I. bob. Ta’lim inson rivojlanishi asosi sifatida


Download 275.43 Kb.
bet3/6
Sana04.12.2020
Hajmi275.43 Kb.
#159370
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu


Ikkinchi omil — bu ta‘limdan aholi keng qatlamining foydalanish darajasi. Qadimgi sivilizatsiya mamlakatlari, shuningdek, Uyg‘onish davri va ilk o‘rta asrda Evropa hamda Markaziy Osiyo davlatlarida yangi era boshlanguncha ilm fan va madaniyatning yuksalishi o‘zining muayyan cheklanishiga ega bo‘lgan. Buning sababi jamiyatning tor doiradagi, elita qismi yuqori sifatli ta‘lim olish imkoniyatiga ega bo‘lgani tufayli taraqqiyot ham unga asoslanganidadir. Natijada o‘sha davrning buyuk odamlarining kashfiyotlariga talab bo‘lmadi. Negaki, jamiyat bu kashfiyotlarni qabul qilish va hayotga tatbiq etishga tayyor emasdi. Uchinchi omil — bu ta‘lim sifati va uni inson faoliyati natijalariga aylantirish qobiliyati. Aholi savodxonligining yuqori darajasi aholi bilim darajasining muhim mezoni hisoblanadi. Biroq, bu yagona mezon emas. Aholining ta‘limdan foydalanishi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega ko‘plab mamlakatlar jamiyatni innovastion rivojlantirish borasida bunday ko‘rsatkichlarga erisholmagan. Bu holat uning xususiyatlarini aniqlab beruvchi ko‘plab omillarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, turli sabablar bilan izohlanadi. Bu yerda ushbu omillarning, bizningcha, asosiylari hisoblangan ikkitasini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq:

a) talabchanlik va tabiiy hamda muhandislik fanlari sohasidagi bilim darajasini oshirish;

b) bilimni inson faoliyatining barcha jabhalariga tez o‘zgartirishga qodir institutlarni tashkil etish.

Respublika byudjetidan ta‘lim uchun ajratilayotgan mablag‘lar ulushi 50 foizdan

ortiqni tashkil etayotganini ham aynan ta‘limning roli katta ahamiyatga ega ekanligi bilan izohlash mumkin.Shuningdek, ta‘lim sohasiga mablag‘ sarflash muayyan sub‘ektiv sabablar tufayli kutilgan iqtisodiy natijalarga olib kelmasligi mumkin. Quyidagilar shunday sabablar sirasiga kiradi

■ mamlakatni rivojlantirishning no to‘g‘ri tanlangan strategiyasi, hukumat iqtisodiy siyosatidagi jiddiy xatoliklar. Masalan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish va xizmatlar tegishli ravishda qo‘llab-quvvatlanmaganda, qazib olish sanoati, yuqori likvidli xomashyoni eksport qilish bilan bog‘liq tarmoqlarni rivojlantirishni jadallashtirish. Bu holat milliy iqtisodiyotning uzoq muddatli manfaatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Ishlab chiqarilmaydigan xomashyo uchun jahonda narxlar konyukturasi yomonlashganda iqtisodiy o‘sish qayta ishlash sanoati va yuqori texnologiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagani bois to‘xtashi yoki keskin pasayishi ehtimoldan holi emas. Ta‘lim tizimi esa bu vaqtda xomashyo sohasida mehnat qiladigan mutaxassislar sonini ko‘paytirishi mumkin. Natijada mamlakat aholi bilim darajasining o‘sishi iqtisodiyot sohasi bilan bir xil rivojlanmaydi;

■ malakali kadrlarning chetga ketib qolishi. Mamlakatda ilm talab, yuqori texnologiyali tarmoqlarning yetarlicha rivojlanmagani, moliyalashning kamayishi, moddiy rag‘batlar va innovastiya faoliyati mexanizmlarining yo‘qligi malakali mutaxassislar hamda olimlarning ketib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday holatda mutaxassislarni tayyorlash uchun sarflangan katta miqdordagi mablag‘lar xodimlarga ilmiy, innovastiya va ishlab chiqarish faoliyati uchun qulay sharoitlar taklif etishga qodir boshqa mamlakatlar tomonidan o‘zlashtiriladi;

■ ta‘lim jarayonining ish beruvchilar talab va ehtiyojlariga mos kelmasligi. Buning natijasida o‘quv yurtlari bitiruvchilari o‘qish jarayonida egallagan bilimini amalda qo‘llashni bilmaydi, ilg‘or xorijiy tajribani mahalliy sharoitga moslashtira olmaydi;

■ ta‘lim muassasalari ishi sifatining pastligi, ularda pora xo‘rlikning avj olishi va buning natijasida mutaxassislarni tayyorlash sifatining pasayishi va bitiruvchilarning o‘z kasbini yaxshi bilmasligiga olib keladi. Qayd etilgan ushbu jihatlarni bartaraf etish hozirgi dunyoda o‘zining raqobatbardoshligini saqlashga intiladigan har qanday mamlakatda iqtisodiy va ta‘lim sohasidagi islohotlarning muhim qismiga aylanishi lozim.

1.3 TA’LIM BO’YICHA MODELLAR

O‘z xalqining moddiy, aqliy va ma‘naviy boyligini oshirishga intilayotgan har qanday davlat o‘z mamlakati milliy modelida ushbu vazifalarni amalga oshirish mexanizmlarini joriy qiladi.



Ta’lim modellari. Ta‘limning ko‘plab milliy modellari bor. Biroq ular orasidan tuzilishi jihatidan quyidagi asosiy mezonlarga qarab bir biridan farq qiladigan asosiylarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

■ aniq tarixiy davrda ushbu mamlakat uchun ta‘lim tizimini rivojlantirishdan asosiy maqsad va kutiladigan natija;

■ ta‘lim tizimini moliyalashda davlat va jamiyatning iqtisodiy imkoniyatlari;

Hozirda rivojlangan va jadal sur‘atda rivojlanayotgan mamlakatlarda muayyan darajadagi farq bilan foydalanilayotgan ta‘limning uchta asosiy modelini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular Yevropa, Amerika va Osiyo modelidir.



Yevropa ta’lim modeli boshlang‘ich maktabdan boshlab, o‘quvchilarga yuqori talablarni qo‘yish va ularga puxta bilim, jumladan tabiiy va muhandislik fanlari sohasida chuqur bilim berishga qaratilgan. Shuningdek, maktabgacha ta‘lim tizimi ham mavjud. Boshlang‘ich va o‘rta maktabda o‘qish jami 10-12 yil davom etadi va umumiy hisoblanadi. Keyingi bosqich kasb-hunar, oliy ta‘lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘limdir. Bu modelda barcha darajada bilim olish markazlashtirilgan bo‘lib, asosan davlat hisobidan bepul o‘qitiladi. Ushbu modelda o‘quvchilar bilimini boshlang‘ich maktabdan boshlab baholash mezonlari yuqori hisoblanadi va o‘quvchilar ushbu mezonlar asosida sinfdan sinfga ko‘chiriladi.

Yevropada universitetlar avtonomiyasi chuqur tarixiy ildizga ega bo‘lsa-da, Amerikadagiga qaraganda ularning mustaqilligi nisbatan kamroq. O‘quv yurtlarini boshqarishda akademik doiralarning roli katta, AQShda esa bu vazifa ko‘proq homiylik kengashlari zimmasiga yuklangan.Yevropa modeli doirasida ingliz, fransuz va nemis ta‘lim modeli, shuningdek, Sharqiy Yevropa mamlakatlari ta‘lim modeli alohida ajralib turadi.

Yevropa ta‘lim tizimi keng ko‘lamli o‘qitish tizimi va ishchi mutaxassisliklarga,

jumladan mehnat va aholi bandligi organlari tomonidan bepul asosda Qayta o‘qitish tizimini ham o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari asosan ish beruvchilar yoki o‘qiydiganlar tomonidan talab etiladigan va haq to‘lanadigan kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha juda keng qamrovli tizim ham mavjud.



Osiyo ta’lim modeli ta‘limni moliyalashda davlatdan tashqari xususiy biznes ham muhim rol o‘ynashi bilan ajralib turadi. Bu erda maktablar munistipal organlar tasarrufida, xususiy va davlat oliy o‘quv yurtlari son jihatidan taxminan teng. Umuman olganda ta‘limni moliyalashda mahalliy manbalar milliy manbalarga qaraganda ko‘pchilikni tashkil etadi. Boshlang‘ich va o‘rta ta‘lim asosan bepul, oliy ta‘lim esa pullidir. Bunda talabalarga grantlar va kreditlar xisobidan ta‘lim xizmatlari uchun pul to‘lash bo‘yicha yordam beradigan ko‘p tarmoqli tizim mavjud.

Amerika tizimida davlat va xususiy maktablar, eng yaxshi va o‘rtacha universitetlarda ta‘lim sifati keskin farq qiladi. Boshlang‘ich maktablarda o‘quvchilarning bilim darajasiga nisbatan soddalashtirilgan talablar ularning bilim olishiga qarab ortib boradi. Boshlang‘ich maktablarda ko‘proq turli ijtimoiy fanlar o‘qitilsa, o‘rta maktablarda o‘qishni ixtisoslashtirish uchun keng imkoniyat yaratilgan.

Osiyo ta’lim modeliga Yevropa va Amerika modelidan farqli o‘laroq quyidagilar xosdir:

■ boshlang‘ich maktabning katta ahamiyatga ega ekanligi (ushbu aksariyat mamlakatlar, jumladan Yaponiya va Janubiy Koreyada boshlang‘ich maktabda o‘qish 4 yil emas, balki 6 yil davom etadi);

■ maktab ta‘limi dasturlarida o‘quvchilarda uyg‘unlik hissi, yuksak odob-axloq qoidalarini shakllantirishni ta‘minlaydigan ma‘naviy-axloqiy fanlarga alohida o‘rin berilgani (musiqa, tasviriy va amaliy san‘at, etika, estetika);

■ o‘quvchilarga faqat akademik bilim berish emas, balki ularda ijodiy va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga e‘tibor qaratilgani (Singapurda boshlang‘ich maktab bitiruvchilari ega bo‘lishi lozim bo‘lgan elita afzalliklardan biri ―fikrlash va o‘z fikrini ifoda etish‖ va ―atrofdagi narsalarga qiziqish bildirish‖ qobiliyati xisoblanadi);

■ ta‘lim tizimining jamiyatning turli qatlamlari uchun ochiqligi (Janubiy Koreyada 25-37 yoshdagi fuqarolarning 97 foizi shu tufayli oliy ma‘lumotga ega va bu butun dunyoda eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi);

■ xorijiy tillar, avvalambor, ingliz tilini o‘rganishga alohida e‘tibor berilayotgani

■ iqtidorli talabalarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va eng yaxshi xorijiy oliy o‘quv yurtlariga yuborish bo‘yicha maxsus dasturning mavjudligi

Nufuzli xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning fikricha, Osiyo ta‘lim modeli Yevropa modeliga qaraganda ancha mukammal. Jumladan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur va Tayvan (Xitoy) dunyoda eng yaxshi milliy ta‘lim tizimiga ega ko‘plab mamlakatlar orasida (Finlyandiya va Kanada bilan bir qatorda) peshqadamlik qilmoqda. Mintaqaning ushbu to‘rt mamlakati aynan Osiyo ta‘lim modeli tufayli dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari qatoriga qo‘shilgani ham bu model samaradorligining yana bir tasdig‘idir.Dunyoda iqtisodiy, ilmiy va madaniy integrastiyalashuvni chuqurlashtirish hamma mamlakatlarni inson faoliyatining barcha jabhalariga tub o‘zgarishlar kiritayotgan shiddatli globallashuv jarayoniga jalb qilmoqda. Dunyoda «oliy ta‘limni baynalmilallashtirish» deb nomlangan tushunchaning paydo bo‘lishi bunday ta‘sirga yorqin misol bo‘la oladi. Bu borada dunyoning har bir mamlakatida qabul qilinayotgan ta‘limning xalqaro bazaviy modeli haqida so‘z bormoqda.

O‘zbekistonda tub o‘zgarishlar strategiyasi, nafaqat mahalliy qadriyatlar, tajriba va an‘analar, balki ilg‘or xorij tajribasidan foydalanishga asoslangan. O‘zbekiston milliy ta‘lim tizimini isloh qilish jarayonida yuqorida qayd etilgan uchta ta‘lim modeli, avvalambor, Osiyo ta‘lim modelining elementlari muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan boshqa mamlakatlar yutuqlarini hisobga olish va ijodiy foydalanishga intilmoqda.

Bu jadvalga muvofiq ayrim mamlakatlar nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo‘lsak, AQSh boshqa mamlakatlar orasida peshqadamlik qilmoqda. Yer sharidagi 500 eng yaxshi oliy o‘quv yurtining har uchinchisi uning hududida joylashgan. Ro‘yxatdagi ikkinchi o‘rinni aholisi dunyo aholisining 1 (%) foizdan kam qismini tashkil etadigan Buyuk Britaniya band etgan. Yer sharidagi eng yaxshi universitetlarning ko‘pchiligi ushbu mamlakatga tegishli. Yevropa qit‘asida bunday oliy o‘quv yurtlari bo‘yicha Evropa Ittifoqining aholisi va iqtisodiy qudrati bo‘yicha uchta yirik davlati, Osiyo qit‘asida Yaponiya ustunlik qilmoqda. Shunday bo‘lsada, resurs salohiyati va iqtisodiyotini jadal rivojlantirayotgan Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy kabi qudratli davlatlar egallagan pozitsiya, shuningdek, ro‘yxatda keltirilgan mamlakatlarda aholisi va iqtisodiy salohiyati bo‘yicha yirik hisoblangan Ukraina, Turkiya, Tailand, Indoneziya qayd etilmagani ham e‘tiborni o‘ziga jalb qiladi.

O‘zbekistonda tub o‘zgarishlar strategiyasi, nafaqat mahalliy qadriyatlar, tajriba va an‘analar, balki ilg‘or xorij tajribasidan foydalanishga asoslangan. O‘zbekiston milliy ta‘lim tizimini isloh qilish jarayonida yuqorida qayd etilgan uchta ta‘lim modeli, avvalambor, Osiyo ta‘lim modelining elementlari muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan boshqa mamlakatlar yutuqlarini hisobga olish va ijodiy foydalanishga intilmoqda.

O’zbekistonda ta’lim sohasida erishilayotgan yutuqlar havas qilishga arziydi”



Toshkent shahrida 16-17 fevral kunlari ― Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash — mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizastiyalashning muhim sharti ‖ mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli anjumanda o‘nlab mamlakatlardan yuzlab mutaxassislar va ekspertlar ishtirok etdi. ―Xalq so‘zi‖ muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatlashdi. Parviz MORVIDJ, Nyu-York davlat universiteti professori (AQSh): O‘zbekistonda Prezident Islom Karimov tomonidan olib borilayotgan tinchlikparvar siyosat, har tomonlama mukammal asosda ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli» butun dunyoda hali-hanuz kuzatilayotgan iqtisodiy bo‘hron davrida ham rivojlanish sur‘atlarini muttasil oshirib borishga zamin yaratmoqda. Qariyb chorak asrdirki, ta‘lim sohasida faoliyat yuritib kelaman. Sharq xalqlari, ayniqsa, o‘zbek millatining ko‘hna tarixi hamda madaniyatiga juda qiziqaman. Moziy va hozirgi kunni solishtirib komil ishonch bilan aytishim mumkinki, mustaqil O‘zbekistonning bugungi yoshlari Ahmad Farg`oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug`bek, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi jahon tamadduniga munosib hissa qo‘shgan ulug` ajdodlariga munosib avlod bo‘lib kamol topmoqda. Xartmann LIBETRUT, Vuppertal universiteti professori (Germaniya): Mustaqil O‘zbekistonning qisqa vaqt ichida erishgan yutuq va marralari, jumladan, izchil rivojlanayotgan iqtisodiyoti, barqaror o‘sish sur‘atlari, aholi turmush farovonligining yildan-yilga oshib borayotgani, o‘ylaymanki, bugun ko‘pchilikka yaxshi ma‘lum. Bu xalqaro miqyoda yuksak darajada e‘tirof etilayotgani O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lining amaliy ifodasidir. O‘quv muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ular faoliyatiga axborot-kommunikastiya texnologiyalarini keng joriy etish, o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash kabi amalda juda katta xarajatni talab qiladigan yumushlarga har yili davlat byudjetidan yetarli miqdorda mablag`lar ajratilmoqda. O‘zbekiston to‘g`ri o‘ylangan shu yo‘l orqali o‘z kelajagi uchun mustahkam poydevor qo‘ymoqda. Bu omil mamlakatning yaqin yillar ichida eng rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shilishiga xizmat qilishi, shubhasiz.

Tetsudji TANAKA, Markaziy Osiyo va Kavkazni o’rganish instituti direktori (Yaponiya): Bilasiz, juda ko‘p davlatlarda ota-onalar o‘g`il-qizlari ta‘lim-tarbiyasi uchun oila byudjetidan juda katta miqdorda mablag` sarflashadi. Lekin ularning hammasida ham imkoniyat bir xilda emas. Ya‘ni, kimningdir bunga qurbi etadi, kimnikidir esa yo‘q. Natijada ushbu jihat o‘z-o‘zidan savodxonlik darajasiga ta‘sir o‘tkazadi. Ma‘lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha umumiy savodxonlik darajasi 30-40 foizni tashkil etadi, atigi 30 ga yaqin mamlakatda esa bu ko‘rsatkich 90 foizdan ortiq. O‘zbekistonda aholining savodxonlik ko‘rsatkichi qariyb 100 foizga teng ekan. Anglashiladiki, mamlakatda ta‘lim tizimi izchil yo‘lga qo‘yilgan.Yaqinda Prezident Islom Karimovning 2011 yil yakunlariga bag`ishlangan ma‘ruzasi bilan tanishib, bunga yana bir karra amin bo‘ldim. E‘tibor bering: eng zamonaviy o‘quv laboratoriya jihozlari bilan ta‘minlangan, 46 ming 300 dan ortiq o‘quvchiga mo‘ljallangan 166 ta yangi maktab qurilibdi va rekonstrukstiya qilinibdi. Shuningdek, 852 ta maktabda zamonaviy o‘quv kompyuter sinflari tashkil etilibdi. Bu katta kuch va mablag` talab qiladigan yumush. Umuman, O‘zbekistonning ta‘lim-tarbiya tizimiga oid bizni qiziqtirgan jihatlar juda ko‘p. O‘ylaymanki, xalqaro konferensiya davomida bu haqda to‘liq ma‘lumotga ega bo‘lamiz. Valeriy NIKIFOROV, Boltiq xalqaro akademiyasi boshqaruvi raisi (Latviya): Yurtingiz qadimda Buyuk Ipak yo‘lining markazida joylashgan davlat sifatida barchaga ma‘lum va mashhur bo‘lgan. Istiqlol yillarida O‘zbekiston ushbu maqomini qayta tikladi. Bugungi kunda mamlakat yoshlarining matematika, kimyo, biologiya, fizika kabi fanlar bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro olimpiadalar, musiqa festivallari, sport musobaqalarida qator yutuqlarga erishib kelayotgani e‘tiborlidir. Yana shuni ta‘kidlash joizki, Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan kommunikastiya va transport tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan milliy strategiya asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayonki, mazkur dastur temir yo‘l, havo yo‘llari, logistika kabi mamlakat rivojida asosiy o‘rin tutadigan yo‘nalishlarda yuqori malakali kadrlar tayyorlashni ham o‘z ichiga olgan. U muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda. Hozir o‘zbekistonlik yoshlar «Talgo», «Boing», «Eyrbas» kabi ilg`or texnika vositalarini boshqarmoqda, «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi, Angren logistika markazi ravnaqiga hissa qo‘shmoqda, zamonaviy

talablarga to‘la javob beradigan avtomobillar va ularning murakkab ehtiyot qismlarini yuqori sifatda tayyorlashda ishtirok etmoqda. Bular ta‘lim jabhasida olib borilayotgan islohotlar asosi mustahkam va puxta ekanligini yaqqol namoyon etib turibdi.



Yu MI XA, Sangshin tibbiy ta’lim jamg`armasi prezidenti (Janubiy Koreya): Avvalambor, mana shunday betakror tabiati, mehmondo‘st xalqi, yuksak iqtisodiy-ijtimoiy yutuqlari bilan dunyoga tanilgan diyorda mehmon bo‘lib turganimdan juda xursandman. Ko‘tarinki kayfiyat bilan mehmonxonaga joylashdik. Barcha turdagi zamonaviy servis xizmatidan bahramandmiz. Bularning bari ishtirokchilarning xalqaro konferenstiyaga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rishlari va unda munosib ishtirok etishlari uchun ayni muddaodir. Mazkur yirik hamda nufuzli tadbir o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikni rivojlantirish, eng muhimi, mamlakatingiz ta‘lim modelini yaqindan o‘rganish imkoniyatini berishi bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Yurtingizda davlatingiz rahbari rahnamoligida ushbu sohaga ―Ta‘lim-tarbiyaga e‘tibor — kelajakka e‘tibor‖ tamoyili asosida alohida yondashilmoqda. Bepul umumiy ta‘lim olish davlat tomonidan kafolatlangani bunga bir misoldir

II.BOB.Boshqaruv etikasida ta’lim omilining ustuvorligi

2.1. Davlatning ta’lim tizimini isloh etish siyosa

1.1. Barkamol avlodni tarbiyalashda ta’limning o’rni

Mustaqillik yillarida O’zbekiston xalqi iqtisodiyot va ijtimoiy sohada ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Natijada jamiyatda yangicha ma‘naviy va axloqiy qadriyatlar shakllanmoqda. Shu asosda ta‘limning qadriyatlari muntazam to’ldirib borilmoqda. Islohotlarning asosiy mohiyati —shaxsga, uning huquqlari, fuqarolik erkinligi, orzu-umidlari, jamiyatdan munosib o’rnini egallay olishiga yo’naltirilganligi ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatda milliy madaniy-tarixiy va ma‘naviy merosni tiklash va rivojlantirish borasida erishilgan zalvorli yutuqlar bevosita o’qitish va ta‘lim jarayonining mazmuni hamda shaklini sezilarli darajada o’zgartirib yubordi. Bu shubhasiz, ta‘limni insonparvarlashtirish, shaxsni vatanparvarlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashda ko‘rinadi. Prezidentimiz I.A.Karimov o‘z nutqlarida yoshlarga katta ishonch bildirib, O‘zbekiston kelajagi yoshlar qo‘lida ekanligini ta`kidlar ekan, avvalo yoshlarni shunday ishonchga javob bera oladigan insonlar qilib etishtirish o‘qituvchi va tarbiyachilarning, ziyolilarning fidokorona menati bilan boliqligini nazarda tutadi.

Jamiyatimiz talab etayotgan har tomonlama etuk, komil insonni tarbiyalashda o‘qituvchining o‘rni beqiyosdir. Ta`lim to‘g‘risidagi qonunning 5-moddasida tegishli ma`lumoti "kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega" ekanligi ta`kidlanadi. Qonun, kadrlar tayyorlash milliy dasturi va hozirgi kunimiz talabi bo‘yicha o‘qituvchiga qo‘yilgan talablar ham ortib bormoqda.

O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasb. Yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g‘oyalar bayon etiladi. Maktab hayoti-amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o‘qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi.

Hozirgi kun o‘qituvchisi chuqur bilimli, mutaxassislik fanini to‘liq egallagan bo‘lishi bilan birga buyuk insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan, bolalar va kattalar bilan qiynalmasdan muomalaga kirisha oladigan, ularning ruhiyatini, holatini tushuna oladigan haqiqiy mohir pedagog bo‘lishi lozim.

Bunday mutaxassis pedagog-psixolog-amaliyotchi o‘qituvchi uchun kerak bo‘ladigan yuksak pedagogik mahorat va texnika ko‘nikmalarini egallagan shaxs bo‘lishi kerak.

Mustaqil Respublikamizda ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar milliy ta`lim-tarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirilgan, jahon andozalari darajasiga mos «milliy modelni» hayotga tadbiq qilishga, ma`naviyatimizni yanada yuksaltirishga qaratilgan.

Bu esa o‘z navbatida yoshlarning bilim darajasini kengaytirishni, ma`naviy va intellektual meroslarimizga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni talab qiladi.

Ma`lumki, bugungi kunda pedagogikani insonparvar pedagogikaga aylantirish ta`lim sohasining muhim masalasiga aylanib qoldi. Shuning uchun ham ta`limni insonparvarlashtirish orqali yuzaga kelgan mavjud muammolarni oqilona hal etib borish yangicha ishlashni, yangi pedagogik tafakkurni shakllantirishni taqozo etadi.

O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta`lim tizimini isloh qilish kelajakda o‘qituvchilik kasbini egallaydigan yangi avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil qatnasha olish qobiliyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.

Mazkur vazifalarni bajarishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati o‘ta salmoqlidir.

Mamlakatimiz rahbari I. A. Karimov ta`kidlaganidek: «mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta`lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zaruriyat sezila boshlandi»1. Yurtimizning kelajagi, uning ertangi taqdiri, ozod va obod jamiyat qurilishiga erishishimiz ham ma`lum ma`noda shu islohatlarning natijasiga boglik edi. «Chunki ta`lim-tarbiya- ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta`lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad- ozod va obod jamiyat barpo etib bo‘lmaydi»2 degan yurtboshimizning fikrlaridan ta`lim-tarbiya islohati, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga erishish mamlakatimiz taraqqiyotini ta`minlovchi asosiy omillardan biri ekanligini bilib olishimiz mumkin.

Ta`lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohatlarning asosiy yo‘nalishlari:

 ta`lim tizimini, mazmunini isloh qilish;

 ta`lim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish;

 ta`limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish;

 ota-ona, o‘qituvchi. O‘quvchining ta`lim jarayoniga bo‘lgan yangicha qarashlarini shakllantirish;

 va bu islohatlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga tadbiq etishdan iborat



Yangi ta`lim modeli. Ta`lim islohatlarini amalga oshirish va ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun ta`limning yangi modeli yaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uning tarkibiy qismlari ko‘rsatib berildi va ular quyidagilardan iboratdir:

shaxs- kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub`ekti va ob`ekti, ta`lim sohasidagi xizmatlarning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchi;

davlat va jamiyat - ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;

uzluksiz ta`lim- malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta`limning barcha turlarini, davlat ta`lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi;

fan- yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi;

ishlab chiqarish- kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy texnika jihatidan ta`minlash jarayonining qatnashchisi3.

«Ta`lim to‘g‘risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta`lim-tarbiya sohasidagi islohatlar va ta`limning yangi modeli amalga oshib borsa, mamlakatimizda juda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkinligini yurtboshimiz quyidagicha ko‘rsatib beradi:

«Ishonchim komil: agar bu islohotni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada biz hayotimizda ijobiy ma`nodagi «portlash effekti» ga, ya`ni uning samarasiga erishamiz»

Bu samara natijasida esa quyidagilar yuz berishi nazarda tutiladi:

Birinchidan, ta`lim qonuni va Milliy dasturimizda nazarda tutilgan vazifalar to‘liq amalga oshgan taqdirda ular ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta`sir qiladi va natijada mamalakatimizda mavjud muhit butunlay o‘zgaradi.

Ikkinchidan, ta`limning yangi modeli ishga tushgach, insonning hayotdan o‘z o‘rnini topish jarayoni tezlashadi.

Uchinchidan, ta`limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsning shakllanishiga olib keladi.

To‘rtinchidan, ta`limning yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro‘yobga chiqarishda katta ahamiyat kasb etadi, har bir inson o‘zining qobiliyat, iste`dodini ishga sola oladi. Beshinchidan, fuqarolik jamiyati qurilishi ta`minlanadi, model vositasida dunyodan munosib o‘rin olishga, o‘zbek nomini yanada keng tarannum etishga erishiladi4.

Prezidentimiz I.A. Karimov ta`kidlagan «portlash effekti»ga etib borish yo‘lida uchraydigan qiyinchiliklarni engib o‘tib borish va ularni hal etish masalalari faqat o‘qituvchi- pedagoglarninggina vazifasi bo‘lib qolmasdan, balki jamiyatimizni to‘liq pedagoglashtirish muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Har bir fuqaro tarbiyashunoslik asoslari bilan tanishishi, yangi pedagogik vosita, usul va texnologiyalar bilan ta`minlanishi hozirgi kun talabidir.



1.2. Uzluksiz yangi ta’lim tizimini shakllantirish jarayoni

Uzluksiz ta‘lim tizimi, xususan, kasbiy ta‘limni rivojlantirish borasida belgilangan ustuvor maqsadlarni amalga oshirish, mamlakat iqtisodiyotining murakkab hamda ko’p turdagi ehtiyojlarini qondirishga qodir bo’lgan yetuk kadrlar tayyorlashning yuqori sifatini ta‘minlashga qaratilgan Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturini hayotga tatbiq etish jarayonini muntazam ravishda tahlil qilib borish taqozo etiladi. Shuningdek, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma‘naviy sohalardagi bugungi ilg’or o’zgarishlar, ta‘lim tizimining moddiy-texnik bazasi tubdan yangilanayotgani, ta‘lim muassasalarida yangi texnika va texnologiyalar, AKTdan keng foydalanish yo’lga qo’yilayotganligini nazarda tutgan holda Milliy modelining mazmun va mohiyati, uni amalga oshirish jarayonlariga doir olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini ham takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Shu tariqa Milliy dasturda yaqin yillarda hamda istiqbolda bajarilishi belgilangan vazifalarni ishonchli yondashuv asosida amalga oshirish hamda uning mexanizmlarini ishlab chiqish mumkin. Ta‘kidlash joizki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ijrosini ta‘minlashda davlat ta‘lim siyosatining asosiy tamoyillari, maqsadli ko’rsatmalari, uning shaxsga, barkamol avlodni tarbiyalashga yo’naltirilganligi o’zgarishsiz qolishi muqarrardir. Vaqt o’tishi bilan jamiyat hayotining barcha sohalaridagi chuqur islohotlar, ularning mamlakatdagi jadal rivojlanishga ta‘siri, natijalari Milliy dasturni amalga oshirishda yangi talablar qo’ymoqda, tegishli ustuvor vazifalarni hal qilish ehtiyojini yuzaga keltirmoqda. Bu talab uning mazmuni (2.2.-bo’lim)da berilgan hozirgi bosqich vazifalarida o’z aksini topgan: ―... to’plangan tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, Kadrlar tayyorlash milliy modeli hamda dasturini amalga oshirishda uni faqatgina tayanch tushuncha va kategoriyalar asosida rasmiyatchilik bilan hayotga tatbiq etish holatlari kuzatilmoqda. Bu uzluksiz ta‘lim tizimida faoliyat yuritayotgan rahbarlar, bevosita ijrochilar, shuningdek, tadqiqotchilar tomonidan Kadrlar tayyorlash milliy modeli hamda dasturining fundamental g’oya va qoidalariga yetarlicha e‘tibor berilmayotganini yoki yuzaki yondashilayotganini anglatadi. Mustaqillikning dastlabki davrlarida mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlik, jamiyatda tinchlik va ahillikni ta‘minlash eng muhim vazifalardan edi. Ayniqsa, mamlakatning taraqqiyot yo’lini, jamiyat rivojining aniq va yorqin istiqbolini belgilab olish kun tartibida kechiktirib bo’lmas vazifa sifatida turgan edi. Ana shunday muhim bir davrda mamlakat kelajagining yaqin va uzoq muddatli taraqqiyot vazifalarini belgilab berishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ilmiy mardligi, donoligi va uzoqni ko’ra bilish qudrati keng qamrovliligi bilan namoyon bo’ldi. Buning yaqqol misoli 1992 yilning 8 dekabrida qabul qilingan Asosiy qonun — O’zbekiston Konstitutsiyasidir. Mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan asosiy qonunchilik hujjatlaridan biri — ―Ta‘lim to’g’risida‖gi hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi qonunlari o’zimizga xos va o’zimizga mos bo’lgan kadrlar tayyorlash tizimining rivojlanish yo’llarini belgilab berdi.

Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan va amalga oshirilayotgan yo’lning to’g’riligi hech kimda shubha qoldirmadi, rivojlanishning besh asosiy tamoyiliga asoslangan o’ziga xos ―o’zbek modeli‖ esa, umume‘tirofga sazovor bo’ldi. U O’zbekistonda qator davlatlar amaliyotida kuzatilgan ko’plab xatolarning chetlab o’tilishiga, mamlakat rivojida ilg’or tadrijiylik ta‘minlanishiga hamda haqli ravishda yurtimizning xalqaro hamjamiyatda o’zining munosib o’rinini egallashida mustahkam asos vazifasini o’tadi. Mazkur siyosat o’zining dinamikasi, zamonaviy hayot haqiqatlarini chuqur ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan talqin qilganligi, strategik maqsadga erishishdagi qat‘iyligi hamda bu borada izchillikni ta‘minlaganligi bois O’zbekiston xalqini hamda jahon hamjamiyati ishonchini qozonib bormoqda, mamlakatda tinchlik, barqarorlik va farovonlikka kafolatni mustahkamlamoqda.Yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar, yangilanishlar zamirida avvalo inson manfaatlari ustuvorligini ta‘minlash, ilg’or ijtimoiy ongni shakllantirish, barkamol avlodni tarbiyalash kabi eng ezgu maqsadlar mujassamlashgan. Tanlangan strategiyaning noyobligi ham shundaki, o’tish davrida, ko’plab iqtisodiy va siyosiy muammolar mavjud bo’lib turgan bir paytda, davlat va jamiyatni rivojlantirishning ijtimoiy sohaga — ta‘lim va tarbiyaga, aholi sog’ligini saqlashga, ma‘naviy yangilanish, tiklanishga va yangi ijtimoiy ongni shakllantirishga ustuvorlik berildiki, buning asosiy maqsadi mamlakat mustaqilligi va gullab-yashnashiga erishish, xalqning erki va farovonligini ta‘minlash edi. Qisqacha aytganda, O’zbekiston Respublikasi rahbariyati strategik maqsadga erishishning eng muhim sharti va omili sifatida iqtisodiyot, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlariga asoslangan yuqori sifatli ta‘lim-tarbiya tizimi faoliyatini yo’lga qo’yish ekanligini ko’rsatib berdi.



Davlat ta‘lim siyosati aynan mana shu aniq, chuqur o’ylangan maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lib, u Milliy modelda aniq aks etgan: ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, hayotga tatbiq etish, hech bir mubolag’asiz, strategik maqsadlarimiz — farovon, qudratli, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etishimizning asosi bo’lmog’i zarur‖. Mustahkam siyosiy iroda va jamiyatning keng ko’lamda qo’llab-quvvatlashi orqaligina Kadrlar tayyorlash milliy dasturi singari o’z miqyosiga ko’ra ulkan ijtimoiy loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish mumkin edi. O’z faoliyati davomida kadrlar tayyorlashga o’ta jiddiy, birlamchi e‘tibor qaratib, ta‘lim sohasi, barkamol avlodni tarbiyalashga doimiy g’amxo’rlik ko’rsatib kelayotgan mamlakatimiz Prezidenti davlat va jamiyat rivojining har bir bosqichida barcha davlat tuzilmalari va jamoatchilik tashkilotlari oldiga bugungi va istiqboldagi aniq maqsad va vazifalarni belgilab bermoqda. Yuqorida ta‘kidlangan faoliyatning asosiy natijalaridan biri sifatida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar — kelajakka, ya‘ni o’sib kelayotgan avlodga, mustaqil fikrlovchi, yuksak ma‘naviyatli, yuqori darajada ta‘lim olgan, yetuk kasbiy salohiyatga ega shaxsni tarbiyalashga xizmat qilishi lozimligi to’g’risidagi g’oyaning qaror topishidir: ―Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo’lishlari shart‖. Aynan shuning o’zi jamiyatda yangicha ijtimoiy ongning shakllanishi, ijtimoiy-siyosiy iqlimning yanada yaxshilanishi, mamlakatning taraqqiyoti va gullab-yashnashi, uning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashining sharti va kafolatidir. Davlat va jamiyatning eng muhim, dolzarb vazifasini hal qilish zaruratidan kelib chiqqan holda mamlakatimizda 1997 yilning fevral-mart oylarida O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqishga kirishildi. Bu davr davlatimiz kelajagini belgilovchi, yangi ong, yangi tafakkurga ega bo’lgan shaxsni maqsadli tarbiyalashning o’ziga xos sarchashmasiga aylandi. Davlat rahbarining maqsadi aniq va ravshandir, ya‘ni xalqning boy madaniy-tarixiy hamda ma‘naviy an‘analari asosida ilg’or xalqaro tajribani hisobga olgan holda zamonaning eng yuqori talablariga, jamiyat va har bir shaxsning ehtiyojlariga to’liq javob bera oladigan o’zimizga xos va mos bo’lgan uzluksiz ta‘lim tizimini barpo etishdir. Kadrlar tayyorlash milliy modelining bu sohada mavjud bo’lgan modellardan mazmun-mohiyat jihatdan farqli tomonlari shundaki, avvalo, uning sistemali yaxlitligi va uzviyligi, o’z ichiga qamrab olgan shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta‘lim, fan, ishlab chiqarish kabi o’ta muhim komponentlar hamda mazkur sohalarning iqtisodiy-ijtimoiy modernizatsiyasining hisobga olinganligidadir. Kadrlar tayyorlash milliy modelini amalga oshirishda ko’zda tutilgan o’zgarishlarning me‘yoriy-huquqiy asosi bo’lgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta‘lim tizimini tubdan isloh qilish, uzluksiz ta‘lim tuzilmasi, mazmuni va sifatini tubdan qayta ko’rib chiqishni nazarda tutadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning g’oyalari oddiy pedagogik talqin doiralaridan ancha keng bo’lib, chuqur, ijtimoiy va shaxsga yo’naltirilgan qadriyatlar mohiyatini ochib beradi. Ushbu g’oyalar hayotga izchil tatbiq qilinmoqda hamda kutilgan ilk natijalarini namoyon etmoqda. Oldimizga qo’yilgan strategik maqsad—―gullab-yashnayotgan, qudratli demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini shakllantirish‖ davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida izchil, maqsadga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni avvaldan belgilab berdi.

Umumiy ma'lumot. O‘zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi quyidagilardan iborat:

 davlat ta`lim standartlariga muvofiq ta`lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta`lim muassasalari;

 ta`lim tizimi ishlashi va rivojlanishi uchun kerakli tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-pedagogik tashkilotlar;

 ta`lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ular boshqaruvi ostidagi korxona, muassasa va tashkilotlar. O‘zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi yagona va yaxlitdir. O‘zbekiston Respublikasida ta`lim quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshiriladi: - maktabgacha ta`lim; - umumiy o‘rta ta`lim; - o‘rta maxsus kasb-hunar ta`limi; - oliy ta`lim; -oliy ta`limdan keyingi ta`lim; - malaka oshirish va kadrlarni qayta tayorlash; - maktabdan tashqari ta`lim.





Download 275.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling