I-bob. Statistikaning predmeti, metodi va tashkil etilishi


Download 1.92 Mb.
bet7/15
Sana29.12.2022
Hajmi1.92 Mb.
#1072265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
statistika yangi ma\'ruza matni

Itirinchi yo'nalishning ahamiyatli jihati Davlat statistika qo'mitasi lomonidan chop etilayotgan yilnomalarda iqtisodiyotning holati to'g‘- i isidagi axborotlarning e'lon qilinayotganligidir.
Ikk inchi yo'nalishning dolzarbligi — tarmoqlar va mintaqalar ijtimoiy- iqiisodi) rivojlanishidagi farqlarni baholashning statistik uslubiyotini liikomillashtirish zarurligi bilan belgilanadi.
Uchinchi yo'nalish Davlat statistika qo'mitasi tizimida jiddiy tadqi- qotlarni olib borish va statistikaning axborot bazasini rivojlantirishni nazarda tutadi. Mintaqalararo taqqoslashlar uslubiyoti niakroiqtisodiy ko'rsatkichlarni xalqaro taqqoslashlar tamoyillariga tayansada. undan bir qancha muhim jihatlari bilan farqlari ham mavjud. Shu sababli ko'pgina mintaqaviy ko'rsatkichlarni taqqoslashga yondashish hozirgi davrdajuda dolzarb masala hisoblanadi.
To'rtinchi yo'nalish - MHT uslubiyotini rivojlantirish ko'pgina umumlashtiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlarni taqqoslash muam- mosini hal qilishda muhim rol o'ynaydi. Milliy hisobchilik konsepsiya- siga asoslangan axborotlar statistik tahlil va prognoz ishlari uslubiyotini takomillashtirish uchun sharoit yaratadi.
Statistika fani va amaliyoti mustaqil yo'nalish sifatida shakllana borib ijtimoiy ahamiyatga molik axborotlarga hozirgi zamon talablarini hisobga olishi zarur. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti aholi hayot darajasi standartlari sifatini ifodalovchi ijtimoiy me’yorlar tizimini yaratish zaruriyatini belgilaydi. Bunda mamlakatimiz xususiyatlarini hisobga oluvchi obyektiv statistik axborotlar roli muhimdir. Bundan tashqari, ijtimoiy jarayonlarni tartibga solish va boshqarishda ijtimoiy ko'rsatkichlar asosiy predmet bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun statistika birinchi navbatda, ijtimoiy ko'rsatkichlarga: turmush darajasi. uv xo'jaliklarini budjet tadqiqotlari natijalari, nafaqa (pensiya) darajasi va h. k.Iarga. moslashishi lozim. Shuningdek. u yoki bu jarayonlarni baholashda ham ijobiy, ham salbiy jihatlarni hisobga olib, maksimal obyektiv yondashish talab qilinadi.
Masalan, muhtojlarga yordam (xavriya) misollari. yangi monopolist- larning paydo bo'lishi. maishiy xizmat sohasining "yemirilib ketishi”. iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish davridagi muammolar va h. k. Agar ushbu axborotlar mavjud bo'lsa, ijtimoiy-iqtisodiy muhitni aniqroq bilib. o‘z vaqtida. amaldagi qonunlarga zid faoliyat yuritayotgan. mamlakat va mintaqa rivojiga xavf solayotgan iqtisodiy tuzilmalarni aniqlashga imkon yaratiladi.
Bevosita mintaqalarda shakllanadigan axborot bazalari bir xil bo'lishi lozim. Bu esa. o'z navbatida. mintaqalararo taqqoslashlardagi farqlanish- larni obyektiv aniqlashga imkon beradi.
Shunday qilib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to'g'risida ishonchli va to‘liq axborot bazasini shakllantirishga qaratilgan mamlakat statistika- niing rivoji ma'lumotlaryig'ish va qayta ishlashni tashkil qilish, moliya- l.islujrish va statistik tadqiqot ishlarining yangilanib borilishi bilan uzviy bog'liqdir. Dolzarb. haqqoniy va to'liq statistik axborot umumdavlat va mintaqa darajasida puxta mintaqaviv siyosat olib borish uchun kafolat bu'ladi.
Quyida statistika sohasining mainlakatimizdagi tizimiy tashkil etilish sxcmalari keltirilgan.



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling