I bob: So‘zlarni turkumlash tamoyili II bob


Dissertatsiyaning ilmiy tadqiqot ishi bilan bog‘liqligi


Download 53.46 Kb.
bet2/5
Sana24.01.2023
Hajmi53.46 Kb.
#1118221
1   2   3   4   5
Bog'liq
so\'zlarning turkumlarga ajratilishi

Dissertatsiyaning ilmiy tadqiqot ishi bilan bog‘liqligi.
Ushbu mavzu 2012 yil mart oyida Samarand Davlat Universiteti O’zbek tilshunosligi kafedra yig‘ilishida muxotama etilib, kafedraning rejasina asosan himoyaga tavsiya etilgan. O‘tgan davr mobaynida ushbu mavzu bo‘yicha ko’pgina yangilkilar amalga oshirildi.


Tadqiqotning maqsadi.
O‘zbek tilshunosligida morfologiyaning shakllanish jarayonini tadqiq qilish. Keyingi yillarda so‘zlarni turkumlarga ajratishdagi an’anaviy qarashlardan voz kechib, ularni zamonaviy tilshunaslik nuqtai nazaridan tahlil qilishdir.


Tadqiqotning vazifalari.
Ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun quydagilar nazarda tutildi.
- Tarixiy nuqtai nazardan qadimgi Yunon, Arab tilshunosligida so‘zlarni turkumlash to‘g‘risidagi qarashlarni ko‘rib chiqish;
- Turkiy tillarda, jumladan o‘zbek tilshunosligida M.Koshg‘ariy, A.Navoiyning morfologiya, so‘zlarni turkumlarga ajratish to‘g‘risidagi qarashlarini o‘rganish;
- XIX asr o‘rtalari va XX asr boshlarida o‘zbek tili morfologiyasining taraqqiyotini kuzatish;
-XX asr o‘zbek tilshunosligining shakllanishi to‘g‘risidagi ilmiy tadqiqotlar bilan tanishish;
- Mustaqillik davridan buyon o‘tgan davrda o‘zbek tili morfologiyasining rivojlanishi va so‘zlarni turkumlarga ajratishda ularni an’anaviy usuldan voz kechib, asosan so‘zlarni ma’noviy, morfologik va semantik nuqtai nazardan ajratishni o‘rganish;
Tadqiqotning ob’yekti va predmeti
Ushbu magistrlik dissertatsiyamizning tadqiqot ob’yekti o‘zbek tili morfologiyasining tarixiy, tadrijdiy (evolyutsion) rivojlanishi hamda XX asrga kelib o‘zbek tilining shakllanishini ko‘rsatishdir, shu bilan birga o‘zbek tilida davom etib kelayotgan so‘zlarni turkumlashdagi ularning mustaqil ma’no anglatishi va gap bo‘lagi vazifasida kelishi, mustaqil va yordamchi so‘z turkumlariga ajratgan xolda, ham hali mustaqillik va yordamchilik xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlar guruhini oraliq so‘z turkumlari degan qarashni lozim deb hisoblaymiz. Shu bilan birgalikda hozirgi davrda o‘zbek tilshunosligida morfologiyada so‘z gaplar qatoriga kiritilgan so‘zlarni sintaktik nuqtai nazardan emas, ularni morfologik nuqtai nazardan tahlil qilishni e’tirof etdik.



Download 53.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling