I bob: So‘zlarni turkumlash tamoyili II bob
Download 53.46 Kb.
|
so\'zlarning turkumlarga ajratilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV Xulosa: V Foydalanilgan adabiyotlar: ISHNING UMUMIY TAVSIFI Mavzuning dolzarblilgi
Reja Ishning umumiy tavsifi Kirish: So‘z. So‘zning tasnifi. So‘zlarni turkumlarga ajratishda yunon, arab, hind tilshunosligida hamda turkologiyadagi turlicha qarashlar. I bob: So‘zlarni turkumlash tamoyili II bob: XX asrda o‘zbek tilshunosligida morfologiya va so‘z turkumlari. III bob: Zamonaviy tilshunoslikda so‘zlarni ma’noviy morfologgik va sintatik xususiyatlarga qarab ajratish. IV Xulosa: V Foydalanilgan adabiyotlar: ISHNING UMUMIY TAVSIFI Mavzuning dolzarblilgi Dunyo tilshunosligining hozirgi xolati jamiyatimizda yuz berayotgan ijtimoiy siyosiy o‘zgarishlar, boshqa fanlarda bo‘lgani kabi, o‘zbek tilshunosligi oldiga ham yangidan-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida aloxida ta’kidlanganidek fundamental fanlar, zamonaviy kommunikasiya va axborot texnologiyalari, bank, moliya tizimi kabi o‘ta muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanilish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug‘atlar chop etish zarur atama va iboralar, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tilini har tomonlama rivojlantirish milliy o‘zlikni, Vatan tuyg‘usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz.1 Yurtboshimiz tomonidan belgilab berilgan ona tilimizni ma’naviy boyligimiz sifatida asrab-avaylash, boyitish, undan amaliy foydalanish, samaradorlikni oshirish, qo‘llanish imkoniyatlarini kengaytirish vazifalari tilshunoslar oldiga ham aniq talablarni qo‘ymoqda. Barcha tillarda bo`lgani kabi tilshunoslikning morfologiya sohasida ham qadimdan shug‘ullanib kelgan. Shunga qaramasdan so‘zlarning morfologik tuzilishi, xususan lug‘at tarkibidagi so‘zlarni turkumlarga ajratish hozirga qadar o‘z yechimini topgan emas. O‘zbek tilshunosligida keyingi yillarda so‘zlarni turkumlarga ajratish sohasida diqqatga sazovor yangicha ilmiy qarashlar yuzaga kelmoqda, ammo zamonaviy tilshunoslikda so‘zlarni turkumlarga ajratishdagi yangicha qarashlar ham turli tuman bahslarga sabab bo‘lmoqda. Bular qatoriga taqlidiy so‘zlarning mustaqil so‘z turkumi sifatida talqin etlishi undov, modal so‘zlarning so‘z-gap deb yuritilishi kabilarni ko‘rsatish mumkin. Muammoning o‘rganilganlik darajasi boshqa tillarda bo‘lgani kabi o‘zbek tilshunosligida ham ot tarkibidagi so‘zlar bajarayotgan vazifalariga ko‘ra an’anaviy ravishda mustaqil so‘z turkumlari, yordamchi so‘z turkumlari deb keyinchalik esa ular mustaqil, yordamchi va alohida so‘z turkumlari sifatida, hatto mustaqil, yordamchi va oraliq so‘z turkumlari deb talqin etila boshlandi. Zamonaviy tilshunoslikda esa so‘zlarni turkumlarga ajratish sintaktik ma’noviy va morfologik nuqtai nazardan tadqiq etilmoqda. Garchi ushbu mavzu tilshunoslar tomonidan atroflicha o‘rganilgan bo‘lsa-da ularda hanuzga qadar bir to‘xtamga kelinmaganligining guvohi bo`lamiz. Download 53.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling