I bob. Tarixiy davr, madaniy hayot 1“ Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari axloqiy-ta’limiy, ma’rifiy doston
Download 116 Kb.
|
Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari axloqiy-ta’limiy, ma’rifiy doston.
Mavzu: Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida odob-ahloq so’z va tilga,ilm-ma’rifatga munosabat masalalari Reja: Kirish. I BOB.TARIXIY DAVR, MADANIY HAYOT 1.1“ Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari axloqiy-ta’limiy, ma’rifiy doston. 1.2 Asarning tuzilishi va boblar tahlili. II.BOB.TADRIJIYLIK VA BADIIYAT 2.1 “Hibat ul-haqoyiq” asarida bilim, til odobi, saxiylik va baxillik xususida. 2.2 “Hibat ul-haqoyiq” da insoniy fazilatlar tasviri. III BOB Xulosa IV BOB Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Yugnakiy, Ahmad Yugnakiy (12-asr oxiri, Samarqand, Yugnak qishlogʻi — 13-asr 1-yarmi,) — turkiy shoir, mutafakkir.Adib Ahmad binni Mahmud Yugnakiy, yirik adib, hadisshunos va taʼlimiy didaktik adabiyot namoyandasi. Boshqa taxminlarga qaraganda Fargʻona vodiysining Yugʻnoq qishlogʻida tugʻilgan, «Hibatul-haqoyiq» («Haqiqat sovgʻalari») asari Fargʻona hukmdori Dod Sipohsolor bekka bagʻishlangan. Navoiyning taʼriflashicha, tugʻma koʻr boʻlgan. Asarning arab va uygʻur yozuvidagi qoʻlyozma nusxalari (XV asrda koʻchirilgan) Istanbulda saqlanadi. Asar 14 bobni tashkil qilgan Qurʼon va Hadis hikmatlarining badiiy sharhidir.Taʼlimiy doston janriga mansub bu asarda ijtimoiy, siyosiy masalalar bayon qilingan, bilim foydasi va til odobi kabi axloqiy muammolar talqini berilgan. Adib Ahmad yashagan davri va joyi haqida adabiyotshunoslikda turli qarashlar mavjud. Asarining toʻla matni (izoh va nasriy bayon) eʼlon qilingan, rus olimlari S.Malov, E.Bertels, N.Baskakov, I.Stebleva; turk olimlari F.Koʻprulu, N.Osimbek, R.R.Arat, T.Takin va oʻzbek olimlari Fitrat, Q.Mahmudov, I.Haqqulov, M.Imomnazarov, H.Boltaboevning tadqiqot va maqolalari bor.Tarjimai holi haqida deyarli maʼlumot yoʻq. "Hibat ulhaqoyiq" ("Haqiqatlar tuhfasi") asari bizgacha yetib kelgan. Uning oxirida Adib Ahmad ismi tilga olinadi. Asar nusxalaridan biriga temuriy amaldorlardan Arslonxoja Tarxon tomonidan ilova qilingan 10 baytli masnaviyda Yu. haqida baʼzi maʼlumotlar mavjud. Undan maʼlum boʻlishicha, Adib Ahmad Yugnak degan soʻlim va bahavo joyda tugʻilgan. Otasining oti Mahmud Yugnakiy boʻlgan. Kitobi adabdan iborat boʻlib,nomi —"Hibat ulhaqoyiq". Kitob koshgʻariy tilda sheʼriy yoʻl bilan yozilgan. "Qutadgʻu bilig"dan 1—2 a. keyin yaratilgan bu asar oʻzbek mumtoz adabiyotining noyob durdonasi hisoblanadi. Alisher Navoiy "Nasoyim ulmuhabbat" tazkirasida Yu.ni I BOB.TARIXIY DAVR, MADANIY HAYOT Oʻrta Osiyoning mashhur shayxlari qatoriga qoʻyib, uning tugʻma koʻrligi xususida soʻzlaydi, yana Navoiy Husayn Boyqaroʼtt oʻgʻli Badiuzzamonga yozgan xatlaridan birida ham "Hibat ulhaqoyiq"dan parchalar keltiradi. "Hibat ulhaqoyiq" asari shoir haqidagi maʼlumotlarni birmuncha toʻldirishga, Yu. yashab ijod etgan davrni tahlil qilishga imkon beradi.YU. tugʻilgan joy olimlar oʻrtasida koʻp tortishuvlarga sabab boʻlgan. Samarqand, Fargʻona va Turkistonda Yugnak degan joy borligi aytilsada, koʻpchilik uni Samarqand atrofida deyishga moyil va keyingi tadqiqotlar bu fikrning toʻgʻriligini tasdiqlaydi. 12-asrda yashagan mashhur muarrix Abulkarim asSamʼoniy "AlAnsob" ("Nasabnoma") kitobida yozadi: "Bu nisba (taxallus) "Yugʻanak"dan va bu (joy) Samarqand qishloqlaridan. Bu nisba bilan Abuhomid Ahmad ibn Abu Ahmad alYugʻanakiy mashhurdirlar".Shoir "Hibat ulhaqoyiq"ni tugatib, uni hukmdori Dod Sipohsolorbekka taqdim etadi. Mashhur sharqshunos olim Ye.E.Bertels bu asar qadimiy oʻzbek adabiy tilidan mumtoz oʻzbek adabiy tiliga oʻtishda bir koʻprik boʻlganini aytadi. Asar tilida qadimiy turkiy soʻzlardan koʻra, arab va fors soʻzlarining koʻp qoʻllangani shundan dalolat beradi. Yu. bu asari bilan oʻzbek adabiy tili va adabiyoti rivojiga katta hissa qoʻshgan."Hibat ulhaqoyiq" 14 bob, 512 misradan iborat. Dostonning 1bobi Allohga hamd, 2bobi Muhammad (sav) naʼti va choryorlar taʼrifiga, 3bobi Dod Sipohsolorbek madhiga bagʻishlangan. 4bobda kitobning yozilish sabablari bayon qilingan. Dastlabki 4 muqaddima bobdan soʻng asosiy qismga oʻtiladi. 5bob — maʼrifatning foydasiyu jaholatning zarari, bbob — til odobi, 7bob — dunyoning oʻtkinchiligi, 8 bob — saxiylik va baxillik, 9 va 10boblar turli masalalarga bagʻishlangan boʻlib, 11bob — kitobning xotimasi (asarning 1480 yil Istanbulda Abdurazzoq Baxshi tomonidan koʻchirilgan nusxasida 11 bob mavjud — 3 bob yo tushib qolgan, yo boshqalariga qoʻshilib ketgan).YU. oʻzini shoir emas, balki adab muallimi, deb hisoblagan. Oʻziga xos axloq kitobi boʻlgan bu asarga Qurʼoni karim va Hadisi sharif maʼnolari singdirilgan. U islom dini axloqini tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab yetishtirish maqsadi bilan yozilgan."Hibat ulhaqoyiq" ilk bor uygʻur yozuvida bitilgan. Uning nusxalari koʻp boʻlib, ularda asar hajmi turlicha. Hozircha maʼlum qoʻlyozmalardan 3 tasi (biri uygʻur yozuvi, ikkinchisi arab va uygʻur yozuvi, uchinchisi esaarab yozuvi bilan bitilgan) toʻliq, qolganlari parchalardan iborat. 1444 yil Samarqandda Zaynulobidin baxshi, 1480 yil Istanbulda Abdurazzoq baxshi va Turkiyaning Toʻpqopi kutubxonasidagi nomaʼlum kotib tomonidan koʻchirilgan qoʻlyozmalar eʼtiborli nusxalar hisoblanadi. Asarni 1marta turk olimi Najib Osimbek topib (inv. №4757), nashr ettirgan (qisqartirilgan nashri — 1906, toʻliq nashrlari1916, 1925). Keyin 1951 va 1992 yillarda uni R.R. Arat soʻzboshi, izohlar va 6 ta nusxasining faksimilesi va Turkiyada 16-asrda koʻchirilgan arab yozuvidagi nusxasining tarjimasi bilan nashr ettirgan. Oʻzbekistonda asardan parchalar Fitrat, Oybek, P.Shamsiyev, S.Mutallibovlar tomonidan oʻzbek adabiyoti namunalaridan tuzilgan majmualarda eʼlon qilingan. Soʻng u Q.Mahmudov tomonidan alohida kitob holida eʼlon qilindi (1968; 1971). Oʻtgan asr oxirlarida uygʻur olimlari H.Temur va T.Ayyub, qozoq olimlari E.Qurishjonov va boshqaSogʻindiqovlar uni asl matni, tarjima va fotonusxalari bilan nashr ettirganlar. Shuningdek, Ye.E.Bertels, Fitrat, Fuod Koʻprulu, T.Takin, E.Rustamov, N.Mallayev, A.Qayumov, A.Hayitmetov, A.Rustamov, M.Imomnazarov, B.Toʻxliyev, N.Rahmonov, I.Haqqulov, G.Xoʻjanova va boshqalar Yu. va "Hibat ulhaqoyiq" haqida u yoki bu darajada tadqiqot ishlarini olib borganlar. 1.1“ Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari axloqiy-ta’limiy, ma’rifiy doston. "Hibat ul-haqoyiq" - Ahmad Yugnakiy tomonidan yozilgan asar. Oʻziga xos axloq kitobi boʻlgan bu asarga Qurʼoni karim va Hadisi sharif maʼnolari singdirilgan. U islom dini axloqini tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab yetishtirish maqsadi bilan yozilgan."Hibat ul-haqoyiq" yozma manbaining to'liq nusxalaridan biri Hirotda, XV asrda qadimgi uyg'ur yozuvi asosida ko'chirilgan, asarning ikkinchi to'liq nusxasi 1480-yilda Istanbulda Abdurazzoq Baxshi tomonidan arab yozuvi bilan ko'chirilgan. Dostonning arab yozuvi bilan ko'chirilgan uchinchi nusxasi XVI asr boshlariga mansub. "Hibat ul-haqoyiq"ning asosiy nusxalari Turkiya kutubxonalarida, ayrim parchalardan iborat bir nusxasi Berlinda saqlanmoqda. Asar 256 bayt, ya'ni 512 misradan iborat. G'azal va to'rtliklar she'r shaklida yozilgan. Adib Ahmad Yugnakiy ham boshqa o'tgan buyuklar kabi Allohni madh etish bilan boshlaydi.1972-yilda filologiya fanlari doktori, qadimshunos, turkolog olim Qozoqboy Mahmudov "Hibat ul-haqoyiq"ning akademik nashrini chop ettirdi. Unda olim dostonning asli, nasriy bayoni, tahliliy matn, izohli lug'at hamda grammatik va fonetik tahlilni amalga oshirgan. Shu paytgacha "Hibat ul-haqoyiq" dostoni bugungi o'zbek tiliga she'riy tarjima qilinmagan edi.Qoraxoniylar davrida ijtimoiy-siyosiy hayotda bir qadar barqarorlik va iqtisodiy-madaniy hayotda rivojlanish ko'zga tashlanadi. Shuning oqibatida Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» (1069—1070), Mahmud Koshg'ariyning «Devon-u lug'otit-turk» (1072- yil) asarlari yuzaga kelgan edi. Ahmad Yugnakiyning XII asrda yozilgan «Hibat ul-haqoyiq» asari ham qoraxoniylar davridagi madaniy yuksalish mevalaridan biridir.Ahmad Yugnakiy va uning asari haqida ham mukammal ma'lumotlar yetib kelgan emas. Ayrim ma'lumotlar kitobning o'zida mavjud: Adib Ahmad otim, adab, pand so'zim, So'zum munda qolur, borur bu o'zum. Demak, muallif o'z nomini Ahmad deb tanishtirmoqda. Adib — uning ijodkorligiga ishora. Ehtimol, bu xalq orasidagi mashhurlik belgisidir. Atasi oti Mahmudi Yugnakiy, Adib Ahmad o'g'li, yo'q ul hech shaki, — misralari uning otasi haqida xabar bermoqda. Demak, adib Ahmadning otasi Mahmud bo'lib, u Yugnakda istiqomat qilgan. Adib Ahmad haqida Alisher Navoiy o'zining «Nasoyim ul-muhabbat» asarida juda muhim ma'lumotlarni beradi: «Adib Ahmad ham turk elidin ermish. Aning ishida g'arib (ajoyib, qiziqarli) nimalar manquldur (naql qilingan). Derlarki, ko'zlari butov (bitgan, yopiq) ermishki, aslo zohir ermas ermish. Basir (ko'rmaydigan) bo'lub, o'zga basirlardek andoq emas ermishki, ko'z bo'lg'ay. Ammo bag'oyat ziyrak va zakiy va zohid va muttaqiy (taqvodor, parhezkor) kishi ermish. ...Haq subhonahu va taolo agarchi zohir ko'zin yopuq yaratqondur, ammo ko'ngil ko'zin bag'oyat yoruq qilg'ondur». Bu fikrlarni «Hibat ul-haqoyiq» misralari ham tasdiqlaydi: «Tug'a ko'rmas erdi adibning ko'zi». Shuningdek, Alisher Navoiy Ahmad Yugnakiyning Bag'dod atrofidagi qishloqlardan birini maskan tutgani va mashhur Imom A'zam saboqlariga piyoda kelib ketishi haqida ham xabar beradi. Ammo bu Imom A'zamning shaxsiyati aniq emas. Tarixda mashhur bo'lgan Imomi A'zam VIII asrda Bag'dodda yashagan. Ammo Ahmad Yugnakiy XII asrda yashaganligi uchun gap bu yerda boshqa shaxs ustida borayotganligini tasavvur etish mumkin. Alisher Navoiy aytgan fikrlar, shuningdek, asarning uyg'ur va arab harflari bilan ko'chirilgan nusxalarining ko'plab tarqalishi asarning Navoiy yashagan davrida ham ancha mashhur bo’lganini ko'rsatadi. Asar qayerda yozilgan? Muallif Yugnak shahrini eslatadi. Bunday shahar Farg'ona, Samarqand va Turkistonda mavjud. Ayrim manbalarda bu shaharning qadimgi nomi Sig'noq bo'lib, Samarqand yaqinida deb ko'rsatiladi. Kitob Dod Sipohsolarbekka bag'ishlangan. Adib uning «qoshqarcha til» bilan yozilganini ta'kidlaydi: Tamomi erur qashg'ariy til bila, Ayitmish adib riqqati dil bila. Agar bilsa qashqar tilin ar kishi, Bilur ul adibning nekim aymishi. (To'laligicha qashqariy til bilan yozildi, Adib (asarni) tushunarli til bilan yozgan. Kimki qashqar tilini biladigan bo 'lsa, Adibning nima demoqchi bo 'Iganini bilib oladi.) «Hibat ul-haqoyiq» («Haqiqat sovg'alari») o'zidan oldingi didaktik adabiyot an'analarini izchil va ijodiy davom ettiradi. Asarda ma'rifat g'oyalari tashviqi yetakchi o'rin tutadi. Asar 14 bobdan iborat. U 254 baytni tashkil qiladi. Asar an'anaviy hamd, na't va bag'ishlovlarga ega. So'ng bilim maqtovi va johillikning zarari, til odobi va uni tiyish, saxiylik va baxillik haqida bahs yuritiladi.Adib ilm-ma'rifatga alohida e'tibor qaratadi. Bilimdonlik va bilimli kishilar ulug’lanadi, nodonlik, jaholat inson ma'naviyatini yerga uruvchi hodisalar qatorida sanaladi: Baholik dinor ul biliklik kishi, Bu johil biliksiz, bahosiz bishi, — ya'ni bilimli kishi bahosi baland bo'lgan dinor — oltinga o'xshaydi. Johil, bilimsiz odam esa qadri yo'q mevaga o'xshaydi.Bilimli — bilimsiz, baholi dinor va bahosiz meva qarshilantirishlari ikki xil hodisaga berilgan munosib bahodir. Muallif bilimli va nodon odamlar hech qachon teng bo’lmaydi, ular orasidagi tafovut aniq ko'rinib turadi, deydi. Hatto bilimli ayol erkaklar qatorida, aksincha, johil er ayollar qatorida bo'lishini istehzo bilan ta'kidlaydi. Albatta, bu yerda ma'naviy hodisalar jismoniy kuch qatorida sanalmoqda. Bilimning insonga kuch-quvvat, qudrat baxsh etishi ta'kidlanmoqda. Adibning nazarida har bir pand-nasihat, donishmandlikning o'z o'rni bor. U nodon va johil kishilarga yo'naltirilmasligi lozim. Zero, bu ish nafsiz bo'ladi. Adib, eng awalo, kishi har bir so'zni o'ylab, anglab so'zlamog'i kerak, deb ta'kidlaydi. Aya do'st, biliklik yizin izlagil, Qali so'zlasang so'z bilib so'zlagil. (Ey do'st, bilimli kishi izidan bor, Agar so 'zlasang, o 'ylab, bilib so 'zlagin.) Ana shunday kishi el nazdida qadrli, obro'-e'tiborli bo'ladi. Aytilgan so'z so'zlovchini boshqalar nazariga tushirishi lozim. Buning uchun esa kishi so'z mag'zini chaqib, o'qib, uqib so'zlashi, gapirganda, boshqalarga so'zlayotganda mutlaqo shoshilmasligi kerak. Agar aksincha bo'lsa, so'zdan tiyilgani ma'qul. Chunki pinhon tutilishi kerak bo'lgan so'z og'zidan chiqib ketsa, afsus, kishini boshi pushaymondan chiqmaydi. Uqub so'zla so'zni, eva so'zlama, So'zung kizla, kezin bashing kizlama. (So'zni uqib so'zla, shoshib (behuda) gapirma, So 'zingni yashir, keyin boshingni yashirib yurma.) 1.2 Asarning tuzilishi va boblar tahlili. Ahmad Yugnakiy o'zigacha yashab ijod etgan salaflar ijodini puxta o'zlashtirgan. Bunda kitobning o'zida aniq ishoralar bor: Bezadim kitobi mavoiz masal, Baqig'li, o'qug'li asig' alsu teb. (O'qimishli, savodli (kishilar) undan foydalansin, deb (qo'llanma uchun) kitobni turli masallar bilan bezadim.) Asardagi boshqa o'rinlarda, ayniqsa, nutq odobi masalalarining yoritilishida adib Mahmud Koshg'ariy hamda Yusuf Xos Hojib ijodiga murojaat qilganligini, ularning bu boradagi qarashlarini ijodiy rivojlantirganini ochiq ko'rish mumkin. Fikrimizni quyidagi to'rtlik asosida izohlashga harakat qilaylik: Eshitgil, biliklik neku teb ayur, Adablar bashi til ko'dazmak turur. Tiling bekta tutg'il, tishing sinmasun, Qali chiqsa bekta, tishing sinur. (Ilmli kishi nimalarni so'zlaydi, sen unga quloq sol, Odoblar boshi tildir, uni tiymoq zarur. Tilingni tiy, tishing sinmasin, Agar so'zlab yuborsang, (tiling) chiqib qolsa, tishingni sindiradi.) Bu yerda dastlab ko'zga tashlanadigan narsa Mahmud Koshg'ariyning «Devon-u lug'otit-turk»ida keltirilgan maqolga hamohanglikdir. Ushbu maqol XI asrda «Ardam bashi til», ya'ni «Odobning boshi — til» tarzida qo’llangan edi. To'rtlikning keyingi qismi esa Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asaridagi misralarni yodga soladi: So'zungni ko'dazgil, bashing barmasun, Tilingni ko'dazgil, tishing sinmasun. (So'zingni asragin, boshing ketmasin, Tilingni asragin, (ya 'ni tiygin, toki) tishing sinmasin.) To'rtlikning birinchi misrasi yana «Qutadg'u bilig» ohanglariga monand. Aslida bu tarzdagi eslatmalar og'zaki ijod namunalariga xos xususiyat. Bu holat Ahmad Yugnakiyning xalq an'analaridan unumli foydalanganini ko'rsatadi. Shuningdek, adib ustozlari ta'siri doirasida qolib ketmasdan, ularning axloqiy-ta'limiy qarashlari zaminida o'z fikrlarini yanada balandroq pardalarda, o'z zamondoshlari talab-ehtiyojlariga monand holda kuyladi. Shoir nazarida eng muhim narsa «ko'ni so'z» ayta olishdir. «Ko'ni» — to'g'ri, rost, haqqoniy ma'nolariga ega. Til — og'izning bezagi. «Ko'ni so'z» esa inson qalbini, kishi ko'nglini bezamog'i kerak. Buning uchun yolg'on gapirmaslikdan tashqari, yolg'onchi odam bilan yaqin turmaslik, unday kishilar bilan muloqot qilishdan o'zini tiya olish darkor: Tili yalg'an ertin yiraq tur tez-a, Kechur san-ma umrung ko'nilik uza. Ag'iz, til bezagi ko'ni so'z turur, Ko'ni so'zla so'zni, dilingni beza. (Yolg'onchi kishidan iezlikda o'zingni uzoq tut, Sen umringni to'g'rilik bilan kechir. Og'iz va tilning bezagi to'g'ri so'zdir, So'zni to'g'ri so'zla, dilingni beza.) Shoirning to'g'ri va yolg'on so'zlar uchun qo'llagan o'xshatishlari ham e'tiborni tortadi. To'g'ri so'z yoqimli bo'lganidan uni shirinliklarning eng yaxshisi — asalga, yolg'on so'zning achchiq ta'sirini esa yovvoyi sarimsoq piyozga qiyoslaydi. Yugnakiy bu bilan kifoyalanmasdan to'g'ri va yolg'on so'zni tinglovchi ko'zi oldida yanada aniqroq gavdalantirishga urinadi. Bu maqsadda kasallik va uning davosi bilan bog'liq o'xshatishlarni keltiradi. Bunda yolg'on so'z dard, kasallikka, to'g'ri so'z esa uning davosiga qiyoslanadi: Ko'ni so'z asalteg, bu yalg'an — basal, Basal yeb achitma ag'iz, ye asal. Bu yalg'an so'z igteg, ko'ni so'z — shifa, Bu bir so'z o'zag'i urulmish masal. (To'g'ri so'z asal kabidir, yolg'on (so'z) sarimsoq piyozdir, Sarimsoq piyozyeb og'izni achitmay, asal yegin. Yolg'on so'z kasallik kabidir, chin so'z shifodir, Bu so 'z to 'g 'risida (qadimda) shunday masal to 'qilgan.) So'zni o'z o'rnida qo'llash — nozik san'at. Uning nazokatini teran anglash uchun, eng avvalo, bilim hamda bilimdonlik, zukkolik kerak. Bilimli odam so'z qo'llash me'yorlarini ham biladi, undagi ma'no nozikliklarini yaxshi his qiladi. Bilimsiz esa so'zni pala-partish ishlataveradi, unda ifodalangan ma'noning kishi qalbiga, ruhiy olamiga ta'sirini nozik anglashdan mahrum. Har kirn ko'rgilikni tilidan ko'radi, deb ta'kidlanishiga sabab ham aslida shu bilan bog'liq: Neki kelsa erka tilitin kelur, Bu tiltin kim ezgu, kim aqir bo'lur. Eshit, but bu so'zga qamug' tengda teng, Ko'zub, tilga yuknub tazarru qilur. (Kishi boshiga tushgan har qanday ish uning tili tufayli sodir bo 'ladi, Bu til sababli ayrimlar yaxshilik, ba 'zilar hurmat ko'radi. Bu so'z (o'git-nasihat) barchaga teng, (Ular so 'zni) tilga jo qilib yukinadilar, muloyimlik qiladilar.) Xususan, ko'p gapirish, ayniqsa, yolg'on so'zni aralashtirish Ahmad Yugnakiy ta'rificha, juda yomon illatdir. U boshqalarga katta zarar keltiradi. So'zlovchining o'zi ham undan aziyat chekadi, jamiyat oldida beburd bo'ladi. Ko'pchilikning nazaridan tushib qoladi. Shoir tili bilan aytsak, u o'zi uchun «muruvvat yo'lini» yopadi: Eki nang biriksa bir erda qali, Bukandi ul erka muruwat yo'li: Birul yangshar ersa keraksiz so'zin, Ikinchi yalg'an ersa ul erning tili. (Bir kishida ikki narsa yuz bersa, U kishiga muruwat yo 'li yopiladi. Behuda so 'zlar bilan bir yo 7 aljirasa, Ikkinchidan, bu kishining so'zlari yolg'on bo'lsa.)Yolg'onchilik, behuda so'zlash ham, aslidabilimsizlik oqibati. Bilim bunday yaramas ishning oldini oladigan quroldir. So'zlashuvda bilimdon bo'lish shart ekanligini isbotlash uchun adib yana bir dalil keltiradi: hatto yaratganni bilmoq, anglamoq uchun ham bilim zarur. So'z ma'nolarining barcha jihatlarini puxta o'zlashtirish uni qo'llash imkoniyatlarini kengaytiradi. Ezgu so'zli odamning yoshi, jinsi, millati muhim emas. Muhimi, uning alohida kishilarga, ko'pchilikka, jamiyatga keltiradigan nafida. Ana shu naf tufayli bilimdon kishilar «ajam ham arab»lar orasida e'tibor topadi, o'z sha'nining ulug’lanishiga erishadi: Biliklik so'zi pand, nasihat, adab, Biliglikni o'gdi ajam ham arab. Tavarsizga bilgi tuganmas tavar, Hisabsizqa bilgi yarilmas hisab. (Bilimli kishining so'zi o'git, nasihat, odobdir, Shuning uchun ham bilimlilarni arab ham ajam olqishladi. Molsiz faqir kishiga uning ilmi tuganmas boylikdir, Hisobsizga uning bilimi yechilmas (ochilmas) hisobdir.) Mutafakkir yana shu narsani ta'kidlaydiki: «ko'ni so'z» ham, «haq so'z» ham bilimsiz uchun ahamiyatli emas, aniqrog'i bilimsiz odam haq bilan nohaq so'zning qadr-qimmatini anglab yetolmaydi. Shuning uchun ham unga o'git-nasihat qilmoqdan naf yo'q. Chunki u ezgu nasihatlarni qabul qilishga ma'naviy jihatdan tayyor emas, ularni «hazm qila olmaydi»: Biliksizka haq so'z tatiqsiz erur, Anga pand-nasihat asig'siz erur. Ne turlug arig'siz arir yuv desa, Jahil yub arimas arig'siz erur. (Ilmsizga to'g'ri so'z ma'nosizdir, Unga o 'git-nasihat foydasizdir. Turli yuviqsizlarga (iflos kishilarga) yuvin deb buyurilsa, toza bo'lur, Ammo johil qancha yuvinmasin pok bo 'Imaydi.) 2.1 “Hibat ul-haqoyiq” asarida bilim, til odobi, saxiylik va baxillik xususida. Yusuf Xos Hojib kabi Ahmad Yugnakiy ham kitobida til odobiga doir maxsus boblarni ajratgan. Ulardan biri «Tilni tiyish va axloq-odob haqida» deb ataladi. Keyingisi esa «Aqldan ozish, til jarohati va uni tiyish haqida» deb nomlangan. Shu o'rinda har ikki bobdan bittadan to'rtlikni keltirish o'rinlidir: Xiradliqmu bo'lur tili bush kishi, Telim bashni yedi bu til, so'z bushi. O'chukturma erni tilin bil, bu til Bashaq tursa butmas, butar o'q bashi. (Tili achchiq kishining aqli yetuk bo 'ladimi, Til va so 'z zahari ko 'p kishilarning boshini yedi. Kishini o'chakishtirma, (uning) tilini bil, bu til Yarasi tuzalmaydi, o 'q jarohati esa bitib ketadi.) Safih er tili o'z bashi dushmani, Tilindan to'kuldi telim er qani. O'kush so'zlaganda o'kungan telim, Tilin beklaganda o'kungan qani. (Ahmoq kishining tili o'ziga dushman, Ko 'p kishilarning qoni tili tufayli to 'kildi. Ko'p so'zlaganlar ichida o'kinganlar ko'pdir, Tilni tiyganlar orasida o 'kingan bormi, qani.) Ko'rinib turibdiki, til odobiga bo'lgan e'tibor hech qachon susaymagan. Jamiyat a'zolari orasidagi «eng muhim aloqa vositasi» bolmish til haqidagi adib Ahmad Yugnakiy aytgan fikrlar haligacha o'z kuchini yo'qotmagan. Ular hozirgi kunda ham ta'lim-tarbiya ishimizda ko'mak beradi. Ahmad Yugnakiy umumturkiy adabiyot, jumladan, o'zbek adabiyoti tarixida ham alohida o'ringa ega. U Yusuf Xos Hojibdan keyin didaktik adabiyot rivojiga katta hissa qo'shdi. Hajman katta boimagan (500 misradan ko'proq) «Hibat ul-haqoyiq» asari orqali u yuksak insoniy tuyg'ularni, insonparvarlikni, yaxshi fazilatlarni, insonning ma'naviy kamolotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan fazilatlarni targ'ib qildi. Asarda qasida va g'azal shakliga mos keladigan namunalar, murabba' va to'rtlik janrlari, masnaviy shakli uchraydi.Adib bilimning ahamiyati haqida so'zlar ekan, turmushdan olingan nihoyatda hayotiy, ibratli misollar orqali so'zlaydi: Biliksiz yiliksiz so'ngakteg hali, Yiliksiz so'ngakka sunulmas elik. Bu yerda bilimi yo'q odam ichida iligi yo'q suyakka nisbat berilmoqda. Iligi yo'q suyakka qo'l cho'zilmaganidek (sunulmas elik), bilimsiz odam ham boshqalar e'tiboridan chetda qolishi hayotiy timsol orqali ta'sirli ifodalanmoqda. Asarda «Qutadg'u bilig»dagi tasvir usullariga uyg'un namunalar anchagina. Adib Yusuf Xos Hojib qo'llagan «ko'nilik (to'g'rilik) to'ni», «muruvvat yo’li», «ati (nomi) o’luk» singari istioralardan unumli foydalangan. Asar «Qutadg'u bilig» singari aruzning mutaqorib bahrida yozilgan. Bi-lik-lik bi-ring-ga bi-lik-siz mi-ngin V - - V - - V - - V - Te-ngak-li te-nga-di bi-lik-ning te-gin. V - - V - V - - V - Yoki: Ya-zug'-lug' ki-shi-ning ya-zu-g'in ke-chur, V - - V - - V - - V - A-da-vat ko'-ki-ni qa-zib kes o'-chur. V - - V - - V - - V – Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asarida o'gitlar faqat muallif tilidan bayon qilingan. Pand-nasihat ruhi Ahmad Yugnakiy ijodi uchun ham xosdir. Bularning barchasi o'zbek adabiyoti tarixida didaktikaning, «o'gitnoma»larning salmoqli o'rin tutishini ko'rsatadi Ahmad Yassaviy tasavvuf ilmini shu qadar yuqori darajada egallaydiki, xalq orasida «Madinada Muhammad, Turkistonda Xoja Ahmad» degan naql paydo bo'ladi. Ahmad Yassaviy 1166- yilda vafot etgan. Uning shuhrati adib vafotidan keyin ham pasaymagan. Amir Temur unga alohida e'tiqod bilan qaragani ma'lum. U 1395—1397- yillarda Turkistonda Ahmad Yassaviyning eski qabri o'rnida yangidan muhtasham maqbara qurdirgan. Bu maqbara hozir ham mavjud. «Hikmat»lar Ahmad Yassaviy merosini jamlagan asaridir. Ularda 240 ga yaqin she'r bor. Ular xalq orasida «Devoni hikmat» nomi bilan mashhur bo'lgan. Hikmatlarga «Qul Xoja Ahmad», «Xoja Ahmad Yassaviy», «Ahmad ibn Ibrohim», «Sulton Xoja Ahmad Yassaviy», «Yassaviy miskin Ahmad», «Miskin Yassaviy», «Xoja Ahmad», «Ahmad», «Ahmadiy», «Qul Ahmad», «Miskin Ahmad» kabi taxalluslar qo'yilgan.Ahmad Yassaviy mutasavvuf shoir. Bu tasavvuf tariqatiga mansublikni bildiradi. Tasavvufdagi to'rt asosiy bosqich — shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqat mohiyatini she'riy misralariga singdirgan. Ahmad Yassaviy shu yo'nalishda katta shuhrat qozondi. Bu bejiz emas. Adib tasavvufni inson ma'naviyatini yuksaltiruvchi muhim omil sifatida biladi. Bunday maqsad insoniyatni to'g'ri yo'lga da'vat etishdir. To'g'ri yo'l haqiqatni anglashga olib kelmog'i kerak. Haqiqatni anglash o'zlikni anglashdir. Bunga erishmoq uchun kishi xudo yo'liga kirmog'i, xudoga muhabbat paydo qila bilmog'i, butun kuch va vujudini shu yo'lga qarata olmog'i kerak.Ahmad Yassaviy she'riyatidagi obrazlar tuzilishi ham tasavvuf ta'limoti bilan, ham og'zaki ijod an'analari bilan chambarchas bo'g'lanib ketgan. Pir, darvesh, oshiq, obid, oqil, zohid, ishq, tolib, ummat, rasul, shayton, iymon kabi obrazlar bevosita tasavvuf bilan bog'lansa, yo'l, rabot, karvon, oq kabilar og'zaki ijod an'analari bilan aloqador holda yuzaga kelgan.Nafs haqida gapirar ekan, Yassaviy uni insonning kamolotiga xalaqit beradigan yovuz va yaramas kuch sifatida baholaydi. Unga «shum» sifatining berilishi bejiz emas. Shuningdek, «nafsi bad», «nafs yo’li», «nafsi ilgi» singari ifodalar shoir fikrini yorqinlashtiradi. Adib to'g'ridan to'g'ri nafsni tepkil, nafsdan kech deya targ'ib qiladi. Nafsning domiga ilinish insonni qanchalik yer bilan yakson qilishini juda yorqin ifodalarda ko'rsatib beradi: Nafsingni sen boqib tursang, nelar demas, Zori qilsang, olloh sari bo'ron so'nmas. Qo'lg'a olsang yobon qushdek qo'lg'a qo'nmas, Qo'lg'a olib, tun uyqusin qilg'il bezor. Yoki: Nafs yo'lig'a kirgan kishi rasvo bo'lur, Yo'ldan ozib, toyib, to'zib gumroh bo'lur. Yotsa, qo'psa shayton bilan hamroh bo'lur, Nafsni tepkil, nafsni tepkil, ey badkirdor. Ahmad Yassaviy she'riyatining keng tarqalishi va xalq orasida sevib o'qilishining asosiy sabablaridan biri uning xalq og'zaki ijodiga nihoyatda yaqinligidadir. Hikmatlar, asosan, to'rtlik va murabba' shaklida yaratilgan. Nafsdin kechib, qanoatni pesha qilg'on, Har kim tepsa, rozi bo'lib bo'yunsung'on, Yaxshilarga xizmat qilib, duo olg'on, Andak oshiq mahshar kuni armoni yo'q. Yoki: Rohat tashlab, jon mehnatim xushlag'anlar, Saharlarda jonin qiynab ishlag'anlar, Hay-u havas, moumonni tashlag'anlar Chin oshiqdir, hargiz oni yolg'oni yo'q. Ko'rinib turibdiki, har ikki to'rtlik ham a-a-a-b shaklida qofiyalangan. Dastlabki to'rtlikdagina qofiyalar faqat qo'shimchalar (-g'on) takrori tufayligina hosil bo'lgan. Ulardagi o'zak so'zlar (qil-, sun-, ol-) o'zaro ohangdosh emas. Bu narsa og'zaki ijod uchun xosdir. Keyingi to'rtlikda esa o'zak so'zlar (xush-, ish-, tash-) o'zaro ohangdosh bo'lib kelmoqda. Ularga qo'shilgan qo'shimchalar ohangdoshlikni yanada kuchaytiradi. Qofiyada mavjud bo'lgan ohangdoshlikni she'rning boshqa qismlarida takrorlash ham og'zaki ijod an'analaridan hisoblanadi. Ahmad Yassaviy bu an'analardan nihoyatda unumli foydalanadi. Ishqqa tushdung, o'tqa tushdung, kuyib o'ldung, Parvonadek jondin kechib axgar bo'ldung. Dardga toidung, g'amga so'ldung, telba bo'ldung, Ishq dardini so'rsang hargiz darmoni yo'q. So'zlar takrori ham she'riyatdagi ohangdoshlikni nihoyatda kuchaytirishi mumkinligini Ahmad Yassaviy ijodida ko'plab kuzatish mumkin: Zohid Bb'lma, obid bo'Ima, oshiq bo'lg'il, Mehnat tortib ishq yo'hda sodiq bo'lg'il, Nafsni tepib, dargohiga loyiq bo'lg'il, Ishqsizlarni imoni yo'q, ham joni yo'q. So'zlar takrori silsilasida radifning alohida o'rni bor. Radif qofiyadan keyin takrorlanib keluvchi so'zlardir. Ahmad Yassaviyning ijodida ko'pincha bu bir so'zdan iborat. Yuqo-ridagi misralarda aynan shunday bo'lgan. Murabba'larning dastlabki bandi а-Ъ-d-b shaklida qofiyalangan bo'lishi mumkin: Vodarig'o, nechuk qilg'um g'ariblig'da, a G'ariblig'da g'urbat ichra qoldim mano. b Xuroson-u, Shom-u Iroq niyat qilub, d G'ariblig'ni ko'p qadrini bildim mano. b Ular orasida a-a-b-a shakli ko'p uchraydi: Haq kunlari darveshlar haqiqatni bilmishlar, Haqqa oshiq bo'lg'onlar haq yo'lig'a kirmishlar. Haq yo'lig'a kirgonlar, olloh teyu yurgonlar, Eranlar izin izlab, mamlakatdin kechmishlar. «Hikmatlar»da masnaviy shakli ham uchraydi: Mani hikmatlarim dono eshitsun, a So'zum doston qilub maqsudg'a yetsun. a Meni hikmatlarim bir piri komil, b Qayubandaxudog'abo'lsamoyil... b Ahmad Yassaviy she'riyatini og'zaki ijodga yaqinlashtirgan omillardan yana biri ularning barmoq vaznida yaratilganligidir. Ular, asosan, 11 yoki 12 bo'g'inli barmoqdan tashkil topgan. 2.2 “Hibat ul-haqoyiq” da insoniy fazilatlar tasviri. Hibat ul-haqoyiq» asari ham Qoraxoniylar hukmronligi davrida mamlakatning ma’naviy hayot darajasini ko'tarishga ulush qo'shish maqsadida yoziigan. Asar mazmunjihalidan didaktikxarakterga ega.Asar oil to:rl bobdan iborat bo'lib, mazkur boblar o'zida 512 misrani mujassam etgan. Dostonning dastlabki to'rt bobi an’anaga ko'ra, muqaddima bo'lib, beshinchi hamda o'n to'rtinchi boblarda asosiy g:oyalar ifoda etiladi. Mazkur boblarda asosan bilimning ahamiyati, jaholatning zarari, til odobi, dunvoning foniyligi, saxovat, kamtarlik, baxillik hamda insonlarga xos bolgan boshqa xislatlar, ularning xususiyatlari borasida so'z yuritiladi.Ahmad Yugnakiyning «Kibat ul-haqoyiq» asarida ham markaziy o'rinni inson shaxsi, uning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, shaxsni kamolotga etishuvini ta’minlash masalasi turadi. «Hibat ul-haqoyiq»ning birinchi bobidayoq ilm manfaati, ilmsizlik va jaholatning zarari haqida fikr bildiriladi. llm li va ilmsiz kishini bir-biri bilan taqqoslash asosida ilm- ma’rifatningafzalligi, uning inson uchun qay darajada foydah ekanligini ochib berar ekan, Ahmad Yugnakiy bilimh insonni qimmatbaho dinorga, bilimsiz kishini esa qimmatsiz ilikka o'xshatib, er kishining ko'rki aql, deya ta’kidlaydi. fimli inson o’z ilmi bilan mashhur bo'lib, nomi o'chmagani holda, ilmsiz kishi garclii tirik bolsa-da, nomi olik ekanligini e’tirof etadi. Alloma bilim egallash kishini yuksaklarga ko'tarsa, ilmsizlik tubanlik- ka tomon etaklashiga alohida urg'u beradi. Bu boradagi fikr quyidagi misraiarda o'ziningyorqin ifodasini topgan:Bilik bir la biii nur saodat yo B ilik oil saodat yot-ini bula.Ahmad Yugnakiy bilimli kishilarni mukammal kishilar sanaydi. C h u n k i bilimlilik barcha yaxshi ishlar va ezguliklarning omili bolsa, Bu imsizlikka: yoki razolatga yo'l ochadi.Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» asarida, boshqa ta’limiy-axloqiy asarlardagi kabi, insonning barkamolligidan dalolat beruvchi ikkinchi belgi - uning xushxulqliligidir, degan g'oya ilgari suriladi. Shuning uchun adib asarda axloqlilikning asosiy mezonlari bolgan ijo-biy xislallar va inson qivofasida ularning qay darajada aks etishi yuzasidan fikr yuritar ekan,mol-dunyoga muhabbat qo'yish salbiy xislat ekanligini alohida ta’kidlaydi; insonda ushbu xislatlarni shakllanishiga ta’sir etuvchi muhit, shart-sharoitlar. baxillik, jamiyat va atrofdagi kisliilarning manfaatlariga zarar ctkazishdan saqlanish, harom va lialolni bir-biridan farqlay olish, ularning farzlaii haqida to'xtalib o'tadi. Ahmad Yugnakiyning ta’kidlashicha, insonning ma’naviy-axloqiy qiyofasini ko'rsatuvchi muhim helgilardan birinchisi - til odobidir. Allomaning fikricha, tilni tiymaslik, huda-behuda so'zlarni aytaverish boshga balo keltiradi. Shu bois u tilni tiyishni, har bir so'zni o‘ylab so'zlashni maslahat beradi. Xususan: Tiling bekta tutg’il, tishing sinmasun, G bli chiq&a bekta tishing .siyur. Ya’ni, tilingnitiy, tisliingsinmasin,agar (sozlabyuborsang) tishing chiqib qolsa, tishingni sindiradi, deya beliuda so'zlashning yomon oqibatlari xususida o'z qarashlarini ilgari suradi. Fikrini davom ettirar ekan, Ahmad Yugnakiy quyidagilarni ham ta’kidlab o'tadi:Sozung bo‘shlug‘ esmayig‘a tut tiling, Etar boshqa. bir kun bu til bo'shlug‘i. Ya’ni,so'zingni bo'sh qoym a,tilingni tiyib tur,erk berilgan til bir *un boshingga etadi. ^ b m ^ q u y id t^ '8^ brning qal^ ga etkazilgan >'araning bitmashgini Huklurm a erni tiling bil bu til, Boshoq lursa butm as butar oq boshi. Ya’ni, kishini o'chakishtirma. uning tilini bil, agarda til inson qal Dim yaralasa, uning iarohati bilmaydi. Ahmad Yugnakiy ayni o'rinda tilingni tiy, so'zingni qisqa qi}; tiling ti-yilsa, ozing ham saqlanasan, deya tiIni tiyish yoll&rini ko*rsatadi Xususan: Kadazgil tilingni, kel oz ail sozung, K ud azih a bu til kudazlur o ’zung. Allomaning nuqtai nazariga ko‘ra. kishida quyidagi ikki holat, ya’ni haddan ziyod kop gapirish va ayni vaqtda yolgon so'zlash odatlari mavjud bolsa, u holda unga nisbatan muruwat yoliyopiladi. Shunga ko’ra, adib yolg‘on va ko‘p so!zlashning oldini olish yollarini ko'rsatib berishga urinadi. Yolg'onchi kishiga mumkin qadar yaqin bolmaslik, umr kechirish davrida to‘g*rilikka amal qilish, oglz va tilning bezagi so'z ekanligi, shu bois to‘g'ri so’zlash va volg'on gapirmaslik, to'giiso'z bolish bilan dilni bezash zarurligi to‘g‘risida fikr yuritar ekan, to‘g‘ri so'zni a.salga, lo‘g‘ri- so‘z insonni esa shifoga qiyos qiladi: Tili yaig'on ertin yiroq iur teza, Kechur sen-la unirung ko'm lik uza, Og'iz til bezagi k o‘ni so'z turur. G'o'ni so'zla so'zni dilingni beza. G o'n i so'z asal ten bit yaig'on basal, Basal e.b achitma og'iz yo asal. Yo yaig'on so'zyigtek ko'ni s o ’z shifo, Bu bir so'z o'zagi urulmish masal. Adib to*gfriso'zlash bilan birga, sir saqlay olish jdslatining ham insonga xos bolgan ijobiy fazilatlardan biri deya e’tirof etadi hamda ushbu fazilatni o‘zlashtirish xususida bir qatorfoydali maslahatlarni beradi. Inson sir saqlanishi lozim deb hisoblagan voqea yoki hodisa yuzasi- dan hatto do‘stga ham gapirmasligi shartligiga alohida urgu beradi. Zero, kishining o'/iki sir saqlay olmagan ekan, boshqalar ham shunday yol tutishi mumkin. Natijada sir atrofdagilarga ayon boladi va uning sirligi qolmasligi alloma tomonidan misollar yordamida oohib beriladi: G ‘at ig ' qizla rozing kishi b ilm asin, So'zungni o'zungga o'kunch kel(a)masun. E s k i m deb inonil sir aym a saqin, N echa т а inonchliq esh ersa yaqin. Serib senda rozing singib turmasa, Serurmu eshingda shuni ked saqin. Asarning to'rtinchi bo'limida saxovat va baxillik kabi sifatlarning mohiyati hamda ularning oqibatlari yoritib berilgan. Ahmad Yugnakiy saxovatni eng ezgu insoniy xislatlardan biri dob biladi. Saxiylar hamma toinondan uluglanishi, faqat yaxshi va nuqsonsiz nom qoldirishi m u m k i n l i g i m ta’kidlar ekan, qollar ichida in’om beruvchisi baxtli (qo'l)dir, o‘zi olib, boshqalar ga bcrmagan (qol) qo'llarning qutsizidir, deydi. Baxillik xislatini esa alloma davolab bolmaydigan kasallikka qiyoslaydi. Ahmad Yugnakiy saxiylikni kamolot bclgisi deb tushunadi. Saxiylik xislatiga nisbatan baxillik va ochkoVJik kabi illatlar qarama-qarshi qo‘- yiladi, boylik to'plab, emay-ichmay, boshqalarga berrnay yashagan ki- shinitig mol-dunyosi oxiri do‘stga emas, dush manga buyurishi xususidagi fikrlarni quyidagicha voritadi: Taturmas oskin-da tuz dostina, O lu r qolur axir eyur dushmani. Ahmad Yugnakiy kamtarlik ham insonning etuklik darajasini ko‘r- satuvchi beigilardan biri bo'lib, kibrli va xasis bolish insonni ruhan tubanlashtiradi. degan fikrni ilgari suradi. Kimki kibru havoga berilib, boshqalardan o‘zini baland tutsa, uni hech kim hunnat qilmaydi, aksincha, tavoze’li, kamtar va muloyimlik sifatlariga ega bo'lishni esa insonning husni deb hisoblaydi. U yaxshi xulq-odobni shakllantirish va yomon iliatlardan soqit bo‘ - lish yollarini ham tavsiya etadi. Masalan, boylik to’plashga mukkasi- dan ketgan kiishlarga mo'tadil hayot kechirishni maslahat beradi: A gar y ig ‘ding ersa uniurluq favor, Burun boshqa bo'rkni kiyar bosh kerak. Harislik та e.rgayovuzxislat bid, JIarislik so cn g i g ‘am o'kunch hasrat ul. Alloma sabr-toqat, qanoat insonga sharafva xotiriamlik olib kelishi. ga ishonadi, shu boi.s u kishilarni sabr-toqatli hamda qanoatli bo'lish^ undaydi. Ularni tinchlikva totuvlikda hayot kechirisliga chaqiradi: Bala kelsa sabr el, farrahqa kulib, Kutib turfarahqa balo-ranj yutup. Hcfuxr mehnat o ‘ti, kechar navbati, G'olur sabr idish savobin lulub. Ahmad Yugnakiy kishi gunoh qilsa kechirish, gazab o‘tiiii iloji boricha o‘chirish zarur, deydi. Shoir boshliqlar bilan ehtiyot bo'lib muomalada bolish, foydasiz tortishuvlar uluglarning g'azabini keltirsa, kichiklarning xulqinibuza- di. deydi. Xususan: G'udazgil, ayo do'st, uluglar aqin, Osiqsiz jadal ham mizojtin soqin. Uluglarni bushrub senga bu mijoz, Kichiklarni gustoh qilur bil yaqin. U kishilarni. ayniqsa, martabaga erishgach, kamtar, samimiy bo‘- li.shga chaqiradi, mavqeini suistc’mol qilmaslikni maslahat beradi: Ulug'liqqa legsang engilma o ‘zing, G ‘oli keysang atlas unutma bo'zing. Ya’ni, ulug'likka etsang yanglishma, agar atlas kiysang, bo*z kiyga- ningni unutma. Insonlarga boshchilik qilayotgan amaldor. mansabdor kishilarning o‘z mavqelariga yarasha ish tutishlari, kattaga ham, kchikka ham bii’dck m uruwat ko'rsatishlari, so'zlarini muloyim qilishlari maqsadga rauvo- jQq ekanligiga alohida ta’kidlaydi: Ulugebo'ldug'angcha tuzunraJz bo'lub, Ulug'qa, kichikha siliq tut so'zung. у а’щ ulug‘liginga yarasha yaxshiroq bolib, kattaga, kichikka so'zin- gI11 Adib do‘st hamda dushmarming farqiga borish, yaxshi kishilarni do‘st , 1 u.^dxuiq kishilardan uzoqroq yurish, do'st tanlashda xato qilmaslik kerakligi™ ta’kidlaydi.Ayo edgu urngon esizlik qilip.Tikan eylagan er uzum bU:kmas ul.Ya’ni: Ey. yomonlik qilib yaxshilikdan umidvor boluvchi, tikan izgan (qidirgan) kishi hceh vaqt uzum uzmaydi.ayrim tadqiqotchilar Ahmad Yugnakiy asarlarida zamondan norozi-ik kayfiyatlari mayiudligini avtadilar. Lekin adibning asarlaridagi quvidagi misralar mazmuni uning zamondan cmas: ba’zi kishilardan,ularning xatti-harakati va xulqidan norozi ekanligini ko'rsatadi. Chu nonchi: Yirarson zamonangni xalqin qo'dib, Zam onangniyirm a, ki. Ya’ni: Xalqingni qo‘yib zamonangni ayblama, zamonangni emas, bal ki kishilarni aybla.Shuning uchun ham alloma kishilarga yaramas ishlar qilmaslik, tinch va farog‘atda yashash, halol bo£lish, och W z - suq bolmasiik, haromdan saqlanish kabi hayotiy pand-nasihatlar beradi. Ahmad Yugnakiy ham o:zining insonni kamolga ctkazish borasidagi qarashlari bilan pedagogik fikr taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega. U «Hibat ul-haqoyiq» asaiida komil insonni shakllantirishningo‘ziga xos sistcma.sini yaratdi. Ahmad Yugnakiy tomonidan asoslangan barkamol insonni shakllantiiish sistcmasi o‘zida quyidagilarni aks ettiradi: yuksak darajada nazariy va amaliy bilimlarni egallash, til va so'z odobiga rioya etish, o'zida halollik: rostgo'ylilc, kamtarlik, qanoatlilik, samimiylik kabi xislatlarni namoyon eta olish. vafodor do‘st bo'lish. Allomaningnuqtainazariga ko‘ra,О’zgalar sirini saqlay olish. kamgapiik har bir so'zni o‘z o‘rnida va lozim topilgandagina so'zlash, yuqori mansab yoki mavqega ega bolganda kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsata olish kishining obro‘siga °>ro‘ qo'shuvchi sifatlar bolibgina qblmay, ayni vaqtda, ijtimoiy munosabat] am i taslikil etish jarayonida yuzaga kclish ehtimoli bolgan salhiy holatlaming oldini oladi. Insonda baxillik, ochko'zlik, yolg'onchilik, ikkiyuzlamachilik, takabburlik, zolimfik, jaholat, taiiballik, shoshqafoqlik, bilimsizlik, sabrsizlik, ko'p gapirish va hokazo xislatlaming mavjudligri esa kishilar o'rtasida adovat, o'zaro urush-janjallaming kelib chiqishida asosiy omil bo'lib xizmat qilishini .Ahmad Yugnakiy alohida qayd etadi. Muslihiddin S a ’diy: «Guliston» Muslihiddin Sa’diyning nomi butun dunyoga mashhur. Bu buyuk allomaning toliq ismi Abu Abdulloh Mushrifiddin ibn Muslihiddin Sa’diy Sheroziv bo‘lib, Sharq va G‘arbda Shayx Sa’diy degan nom bilan uluglanadi. Sa’diyning dovrug'i Sherozdan Qashqargacha, Xitoy Hindiston va Misrdan Shimoliv Afrikagacha yoyilgani bois unga «Shayx»' ya’ni, ustoz nomi berilgandir.Olim va tarjimon Sh.Shomuhamedovning ta’kidlashieha, mutafakkirningnomi, tug‘ilgan yili, taxallusi turli manbalarda turlicha ko‘rsatilgan. Xususan, ayrim manbalarda allomaning nomi Mushrifiddin ibn Muslihiddin Abdulloh, boshqa manbalarda esa, Muslihiddin Sa’diy Sheroziv deyilgan.Alloma tavallud topgan yil ham turlicha fo/rsatiladi. Chunonchi, mazkur sana ba’zi manbalarda hijriy 580 (milodiy 1184), hijriy 589 (milodiy 1193) hamda milodiy 120'1-yil tarzida qayd etiladi.Adibning o'ziga «Sa’diy» taxallusini tanlashiga ham tadqiqotchilar turlicha yondashadilar. Ana shunday yondashuvlarning birida mutafakkir mazkur taxallusni forslar orasida mashhur bolgan hamda otabcklar sulolasini boshlab bergan Sa'd binni Zangi nomi asosida tanlaganligi qayd etilsa, yana bir boshqa o'rinda ushbu sulolaning vakili hisoblangan Sa’d TI, ya’ni Sa’d ibn Abubakr nomiga nisbatan qabul qilganligi e’tirof etiladi.Muslihiddin Sa’diyning necha yil yashagani xususida ham turlicha fikrlar bor. Ayrim tadqiqotchilar u 102 voshga kirib vafot etgan desalar, boshqa bir tadqiqotda adibning 120 yil umr kechirganligi ta’kidlanadi. Aksariyat manbalarda mutafakkirning vafoti yili hijriy 691 (milodiy 1291* 1292) –yil deb belgilangan.Muslihiddin Sa’diy ko’lma Eronning qadimiy shahri sanalgan Sherozda tug'iladi. Uning otasi Sheroz hokimi Otabek Sa’diyning mulozimlaridan Bo’lgan. Yosh Muslihiddin otasidan erta ajraladi. Shu bois unga saroy nafaqasibelgiianadi. Muslihiddin boshlanglch ma’lumotni Shcrozda oladi, so‘ngra Bag'dod shahriga borib, u erda mashhur «Nizomiya» madrasasida tahsilni davom ettiradi. U madrasada arab vafors tillari grammatikgs hamda adabiyotni chuqur o'zlashtiradi. Sharq falsafasi asoslarini katta qiziqish bilan o‘rganadi. Madrasani tamomlagach, Sharqning ilm-fan va madaniyat o'choqlariga aylangan eng mashhur, shaharlar bo'ylab_vohatga chiqadi.“ ' jvl'uslihiddin Sa’diy 1255-yili sayohatdan Sherozga qaytib shahar chekkasida joylashgan Shayx Abu Abdulloh Xafif xonaqosida faqirona hayot kechiradi Sa’diy tomonidan yaratilgan barcha asarlar 19 bolimdan iborat kulliyotida jamlangan, to’plam uning vafotidan 37 yil olgach, Abubakr Besutun dcgan kishi tomonidan to'plangan. Biroq k e y in ch a lik nomi qayd etilgan ana shu muallif kulliyotni qaytadan tun g’azal va boshqa she'rlarni radiil va qollyasiga muvofiq alfavit tarzida joyiashtirib chiqqan, ushbu kulliyotga allomaning to'rtta devoni kiritilgan.Muslihiddin Sa’diyning jahonshumul ahamiyatga ega bo'lgan «Guliston» va«Bo‘ston» asarlarida allomaning ta’limiy-axloqiy qarashlari o'z ifodasini topgan. Xulosa Manbalarda ta’kidlab o‘tilishicha, muallif «Bo’ston»ni 1257, «Guliston» asarini 1258-5ili yaratgan.Mutafakkirning komil insonni tarbivalash jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi «Guliston» asari Sharq xalqlarining pedagogik fikrlari tarixida o'ziga xos uslubga ega didaktik asar sifatida tan olingan.Ushbu asar muallifiiing boy hayotiy tajribasi asosida yaratilganligi bilan ham qimmatlidir.«Guliston»ning o'zbek tilidagi tarjimalari 1390-1391-yillari Sayfi Saroyi. XIX asrda Muhammad Rizo Ogahiy hamda 1909-yili Murodxo'ja domla SoHhxo‘ja o'g^li tomonidan yaratilgan. 1968-yili esa, «Guliston»G'afur G'uiom, Shoislom Shomuliamedov va Rustam Kornilov tarjimasida o'zbek tilida bosilib ciiiqdi..Asar sakkiz bobdan iborat. Boblar quyidagicha nomlangan: «Podshohlar odati bayoni» (I bob), «Darveshlar axloqi bayoni» (U bob), «Qanoatni ng fazilati bayoni» (III bob), «Sukut saqlashning foydalari bayoni» (IV bob). «Ishq va yoshlik bayoni» (V bob), «Zaiflik va keksalik bayoni» (VI bob), «Tarbiyaning ta’siri bayoni» (VII bob), «Suhbat qoidalari bayoni» (VIII bob).Asarda Abu Nasr Forobiy, Y usuf Xos Hojib hamda Nizomul-mulk kabi mutafakkirlarning asarlarida bayon ctilgani kabi insonning baxt- saodatii bo'li-shim ta minlay oluvclii jamiyat, fozil, odil va adolatli hukmdor hamda uning fazilatlari, saroy aVoniari va iilarning ma’naviy-axloqiy qiyofasi.. davlatni adolatli boshqarish shartlari xususidaso'zyuritiladi. M u ta fa к ki rn ing nuqtai nazariga ko’ra, hukmdor ham oddiy inson sanaladi. u ham shaxsiy manfaatlari yolida harakat qilish huquqiga ega, biroq zimmasiga yukiangan ijtimoiy vazifaga ko‘ra u cl-yurt maanfaatini shaxsiy manfaatlaridan yuqori qo'yishi shart. Hukmdor, eng avvalio, yurt tinciiligi va xalq farovonligini ta’minlash yo‘Jida sabot bilan urashsa jamiyat. taraqqiy etadi. Download 116 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling