema so‘zning mustaqil psixik hayotga ega bo‘lgan va shu nuqtai nazardan yana bo‘linmaydigan qism .17 Nutq jarayonida har bir so‘z leksik va grammatik ma’nolar uyg‘unligidan tashkil topadi. Odatda, leksik va grammatika ma’nolarning muayyan tovush yoki tovushlar birikmasi bilan barqaror munosabatidan tashkil topgan butunlikka nisbatan so‘z atamasi qo‘llaniladi. Grammatik ma’nosiz, faqat leksik ma’no bildiruvchi so‘zning qismi uchun leksema atamasi qo‘llaniladi. Bunday vaqtda so‘z morfologiya birligi sifatida, leksema esa leksikologiya birligi sifatida, bir-biridan farqlanadi. Morfologiya so‘zning grammatik ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi shakllarni, ya’ni so‘zning morfologik shakllarni o‘rganadi. Masalan, qalam, qalamning, qalamni, qalamga, qalamdan, qalamda shakllari bir so‘zning qalam so‘zining turli shakllari hisoblanadi. Bu so‘z shakllarining hammasida takrorlanayotgan qalam qismi ikkita ma’noga ega. Birinchi ma’nosi yozish, chizish uchun mo‘ljallangan grafik toshga yog‘och qoplama o‘rnatilgan o‘quv qurolini bildiradi. Uning grammatik ma’nosi esa morfologiyaning tekshirish ob’yektidir. Bir so‘z bilan aytganda, morfologiya so‘z turkumlari va ularning grammatik shakllari bo‘yicha bahs yuritadi. So‘zlarni turkumlarga ajratishda so‘zlarning leksik ma’nosi ustiga qo‘yilgan umumiy grammatik (predmet, belgi- xususiyat, harakat-holat kabi) ma’no asosiy tayanch nuqta bo‘lib xizmat qiladi.18 XX asrning boshlariga kelib, morfologiya fan sifatida shakllana boshlagan davrdan boshlab morfemaga an’anaviy yondashuvdan boshqacharoq yondasha boshladi. Bu bilan sistemaviy-struktur tilshnoslikning morfema va uni o‘rganuvchi tilshunosliknig alohida bo‘limi bo‘lgan morfemikaning mavjudligi e’tirof etila boshlandi.19 Amerika deskriptiv tilshunoslik maktabining vakillari glossosentrik nazariyaga qarama-qarshi ravishda morfosentrik nazariyani olg‘a sura boshladilar. Bu qarashga muvofiq, til tizimidagi markaziy, eng kichik ma’noli birlik morfema hisoblanadi. Qolgan ba rcha birliklar morfema asosida izohlanadi. Morfemaning ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan va boshqa mayda bo‘laklarga bo‘linmaydigan eng kichik til birligi sifatida fonema sanaladi. Morfemaning morfema bilan qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan birliklar konstruksiya hisoblanadi.20 Morfemika so‘zning nechta morfemadan tashkil topishini o‘rganmaydi, balki morfemalarning turini, har bir turga xos xususiyatlarni o‘rganadi.21 Xulosa qilib aytganda, yuqorida ta’kidlanganidek, morfologiya, morfemika doimo tilshunoslar markazida bo‘lib kelmoqda . Shuni alohida qayd etish zarurki, o‘zbek tili leksikasining shu jumladan o‘zbek tili morfologiyasining shakllanishida mashhur tilshunos olim Fahri Kamolning xizmatlari beqiyosdir.I22 O‘zbek tili morfoligiyasining, xususan morfemikaning shakllanishi va uning o‘rganilish ob’yektining to‘g‘ri belgilanishida akademik A.Hojiyevning o‘rni beqiyosdir . … Morfema so‘zining tarkibiy qismi sifatida qaralganligi uchun so‘z tayanch nuqta qilib olinadi. So‘zning shakllari haqidagi talimot morfologiya bo‘lganligi uchun morfema haqidagi fikrlar ham o‘z-o‘zidan, morfologiya tarkibida bayon qilinishi lozim. O‘zbek tilshunosligida ham morfema haqidagi qarashlar ana shu nazariya tasirida dunyoga keldi.23 Albatta, milliy fanda milliy mafkura ask etadi.O‘zbek tilshunosligida ham milliy fan bo‘lib, u ham o‘zida milliy msfkura va milliy g‘oyani aks ettirish bilan birgalikda, uni targ‘ib qiluvchi vositalar sirasidan ham o‘rin oladi. Til ijtimoiy-ruhiy hodisa bo‘lganligi sababli uning meyorlarini belgilash til siyosati bilan ham bog‘liq. Yurtimiz bir asrdan ko‘proq mustamlakada bo‘ldi. Hukmron xalq va uning tilga har jihadan imtiyoz berilib, qarol xalqlarning ruhiyati va tiliga tajovuz qilindi. Faqat istiqlol natijasi o‘laroq, til va tilshunosligimiz istibdod nishonidan halos bo‘ldi. O‘zbek tilshunosligi tom ma’nodagi musaqil fan sifatida o‘zbek tilining o‘zbekona tabiatini ochiq-oydin o‘rganib, uni milliy g‘oya va milliy mafkurani targ‘ib qilishning tarkibiy qismiga aylantirdi. Bugungi kunda morfologiyada grammatik kategoriya va shakllarning, so‘z. turkumlarining yangicha tasnifi, sintaktik hodisalarning yangi nuqtai nazardan tadqiq qilinishi natijasida talimga olib kirilayotgan ilmiy yangiliklar gapning markazi sifatida kesimning qaralishi gap va so‘z kengaytiruvchilarning farqlanishi, gap .bo‘laklarining darajalanishi, soda va qo‘shma gap oralig‘ida uyushgan gapning ajratilishi, gap markaziga tayangan xolda qo‘shma gapning yangicha tasniflanishi kabilar fikrimiz dalilidir. Bular esa grammatika, milliylik va milliy mafkura tushunchalarining bog‘liqligini ko‘rsatadi.24 Xalqimiz, millatimiz uchun tamomila yangi sosial-tarixiy sharoit bo‘lgan istiqlol munosabati bilan davlat va jamiyatning adabiy tilga talabi, shunga muvofiq til siyosati o‘zgarib o‘zbek adabiy tilining ijtimoiy va ruhiy vazifasini takomillashtirish asosiy maqsad qilib belgilandi. Adabiy til bo‘limlarini shu nuqtai nazardan isloh qilish, qayta baholash bosh vazifadir.25 Mustaqillik davriga kelib o‘zbek adabiy tilining boshqa bo‘limlari kabi morfologiya sohasida ham isloh talab mavjud ekanligini davrning o‘zi ko‘rsatdi. Shu munosabat bilan modomiki meyorlashtirishda mustamlakachilik tuzimi davridagidek morfologik tuzilishi jihatidan boshqa guruhga mansub til hukmron bo‘lgan rus tili ta’siriga asoslanish emas, o‘zbek tilining sistem tuzilishiga xos xususiyatga asoslanib ish ko‘rish, ularni nazariy asoslash, ilmiy nuqtai nazardan talqin etish zarurati paydo bo‘ldi. Umuman olganda, ilmiy talqindagi xilma-xillik kimningdir “zo‘r”,kimningdir “zaif “ligidan emas, balki shu jamiyatda shu fanning chuqur o‘rganilganligidan, unga turli tomondan turib yondashish va turli nuqtai nazardan turib tarifu tavsif berish odatiy tusga aylanayotganligidan, fanning rivojlanganligidan dalolat. Chunki, har qanday fan va ilmiy bilishdagi tub yangilanishning ilk bosqichida yangi mezon va munosabat hamisha “ko‘r tutganini, kar eshitganini qo‘ymas” tamoyili asosida uqilgan va uqilmagan holda, ba’zan hattoki zo‘rlik bilan kiritiladi, u ma’lum darajada ommalashgach, navbatdagi bosqichdagina bu mezonlar “mahallashtiriladi”, tugal o‘zlashtiriladi. Shuning uchun yangi talqin , yondashish, albatta qarshilikka uchraydi, davr fani “daholari”tomonidan inkor qilinadi. Zero, odatda “fan daholari” mavqyeyida ilmiy yo‘nalishi va dunyoqarashi o‘z ijtimoiy vazifasini o‘tab bo‘lgan o‘rnini yangi yo‘nalish yoki yondashishga bo‘shatishi kerak bo‘lgan shaxslar turadi va ular yangicha talqinni hazm qila olmaydi. Har qanday yangilik fan olamiga qiyinchilik bilan kirib keladi. O‘zbek tili morfologik tizimitalqini ham bundan mustasno emas26. Zero, nutqning mustaqil bo‘lagi hisoblangan so‘z doimo olimlarning diqqat markazida bo‘lishi - bu qonuniyatdir Download 53.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling