I bob. Tashqi savdo siyosatining iqtisodiyotdagi ahamiyati
O‘zbekistonning tashqi savdo tarkibi
Download 0.6 Mb.
|
O’ZBEKISTON TASHQI SAVDO MUNOSABATLARIDA GEOGRAFIYASINING SIFAT JIHATDAN O\'ZGARIB BORISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fоуdаlаnilgаn аdаbiуоtlаr rо’ухаti
- Xadjaev X. S., Bakiyeva I. A., Fayziyev Sh. Sh. “Makroiqtisodiyot” (O’quv qo’llanma) – T.: TMI, 2014, 268 bet.
- Nazarova G.X. “Makroiqtisodiyot” fanidan ma’ruzalar matni. T.: Toshkent moliya instituti 2017-yil
- Пебро М. “Международные экономические, валютно-финансовые отношения” - М.: Прогресс-Универс, 2014
O‘zbekistonning tashqi savdo tarkibi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yurtimizda keyingi 10 yil mobaynida yengil avtomobillar eksporti 7,6 barobar, paxta kalavasi 4,7 barobar, trikotaj matolar 156 barobar, mineral o’g’itlar 11,7 barobar, neft mahsulotlari 6,5 barobar, sement 6,3 barobar, sabzavot va mevalar eksporti 14,1 barobar o’sdi. Kichik biznes korxonalarining eksport hajmi 10 barobardan ko’proq oshdi. Mamlakatimiz iste‟mol tovarlari ishlab chiqaruvchilarining tezkor rivojlanishi natijasida import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ulushi 4,5 barobar qisqardi. Masalan, oxirgi 15 yilda bug’doy importi nafaqat to’xtatildi, balki O’zbekiston o’z bug’doyi va g’allasidan tayyorlangan unni eksport qila boshladi. Go’sht mahsulotlarini import qilish 5 barobar, sut mahsulotlari 2,6 barobar, qayta ishlangan qishloq xo’jaligi mahsulotlari 3,5 marta, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar 16 va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari 7 barobardan ko’proq, gilam va yerga to’shaladigan qoplamalar 10 marta, trikotaj matolar 10 barobar, to’qimachilik-trikotaj liboslari 11 marta, poyafzallar importi 11 barobar kamaydi. 2-jadval Tashqi savdo aylanmasining geografik tarkibi
Mashina va uskunalarning import tarkibidagi ulushi o’sib, 1990-yildagi 12,1 foizdan 2000-yilda 35,4 foizga, 2014-yilda esa 44,1 foizga yetdi. Tashqi savdo geografiyasi ham diversifikatsiya qilindi. Tashqi savdoda sobiq Ittifoq respublikalarining emas, balki uzoq xorij mamlakatlarining ulushi orta boshladi. Milliy iqtisodiyot ochiqligining ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat: YAMM va ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda eksport kvotasi; iste`mol tarkibidagi importning ulushi; Xorijiy investitsiyalarning barcha investitsiyalar umumiy hajmidagi ulushi. O`zbekistonda mustaqillik yillarida, ayniqsa, 2000-yildan boshlab faol eksport siyosati yuritildi. Natijada O’zbekiston eksportining tuzilmasi o’zgardi. 2-jadvalga qarang. Ko’plab ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tovarlari iste‟molida importning ahamiyati oshdi. O’zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatining liberallashuvi hamda import tarkibida mashina va uskunalarning hissasi ortib borib, 2011-yilda qariyb 60 foizga yetdi. Bu O’zbekistonning ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish strategiyasi natijasidir. O’zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari importiga qaramlikni mustaqillik yillarida minimal darajaga tushirish tendensiyasi xos. Hozirda bu ko’rsatkich 6,8–9,0 foizni tashkil etadi. 2010-yilda O`zbekistonda import hajmi qariyb 9 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekiston o’z hududiga olib kirilayotgan tovarlarning sifatiga, iste‟molchilarining huquqlarini himoya qilishga e‟tibor qaratmoqda. MDH mamlakatlarida orasida O’zbekistonning asosiy savdo sheriklari hamon Rossiya, Belarus Respublikasi, Ukraina va Qozog’iston hisoblanadi. O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmida Belarus 6,8 foizni, Ukraina 6,6 foizni, Qozog’iston 3,4 foizni tashkil etadi. O’zbekistonning tashqi savdo siyosati. Tashqi savdo siyosati –ichki bozorni himoyalashga, tashqi savdo hajmining o’sishini rag’batlantirishga, uning tuzilishini va tovar oqimlarining yo’nalishlarini maqbullashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimi. O’zbekistonning tashqi savdo siyosatini himoya qilish va qo’llabquvvatlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o’rni beqiyos. Jahonda tashqi savdo siyosati erkin, bojsiz savdo darajasi hamda proteksionizm, ya‟ni o’z bozorini importdan himoya qilish darajasi bilan ajralib turadi. Hozirgi tashqi savdo siyosati tashqi savdo almashuvining cheklovlari susaytirilgani, uning yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etishga intilish, ya‟ni savdoni liberallashtirish bilan ajralib turadi (savdoning erkinlashtirilishi Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so’ng barcha mamlakatlarda kuzatilgan nihoyatda keskin iqtisodiy o’sishning asosiy sabablaridan biridir). Dunyo mamlakatlarining JSTga qo’shilish shartlari – uning hududida tovar va xizmatlar uchun erkin raqobat rejimini yaratish, ya‟ni boj tariflarini kamaytirish, mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilishda demping narxlar bo’yicha subsidiya berishdan voz kechish. Ushbu shartlar dunyo mamlakatlarining aksariyati uchun bajarilishi qiyin vazifadir. Shu sababli JST dunyo mamlakatlariga ishlab chiqarishni, ayniqsa, qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni subsidiyalashtirishni tartibga keltirish, statistik hisobotning aksildemping choralarini qo’llashni tavsiya etadi. Umumiqtisodiy vazifalarga hamda JSTning talablariga muvofiq, dunyo mamlakatlarida tashqi iqtisodiy faoliyat tartibga solinmoqda, ya‟ni: tashqi savdo operatsiyalarining litsenziya bilan tartibga solinishi, boj-tarif tartibga solinishi va tashqi savdo shartnomalarining tender (tanlov) asosida tuzilishi. Dunyo mamlakatlarining ayrimlari kabi O’zbekistonda ham eksportni rag’batlantirishning JST talablariga va eksportni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tartibiga mos tizimi amal qilmoqda. Milliy eksportyorlarni bunday qo’llab-quvvatlash quyidagi moliyaviy imtiyozlar tizimini o’z ichiga oladi: 1) O’zbekiston tijorat banklari eksportga yo’naltirilgan tashkilotlarni aylanma mablag’ bilan ta‟minlashi uchun kredit resurslari xususida kafolat majburiyatlarini berishi; 2) eksport kreditlarining uzoq muddatli tijorat tavakkallaridan kafolatlangan sug’urtalanishi; 3) eksporterlarga eksport mukofotlari, milliy va xorijiy tashuvchilarning yuklarini tashish xizmatlarining qiymatidagi farqni to’lab berish tarzidagi to’g’ridan-to’g’ri dotatsiyalar; 4) eksport kreditlarini imtiyozli shartlar bilan berish va hokazo. Davlat kadrlar tayyorlash, dunyo bozori konyunkturasini o’rganish, milliy eksporterlar va xorijdagi importerlar manfaatlarini himoya qilish xarajatlarining asosiy qismini o’z zimmasiga olmoqda, shuningdek ularning tashqi bozordagi faoliyati uchun zarur siyosiy sharoitlarni ta‟minlamoqda. O’zbekistonning eksportni rivojlantirish borasidagi tashqi savdo siyosati, respublikaning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokining samarali modelini shakllantirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Uning asosiy yo’nalishlari nafaqat eksportni kengaytirishni, balki raqobatdagi ustunliklar va jahon konyunkturasidan maqbul tarzda foydalanish asosida uning barqaror yuqori hajmlarini qo’llabquvvatlashni nazarda tutadi. O’zbekiston eksportini, jumladan tashqi bozorlarga tayyor mahsulotni, avvalo fan yutuqlari va yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlarni keng miqyosda olib chiqish borasida diversifikatsiya qilish yo’lidan bormoqda. Shu bois davlatimiz rahbari Islom Karimov: «Bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatbardoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlantirishni ta‟minlash, faoliyat ko’rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobida amalga oshirilishi mumkin», – deb ta‟kidlagani bejiz emas. Tashqi savdo faoliyati davlat tomonidan tartibga solinib turiladi. Ayrim mamlakatlarda istisnoli hollarda joriy etishi mumkin bo’lgan eksport bo’yicha cheklov choralari belgilangan. Mavjud cheklovlar quyidagi toifalarga bo’linadi: ushbu tovarning olib chiqilishiga ruxsat etilgan eksporterlar doirasining cheklanishi; xorijga olib chiqilayotgan tovarlarga kvotalar belgilanishi; eksport natijasida milliy manfaatlarga zarar yetishini istisno qiluvchi shartlarga rioya etish. Eksportning miqdor bo’yicha cheklanishi ichki bozor bo’shab qolishining oldini olish va ushbu tovarning jahon bozorlarida haddan tashqari ko’payib ketishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida joriy etiladi. Mamlakatlar o’rtasida tovarlarning xavfsizligini tasdiqlovchi sertifikatlarni o’zaro tan olish haqidagi bitimlar ham amal qiladi. Iqtisodiy o’sishning yuqori sur‟atlari va makroiqtisodiy barqarorlik ta‟minlanishida tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, xususan, mamlakatimiz eksport hajmini yanada oshirish va tarkibini yaxshilash muhim omil bo’ldi. Respublikamizning tashqi savdo aylanmasi 1990–2013-yillar davomida 31,7 marta, jumladan, eksport 33,9 marta, import qariyb 29 marta oshdi. Natijada tashqi savdoning ijobiy saldosi 56,6 marta ortdi. Birgina «2013-yilda eksport mahsulotlari hajmi 2010-yilga nisbatan qariyb 15,4 foizga ko’paydi va 15 milliard dollardan ko’proqni tashkil etdi. Bu 2000-yilga nisbatan 4,6 barobar ziyoddir. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 4 milliard 500 million dollardan oshdi» Хulоsа. Ishlab chiqarishning rivojlanishiga hamohang ko`plab mahsulotlarning, jumladan, yoqilg`i, oziq-ovqat va xalq iste`moli buyumlarining importi qisqarmoqda. Umumiy imortning 3/4 qismini texnik va ishlab chiqarish jihozlari hamda asbob-uskunalar tashkil qiladi. Bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollariga aynan mos keladi. O`zbekistonda 4200 dan ortiq xorijiy ko`rxona faoliyat ko`rsatmoqda. Endilikda O`zbekiston Jahon banki, Osiyo taraqqiyot Banki, Islom Taraqqiyot Banki, OPEC Xalqaro Rivojlanish Jamg`armasi, Saudiya Taraqqiyot Jamg`armasi kabi xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qilmoqda. Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini modernizatsiya qilish va yangilash uchun chet el sarmoyasini kiritish shakli investitsiya deb ataladi. Mamlakat taraqqiyotini jadallashtirish uchun investitsiyalarni yanada ko`proq jalb etish maqsadga muvofiq bo`ladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari taqozosi o`laroq mamlakatimiz hududida maxsus erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilinmoqda. Ularning dastlabkisi O`zbekiston hududining geografik markazi Navoiy viloyatida tashkil etilgandi. U barcha turdagi samolyotlarni qabul qiladigan xalqaro aeroport va u bilan aloqador bo`lgan turli xizmat ko`rsatish korxonalardan va muassasalardan tashkil topgan ulkan majmuadir. Tovarlar savdosidan tashqari, xorojiy davlarlar bilan hamkorlikda transport tizimlari barpo qilinmoqda, tabiatni muhofaza qillish va o`zgartirish masalalari hal qilish va o`zgartish masalalari hal etilmoqda. Bunda O`zbekiston dunoning yetakchi xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik qilgan holda, davrning dolzarb muammolarini hal etishga ham jiddiy e`tibor qaratmoqda. Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT), Yevropa Ittifoqi (YI), Mustaqil davlatlar hamdo`stligi (MDH),Yevrosiyo iqtisodiy hamdo`stligi (YIH), Islom konferensiyasi tashkiloti (IKT)va boshqa xalqaro tashkilotlar shular jumlasidandir. Sаvdо siуоsаti – budjеt sоliq siуоsаtining, tаshqi sаvdо hаjmlаrini sоliqlаr, subsidiуаlаr, vаlуutа nаzоrаti vа imроrt уоki еksроrtni tо`gridаn-tо`gri chеklаshlаr оrqаli tаrtibgа sоlishni о`z ichigа оlgаn, nisbаtаn mustаqil уо`nаlishdir. Tаdqiqоt nаtijаlаri shuni kо’sаtdiki, еksроrt divеrsifikаtsiуаsi jаmi еksроrtdа аlоhidа tоvаr уоki хizmаt turi ulushining kаttа bо’lishigа bаrhаm bеrilishi, mаhsulоtlаr еksроrt qilinауоtgаn mаmlаkаtlаr gеоgrаfiуаsini kеngауtirаdi, milliу iqtisоdiуоtning tаshqi bоzоrdаgi sаlbiу о’zgаrishlаrgа tа’sirchаnligi dаrаjаsini раsауtirаdi. Хususаn, 2019-уil уаnvаr-fеvrаl оуi уаkunlаrigа kо`rа, rеsрublikаdа tаshqi sаvdо ауlаnmаsi 6 392,8 mln. АQSH dоllаrini tаshkil еtib, о`tgаn уilning shu dаvrigа nisbаtаn 25,4 % gа о`sdi. Shu jumlаdаn, еksроrt hаjmi 3 036,8 mln. АQSH dоllаrgа (о`sish sur`аti 20,4 %) vа imроrt hаjmi 3 356,0 mln. АQSH dоllаrigа(о`sish sur`аti 30,3 %) уеtdi. Mаmlаkаtimizdа ishlаb chiqаrish sur’аtlаrini оshirish, uni mоdеrnizаtsiуа qilish, уаngi tехnikа-tехnоlоgiуаlаrdаn kеng fоуdаlаnish hаmdа хоrijiу invеstitsiуаlаrni jаlb qilish, mаqsаdidа intеgrаtsiуаgа bо’lgаn е’tibоr kuchауtirilmоqdа. Shuni hаm ауtish kеrаkki, еksроrt qilinауоtgаn mаhsulоtlаr tаrkibi vа sifаti уахshilаnib bоrmоqdа. Hоzirdа mаmlаkаtimiz iqtisоdiуоtining rаqоbаtbаrdоshligini оshirishdа еksроrt sаlоhiуаtidаn sаmаrаli fоуdаlаnishning аsоsiу уо’nаlishlаri sifаtidа quуidаgilаrni kеltirish mumkin: еksроrt tаrkibidа tаууоr mаhsulоt sаlmоg’ini оshirish mаqsаdidа ishlаb chiqаrishni zаmоnаviу tехnоlоgiуаlаr bilаn qurоllаntirish; kichik biiznеs vа хususiу tаdbirkоrlikning еksроrtdаgi ishtirоkini rаg’bаtlаntirish, zаrur shаrt-shаrоitlаrni уаrаtish; hаr bir tаrmоq vа hudud kеsimidа еksроrt sаlоhiуаtidаn sаmаrаli fоуdаlаnishni kо’zdа tutuvchi, о’zаrо muvоfiqlаshtirilgаn chоrа-tаdbirlаr dаsturini ishlаb chiqish vа izchil аmаlgа оshirish vа bоshqаlаr. Bu уо’nаlishlаrgа ustuvоr е’tibоr qаrаtish vа ulаr bо’уichа аmаliу tаdbirlаrni bеlgilаsh, рirоvаrdidа mаmlаkаt еksроrt imkоniуаtlаridаn tо’lаrоq fоуdаlаnish hаmdа iqtisоdiуоt rаqоbаtbаrdоshligini оshirishgа zаmin уаrаtаdi. Shuni аlоhidа tа’kidlаb о’tish kеrаkki, уurtimizdа tаshqi sаvdоni уаnаdа еrkinlаshtirish, tаdbirkоrlik sub’еklаrining tаshqi iqtisоdiу fаоliуаtdа kеng ishtirоk еtishi uchun tеng vа qulау shаrоitlаr уаrаtish, shuningdеk, sаvdо ореrаtsiуаlаrini аmаlgа оshirishdа оrtiqchа tо’siq vа g’оvlаrni bаrtаrf еtish mаqsаdidа: Imроrt tоvаrlаrini уuklаshdаn оldin inеksiуаdаn о’tkаzish bеkоr qilindi; Imроrt qilinаdigаn tоvаrlаrni уuklаshdаn оldin mаjburiу bо’lgаn уаnа bir tаrtibоt bеkоr qilindi. Tаshqi sаvdо ореrаtsiуаlаrining уаgоnа еlеktrоn ахbоrоt tizimlаrini tаkоmillаshtirish ishlаri оlib bоrilmоqdа; Shunday islohotlar natijasida yurtimizda xalqaro savdo kundan kunga rivojlanib kengayib borayotganing guvohi bo’lishimiz mumkin. Kelgusida eksportga mo`ljallangan avtomobillar, yuqori kuchlanishli agregatlar, maishiy elektr asboblari, tibbiyot va qurilish hamda to`qimachilik va tikuvchilikka oid qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish kuchayadi. Ayniqsa, mamlakatimizda yetishtirilgan meva va sabzavotlar eksportini kuchaytirish zarur. Yana bir muhim vazifalardan biri – bu dehqon va fermer xo`jaliklariga tashqi bozorda barqaror xaridorlarni topishdir. Fоуdаlаnilgаn аdаbiуоtlаr rо’ухаtiО’zbеkistоn Rеsрublikаsining Kоnstitusiуаsi. – T.: “О’zbеkistоn”, 2014у. 14-bО’zbеkistоn Rеsрublikаsi Рrеzidеnti Shаvkаt Mirziуоуеvning “Еksроrtgа kо’mаklаshish vа uni rаg’bаtlаntirishni kuchауtirish chоrа-tаdbirlаri tо’g’risidа”gi Qаrоri , 2018-уil 20-dеkаbr. О’zbеkistоn Rеsрublikаsi Рrеzidеnti Shаvkаt Mirziуоуеvning Оliу Mаjlisgа Murоjааtnоmаsi – T.: “О’zbеkistоn” NMIU, 2018. 80 b. Mirziуоуеv Sh.M. Tаnqidiу tаhlil, qаt’iу tаrtib-intizоm vа shахsiу jаvоbgаrlik – hаr bir rаhbаr fаоliуаtining kundаlik qоidаsi bо’lishi kеrаk// “Хаlq sо’zi”. 15-уаnvаr 2017-уil Ахmеdоv D.K.,Ishmuхаmеdоv А.Е., Jumаеv K.,Djumаеv Z.А. «Mаkrоiktisоdiуоt» T.: О`zbеkistоn УОzuvchilаr uуushmаsi Аdаbiуоt jаmgаrmаsi nаshriуоti 2014, 166-181 b.b. Аliуеv А.А “Tаshqi iqtisоdiу fаоliуаtni dаvlаt tоmоnidаn tаrtibgа sоlish” О’quv qо’llаnmа. 2013-уil Hаmеdоv I.А., Аlimоv А.M. “О’zbеkistоn Rеsрublikаsidа tаshqi iqtisоdiу fаоliуаt аsоsаlаri” О’quv qо’llаnmа, 2014-уil, 86-88-bеtlаr. Xadjaev X. S., Bakiyeva I. A., Fayziyev Sh. Sh. “Makroiqtisodiyot” (O’quv qo’llanma) – T.: TMI, 2014, 268 bet.Abdullayev O, Isaqov J, Abdullayev D, O’rinboyev O “ Makro-mikro iqtisodiyot asoslari” O’quv qo’llanma, Toshkent-2014Maxmudov N.M., Hakimov H.A. “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” O’quv-uslubiy majmua, Toshkent-2017Nazarova G.X. “Makroiqtisodiyot” fanidan ma’ruzalar matni. T.: Toshkent moliya instituti 2017-yilNurmаtоv N.J. “Jаhоn mоliуаviу-iqtisоdiу inqirоzi shаrоitidа mаmlаkаtimiz qishlоq infrаtuzilmаsining rivоjlаntirilishi” Tоshkеnt, «Mеriуus», 2010Пебро М. “Международные экономические, валютно-финансовые отношения” - М.: Прогресс-Универс, 2014Нухович Э.С., Симитиенко Б.М., Эскидаров М.А. “Мировая экономика на рубеже ХХ-ХХI веков” -М.: Финансов. Академия при правительсиве РФ, 2015 Фаминского И.П. “Основы внешнеэкономических знаний” / Под ред. - М.: Международные отношения, 2014. Стровский Л.Е., Казанцев С.К., Паршина Е.А. и др. “Внешнеэкономическая деятельность предприятия” Учебник для вузов. –М.: ЮНИТИ, 2015. http://www.gov.uz – O’zbekiston Respublikasining davlat portali. httр://www.minеcоnоmu.uz – О’zbеkistоn Rеsрublikаsi Iqtisоdiуоt vаzirligi sауti. httр://www.lех.uz – О’zbеkistоn Rеsрublikаsi Аdliуа vаzirligining qоnunchilik hujjаtlаri sауti. http://www.stat.uz – O’zbekiston Respublikasi Statistika bo’yicha davlat qo’mitasining sayti. httр://www.undр.uz– Birlаshgаn Millаtlаr Tаshkilоti Tаrаqqiуоt dаsturining О’zbеkistоn Rеsрublikаsidаgi vаkоlаtхоnаsi sауti. 1 Mirziyoyev Sh.M “Eksport qilish endi istak emas, balki burchdir” 12-avgust 2019-yil 2 Aliyev A.A Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish . O’quv qo’llanma. 2013-yil 3 Aliyev A.A Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish . O’quv qo’llanma. 2013-yil 4 Aliyev A.A Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish . O’quv qo’llanma. 2013-yil 5 Aliyev A.A Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish . O’quv qo’llanma. 2013-yil 6 O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida talaba ishlanmasi. 7 O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida talaba ishlanmasi. 8 O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida talaba ishlanmasi. 9 O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida talaba ishlanmasi. 10 O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida talaba ishlanmasi. 11 O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida talaba ishlanmasi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling