I-bob. Statistikaning predmeti, metodi va tashkil etilishi
Download 1.92 Mb.
|
statistika yangi ma\'ruza matni
llirinchixususivat. Ommaviy hodisalarni o'rganadi. Masalan. professor oilasida 3 nafar qiz bola tug'ildi, fermer oilasida 3 nafar o'g'il bola. Bu \ erdan. demak professorial- oilasida faqat qiz bola tug'ilar ekan. fermerlar oilasida o’g'il bola tug'ilar ekan degan xulosa chiqarish mumkin emas. Ohunki, bu voqealar ommaviy emas. Bundav xulosa chiqarish uchun aholi punkti, shahar. viloyat. mamlakat yoki dunyo aholisining oilalarida bolalar tug"ilishini o'rganish kerak. Shundav o'rganishlardan bizga ma'lumki, har 100 ta qiz bolaga 105 ta o’g'il bola tug'iladi, lekin doimo ayoliar soni erkaklar sonidan ko'p.
Ikkinchi xususivat. Miqdoriy tomonlarini o'rganadi. Bizga ma'lumki. har bir hodisa sifat va miqdor tomonlariga ega. Hodisa va voqealarni sifat tomonlarini aniq fanlar o'rganishi hammaga ma'lum. lekin bu degani statistika hodisalarning miqdorini o'rganishda, ularning sifat tomoniga umuman e’tibor bermaydi degani emas. Aksincha, sifat va miqdor ko'rsatkichlari uzviy bog'liqlikda o'rganiladi. Masalan, Respublikada laoliyat ko'rsatayotgan qo'shma korxonalarni olaylik. Ularning 5 yillik iqtisodiy-moliyaviy faoliyatini tahlil qilib, olingan natijalar asosida qo'shma korxonalarni itch guruhga ajratish mumkin: yaxshi ishlagan. o'rtacha ishlagan. yomon ishlagan. Ko'rinib turibdiki. biz miqdor ko'rsatkichlami tahlil qilib. qo'shma korxonalarni sifat ko'rsatkichi orqali ularni uch guruhga ajratdik. Uchinchi xususiyut. Aniq sharoit va vaqt. Voqea va hodisalarning miqdoriy tavsiflanishini statistika raqamlarda ifodalaydi. Ular makonda farqlanadi va vaqt bo'yicha o'zgaradi. Masalan, Farg'ona va Buxoro sha- harlari aholisining soni va tarkibi bir xi 1 emas. ular vaqt bo'yicha ham o'z- garib turadi. Shuning uchun ham statistik ma’lumotlar o'zining vaqt bo'yicha chegaralanganligi, joy bo'yicha va to'plamdagi faktlar hajmining aniqligi xususiyati bilan ajralib turadi. To 'rtinchi xususivar. Hodisalarning rivojlanish qonuniyatlari. Ko'pchi- likning fikricha, qonuniyat deganda o'rganilayotgan hodisalardagi takror- lanish, aniq tartib va to'g'rilik. birin-ketinlik tushuniladi. Bu holatlar bir-biridan farq qiluvchi belgilarning umumiy to'plamda o'zaro voyi- shib ketishi natijasida paydo bo'ladi. Shuning uchun ham, ommaviy ma'lumotlarni umumlashtirish yo'li bilan aniqlangan qonuniyatlar statistik qonuniyatlar deb yuritiladi. Statistik qonuniyatlarning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular to'plamdagi ayrim hodisalarga. ele- mentlarga, birliklarga tegishli bo'lmasdan. balki umumiy to'plamga te- gishlidir. Statistik qonuniyatlar asosida ichki va tashqi sabablarning murakkab qo'shilmasi va o'zaro ta'siri yotadi. Shu sababli statistik qonuniyatlar alo- hida olingan birlikda emas, balki barcha birliklarni o'zida qamrab olgan to'plamlarda namoyon bo'ladi. Bu yerda ulkan sonlar qonuni amal qiladi. Bu qonunning mohiyati shundaki, hodisalar to'plami qanchalik ko'proq unsurlardan tashkil topgan bo'lsa, unda alohida, tasodifiy sabablar bilan bog'liq bo'lgan o'zgaruvchanliklar shunchalik to'laroq o'zaro yoyishadi va oqibat natijada hodisalarning zaruriy bog'lanishi va izchi 11 igining umumiy qonuniyatlari aniqroq namoyon bo'ladi. Statistika o'z predmetini quyidagi kategoriyalar yordamida o'rganadi: Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling