I. Bob. Ta’lim sohasiga psixologik xizmatning kirib kelishi


Download 169.6 Kb.
bet9/10
Sana23.04.2023
Hajmi169.6 Kb.
#1387166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1. Xorijiy ta’lim tizimi psixologik xizmatlarida

Darsning natijalari.

Dars maqsadiga erishildimi?
Bu haqda qanday psixologik ko‘rsatkichlarga qarab xulosa chiqarish mumkin
(o‘zlashtirish darajasi, diqqat, qiziqish, his-tuyg‘ularni namoyish qilish)?
1. Darsda o‘qituvchi o‘quvchilarning umumiy rivojlanishi uchun nimalar berdi.

  • o‘quvchi fikrlashini faollashtirish uchun unumli foydalandimi?

2. Darsning qaysi vaqtida o‘quvchilarning aktivligi oshirildi?

  • ayrim o‘quvchilarning aktivligi oshirildi;

  • butun sinfning (u qanday maqsad bilan amalga oshirildi?)

  1. Darsning qaysi vaqtida tormozlanish belgilari paydo bo‘ldi (kerishish, uyqu kelishi, o‘quvchilar javobining sustlashishi)

  2. Darsdan tashqari mavzularda gaplashish hollari ro‘y berdimi, bu holat darsning qaysi vaqtida yuzaga keldi va nima sababdan;

  3. Darsda o‘quvchilar intizomining buzilganligi qayd etildimi, bu hol nima sababdan yuzaga keldi.

  4. Rivojlangan tormozlanish jarayonini yo‘qotish maqsadida o‘qituvchi qanday usullardan foydalandi:

    • butun sinf uchun;

    • ayrim o‘quvchilar uchun;

  5. Dars o‘tish vaqtidagi sinf xonasining gigiyenik bahosi:

    • sinf xonasi shamollatilganmi?

    • o‘quvchilarning ish joylari qanday yoritilgan?

    • bolalar partalarga qulay o‘tiryaptilarmi? (parta ularning bo‘ylariga mos keladimi?)

    • sinf xonasining o‘quvchi bilan to‘lganligi, ta’lim normalariga mos keladimi?

    • darsda o‘quvchilarning faoliyatiga qo‘shimcha qo‘zg‘atuvchilar xalaqit bermadimi?



XULOSA


Xalq ta’limi tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi shaxsning o‘sishini ta’minlash psixologik taraqqiyotini ta’minlovchi yuqori darajadagi shart-sharoitlar yaratish, o‘rta maktabdagi o‘quv tarbiya ishlarini yaxshilash, bu sohada pedogogik jamoaga ilmiy-uslubiy jihatdan yordam ko‘rsatishdan iboratdir.
Psixologik xizmat xalq ta’limi tizimning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Psixologik xizmatda tadqiqot va ta’sir o‘tkazish ob`yekti maktab o‘quvchilari,oqituvchilar, ota – onalar bo‘lib hisoblanadi. Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda, har qaysi shaxs pedogogik, o‘quvchi, ota – ona manfaati va uning har tamonlama uyg‘un kelib chiqishini o‘rgangan holda yondashadi.
Psixolog o‘quvchilar xarakterida mavjud bo‘lgan yutuqlarni rivojlantirish va kamchiliklarni tuzatish, o‘z xatti-harakatlarini kuzatish, tahlil qilish, baholash, o‘zining kayfiyat va xulq atvorini boshqarish, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish haqida tavsiyalar beradi.
Umum o‘rta ta’lim maktablarida ish olib borayotgan amaliyotchi psixologlar o‘z faoliyati davomida ta’lim muassasining ijtimoiy muhitini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, va ijtimoiy moslashmaslik ularning zo‘riqishlarini yuz berishini oldini olish uchun psixologik xizmatning o‘rni beqiyos. Psixologik xizmat faoliyati o‘quvchilar aqliy faoliyat taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarini diagnostika qilishga, ta’lim-tarbiyasidagi buzilishlarning psixologik sabablarni aniqlashgagina qaratilmasdan, balki bunday buzilishlarni yo‘qotish va oldini olishga qaratiladi.
Bunday psixologning aniqlagan va to‘plagan ma’lumotlari o‘quvchilarni korreksiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib chiqadi.

Download 169.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling