Kurs ishining maqsadi: Sportchining jismoniy texnik va taktik tayyorgarligini kuzatish va tahlil qilish.
Kurs ishining ob’ekti: Sport trinirovkasi kundalik ish jarayonidagi insonlar, kuzatish uchun: shug‘ullanuvchilar, o‘quvchi yoshlar .
Kurs ishining predmeti: Sport ishlari va ularni rejalashtirish .
Kurs ishining vazifalari:
Sportchini texnik tayyorlashni vazifalari, bosqichlari va asosiy uslubiyatini ochib berish.
Sport mashg’ulotlarida olib boriladigan ishlar va ularning mazmun mohiyatini o’rganish.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: kirish, 2 bob, 6 ta reja, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
1.BOB.SPORTCHILARNI TAYYORLASHDA YUKLAMAGA TARIF VA ULARNING TUZILISHI.
1.1. Yuklamalar va ularning tasnifi.
Sportchilarni tayyorlashda yuklamaga umumiy tavsif - Har qanday jismoniy mashqni bajarish tanani ancha yuqori darajadagi funksional faollikka o’tkazish bilan bog’liq. Shunday qilib «mashg’ulot yuklamasi» tananing qo’shimcha faolligini anglatadi.
Tananing ortiqcha faolligi ma’lum miqdorda kuch sarfini talab etadi (bu kuchning kattaligi yuk kattaligiga bog’liq), bu ma’lum bir vaqtdan keyin charchashga olib keladi va tiklanishga zarurat seziladi.
Mashg’ulot yuklama kuch sarfi va charchashga olib kelish bilan birga tiklanish jarayonlarini qo’llaydi, ular faqat to’la tiklanish bilangina emas, balki ish qobiliyatini submaksimal va maksimal yuklamalarda to’la tiklanishini (superkompensatsiya) ta’minlaydi.
Quyidagi yuklamalar farqlanadi:
- mashq (o’stiruvchi) - bu sportchi tanasida tarkibiy xarakterdagi anchagina ijobiy o’zgarishlarni ta’minlaydi.
- barqarorlashtiruvchi - bu erishilgan moslashish holatini mustah-kamlaydi.
Shu bilan birga «mashg’ulot yuklamasi» tushunchasi mashqni sportchi tanasiga ta’siri darajasi sifatida, birinchi navbatda bu ta’sirning miqdoriy darajasini belgilaydi. Kam, o’rtacha, ma’lum darajadagi va yuqori yuklamalarni farqlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |