I-bob. Tabiiy resurslardan foydalanish


Yer, suv resurslari va ulardan foydalanish muammolari


Download 180.5 Kb.
bet9/11
Sana03.04.2023
Hajmi180.5 Kb.
#1322979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tabiiy resurslar

2.2 Yer, suv resurslari va ulardan foydalanish muammolari.
Insoniyatning yer resurslari bilan ta'minlanganlik darajasi jahon yer resurslari bilan belgilanadi. Jahon yer resurslari 13,4 mlrd gektarni tashkil etadi. Ishlov beriladigan yerlar eng qimmatbaho yer hisoblanadi, bunday yerlar insoniyatga zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarining 88 foizini beradi.O'tloq va yaylov yerlarning ham ahamiyati katta. Ular insoniyat istemol qiladigan oziq- ovqatning 10 foizini beradi.Biroq sayyoramiz yer fondining tarkibi o'zgarib turadi. Yer fondi tarkibiga bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan ikki jarayon to'xtovsiz ta'sir ko'rsatadi.
Bir tomondan insoniyat minglab yillar davomida yashash va qishloq xo'jaligida foydalanishga qulay bo'lgan yerlarni kengaytirish uchun zo'r berib kurashib keladi. Bunda qo'riq yerlarni katta ko'lamda o'zlashtirilganligi jihatidan Rossiya, Qozog'iston, AQSH, Kanada, Xitoy, Braziliya alohida ajralib turadi.
Lekin yeri kichik, aholisi zich o'rnashgan mamlakatlar dengizlarning qirg'oq bo'yi qismlarini jadal o'zlashtiryapti.
Ikkinchi tomondan yerlar to'xtovsiz oriqlab boryapti. Yerlarning botqoqlanishi va sho'r bosishi natijasida 1,5 mln gektar yer ishdan chiqyapti. Shaharlar o'sib borgan sari turar joy, sanoat va transport qurilishlari ham qishloq xo'jaligi yerlariga tobora jadal kirib bormoqda. Jahonning qurg'oqchil o'lkalarida sodir bo'layotgan cho'llashish jarayoni qishloq xo'jaligi yerlarini kamaytirib boryapti.
Cho'llashish hozirning o'zidayoq 900 mln gektarni “yutib” yubordi. Va yana o'nlab, mamlakatlarda xavf solyapti. Sahroi Kabir, Atakama, Namib va boshqa cho'llar kengayib boryapti. Olimlarning hisoblariga qaraganda, kelgusi 30 yil davomida G'arbiy Yevropaning yarmiga teng keladigan yerlari ishdan chiqayapdi. Bu jarayonlar natijasida yerga tushayotgan tazyiq to'xtovsiz ortib boryapti, yer resurslari bilan taominlanganlik darajasi esa kamib ketayapti.
Noosfera - aql zakovati sferasi odamlarning xo'jalik faoliyati geografik muhitga tabiatning o'zida ro'y beruvchi geologik jarayonlardan kam ta'sir ko'rsatyapti, deb yozgan edi Vernadskiy (1863-1905). O'shandan beri jamiyat bilan tabiat o'rtasidagi “moda almashinuvi” ko'plab marta o'sib, global miqyoslarga yetdi, biroq tabiatni “zabt etar” ekanlar, odamlar o'z hayot faoliyatlarining asosiga juda katta zarar yetkazdilar. Atrof-muhit holati yomonlashdi. Bu holatni tasvirlab fransuz okeanshunosi Jak Iv Kusto “ilgari tabiat insonni qo'rqitar edi, endi inson tabiatni qo'rqitmoqda” deb yozgan edi. Yer yuzining qancha mamlakat va rayonlarida ekologik vaziyat juda taranglashib ketib ekologik tanazzul darajasiga yetdi. Hozirgi vaqtda bu muammoni yechish uchun tobora ko'p davlatlar o'z kuch va imkoniyatlarini birlashtirmoqdalar.

Download 180.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling