I. bob. Ta’lim inson rivojlanishi asosi sifatida


Download 275.43 Kb.
bet6/6
Sana04.12.2020
Hajmi275.43 Kb.
#159370
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu


Oliy ta`lim tizimi. ―Oliy ta`lim‖ atamasi zaminida iqtisod, fan, texnika va madaniyat sohasida faoliyat olib boruvchi, ish mobaynida ilm-fan, madaniyat, texnika yangiliklarini qo‘llagan va o‘z ustida ishlagan holda nazariy va amaliy muammolarni bartaraf etuvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tushuniladi.

Oliy ta`limning asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta`lim mutaxassisi talablariga o‘zi tanlagan yo‘nalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan, madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shadigan, mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma`naviyatga bo‘lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdir.

Oliy ta`lim tizimi quyidagicha tuzilgan:
 xususiy yoki davlat qaramog‘ida kanligidan qat`iy nazar ta`limiy hamda kasbga tayyorlash dasturlarini davlat ta`lim standarti asosida tatbiq etuvchi oliy ta`lim muassasalari;

 oliy ta`limni rivojlanishiga zarur bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-tadqiqot institutlari;



 davlat tomonidan ta`limni boshqaruvchi idoralar, shuningdek, ularga qarashli bo‘lgan korxona, tashkilot va muassasalar.

Oliy ta`lim ikki bosqichdan iborat: bakalavriat va magistratura.

Bakalavriat — bu to‘rt yil davom etuvchi yo‘naltirilgan nazariy va amaliy bilim beruvchi oliy ta`limning birinchi bosqichi hisoblanadi. Bakalavr dasturini o‘qitish niho siga etgach talaba davlat attestatsiyasining kuniy xulosasiga muvofiq o‘qitilgan yo‘nalish asosida ―bakalavr‖ darajasiga loyiq deb topiladi hamda davlat namunasida ko‘rsatilgan diplom beriladi.

Magistratura — bu ikki yil davom tadigan aniq yo‘nalish asosida nazariy hamda amaliy bilim beruvchi, bakalavrni bitirgachgina tanlov asosida ta`lim olish davom ttirilishi mumkin bo‘lgan oliy ta`lim bosqichi. Magistraturada o‘qish kunlangach bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi kommisiyasining kuniy xulosasiga muvofiq aniq mutaxassisligi ko‘rsatilgan ―magistr‖lik darajasi va magistrlikni tasdiqlovchi davlat namunasida ko‘rsatilgan diplom beriladi. Davlat namunasidagi bakalavr va magistr diplomlari diplom egalariga mutaxassisliklari bo‘yicha kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish yoki o‘quv muassasasida kelgusida o‘qishni davom ettirish imkonini beradi.



Oliy ta`lim muassasalari. Oliy ta`lim muassasalari yuridik maqomga ega. Respublikamizda oliy ta`lim muassasalarining quyidagi ko‘rinishlari bor:
universitet — oliy ta`lim dasturini bajarishda talabalarga gallayotgan sohasi bo‘yicha yoki keyinchalik o‘qishlarini davom ettirishlari uchun keng qamrovli bilim berishga e`tibor qaraetiladi;

 akademiya — oliy ta`lim dasturini bajarishda oliy ta`lim berish bilan bir qatorda keyinchalik o‘qishlarini davom ettirishlari uchun aniq bir yo‘nalishga tayyorlaydi;

 institut — barcha oliy ta`lim muassasalari kabi oliy ta`lim dasturini bajaradi, bilim berishda bir yo‘nalishga qaratilgan bilim beriladi.

Oliy ta`limning asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta`lim mutaxassisi talablariga o‘zi tanlagan yo‘nalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan, madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shadigan mustaqil fikrlay oladigan, yuksak ma`naviyatga bo‘lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdir.



OO`Ydan keyingi ta'lim. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta`lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan htiyojlarini qondirishga, shaxsning ijodiy ta`lim-kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta`limni oliy o‘quv yurtlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, ad`yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olish mumkin. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta`lim bosqichlari (aspirantura, doktorantura) dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi.



Maktabdan tashqari ta'lim. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta`lim to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq barcha hudud (shaharchalar, tuman, shahar, viloyatlar va respublika)larda maktabdan tashqari muassasalar tegishli hokimlikning qaroriga muvofiq ochiladi. Maktabdan tashqari muassasalar mustaqil ravishda yoki ilmiy-ishlab chiqarish, o‘quv-tarbi kompleksi (markazi) tarkibida faoliyat ko‘rsatishi mumkin.

Bolalar va o‘smirlarning ta`limga bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta`lim muassasalarini tashkil etadilar. Maktabdan tashqari muassasalar xalq ta`limi tizimining tarkibiy qismi hisoblanadilar va ular ta`lim-tarbiya berishga mo‘ljallangandir.

Maktabdan tashqari muassasalar (kamolot, muzeylar va boshqalar) o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Ta`lim to‘g‘risida"gi Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ―Maktabdan tashqari muassasa to‘g‘risida‖ Nizomga muvofiq amalga oshiradilar.

2.1. Ta’lim tizimini isloh etishga doir qonunchilik yutuqlari

1991 yildan 2002 yilga qadar Mistaqillik yillari mobaynida O'zbekistondagi ta'lim tizimi rivojlanib tubdan o'zgardi bormoqda. 2001, 2002 yillardagi maktab bitiruvshilari yangi standartlar va o'quv dasturlar bo'yicha Mustaqil O'zbekistonda ta'lim olgan-o'guvchilar avlodi hisoblanadi.

Umumiy o'rta ta'lim tizimining amaldagi me'yoriy-huquqiy bazasi Respublikada istiqomat qilayotgan xalqqa bo'lgan munosabati demokratik va insonparvarlikdir. O'zbekistondagi ta'lim muassasalarida turli millatdagi bolalar maktab ta'limiga to'liq ega bo'lishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida darslar o'zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg'iz, tojik va turkman tillarida olib borilmoqda.

Bugungi kunda O'zbekistondagi ta'lim tizimi quyidagicha faoliyat ko'rsatib kelmoqda (2002 yil ma'lumotlari):

- 11000dan ortiq umum-ta'lim makrablar (shu jumladan gimnaziyalar, maktab-litseylar va boshqalar)

- 800ga yaqin o'rta maxsus o'quv muassasalari, ulardan 313ta, 47 ta kollejlar va akademik-litseylar. Qolganlar esa – maxsus kasb hunar texnik maktablar va texnikumlar.

- 63 ta Oliy Ta'lim Muassasalarining umumiy sonidan: Universitetlar - 20 va Institutlar - 43

Shulardan:

 Texnik - 14

 Iqtisodiy - 3

 Gumanitar - 15

 Pedagogik - 6

 Tibbiy - 7

 Agrar (qishloq ho'jaligi) - 4

 Maxsus (sohalar bo'yicha) - 12

 V.G. Plexanov nomidagi iqtisodiy akademiyaning filiali - 1

 Toshkent shahrida Halqaro Vestminster universiteti - 1
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Konstitutsiyasi, Davlat qarorlari hamda "Ta'lim to'g'risida", va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida"gi qonunlariga muvofiq O'zbekistonda ta'lim amalga oshirilmoqda. Qonun bazasiga muvofiq O'zbekistonda ta'lim

uzluksizlik tamoillarni ta'minlaydi. Umumta'lim maktabning birinchi sinf o'quvchisidan tortib akademikgacha bolgan maqsadli, bosqichma-bosqich va standartlashtirilgan ta'lim majmuasini mazkur tamoillarda ko'rib chiqish mumkin. Ta'lim uchta bosqichdan iborat: birinchi bosqich- umumiy ta'lim (maktabning 9ta sinflari), ikkinchi bosqich – o'rta ta'lim (maktabning 10-11 sinflari) yoki o'rta maxsus ta'lim (akademik litseylar va mutaxassislashtirilgan kollejlar), uchinchi bosqich – oily ta'lim (bakalavriat va magistratura darajalariga ega bo'lish uchun universitet va institutlarda ta'lim olish). Magestratura darajasini olgandan so'ng, ilmiy darajalarni himoya qilish uchun (aspirantura, doktorantura va adyutantura)da ta'lim olishni davom ettirish mumkin. Prezidentimizning 2008-yil 8-iyulda qabul qilingan ―Bolalar musiqa va san‘at maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo’yicha 2009-2014-yillarga mo’ljallangan Davlat dasturi to’g’risida‖gi qarori asosida Farg’ona viloyatida zamonaviy san‘at koshonalarini barpo etish, ularni bugungi kun talablari asosida jihozlash, yangi cholg’u asboblari va musiqa ta‘limiga, san‘atshunoslikka oid adabiyotlar bilan ta‘minlash borasida izchil ishlar olib borilmoqda. 1992 yildan boshlab mamlakatdagi OTMiga test sinovlari orqali itimoiy haqiqatlikni ta'minlaydigan va iqtidorli yosh avlodlarni saralash jarayonida yo'l qo'yadigan abiturientlarni saralash o'tkaziladi. 1993 yilda hukumat qarori yuzasidan test vazifalarni ishlab chiqish, metodologiya va test sinovlarining tartibini yaratish, abiturient kontingentlarini sifatini tayyorlashda tahlil va monitoring qilish kabi vazifalardan ibotar bo'lgan O'zR Davlat test matkazi yatatilgan. Mazkur yaratilgan test tizimi O'zbekistonda old mamlakatlarning eng yaxshi tajribalarini singib ketgan va yillar davomida sezilarni darajada takomillashgan.

1994 yildan boshlab birinchi bosqichga abiturientlarni qabul qilish ko'rsatkichi o'sayotganligi kuzatilmoqda, va, o'rtacha har yili 1000ta qabul qilingan talabaga 350-400 ayollar to'g'ri kelmoqda.

2004/2005 o'quv yilida OTMlardagi talabalar soni 222 ming, bitiruvchilar- 42,22 ming, shu jumladan, pedagogik ma'lumotga ega bo'lganlari-8,81 ming odamni tashkil qildi.

Oliy ta'limning Davlat ta'lim standartlari, shuningdek, bakalavriyatning mavjud 131 yo'nalishi va magistratura mutaxassisliklarining 664 namunaviy o'quv rejalari tasdiqlandi. Davlat ta'lim standartlari asosida har bir yo'nalish va mutaxassisliklar bo'yicha o'quv predmetlarining dasturlari ishlab chiqilgan.

1998-2002 yillarda 2927 ta darslik va o'quv qo'llanmalari nashr qilindi. OTMlarda o'quv amaliyotiga elektron darsliklarni yaratish va tadbiq qilish jarayoni boshlandi. 2000-2002 yillarda

400ta elektron darsliklar tayyorlandi. 2005 yilda 700ta darsliklar va o'quv qo'llanmalari, 40ta elektron darsliklari nashr qilindi.

O'zbekiston Respublikasida kadrlar malakasini oshirish 22ta vazirlik va muassasalar tasarrufidagi 2ta maqsadli akademiya, 22ta institutlar, 15ta markaz va 17 malaka oshirish fakultetlarda amalga oshirilmoqda. O'qituvchilarning turli xil chet el grantlari, loyihalari, ikki tomonlama shartnomalar va "Iste'dod‖ jamg'armasi orqali o'z malakalari oshirilmoqda.

Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, rivojlangan mamlakatkar hukumati tomonidan O'zbekistondagi o'tkazilayotgan ta'lim reformalari uchun moliyaviy ko'mak va texnik yordam ko'rsatilmoqda (Xalqaro bakn, Osiyo tarraqiyot banki, OECF, GTZ, TACIS, USAID, ACCELS va boshqalar). Investitsiyalar, loyihalar va grant yo'nalishlarida xar tomonlama yordam ko'rsatilmoqda. 2002 yilning o'zida 5,8 mln AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb etilgan.

O'zbekiston fuqarolarining Yaponiya oliy ta'lim muassasalarida magistraturada tahsil olishlari uchun xar yili joy ajratib kelinmoqda. Rossiya OTMlarida o'z hukumat hisobida O'zbekiston talabalari, aspitantlari va doktorantlari uchun xar yili 50ta joy ajratilish to'g'risida shartnoma imzolandi.

2002 o'quv yilida London Vestminster universiteti tomonidan ta'sis etilgan Xalqaro Vestminster universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining filiali va Boloniya (Italiya) universiteti bilan hamkorligida Samarqand davlat universitetining magistraturasi ochildi. O'zbekistonda xorijiy mamlakatlarning boshqa universitetlarni ochishga oid ishlar olib borilmoqda. Kembrij va Sorbona universitetlari kabi jaxonning etakchi o'quv markazlari bilan samarali hamkorlik o'rnatilgan.

1997-yil 29-avgustda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ―T‘alim to‘g‘risida‖gi qonun qabul qilindi. Ta`lim-tarbiya tizimini, jumladan, kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishning muhim omillari Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko‘rsatib berildi va ular quyidagilardan iborat:

 respublikaning demokratik huquqiy va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan izchil ilgarilab borayotganligi;

 mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgarishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xom ashyo yo‘nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yo‘liga izchil o‘tayotganligi, mamlakat eksport salohiyotining kengayayotganligi;

 davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta`lim ustuvorligi qaror topganligi;
milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usining shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an`analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat;

 O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavqei va obru-e`tiborining mustahkamlanib borayotganligi5



2.2. Mustaqil O’zbekistonda kadrlar siyosati

Mustaqillik O‘zbekistonda kadrlar siyosatini qayta ko‘rib chiqishni, davlat idoralari uchun ma‘naviy sog‘lom shaxslarni tarbiyalashni, eskicha andozalardan chiqishni taqazo etdi. Zero, shaxs va hokimiyat munosabatlarini demokratlashtirishda ozodlikka chiqqan xalq uchun uni yuksak maqsadlar sari yetaklovchi siyosiy elitani shakllantirish muhim vazifaga aylandi. Mustaqillikni mustahkamlashga, shaxs va hokimiyat munosabatlarini demokratlashtirishga xavf soladigan salbiy jarayonlardan biri aynan ma‘naviy nosog‘lom ma‘muriy apparat, jinoyatchilik va korrupsiya keltiradigan xavf bo‘lganligi uchun Prezidentimiz I.Karimov ―Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Bu esa mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazadi‖6

Davlat va jamiyat qurilishining yaqin istiqboldagi muhim vazifalari qatorida ―raqobatbardosh yuksak malakali kadrlarni tayyorlash ustuvorligi‖ alohida satrlar bilan ko’rsatilgan. Zero, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari shaxsning o’z ta‘limiy, kasbiy, hayotiy yo’lini tanlashini shart qilib qo’ydi. Zamonaviy ta‘lim jarayonida yoshlar tanlov erkinligi mavjudligini bilishi, mas‘uliyatni ang-lashi, tanlovni asoslashdagi yondashuvlarning turli-tumanligini tushunishi, uning natijalari va oqibatlarini bashorat qilishi, o’zini-o’zi nazorat qila olishi o’ta muhim jihatlardan hisoblanadi. Agar ta‘lim tizimi mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda to’g’ri qaror qabul qila oladigan, oqilona tanlovni amalga oshirishga qodir bo’lgan tashabbuskor shaxsni hayotga tayyorlay olsagina ilg’or ijtimoiy o’zgarishlar yanada jadallashishi mumkin. Shaxs o’z qobiliyati, o’z qiziqishiga binoan o’z yo’lini tanlagandagina sifatli bilim hamda zaruriy ko’nikmani qo’lga kirita oladi.

Milliy dasturda shaxsning ta‘lim yo’nalishini tanlashni amalga oshirish huquqi va imkoniyati mukammal o’rin olgan bo’lib, u izchil amalga oshirilmoqda. Bu bilan O’zbekistonning ijtimoiy tuzilmasida oliy insoniy qadriyatlarning amalga oshirilishi tasdiqlanmoqda. Shu asnoda, belgilangan maqsadlarga erishishda ta‘lim tizimiga birinchi darajali ahamiyat va imkoniyat berilmoqda ―...bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri — bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz‖. Zamonaviy ta‘lim jarayonida yoshlar tanlov erkinligi mavjudligini bilishi, mas‘uliyatni anglashi, tanlovni asoslashdagi yondashuvlarning turli-tumanligini tushunishi, uning natijalari va oqibatlarini bashorat qilishi, o’zini-o’zi nazorat qila olishi o’ta muhim jihatlardan hisoblanadi. Agar ta‘lim tizimi mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda to’g’ri qaror qabul qila oladigan, oqilona tanlovni amalga oshirishga qodir bo’lgan tashabbuskor shaxsni hayotga tayyorlay olsagina ilg’or ijtimoiy o’zgarishlar yanada jadallashishi mumkin. Shaxs o’z qobiliyati, o’z qiziqishiga binoan o’z yo’lini tanlagandagina sifatli bilim hamda zaruriy ko’nikmani qo’lga kirita oladi.

Milliy dasturda shaxsning ta‘lim yo’nalishini tanlashni amalga oshirish huquqi va imkoniyati mukammal o’rin olgan bo’lib, u izchil amalga oshirilmoqda. Bu bilan O’zbekistonning ijtimoiy tuzilmasida oliy insoniy qadriyatlarning amalga oshirilishi tasdiqlanmoqda. Shu asnoda, belgilangan maqsadlarga erishishda ta‘lim tizimiga birinchi darajali ahamiyat va imkoniyat berilmoqda ―...bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri — bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz‖. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish yillarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining uzluksiz ta‘lim tizimining jadal rivojini hamda ijrosini ta‘minlashga qaratilgan mingga yaqin qaror va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va ko’rsatmalari, me‘yoriy va rasmiy hujjatlar qabul qilindi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

1. Mamlakat oliy ta’lim tizimini moliyalashtirish tendentsiyalarini tahlil qilish, oliy maktabni to‘liq me’yorda faoliyat olib borishi va rivojlanishi uchun hozirgi kunda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash darajasi past bo‘lib qolayotganligini ko‘rsatmoqda. Shu bois, oliy o‘quv yurtlarida moliyalashtirish manbalarini to‘liq diversifikatsiya qilish va davlat oliy o‘quv yurtlarida xo‘jalik yuritishning bozor metodlarini rivojlantirish, ya’ni, qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish zaruriyatini taqozo etadi. Ta’kidlash joizki, tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda oliy maktabni moliyalashtirishning umumiy hajmida tadbirkorlik faoliyatidan olingan vositalar ulushi qat’iy o‘sishi kuzatilmoqda.

2. Davlat oliy o‘quv yurtlarining tadbirkorlik faoliyatini boshqarish nazariyasining hozirgi holati qo‘shimcha rivojlantirilishini talab etadi va birinchi navbatda unga bo‘lgan munosabat, tushunchani kengaytirish zarur. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida oliy maktabda jamiyat va xususiy sektorning mavjud bo‘lishi zarurati haqida shunday xulosa qilish mumkinki, bu o‘z navbatida, oliy ta’limning iqtisodiy mexanizmi davlat va bozorni muvofiqlashtiruvchi tamoyillarni umumlashtirishi zarur.

Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida ta’limni moliyaviy ta’minlashni tubdan yaxshilashga yo‘naltirilgan vazifalar ijobiy hal etilmoqda. Biroq, bizningcha, ular tarkibiga qo‘shimcha qilib quyidagilarni kiritish maqsadga muvofiq deb topildi:

- ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasiga yo‘naltiriladigan YaIM ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish;

- kadrlar tayyorlash bo‘yicha moliyalash tizimining ko‘p variantliligi (byudjetdan va byudjetdan tashqari manbalardan ta’minlash)ni joriy etish;

- o‘quv yurtlari o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlashini takomillashtirish;

- ta’lim sohasiga xususiy, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish;

- respublika fuqarolari uchun ta’lim krediti berish tartibini soddalashtirish, keyinchalik uni qaytarishning moslashuvchan tizimini yaratish;

- uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini moddiy jihatdan qo‘llab-quvatlashda donorlar va homiylar ahamiyatini oshirish;

- pulli ta’lim xizmati ko‘rsatish, tadbirkorlik, konsultatsiya, ekspert, noshirlik, ishlab chiqarish, ilmiy faoliyat va faoliyatning boshqa turlari hisobiga o‘quv yurtlarining daromadlarini oshirishni ta’minlash.

Ko‘rib chiqilayotgan muammo bo‘yicha mavjud bo‘lgan ishlarni tahlil qilish asosida o‘rnatildiki, “Davlat oliy o‘quv yurtlarining tadbirkorlik faoliyati deganda - ularning ustav vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan tashabbuskorlik, mustaqil, tavakkalchilik asosidagi va daromad keltiruvchi faoliyati tushuniladi” deb ta’rif berishni maqsadga muvofiq hisoblaymiz. Shuningdek, adabiyotlarda «oliy o‘quv yurtlarining tadbirkorlik faoliyati» atamasi bilan bir qatorda sinonim atama sifatida «oliy o‘quv yurtining byudjetdan tashqari faoliyati» atamasi keng qo‘llaniladi. Tadqiqot natijasida byudjetdan tashqari faoliyatga mualliflik fikri shakllantirildi: «Byudjetdan tashqari faoliyat oliy o‘quv yurtlarining moliyalashtirish manbasi davlat byudjet vositalari bo‘lmagan ta’lim xizmatlari va tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq faoliyatni tushunish zarur. Shunday qilib, oliy o‘quv yurtlarining tadbirkorlik faoliyati byudjetdan tashqari faoliyatning tarkibiy qismi hisoblanadi.

3. Oliy o‘quv muassasalarida ta’lim xizmatlari sifatini uzluksiz oshirish moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ya’ni doimiy ravishda zamonaviy asosiy vositalar, texnikani sotib olishni taqozo qiladi. Bunda o‘z navbatida, oliy ta’limga nafaqat byudjetdan olinadigan manbalar hisobidan, balki, iqtisodiyotning xususiy sektoridan investitsiya jalb qilish asosida tushum miqdorini ko‘paytirishni zaruriyat ekanligini hisobga olgan holda avvalambor ta’lim muassasasi o‘zining moddiy-texnika bazasi holatini chuqur tahlil qilib, texnik vositalar, mebellar, o‘quv uskunalariga bo‘lgan talabni qondirish bo‘yicha bozordagi imkoniyat(narx)lar o‘rganishi hamda moddiy-texnik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha istiqbolli reja ishlab chiqishi kerak. Shuningdek, moddiy-texnik bazani takomillashtirishda mavjud asosiy vositalar holatiga baho berish, ulardan samarali foydalanish, albatta

ularni eskirish me’yorlarini e’tiborga olgan holda amalga oshirishni taqozo qiladi. Hozirgi kunda ushbu me’yor asosiy vositalarga 5% ni tashkil etadi (yangilanish 20 yilda amalga oshiriladi), jahonda xalqaro standartlarga ko‘ra bu ko‘rsatkich 8-10% ni tashkil etadi (yangilanish 5-8 yilda). Shu bois, ta’lim tizimida asosiy vositalarning amortizatsiya me’yorlarini oshirish maqsadga muvofiq.

4. Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim xizmatlari va tadbirkorlik faoliyati samaradorligining o‘ziga xos xususiyatlari ochib berildi. Xususan, ular quyidagilarda aks etishi asoslandi:

- ta’lim xizmatlari bozorida juda ko‘p miqdorda oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lib – birinchidan ular o‘z xizmat va mahsulotlarini sotuvchilarning har biri bozordagi umumiy xizmat va mahsulotlarga bo‘lgan talabni qaysidir ma’noda kichik miqdorda qondirishsa, ikkinchidan ularga egalik qilish va undan foydalanishdan manfaatdor bo‘lgan katta miqdordagi iste’molchilarning talablarini bajarishga erishiladi;

- oliy ta’lim muassasalari – o‘z xizmat va mahsulotlarini sotuvchilar o‘zlarining raqobatchilariga o‘z xizmatlarini qanday tanlash va o‘z xizmatlariga baho o‘rnatish masalasiga yetarli darajada e’tibor qaratishmaydi;

- ta’lim xizmatlari va mahsulotlari bozori o‘zlarining iste’molchilarini, ularning joylashgan joyini, sonini va iste’molchilarning hoxish-istaklari hamda talablarini aniq anglab olishmagan;

- oliy ta’lim muassasalari o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini yuritishda, mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni bajarish, shartnomalarni imzolash, buyurtmalarni qabul qilish va bajarish, xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatishdagi huquqlarini kengaytirish lozim.

Shuningdek, mamlakat oliy ta’lim xizmatlari tarkibiga kunduzgi ta’lim shaklidan farqli innovatsion, masofaviy ta’lim olish shakllarini kiritish, uni amalga oshirish zarurligi, uning xususiyatlari, jumladan, ustunlik va kamchilik tomonlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berildi. Bundan tashqari, oliy ta’lim tadbirkorlik faoliyatida xalqaro amaliyotda tan olingan korporativ madaniyat ya’ni tartib-intizom, harakatning asosiy dastagi hisoblanadi. U talabalar va o‘qituvchilarning tadbirkorlik borasidagi vakolatlarini shakllantirishning zarur shartidir. Shu bois, oliy ta’lim

tizimida tadbirkorlik faoliyatining ichki-tashkiliy tartib modeli tavsiya etildi.

5. Oliy o‘quv yurtlari tadbirkorlik faoliyati o‘z raqobat qobiliyatini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish muhim masala hisoblanadi. Dissertatsiyada respublikamiz oliy o‘quv yurtlarining raqobat qobiliyati tushunchasi aniqlandi. Tadqiqot ishida oliy o‘quv yurtlarining raqobatbardoshligi tushunchasini uning ma’lum davr oralig‘idagi konkret bozor sharoitlarida boshqa raqobatchilardan bir qator ustivorli ko‘rsatkichlar: moliyaviy-iqtisodiy marketing, moddiy-texnik, kadrlar va ijtimoiy-siyosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustunligi, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarining zararsiz faoliyat olib bora olish va tashqi muhit o‘zgarishlariga tez moslasha olishini aks ettiruvchi kompleks tadbirlar sifatida taklif etildi va asoslab berildi. Shuningdek, oliy ta’lim xizmatlari va tadbirkorlik samaradorligini oshirish uning sifat darajasiga, ya’ni uning reytingiga bog‘liq bo‘lganligi bois, rivojlangan davlatlar tajribasi, o‘tkazilgan xalqaro tadqiqot natijalari o‘rganildi. Bundan tashqari, ta’lim samaradorligini ko‘tarishda avvalambor, xalqaro davlatlar tajribasiga tayanish, mamlakatdagi iqtisodiy barqarorlik, uning aholisini to‘lov qobiliyatini e’tiborga olish, ta’lim olishning maqbulligi, ta’lim xizmatlari sifatining yuqoriligi, o‘quv-uslubiy majmuaning iste’molchilar talabidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan bo‘lishi kabi qator xususiyatlarni inobatga olish maqsadga muvofiqligi nazariy taklif va amaliy tavsiyalarda o‘z aksini topdi.

6. Oliy ta’lim muassasalarida sifatli ta’lim xizmatlarini takror ishlab chiqarilishini ta’minlovchi tashkiliy iqtisodiy mexanizmni shakllantirish, bunda tadbirkorlik faoliyati maxsus turi sifatidagi antreprenerlik hamda ta’limning yangi mahsulotlari va xizmatlarini hamda ularning ayrim elementlarini ta’lim xizmatlarini takror ishlab chiqarishning ichki sharoitlari va omillarini surunkali qayta tuzilmalash orqali, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, o‘qituvchilar va oliy o‘quv yurti menejmenti xizmati va mehnat samaradorligi sifatini oshirish asosida yaratishga yo‘naltirilgan ichki tashkiliy innovatsiyaviy tadbirkorlik - ta’lim intraprenerligini joriy qilishning ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslangan ifodasi ishlab chiqildi. Ularni amalga oshirishning zaruriyati, xususiyatlari, tartibi va istiqbollari bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

7. Bugungi mavjud oliy ta’lim tizimi statistikasiga tayangan va tahlil

natijalariga asoslangan holda oliy ta’lim tizimida ta’lim xizmatlari va tadbirkorlik faoliyati samaradorligini aniqlashda foydalaniladigan quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqildi va amaliyotga taklif etildi:

- moliyaviy mablag‘larning tushum darajasi;

- moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish darajasi;

- oliy ta’lim tizimiga talabalarni qabuli rejasining bajarilganligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

- oliy ta’lim tizimida bitiruvchilar ko‘rsatkichlari;

- oliy ta’lim tizimida bitiruvchilarning ish bilan bandligi darajasi;

- oliy ta’lim tizimida xorijiy investitsiyalardan foydalanish darajasi.

Oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlarini va tadbirkorlik faoliyatini baholash asosida so‘nggi 5 yillikdagi ko‘rsatkich darajalarini tahlil etish asosida ular samaradorligini oshirish istiqbollari bo‘yicha quyidagi xulosalar chiqarish imkonini berdi:

- moliyaviy mablag‘lar tushum darajasi ikki yo‘nalishdagi byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar tushum darajasi bilan bog‘liq;

- ta’lim xizmatlari - byudjetdan tashqari mablag‘lar tushumi yo‘nalishlaridan biridir;

- yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan homiylik (beg‘araz) yordami mablag‘ hisobida yil sayin ortib bormoqda;

- moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish darajasi yildan yilga ortib bormoqda.


Biroq, jahonda hanuzgacha global moliyaviy-iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilayotganligini, ishlar amalga oshirilayotganligini e’tirof etgan holda, ta’lim tizimida ham ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishini hisobga olib, taklif etilgan ta’lim muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari va tadbirkorlik faoliyati samaradorligini istiqbolda oshirish ko‘rsatkichlari tuzilmasining boshqa bir ikkinchi variantini tavsiya etish mumkin. Chunki, yuqoridagi birinchi variantda ta’lim muassasi ta’lim xizmatlari va tadbirkorlik faoliyati samaradorlik ko‘rsatkichlari yetarli darajada aks etmagan. Qolaversa, ularning sifat tavsifini berish dastlabki variantda qiyin kechadi. Ko‘rsatkichlar tizimining ikkinchi varianti ko‘rsatkichlarini quyidagi 5 guruhda umumlashtirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz:

- ma’muriy-tashkiliy faoliyat bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar;

- ishlab chiqarish va innovatsion faoliyat bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar;

- jalb etilgan xorijiy investitsiyalar, homiylik mablag‘lari, grantlar va kreditlar;

- moliya-xo‘jalik faoliyatidagi tejamkorlik, intizom bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar;

- mehnat bozori va bandlikka aloqador ko‘rsatkichlar.


Taklif etilayotgan ushbu ko‘rsatkichlar tizimi oliy ta’lim muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari va tadbirkorlik faoliyati samaradorligini sifat nuqtai nazardan baholash, tahlil qilishga imkon beradi. Shuningdek, yuqorida tavsiya qilingan har ikkala variant o‘ylaymizki, ta’lim muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari va tadbirkorlik faoliyatini istiqbolda samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.Xalq taʼlimi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek, oʻquv-tarbiya jarayonida taʼlimning innovatsion shakllari va usullarini qoʻllashga koʻmaklashadi.Shu bilan birga, ushbu sohadagi ishlar holatini tanqidiy tahlil qilish xalq taʼlimi tizimi boshqaruvini tashkil etish, davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda umumtaʼlim muassasalari deb yuritiladi) faoliyatini amaliy jihatdan muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnik holatini yaxshilash boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirishda bir qator muammolar va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan:birinchidan, joylarda umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, umumtaʼlim muassasalari rahbarlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarini hal etish, idoraviy mansub tashkilotlarning mulkidan samarali foydalanishda xalq taʼlimi boshqaruv organlari rolining yetarli darajada emasligi;ikkinchidan, umumtaʼlim muassasalari rahbarlari zimmasiga ularga xos boʻlmagan vazifalar va funksiyalarni yuklash, muassasa direktori va uning oʻrinbosarlari oʻrtasida vakolatlarning aniq taqsimlanmaganligi, ular faoliyati samaradorligini baholashning aniq mezonlari va parametrlari mavjud emasligi;
uchinchidan, umumiy oʻrta taʼlimning dolzarb masalalari va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha chuqur ilmiy tadqiqotlarning mavjud emasligi, oʻquv-tarbiya jarayonini uslubiy taʼminlashmasalalarida xalq taʼlimi boʻlimlari va umumtaʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik darajasining pastligi;

toʻrtinchidan, rahbarlar, oʻqituvchilar va umumtaʼlim muassasalari boshqa xodimlarining kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvdan himoya qilish mexanizmlarining samarasizligi, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan maktablarni tekshirish haddan ziyod koʻpayib ketganligi;beshinchidan, taʼlim sifatini taʼminlash, oʻqituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirish masalalarida umumtaʼlim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik darajasining yetarli darajada emasligi, oʻquv-tarbiya jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining mavjud emasligi;

oltinchidan, xalq taʼlimi tizimi muassasalarini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash mexanizmining mukammal emasligi, ularning faoliyatiga zamonaviy meʼmoriy yechimlar, innovatsion ishlanmalarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi.

Oʻquv-tarbiya jarayoniga boshqaruvning yangi mexanizmlarini va sifat standartlarini joriy etish, jamiyatda oʻqituvchi kasbining nufuzini oshirish, umumtaʼlim muassasalarining moddiy-texnik holatini yaxshilash orqali xalq taʼlimi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. Quyidagilar xalq taʼlimi tizimini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlimni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, oʻquvchilarning maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini taʼminlash;

ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining (keyingi oʻrinlarda – Vazirlik) muvofiqlashtiruvchi roli va masʼuliyatini kuchaytirish, shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mazkur yoʻnalishdagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish;rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yoʻli bilan xalq taʼlimi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish;

xalq taʼlimi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shaffof va samarali jamoatchilik nazoratiga erishish, shu jumladan, barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini taʼminlash, barcha foydalanishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar manbasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy etish;

xalq taʼlimi muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni va ijtimoiy muhofaza qilishni yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni yaratish;zarur tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlarni yaratish yoʻli bilan umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida nodavlat xizmatlarni koʻrsatishga oid faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda – nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari) tarmogʻini yanada rivojlantirish, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy etish;

xalq taʼlimi tizimiga ilgʻor xorijiy tajribani, oʻquv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan, taʼlim berishning innovatsion usullarini joriy etish, oʻquv va oʻquv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.

2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari va maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablari umumiy oʻrta taʼlimni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri tomonidan tasdiqlanadi;Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi rahbarlari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari, shuningdek, Vazirlikka idoraviy mansub boshqa tashkilotlar va muassasalar boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilmasdan Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri tomonidan amalga oshiriladi;muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan maktablar negizida tarmoqli maktablarni tashkil etish, ushbu tarmoqqa yuklamasi past koeffitsiyentli maktablarni kiritish haqidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri tomonidan qabul qilinadi;

2019 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan (keyingi oʻrinlarda – Davlat inspeksiyasi) tumanlar va shaharlar kesimida tanlash asosida umumtaʼlim muassasalari faoliyati samaradorligi boʻyicha reytingi (keyingi oʻrinlarda – reyting) tuziladi;reyting yakunlari ommaviy axborot vositalarida va Davlat inspeksiyasining veb-saytida keyingi oʻquv yili boshlanishidan kechiktirmay joylashtiriladi;2019 yil 1 yanvardan boshlab umumtaʼlim muassasalari xodimlari boʻlgan pensionerlarga, ularning ushbu muassasalardagi faoliyati asosiy ish joyi hisoblangan taqdirda, pensiya toʻliq miqdorda toʻlanadi;

2019 yil 1 martdan boshlab davlat umumtaʼlim muassasalariga bolalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tumanlar va shaharlar kesimida bolalarni umumiy oʻrta taʼlim maktablariga qabul qilish Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari roʻyxatini shakllantirsin.

3. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari xalq taʼlimi muassasalarini qoʻllab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirish masalasida har tomonlama koʻmaklashish, xususan:
tegishli hududda umumtaʼlim muassasalariga yordam koʻrsatishni tashkil etish va muvofiqlashtirish, shu jumladan, oʻqituvchilar va ushbu soha xodimlarining maqomini yaxshilashga va oshirishga yordam berish;

xalq taʼlimi muassasalariga koʻmaklashish masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini belgilangan tartibda eshitish;nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga berish uchun boʻsh yer uchastkalari (har bir hududda yiliga 50 lotdan kam boʻlmagan) roʻyxatini tasdiqlash va ulardan doimiy foydalanish huquqini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida realizatsiya qilish;xalq taʼlimi muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash, ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani (trotuarlar, yoʻllar va boshqalar) zarur holatda saqlash boʻyicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirish;xalq taʼlimi muassasalarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, zarur sanitariya-gigiyena sharoitlari va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz taʼminlash;tumanlar (shaharlar) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektor rahbarlari bilan birgalikda xalq taʼlimi muassasalarini oʻquv yiliga va kuz-qish mavsumiga oʻz vaqtida va samarali tayyorlash tadbirlarini amalga oshirish;

umumtaʼlim muassasalarining xavfsizligini taʼminlash, shu jumladan, hududlar atrofini oʻrash, huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha inspektorlarni biriktirish, videokuzatuv kameralari, yongʻinga qarshi signalizatsiya tizimlarini, kirish yoʻllarida qoidabuzarliklarni qayd etuvchi qurilmalarni oʻrnatish chora-tadbirlarini koʻrish;xalq taʼlimi muassasalari hududining va koʻchmas mulkining butunligini hamda daxlsizligini belgilangan tartibda taʼminlash;xalq taʼlimi muassasalaridagi mavjud muammolarni tez va samarali hal qilish boʻyicha boshqa choralar koʻrilishini tashkil etish uchun shaxsan javob beradi.

4. Vazirlikning:2018 yil 1 oktyabrdan boshlab umumtaʼlim muassasalarining vasiylik kengashlarini tugatish;tarkibiga muassasa faoliyatiga jiddiy hissa qoʻshishga qodir eng faol ota-onalar, bitiruvchilar, homiylar va boshqa shaxslar kiritiladigan, yuridik shaxs maqomisiz umumtaʼlim muassasalarining kuzatuv kengashlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.Quyidagilar umumtaʼlim muassasasi kuzatuv kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:Vazirlik tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan umumtaʼlim muassasasi rahbarini saylash, shuningdek, belgilangan tartibda uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;umumtaʼlim muassasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;

umumtaʼlim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablagʻlardan foydalanish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida hisobotlarini vaqti-vaqti bilan tinglash;umumtaʼlim muassasasi rahbarining taqdimnomasi boʻyicha yillik moliyaviy rejalarni, koʻrsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan, auksiondagi boshlangʻich narxni koʻrib chiqishva tasdiqlash;oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring oʻrnatish;oʻquvchilar va ular ota-onalarining murojaatlarini koʻrib chiqish, umumtaʼlim muassasasining pedagog va rahbar xodimlari faoliyati toʻgʻrisida ijtimoiy soʻrovlarni oʻtkazish;taʼlim muassasasining faoliyatini tashkil etishga taalluqli boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish.Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda bir oy muddatda Umumtaʼlim muassasasining kuzatuv kengashi toʻgʻrisidagi nizomni va uning namunaviy tarkibini tasdiqlasin.

5. Davlat inspeksiyasi Vazirlik bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda:tegishli fanni oʻqitish boʻyicha bilim va koʻnikma darajasini – pedagoglar malakasini aniqlashning asosiy mezoni sifatida belgilab, umumtaʼlim muassasalarining pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini qayta koʻrib chiqsin;pedagogik mahorat va bilim darajasini doimiy oshirib borishga koʻmaklashuvchi ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda, xalq taʼlimi tizimi xodimlarining bilim darajasiga oid malaka toifalari va talablarini takomillashtirish boʻyicha aniq takliflar kiritsin;umumtaʼlim muassasalari reytingini tuzish maqsadida ularning faoliyati samaradorligini baholash mezonlari tasdiqlansin;

oʻquvchilarning bilim darajasini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda (PISA, TIMSS, PIRLS va boshqalar) umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarining ishtirokini tashkil etsin.

6. Vazirlik, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab quyidagi tartibni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:xalq taʼlimi muassasalarining koʻchmas mulkini ijaraga berishdan tushgan mablagʻning 1 foizi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari huzuridagi davlat mulki ijara markazlariga, qolgan qismi esa elektron savdo maydonchasi operatoriga toʻlangan toʻlov chegirilgandan keyin – xalq taʼlimi muassasalarini rivojlantirishning byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi;

umumtaʼlim muassasasi rahbariga xalq taʼlimi muassasalarini rivojlantirish byudjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlarini erkin tasarruf etish, shu jumladan, jamgʻarma daromadlarining jami summasidan 10 foizini oʻz moddiy ragʻbatlantirishi uchun yoʻnaltirish huquqini taqdim qilgan holda xalq taʼlimi muassasalari uchun jamgʻarma mablagʻlaridan ustuvor ravishda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun foydalanish toʻgʻrisidagi talab bekor qilinadi.

Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki oy muddatda xalq taʼlimi muassasalarini rivojlantirishning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

7. Davlat inspeksiyasi Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirishga vakolatli organlarning qatʼiy roʻyxatini, tekshiruv tayinlash va oʻtkazish mezonlari hamda huquqiy asoslarini nazarda tutgan holda tekshirish tartibini belgilaydigan hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.Bunda umumtaʼlim muassasalari faoliyatini nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirish davriyligi ularning reytingda egallab turgan oʻrniga bogʻliq boʻlishi belgilansin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq qatʼiy javobgarlik choralarini qoʻllagan holda umumtaʼlim muassasalari faoliyatini noqonuniy tekshirishga yoʻl qoʻymaslik ustidan nazoratni kuchaytirsin.Nazorat qiluvchi organlar mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik ishlarida har tomonlama koʻmaklashsin.

9. Vazirlik:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 fevralga qadar muddatda Oʻzbekiston Respublikasida 2030 yilga qadar umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlimni tizimli, mintaqaviy va maqsadli rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini, shuningdek, uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasini” oʻz ichiga olgan Xalq taʼlimi tizimini rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiyasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;b) Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda yetakchi loyiha institutlarini jalb qilgan holda, umumtaʼlim muassasalarini qurishning xalqaro tajribasini oʻrgansin va 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy maktab” Davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini kiritsin:ekologik jihatdan toza materiallar va energiyaning muqobil manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida zamonaviy maktablar qurish;maktablarni, shu jumladan, oʻquv sinflari ichini yangi qulay mebellar, zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, darsliklar va oʻquv-uslubiy materiallar, kompyuter va multimedia texnikasi, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash;

v) uch oy muddatda oʻquv rejalari va dasturlarini optimallashtirish, innovatsion, shu jumladan, masofaviy pedagogik usullardan keng foydalanish, ushbu jarayonning samaradorligini butunlay oshirishni nazarda tutgan holda umumtaʼlim muassasalarining rahbar va pedagogik xodimlari malakasini oshirish tartibi va tizimini tubdan qayta koʻrib chiqsin.

10. Davlat inspeksiyasi, Moliya vazirligi, Vazirlik va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018 yil 1 noyabrga qadar muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taʼlim sifatini taʼminlashda Davlat inspeksiyasining rolini kuchaytirish, uning tashkiliy-shtat tuzilmasini takomillashtirish, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoyasini yaxshilash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.

11. Vazirlik Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

А D А B I YO T L А R:

1. Madaniyatshunoslik .Ma‘ruzalar matni,T,2000

2. Kоnfusiy. Pаnd – o`gitlаr. «Sоg‘lоm аvlоd uchun» jurnаli, 1997 yil, 5 – 6 sоnlаr.

3. Gusеynоv А. Irrlis G. Krаtkаya istоriya etiki. Mоskvа «Misl»1987.

4. Krаmеr S. Istоriya nаchinаеtsya v Shumеrе. Mоskvа. «Nаukа». 1989.

5. Nаvоiy. «Mаxbub ul-kulub». Nаvоiy.аsаrlаr, un bеsh tоmlik,13 – tоm. Tоshkеnt. Bаdiy аsаrlаr nаshriyoti, 1996 yil.

6. Fоrоbiy. Fоzil shаshаr оdаmlаri. Tоshkеnt. «Mеrоs».1990 yil.

7. Sаgdiеv А., Ibn Rushd. Mоskvа. «Misl».1973.

8. «Аvеstоdа аxlоšiyat» Xаlq tаъlimi jurnаli 2002 yil 6 sоn.

9. Mаkiаvеlli. «Xukumdоr sаri» , «Jаҳоn аdаbiyoti» jurnаli, 2002 yil 3 – sоn.

10. Bolalarimiz ruhan tetik, ma`nan kuchli bo`lsinlar. Hidoyat jurnali, 2006 yil, № 9, 8 bet.

11. Zamonaviylik va hayo. Hidoyat jurnali, № 6, 28 – bet.

12. Libos ko`zgu. Turkiston gazetasi, 2007 yil, 6 yanvar.

13. Solih farzand. Hidoyat jurnali, 2006 yil, № 4.

14. Chiroyli xulq. Hidoyat jurnali, 2006 yil, № 4.

15. Abdullayev M.Madaniyatshunoslik asoslari. Farg‘ona.1998
16. Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson. T., Yozuvchi, 1996-yi.

17. Komilov N. Tasavvuf. 2-kitob. T., G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san‘at- ―O‘zbekiston‖ nashriyotlari,1999-yil.

18. Sher A. Axloqshunoslik.T., O‘AJBNT- Yangi asr avlodi, 2003-yil.

19. Sher A., Husanov B.,Umarov E. Estetika. Uslubiy qo‘llanma.-T., 2008-yil.

20. Ibоdоv Х. Mоvаrоunnаhr qоmusiy оlimlаrining IX-XV аsrlаrdа fаnlаrni rivоjlаntirishdаgi tаriхiy o‘rni.T., 1996

21. Avesto: Yasht kitobi / M. Is‘hoqov tarjimasi. – T., 2001.

22. Maxmudov T. «Avesto» haqida. – T., 2000.

23. Narbekov A. V. Zardushtiylik axloq normalarining mohiyati va

24. xususiyatlari: Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – T., 2005.

25. Koshifiy V. Futuvvatnomai Sultoniy. – T., 1994.

26. O‘zbekiston Respublikasining «Ta`lim to‘g‘risida» gi qonuni. Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq», 1998 yil.

27. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., «Sharq», 1998 yil.



28. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi



Download 275.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling