I bob. Sportchilarni tayyorlashda yuklamaga tarif va ularning tuzilishi


Ko’p yillik tayyorgarlikni davom etishi va uni aniqlovchi omillar


Download 74.83 Kb.
bet16/17
Sana27.01.2023
Hajmi74.83 Kb.
#1129950
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
YUKLAMAGA UMUMIY TAVSIF

2.2. Ko’p yillik tayyorgarlikni davom etishi va uni aniqlovchi omillar.
Sportchi faqat tanlangan mashqda musobaqalashayotganidan yoki yana qo’shimcha mashqlarda ham chiqayotganidan qat’i nazar, musobaqalar o’z ahamiyati va yo’nalish darajasi bo’yicha bir - birlaridan farq qilinishi kerak. Musobaqalarning bir qismi xatto musobaqa davrida ham tayyorgarlik xarakteriga ega bo’ladi va ulardan asosiy, eng mas’uliyati musobaqalarga yaqinlashtirish uchun foydalaniladi.
Tabiiyki, bu davrda musobaqa mashqlarining salmog’i ortib boradi: bu maxsus - tayyorlov mashqlarining miqdorini qisqarti-rish hisobiga ortib borganidan ko’ra ko’proq musobaqalardan keng foydalanish ham mashg’ulotlarda musobaqa mashqlarini tez - tez ba-jarib turish natijasida sodir bo’ladi. Maxsus - tayyorlov mashq-larining sostavi bundan oldingi davrning oxirida qanday bo’lgan bo’lsa, asosan shundaligicha qoladi.
Umumiy tayyorgarlik vositalaridan foydalanishda anchagina o’zgarishlar yuz beradi. Sport formasi turg’un vaqtda «salbiy» ta’sir etuvchi xavf kamayadi va, binobarin, mashqlarni kengrok miqyosda almashtirish imkoniyati paydo bo’ladi. Garchi umumiy -jismoniy tayyorgarlik asosan ilgari o’zlashtirilgan mashqlar materialidan ko’rilsa ham, biroq mashqlarning tarkibi va ularni almashlash jihatidan tayyorlov davrining ikkinchi bosqichidagiga qaraganda ko’proq xilma-xil bo’lishi mumkin. Bu umumiy tayyor ekanlik darajasini saqlab turish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bu esa o’z navbatida maxsus tayyor ekanlikni saqlab turish va yanada rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Bir holatdan ikkinchisiga o’tishlar - faol dam olish yordamida ish qobiliyatini kundalik tiklab borish sharoiti ham yengillashadi. Musobaqa davrida davrning uzunligi qanchalik katta bo’lsa va maxsus tayyorgarlikning mazmuni qanchalik bir xil bo’lsa, mashqlarning xilma-xilligi-ning ahamiyati shunchalik katta bo’lsa kerak. Chunki bir yo’nalish-dagi faoliyat qo’riqlovchi tormozlanishga tezroq olib keladi hamda funksional imkoniyatlarni cheklab qo’yadi. Musobaqa davrida umumiy tayyorgarlikning salmog’i maxsus - tayyorgarlik bosqichida-giga qaraganda umuman past bo’ladi. Agar musobaqalar davri nisbatan qisqa muddatli bo’lsa, umumiy va maxsus tayrgarliklar nisbati taxminan bosqichda tayrgarlik davrining oxirida qanday bo’lsa, shunday darajada saqlanib qoladi. Agar musobaqa davri 2-3 oydan ortiqqa cho’zilib ketsa, u holda bu nisbat oraliq umumiy tayyorgarlikning salmog’ini bir qadar ortirish tomoniga o’zgarishi kerak.
Hozirgi mavjud amaliyotda ko’pincha mutlaqo boshqacha manzarani ko’rish mumkin: musobaqalar davri boshlanishi bilan umumi tayyorgarlikning salmog’i yo keskin qisqarib ketadi yoki yo’q darajaga tushib ketadi. Hozirgi zamon ilmiy qarashlari va ilg’or tajriba bunday yo’lni ratsional emas deb xisoblash uchun yetarli asos beradi.
Maxsus - tayyorlov bosqichida umumiy tayyorgarlikning salmog’i pasayishi mashg’ulot qonuniyatlariga to’g’ri keladi va umumiy mashq bidlan chiniqqanlik darajasini yo’qotishga sabab bo’lmaydi (chunki birinchi bosqichda ishlatilgan yuklamalarning katta hajmi ta’sir qilishda davom etadi). Umumiy tayyorgarlik hajmining bundan keyingi uzoq muddat qisqarishi esa, turli adaptatsion jarayonlarning shakllanib qolgan nisbatlarini buladi va sport formasining funksional bazasini kamaytiradi. Shuning uchun yetakchi sportchilarning musobaqa davrida mashg’ulot uchun ajratilgan umumiy vaqtning 30%, ba’zan xatto undan xam ortiq foizni umumiy tayyorgarlikka sarflashlari tobora ko’payayotgani bejiz emas. Tadqiqotlar, jumladan sportning tezkor - kuchlilik talab qiladigan turlari bo’yicha ixtisoslashayotgan sportchilar uchun kuch - quvvat xarakteridagi mashqlarning anchagina qismini saqlab qolish zarur ekanini ko’rsatdi.
XULOSA
Sport amaliyoti qo’llanilayotgan yuklamalar o’z xususiyati xarakteriga ko’ra mashq va musobaqa, odatiy (ma’lum sport ixtisosligi uchun) va noodatiy turlarga bo’linadi, o’stiruvchi ta’sir yo’nalishi bo’yicha kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik va ularning aralashmasini rivojlantirishga xizmat qiladi, ruhiy tanglik bo’yicha ko’p yoki kam ruhiy taranglikni talab qiluvchi, sportchi tanasiga ta’sir darajasi bo’yicha kichik, o’rta, sezilarli, katta yuklarga taqsimlanadi.
Hozirgi kun sportchilarini tayyorlash sportchining jismoniy sifatlarini rivojlantirish – jismoniy tayyorgarligi, tanlangan sport turi bo’yicha texnik va taktik tayyorgarliklarini hamda ularga oid nazariy bilimlarining darajasini to’xtovsiz kengaytirish, ma’naviyati, ruhiy sifatlarini tarbiyalashni doimiy nazoratda tutish talabini qo’yadi. Sportchini faqat yuqori natijaga har qanaday yo’l bilan erishishga undash, tayyorlashning oqibati salbiy xotima bilan tugashi o’zining isbotiga ega.
Shug’ullanuvchining umumiy va maxsus tayyorgarligi keng ko’lamli pedagogik jarayonni o’zida mujassamlashtiradi. Sport trenirovkasining mazmuniga shunday yo’nalish berish mamlakatimiz jismoniy tarbiya tizimining umumiy prinsiplari talablariga mos keladi. Sport qayd etil­ganidek, yagona maqsad bo’lmasada shaxs qobiliyatni har tomonlama rivojlantiruvchi, ijodiy va ongli faoliyatiga tayyorlovchi samarali vositalardan biridir.



Download 74.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling