I-bob. Statistikaning predmeti, metodi va tashkil etilishi
Download 1.92 Mb.
|
statistika yangi ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Statistik ko‘rsatkichlar tizimi-bu
3. Statistik ko‘rsatkich - bu kategoriya bo'lib, hodisa va voqealarni aniq sharoit va vaqtdagi miqdoriy tasvirlanishidir. Statistik kodsatkichlar hajmiy va hisoblangan ko'rsatkichlarga bo'linadi. Ular reja, hududiy,
NAMANGANDAVT haqiqiy, bashoratlangan ko'rsatkichlar shaklida bo'lishi mumkin. Statis- tik ko'rsatkichlami statistik ma’lumotlar bilan chalkashtirmaslik kerak. Statistik ma'lumotlar bu statistik ko'rsatkichlami aniq raqamdagi ifodasidir. 4. Statistik ko‘rsatkichlar tizimi-bu bir-biri bilan o'zaro bog'langan statistik ko'rsatkichlar yig‘ indisidir. Statistik ko'rsatkichlartizimi ijtimoiy hayotni. barcha pog'onalarini o'zida qamrab oladi. Agarda ko'rsatkichlar mamlakat, hudud. tarmoq darajasida hisoblansa. ular makro daraja ko'r- satkichlari deyiladi. Agarda korxona, firma, oila va shu kabi darajalarda hisoblansa, mikro daraja ko'rsatkichlari deyiladi. Yana bir masala. Statistika sotsial bilimning eng muhim qurollaridan biri sifatida vagona iim sohasimi yoki bo'laklardan tashkil topganmi? degan savol tug'iladi. Aslida statistika bitta narsa. lekin bir qancha tarntoqlari (sotsial, iqtisodiy. moliya va h. kj mavjud. Statistikaning umumiy nazariyasi ommaviy hodisalarni statistik o'r- ganishning umumiy tamoyillarini va metodlarini yaratish bilan shu- g'ullanadi. Sotsial statistika aholining turmush tarzini va boshqa sotsial munosabatlarni ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimini shakllantirish bilan shug'ullanadi. Iqtisodiy statistika mamlakatda ro'y berayotgan makro- iqtisodiy darajali o'zgarishlarning miqdoriv tomonlarini o'rgansa. insti- tutsional birliklar statistikasi - firma va korxonalar darajasidagi hodisa- larning miqdoriy tomonlarini o'rganadi. Statistika o'z obyektini ma'lum metodlar yordamida o'rganadi. Statistika dialektik metodga asoslanib. o'z predmetining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda. ommaviy hodisa va voqealarni o'r- ganishning maxsus statistik metodlarini yaratgan. Ularning yig'indisi statistika metodologivasi deyiladi. Istalgan ommaviy hodisa va voqealar to'g'risida ma’lum bir xulosaga kelish uchun biz. birinchi navbatda. ularhaqidama'lumotlarto'plashimiz. ikkinchidan, to'plangan ma'lumotlarni tartibga solib. ularni jadvallarga jovlashtirishimiz va grafiklarda tasvirlashimiz, uchinchidan. olingan va hisoblangan ko'rsatkichlami har tomonlama tahlil qilishimiz kerak. Mana shu shartlarni to' 1 iq bajarsak. o'rganilayotgan ommaviy hodisa va voqealar to'g'risida obyektiv xulosaga kelishimiz mumkin. Shuning uchun ham har qanday statistik tekshirish statistik kuzatish. jamlash va guruhlash hamda statistik tahlildan iborat uch bosqichga bo'linadi. Tekshirishning har bir bosqichida maxsus statistik metodlar qo'llani- ladi. Birinchi bosqichda — statistik kuzatish metodi, ikkinchi bosqichda jamlash va guruhlash metodlari, statistik jadvallar va grafiklar. uchinchi bosqichda- turli umumlashtiruvchi ko'rsatkichlarni (mutlaq, nisbiy va o'rtacha miqdorlar, dinamika ko'rsatkichlarini tablii qilish. balans, indeks va boshqa) hisoblash va tahlil qilish metodiari. Ilmiy jihatdan asoslangan statistik tadqiqot qayd etilgan metodlarning chambarchas bog'liq ravishda olib borilishini taqozo etadi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling