I. bob. Ta’lim inson rivojlanishi asosi sifatida
Download 275.43 Kb.
|
Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning dolzarbligi
- Bitiruv malakaviy ishining maqsadi
- Bitiruv malakaviy ishining vazifalari.
- Tadqiqot predmeti
- Birinchi bob ―Ta’lim inson rivojlanishi asosi sifatida”
- Ikkinchi bob “ O’zbekistonda ta’lim : talab va taklif mutanosibligi ” mavzusini o`qitish texnoligiyalari”
Mavzu : Ta’lim sifatini ko’tarishda boshqaruv tizimini takomillashtirish omillari MUNDARIJA: KIRISH
I.bob. Ta’lim inson rivojlanishi asosi sifatida1.1. Ta‘limning inson rivojlanishiga ta‘lim 1.2. Ta‘lim va jamiyat taraqqiyot 1.3. Ta‘lim bo‘yicha modellar II.BOB.Boshqaruv etikasida ta’lim omilining ustuvorligi 2.1. Davlatning ta’lim tizimini isloh etish siyosa 2.2. Rahbar kadrlarni tayyorlash siyosati XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ―Ta‘lim to‘g‘risida gi qonunlarni amalga oshirish, talim tizimi oily o‘quv yurti hamda maktab isloxotida belgilangan ulkan vazifalarni bajarish ta‘lim tarbiya sifatini yaxshilash pedagogik jarayonni boshqarish va idora qilish, o`quvchilar jamoasi faoliyatini yo‘lga qoyish va rahbarlik qilish shu kundagi tarbiya texnologiyasini amalga oshirish ota-onalar va jamoatchilikni tarbiya ishlariga jalb etish va ular bilan yaqin hamkorlik o`rnata olish o‘qituvchi oldiga qo`yilgan asosiy vazifalardir. Bu vazifalarni muvoffaqiyatli hal etish o`qituvchi kadrlar tayyorlashning g`oyaviy, siyosiy, professional darajasini yuqori ko`tarishni talab qiladi. Talim tizimi sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma‘naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta‘lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutstiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo‘yicha mehnat qilish huquqi ro‘yobga chiqariladi.Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi standartlari orqali sifatli ta‘lim olish, shuningdek ta‘lim va kasb-hunar jihatdan tayyorgarlikning shakllari va turlarini tanlashni, uzluksiz malaka oshirib borish, zarurat taqozo etsa, tegishli qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqini va keng imkoniyatlarini nazarda tutadi.Ta‘lim xizmatlarining iste‘molchisi sifatida shaxsga davlat ta‘lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko‘rish kafolatlanadi. Ta‘lim olish jarayonida shaxs davlat ta‘lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.Shaxs ta‘lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta‘lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatadi va o‘z bilimi va tajribasini o‘rgatishda ishtirok etadi. Uzluksiz ta‘lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta‘lim standartlar asosida ta`minlanadi va quyidagi ta‘lim turlarini o`z ichiga oladi. - Maktabgacha ta`lim. - Umumiy o`rta ta‘lim. - O`rta maxsus kasb-hunar ta‘limi. - Oliy ta‘lim. - Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim. - Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash. Ta‘lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta‘lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta‘lim dasturlarining izchilligi asosida ta‘minlanadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi bo`lib, ta‘lim inson hayotining ajralmas bir bo`lagi va unga o`zining jamiyat hayotida muhim o`rin tutishini anglab yetishida muhim omil sifatida namoyon bo`lishini anglatadi. Ta‘lim olish insonning asosiy huquqi sifatida inson shaxsini har tomonlama rivojlantirish, insonning barcha huquq va asosiy erkinliklarini hurmat qilishni mustahkamlash, shuningdek, barcha xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik va do‘stlikni mustahkamlashga yordam berishga qaratilgandir . Bitiruv malakaviy ishining vazifalari. Qo‘yilgan maqsadga erishish quyidagi vazifalar yechimi bilan bog`liq. Ta‘limning inson hayotida tutgan o‘rnini belgiash ; Ta‘lim tizimining asosiy tushunchalari va atamalarini mohiyatini yoritish ; Ta‘limning jamiyat taraqqiyotida tutgan o`rnini haqida aytib o‘tish ; O‘zbekistondagi ta‘lim tizimining asosiy turlariga oid sharxlari tavfsilotini berish; ―O‘zbekistonda ta‘lim : talab va taklif mutanosibligi ‖ mavzusini o`qitishning texnologik modelini yaratish ; ―O‘zbekistonda ta‘lim : talab va taklif mutanosibligi ‖mavzusining ko‘rgazmali elektron taqdimoti (Power Point Presentation) dasturi asosida tuzish.
yagona o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta‘minlash. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslanadi; uning yoritilish darajasi ochib beriladi, izlanishning maqsad va vazifalari shakllantiriladi, olingan natijalarning ahamiyati aniqlab olinadi; asosiy xulosalarining realizastiyasi bo‘yicha axborotlar keltiriladi. Birinchi bob ―Ta’lim inson rivojlanishi asosi sifatida” bobining asosiy vazifasi bo‘lib, ta‘lim tizimining asosiy tushunchalari va atamalarini mohiyatini yoritish; Ta‘lim tiziminning inson hayotida tutgan o‘rnini belgiash; Ta‘lim tizimi bo‘yicha modellarni izohlab berish. Ikkinchi bob “ O’zbekistonda ta’lim : talab va taklif mutanosibligi ” mavzusini o`qitish texnoligiyalari” deb nomlanib, unda ―O‘zbekistonda ta‘lim : talab va taklif mutanosibligi‖ mavzusini o`qitishning texnoligik modelinig tuzilishi, hamda mazkur mavzuning ko‘rgazmali elektron taqdimoti (Power Point Presentation) yoritilgan. Xulosa qismida ta‘lim tiziminig asosiy bosqichlari va talim tizimi sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma‘naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta‘lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutilishi yoritilgan hamda ta‘lim bilan bog‘liq xulosa va tavsiyalar berilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarori talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko‘tarish, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarori qabul qilindi. Qarorning 14-bandida Respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari tarkibida ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari tashkil etilishi nazarda tutilgan. Yuqoridagi qarordan kelib chiqib Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi” tashkil qilindi.Bo‘limning asosiy maqsadi ta’lim sifatini aniqlash, ta’lim sifatini oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, Universitetning milliy va xalqaro reytingini oshirish yo‘nalishida ishlarni muvofiqlashtirish va olib borish, universitetning va uning tuzilmalarida ta’lim sifatini oshirishning yo‘nalishlarini belgilab berishga qaratiladi. Universitetda ta’lim sifatini nazorat qilish boshqaruv tizimining ajralmas qismi hisoblanib, uning asosiy vazifasi ta’lim sifatini davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini ta’minlash va universitetdagi o‘quv jarayonlarining samaradorligini oshirish maqsadida nazoratni tashkil etish bo‘yicha maqsadli va kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Bo‘lim o‘zining faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Davlat inspeksiyasi boshlig‘i va Universitet rektorining buyruq va ko‘rsatmalariga amal qiladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017-yil 2-avgust kuni o`tkazilgan "Umumta`lim maktablari va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o`rtasida o`zaro integratsiyani ta`minlagan holda bosqichma-bosqich 11 yillik majburiy o`rta ta`limni joriy etish masalalari haqida”gi majlisda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta`minlash va 2017-2018-o`quv yilidan boshlab o`rta ta`lim maktablari 10- sinflarida dars beradigan fan o`qituvchilarining kasbiy bilimlarini yangilash va chuqurlashtirishni tashkil etish, shuningdek metodist o`qituvchilar maktabini tashkil etish asosida uzluksiz malaka oshirish tizimini joriy etish yo`nalishlarida Xalq ta`limi vazirligi tomonidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning 11-12-avgust kunlari A.Avloniy nomidagi xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markaziy institutida 2017-2018-o`quv yilida o`rta ta`lim maktablarining 10-sinflarida dars beruvchi o`qituvchilar uchun o`tkaziladigan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining respublika bosqichi o`tkazilmoqda. O`quvlarda hududiy malaka oshirish institutlari rektorlari va kafedra mudirlari, hududiy xalq talimi boshqaruvi idoralari metodika markazlari rahbarlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan 380 dan ziyod ilg`or pedagogik tajribaga ega bo`lgan o`qituvchilar ishtirok etishmoqda. O`quv kursining ochilishiga bag`ishlangan tadbirda Xalq ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari S.Turg`unov so`zga chiqib, Prezidentimiz tomonidan maktablarda 10-11-sinflarni joriy etish bo`yicha berilgan topshiriqlar ijrosi, mamlakatimizda ta`lim-tarbiya sohasini takomillashtirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko`ratilgani, bu borada olib borilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar haqida to`xtaldi. Tadbir davomida kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta`lim standartlari (DTS) maqsadi, vazifalari, asosiy prinsiplari, tarkibiy qismlari, joriy etish va nazorat qilish tartibi, 10-sinflarda dars o`tishning zamonaviy usullariga oid ma`ruzalar tinglandi. Qisqa muddatli o`quv kurslari 12 ta (fanlar kesimida) sho``balar asosida o`tkazilib, unda yangi o`quv yilida fan o`qituvchilari uchun muhim sanalgan masalalar bo`yicha tushuncha va tavsiyalar berildi. Trenerlarning ushbu o`quvlardan olgan bilimlarini boyitgan holda o`z hududidagi o`rta ta`limning 10-sinflarida dars beruvchi har bir o`qituvchigacha yetkazishi yuqori saviyada yo`lga qo`yiladi. Hududlarda o`quv mashg`ulotlari interfaol, amaliy, trening shaklida tashkil etilib, o`qituvchilar sonidan kelib, fanlar kesimida tashkil etiladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2017-yil 2-avgust kuni o`tkazilgan majlisda berilgan ko`rsatmalar asosida vazirlik tomonidan xalq ta`limi tizimida rahbar va pedagog xodimlarning uzluksiz malakasinioshirish jarayonlarini tashkil etish mexanizmi ishlab chiqilgan. Mazkur mexanizm fanlar bo`yicha har bir tuman va shaharlarda metodist o`qituvchilar maktabi faoliyatini yo`lga qo`yish, ta`lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan. Mexanizmning maqsadi ilg`or pedagogik tajribaga ega bo`lgan ijodkor, tashabbuskor, fidoyi rahbar va pedagoglar tajribasini ommalashtirish, pedagogika sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini ta`minlash, mustaqil ta`lim, qisqa muddatli va sayyor malaka oshirish jarayonlarini tizimli tashkil etish asosida xalq ta`limi tizimi rahbar va pedagog xodimlari kasbiy kompetentligini rivojlantirish vazamonaviy ta`lim muassasalari safini kengaytirishdan iborat. Uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish mexanizmini joriy etish, metodist o`qituvchilar va murabbiylarning samarali faoliyatini yo`lga qo`yish maqsadida hududiy malaka oshirish institutlari rektorlari va kafedra mudirlari uchun o`quv seminari tashkil etildi. Unda o`quv-seminar ishtirokchilariga: • uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish va takomillashtirish metodlari va vositalari; • har bir hududiy malaka oshirish institutlarida fanlar kesimida "Metodist o`qituvchilar” hamda "Yoshlar yetakchilari” uyushmasi faoliyatini yo`lga qo`yish; • har bir tuman va shaharlardagi "Metodist o`qituvchilar maktabi” va "Metodist murabbiylar muassasasi”, "Zamonaviy ta`lim muassasalari”, "Innovatsion tajriba-sinov muassasalari”da sayyor malaka oshirish kurslarini tashkil etish yo`nalishlari haqida batafsil ma`lumot berildi. O`quv seminarlarini tashkil etish pedagogik kadrlar malakasini oshirish orqali ta`lim sifati va samaradorligini yuqori pog`onaga ko`tarishda amaliy ahamiyatga egadir. Xalq ta’limi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonida ta’limning innovatsion shakllari va usullarini qo‘llashga ko‘maklashadi.Shu bilan birga, ushbu sohadagi ishlar holatini tanqidiy tahlil qilish xalq ta’limi tizimi boshqaruvini tashkil etish, davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda umumta’lim muassasalari deb yuritiladi) faoliyatini amaliy jihatdan muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnik holatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishda bir qator muammolar va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan:birinchidan, joylarda umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, umumta’lim muassasalari rahbarlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarini hal etish, idoraviy mansub tashkilotlarning mulkidan samarali foydalanishda xalq ta’limi boshqaruv organlari rolining yetarli darajada emasligi;ikkinchidan, umumta’lim muassasalari rahbarlari zimmasiga ularga xos bo‘lmagan vazifalar va funksiyalarni yuklash, muassasa direktori va uning o‘rinbosarlari o‘rtasida vakolatlarning aniq taqsimlanmaganligi, ular faoliyati samaradorligini baholashning aniq mezonlari va parametrlari mavjud emasligi; uchinchidan, umumiy o‘rta ta’limning dolzarb masalalari va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqotlarning mavjud emasligi, o‘quv-tarbiya jarayonini uslubiy ta’minlash masalalarida xalq ta’limi bo‘limlari va umumta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik darajasining pastligi;to‘rtinchidan, rahbarlar, o‘qituvchilar va umumta’lim muassasalari boshqa xodimlarining kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvdan himoya qilish mexanizmlarining samarasizligi, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan maktablarni tekshirish haddan ziyod ko‘payib ketganligi; beshinchidan, ta’lim sifatini ta’minlash, o‘qituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirish masalalarida umumta’lim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik darajasining yetarli darajada emasligi, o‘quv-tarbiya jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining mavjud emasligi;oltinchidan, xalq ta’limi tizimi muassasalarini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash mexanizmining mukammal emasligi, ularning faoliyatiga zamonaviy me’moriy yechimlar, innovatsion ishlanmalarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi. O‘quv-tarbiya jarayoniga boshqaruvning yangi mexanizmlarini va sifat standartlarini joriy etish, jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini oshirish, umumta’lim muassasalarining moddiy-texnik holatini yaxshilash orqali xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida: Download 275.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling