I bob. Sportchilarni tayyorlashda yuklamaga tarif va ularning tuzilishi


II.BOB. MASHG’ULOT DAVRLARINING TUZILISHI


Download 74.83 Kb.
bet14/17
Sana27.01.2023
Hajmi74.83 Kb.
#1129950
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
YUKLAMAGA UMUMIY TAVSIF

II.BOB. MASHG’ULOT DAVRLARINING TUZILISHI.
2.1. Mashg’ulot mezosikllarini tuzilishi.
Mikrosikllar strukturasi. Musobaqa mikrosikllari musobaqalar jadvali va ularga bevosita olib keluvchi shart-sharoitlar bilan belgilanadi. Tayyorlov davrining ikkinchi bosqichida bu mikrosikllarning barcha detallari hamisha ham qayta tiklanavermaydi. Aslida musobaqalar rejimi optimal mashg’ulot rejimidan qancha kam farq qilsa, uni tayyorgarlik jarayonida shuncha to’liqroq va tezroq tiklab olish mumkin.
Buni misol bilan tushuntiramiz. Agar futbol bo’yicha turnir musobaqalari 5 - 6 kunlik intervallar bilan o’tkaziladigan bo’lsa, u holda musobaqa yuklamalarining bunday rejimi tayyorlov ishlarini haddan tashqari cheklab qo’ymaydi. Bunday rejimning mashg’ulotning maxsus - tayyorlov bosqichidagi yuklamalarning ef-fektiv rejimi bilan qo’shilib ketishi unchalik qiyin bo’lmaydi va shuning uchun uni mazkur bosqichning ko’pgina mikrosikllariga kiritish mumkin. Bunda mikrosiklning sxemasi taxminan jadvalda ko’rsatilganidek bo’lishi mumkin.
Agar musobaqalar kichik intervallar bilan yoki kichik seriya bilan bir necha kun ketma - ket davom etsa, u holda ko’rib chiqilayotgan bosqichda yuklamalarning unga o’xshash rejimini musobaqalarda ishtirok etishdan ham ko’ra ko’proq hajmi mikrosikllarning o’rniga qarab musobaqa yuklamalarining hajmidan kamroq bo’lishi ham, ko’proq bo’lishi ham mumkin bo’lgan turli mashqlar vositasi bilan modellashtirib tiklanadi.
Ma’naviy - iroda tayyorgarligi musobaqalar davrida musobaqalarga bevosita psixologik jihatdan tayyor bo’lish, sportchini jismoniy va ruhiy kuch - quvvatni oliy darajada namoyon etishga safarbar etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga eh-timol tutilgan sport mag’lubiyatlariga to’g’ri munosabatda bo’lishni va ijobiy emotsional holatni saqlab qolishni ta’minlash ham g’oyat muhimdir.
Agar musobaqa davri uzoq davom etadigan bo’lsa, u holda mashg’ulot sport formasining poydevorini kengaytirish bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha funksiyani ado etadi. Bunday holda uchraydigan oraliq bosqichlar ma’lum ma’noda tayyorlov davrini eslatadi.

Download 74.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling