I bob tashqi savdo siyosatining shakllari va konseptual asoslari
II BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SAVDOSINING RIVOJLANINSHI VA RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLARNING TASHQI SAVDO SIYOSATI
Download 0.73 Mb.
|
kurs ishi ibragimov
II BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SAVDOSINING RIVOJLANINSHI VA RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLARNING TASHQI SAVDO SIYOSATI
2.1.O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosining o‘sish suratlari holati Tashqi savdo aloqalarining samaradorligini yanada oshirish, tashqi savdoni liberallashtirish, eksport salohiyatini mustahkamlash hamda raqobatdosh mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish tizimini takomillashtirish, mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan xorijiy sheriklar o‘rtasida savdo sohasida uzoq muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi etib qayta tashkil qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi vakolatli davlat organi bo‘lib, tashqi savdo sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi hamda tashqi savdo faoliyatini tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy xarakterga ega bo‘lgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan bajarilishi majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo munosabatlari qismida uning majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, halqaro majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlariga kiradi: tashqi savdo faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; jahon bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini olib borish, O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda ko‘maklashish, tashqi bozorlardagi talab-ehtiyojlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarning raqobatdoshligini kuchaytirish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va xillarini tizimli asosda tahlil qilish, tashqi bozorlarda uning raqobatdoshligi darajasini aniqlash, tegishli ma’lumotlar bazasini shakllantirish; tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo hamkorligini kengaytirish va mustahkamlashga ko‘maklashish, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlar, ishlar va xizmatlarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, sotish bozorlarini diversifikatsiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; ishonchli xorijiy savdo sheriklarini izlash va tanlashda xo‘jalik yurituvchi subektlarga, shuningdek, mahalliy korxonalarning tender savdolarida, halqaro savdo-sanoat ko‘rgazmalari, yarmarkalarida va xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan boshqa shunday tadbirlarda ishtirok etishlariga amaliy yordam ko‘rsatish; import bo‘yicha keltiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning hajmi va tarkibini chuqur tahlil qilish, mahalliy xomashyo negizida import o‘rnini bosadigan tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarish hamda ularni mahalliylashtirish masalalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish bo‘yicha konsepsiya va dasturlar ishlab chiqishda qatnashish; tashqi savdo asosiy ko‘rsatkichlari parametrlarini shakllantirishda va O‘zbekiston Respublikasining bojxona-tarif siyosatini takomillashtirishda ishtirok etish, tashqi savdoni liberallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; tovarlar (ishlar va xizmatlar), shu jumladan, o‘ziga xos tovarlar va sanoat mahsulotlari tashqi savdosi, shuningdek, tashqi savdoda tarif va notarif boshqaruvi choralarini qo‘llash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq tadbirlarni muvofiqlashtirish; tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish choralarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar kiritish maqsadga muvofiqdir. 1-rasm.O'zbekistonning YI mamlakatlari bilan tashqi savdo ko'rsatkichlari O'zbekiston Respublikasi 2016-2021-yillar davomida YI mamlakatlari bilan ijobiy tashqi savdo aloqalarini olib borgan.Shu jumladan,ilk bor Koronavirus pandemiyasi aniqlangan bir paytda,mamlakatimiz eksport va import hajmining eng yuqori ko'rsatkichi 2019-yilda qayd etilganini ko'rishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, xususan, tranzit salohiyatini, logistika va transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish. O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashiq siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi. 2-rasm.SHHTga a'zo davlatlar bilan O'zbekiston Respublikasining savdo aylanmasi Mamlakatimiz 2017-2021-yillar mobaynida SHHTga a'zo davlatlar bilan eksport va import bo'yicha qoniqarli natijalar qayd etganini yuqoridagi rasmdan bilib olishimiz mumkin.Eksport va importning eng yuqori ko'rinishlari 2021-yilda qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish ustuvor vazifadir. 3-rasm.O'zbekiston Respublikasining 2021-yildagi umumiy eksport hajmi tarkibi Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy va birinchi darajali vazifalaridan biri bu 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun tashqi siyosat idorasi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan: - mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyat va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish; - Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga aylantirish; - jahonning etakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, ko‘p qirrali tizimini shakllantirish; - O‘zbekistonning mintaqa va jahon siyosatidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro tashabbuslarini ilgari surish; - mahalliy mahsulotlarning eksport hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish borasida ko‘maklashish; - milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etishda faol ko‘mak berish; - mamlakatimizga turistlarni jalb qilish hamda turistik infratuzilmani rivojlantirish borasida amaliy yordam ko‘rsatish; - transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishda hamda xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistik infratuzilmalarni rivojlanishiga ko‘maklashish; - xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari huquq va manfaatlarining har tomonlama himoya qilinishini ta’minlash; Tashqi siyosatimizning bosh ustuvor yo‘nalishi Markaziy Osiyo mintaqasidir. O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosati mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga, mintaqaviy xavfsizlikning muhim muammolarini hal etishga, shu jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilishga ko‘maklashishga qaratilgan. O‘zbekiston mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaning transport va tranzit infratuzilmasini rivojlantirish, Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolarining suv-energetika resurslaridan oqilona va kompleks foydalanish hamda mintaqaning ekologik barqarorligini ta’minlash, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini yakuniga etkazish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi. O‘zbekiston mintaqa davlatlari bilan do‘stona va ahil qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashdan, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishdan, parlamentlar, chegara hududlari, jamoat tashkilotlari va oddiy fuqarolar o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishdan manfaatdor. O‘zbekiston Afg‘oniston bilan aloqalarni kengaytirishni, mazkur mamlakatdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarda faol ishtirok etishni davom ettiradi. O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston iqtisodiyotini qayta tiklanishiga, uning transport, ishlab chiqarish, energetik va ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirishga ko‘mak berishda davom etadi. Barqaror va ravnaq topayotgan Afg‘oniston Markaziy Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlikning kafolatidir. MDH malakatlari bilan hamkorlik ham O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Mazkur davlatlar bilan respublikamiz tarixan shakllangan siyosiy, iqtisodiy, transport-kommunikatsion va boshqa aloqalarga ega. O‘zbekiston Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan tenglik, o‘zaro foydalilik, bir-birining manfaatlarini hurmat qilish va e’tiborga olish tamoyillari asosida ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini qurishni davom etadi. O‘zbekiston Rossiya bilan 2004-yil 16-iyunda imzolangan Strategik hamkorlik, 2005-yil 14-noyabrdagi Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomalar hamda 2012-yil 4-iyunda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Strategik hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida do‘stona munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash va tadrijiy rivojlantirish ikki mamlakat manfaatlariga to‘liq mos keladi hamda mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ikki tomonlama munosabatlarning eng muhim vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017-yil 4-5-aprelida Rossiyaga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirilishini ta’minlashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi global muammolarni hal etishda muhim rol o‘ynaydigan, yaqin mintaqaviy qo‘shni Xitoy bilan strategik hamkorlikni kuchaytirish tarafdori. Xitoy bilan munosabatlarni rivojlantirish 2012-yil 6-iyundagi Strategik hamkorlikni o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya va 2013-yil 9-sentyabrdagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyasiga asoslangan. O‘zbekiston Janubiy-SHarqiy Osiyodagi mamlakatlar – Malayziya, Indoneziya, Singapur, Vetnam kabi davlatlar bilan hamkorligini rivojlantiradi. O‘zbekiston Janubiy Osiyo mamlakatlari, xususan Hindiston va Pokiston bilan savdo-sotiq, transport-kommunikatsiya, turizm kabi sohalarda har taraflama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni qo‘llab quvvatlaydi. O‘zbekiston musulmon dunyosi davlatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni iqtisodiyot, transport kommunikatsiyasi, moliya, investitsiya va sayyohlik sohalarida, shu jumladan Islom hamkorlik tashkiloti va Islom taraqqiyot banki doirasida faol rivojlantirish va mustahkamlashdan manfaatdor. O‘zbekiston BMT ishida faol ishtirok etishni davom ettiradi, hamda uni xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga, tezkor globallashuv jarayonida davlatlarning barqaror rivojlanishida ko‘maklashishga mas’ul bo‘lgan yagona universal tashkilot sifatida ko‘radi. Mamlakatimiz Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, SHanxay hamkorlik tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotlati bilan ushbu tuzilmalarning mexanizmlaridan zamonaviy muammolar va tahdidlarga qarshi kurashishda, ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda samarali foydalanish maqsadida o‘zaro sherikchilikni yanada rivojlantiradi.O‘zbekiston xalqaro moliya institutlari bilan, shu jumladan, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Evropa investitsiya banklari bilan energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, uy-joy qurilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni faollashtirish uchun barcha sa’y-harakatlarni olib boradi. O‘zbekistonda tashqi savdo va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati, eksport va import munosabatlarini rivojlantirishning innovatsion boshqaruvi samaradorligi masalalari bo‘yicha muammoning umumiy tomonlari qator iqtisodchi olimlarimiz tomonidan o‘rganilgan. Ularning ishlari xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi savdo va eksport-import munosabatlarini samarali yuritish nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqishga katta hissa qo‘shgan, jumladan: N.I.Asqarovning ilmiy izlanishlarida “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo va bojxona sohalarini uyg‘un boshqarishning tashkiliy- iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” jarayonlari mavzusida bojxona siyosatining mohiyati, uni samarali boshqarish va iqtisodiy xavfsizlikka yondoshuv negizida tashqi savdoni bojxona omili asosida boshqarish va tashqi savdo tarkibini optimallashirish ishlarini tartibga solish kabi jihatlariga ko‘proq e’tibor qaratilgan. Yuqorida keltirilgan tadqiqotlarda qo‘yilgan masalalar ancha teran ishlab chiqilgan bo‘lsada, lekin milliy xo‘jalik taraqqiyotida xalqaro savdoning o‘rni, shuningdek, xalqaro savdoning kelib chiqishi, tashqi savdoda eksport va import hamda ularning maqsadli bozorlarni tanlashdagi ahamiyati, xalqaro bozorlarning jozibadorligi va ularning iste’mol salohiyatini baholash ahamiyati, eksport mahsulotlarni maqsadli bozorlarga yo‘naltirishda ishlab chiqarishning xalqaro integratsiyasi strategiyalaridan samarali foydalanish jarayonlari, bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda etishtirib berilayotgan tayyor mahsulotlar tarkibi va mamlakatlar geografiyasini kengaytirish masalalari kabi jihatlari deyarli o‘rganilmagan.Tadqiqot jarayonida tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, statistik guruhlash, ekspert baholash, ilmiy abstraksiyalash va boshqa usullardan keng foydalanildi. Mamlakat tashqi iqtisodiy potensialini aniqlovchi eng muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlar ishlab chiqarish hajmi, shu jumladan aholi jon boshiga, YAIMda tovar va xizmatlar eksportining ulushi hamda tovarlar umumiy eksporti hajmida sanoat tovarlari ulushi hisoblanadi. Avvalo, tashqi savdo deganda nimani tushunamiz? Tashqi savdo - bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar bilan olib boradigan o‘zaro tovar almashish jarayonidir. Tashqi savdo mamlakatdan tovar va xizmatlar chiqishi (eksport) va kirib kelishi (import)dan tashkil topadi. Eksport va import yig‘indisi mamlakatning tashqi savdo aylanmasini tashkil etadi. Mamlakatlar o‘rtasida savdo-sotiqning rivojlanishi ikki tomonlama foyda olish imkonini beradi.Tashqi savdo mamlakatlararo iqtisodiy munosabatlarning eng oddiy va eng qadimiy shaklidir. Insoniyat tarixida birinchi marta SHarq va G‘arb dunyosini bir-biri bilan bog‘lagan Buyuk Ipak yo‘li qit’alararo savdoni yo‘lga qo‘ydi. Bu yo‘l qadimgi erlarimiz hududida joylashgan shaharlarda savdo-sotiqning keng quloch yoyishiga olib kelgan. Eksport (ing. Export, lot. Exporto – olib chiqaman, chetga chiqaraman) – tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarishdir.Tovarlarning eksport tarkibi fan-texnika yutuqlari va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ta’siri ostida o‘zgarib boradi. Hozirgi davrda xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari etakchi o‘ringa ega bo‘lib, uning hissasiga jahon tovar ayriboshlashining 3/4 qismi to‘g‘ri keladi. Oziq-ovqat, xom-ashyo va yoqilg‘i ulushi faqat 1/4 qismini tashkil qiladi. Xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi. CHet ellik iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish, chet el valyutalarini olish bilan bog‘liq bo‘lib, u milliy chegarada amalga oshiriladi (masalan, chet el kompaniyasi vakillariga pochta, telegraf xizmati ko‘rsatish, chet el fuqarolariga sayyohlik xizmati ko‘rsatish va h.k.).Kapital eksport qilish ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aksiyalariga maqsadli qo‘yilmalar kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag‘lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo‘lgan resurslar hajmini qisqartiradi. Import (ing. import – keltirish, olib kelish) – mamlakatning ichki bozorida sotish uchun, chet el tovarlari, xizmatlari, texnologiyalar va boshqalarni keltirishdir. Bunda mamlakat ichida ishlab chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olingan chog‘dagi xarajatlaridan yuqori bo‘lgan mahsulotlar import qilinadi . Import bojxona bojlari, shuningdek, miqdoriy cheklashlar, litsenziyalash tizimi va boshqa notarif tarzdagi vositalar bilan tartibga solinadi. Eksport salohiyati (eksport imkoniyatlari) – bu mazkur mamlakat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning o‘z iqtisodiyoti manfaatlariga putur etkazmagan holda jahon bozorida sotishi mumkin bo‘lgan qismidir. Qaysidir mamlakat ishlab chiqaruvchi mamlakatdan tovarni o‘z iste’moli uchun emas, balki uchinchi mamlakatga qayta sotish uchun olgan taqdirda reeksport ro‘y beradi, reimport esa iste’molchi mamlakatdan reeksport tovarni sotib olishni bildiradi. O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo siyosatining takomillashtirish yo‘nalishlari. Mamlakatimizda investitsiya iqlimini yaxshilash, eksport salohiyatini oshirish, biznesni jadal rivojlantirish uchun asos sifatida investitsiya va tashqi savdo faoliyatini samarali tartibga solish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. SHu bilan birga, investitsiya jarayonining mahsulotni tashqi bozorlarda ilgari surish yakuniy ko‘rsatkichlari bilan sust bog‘langanligi saqlanib qolmoqda. Davlat boshqaruvining amaldagi tizimi investitsiya va savdo masalalarini alohida tartibga solishga asoslangan, bu esa mazkur sohalarda tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Respublikaning investitsiya salohiyatini oshirish, iqtisodiyotning ustuvor soha va tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya kiritish jarayonining raqobatbardosh eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida: yilning yanvar–dekabrida MDH va boshqa davlatlar bilan amalga oshirilgan tashqi savdo tarkibi quyidagicha ifodalanadi: Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti turlari va geografiyasi yildan yilga kengayib, Bolgariya, SHri-Lanka, Indoneziya, Filipin, Gretsiya, Qatar, Xarvatiya va Malta davlatlariga birinchi marotaba 2017 yilda meva- sabzavot mahsulotlari va ulardan qayta ishlangan mahsulotlar eksporti amalga oshirildi. Jumladan 2017 yilda quritilgan mevalardan magiz va o‘rik turshagi Bolgariya va SHri-Lanka davlatlariga, qovun Kanada davlatiga, uzum, nok, gilos mahsulotlari Mo‘g‘iliston davlatiga eksporti amalga oshirildi. Xulosa qilib aytganda, har bir mamlakat barqaror xalqaro iqtisodiy munosabatlarni ta’minlashga intiladi. CHunki, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, birinchidan, xalqaro darajada milliy mahsulot hajmi va ulardan olinadigan daromadning ko‘payishini, ikkinchidan, bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda mavjud resurslardan samarali foydalanishni, uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar nufuzining oshishiga olib keladi va eng asosiysi aholining farovon yashashini ta’minlaydi. Tahlil natijalariga asoslangan holda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida eksportni yanada ko‘paytirishning istiqbolli imkoniyatlari quyidagilardan iborat. Ya’ni:mamlakatdagi nafaqat siyosiy barqarorlik, balki o‘z navbatida iqtisodiy barqarorlikning ham ta’minlanganligi; mamlakatimizda savdo-sotiqni rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan infratuzilmaning mavjudligi; mamlakatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri dengiz yo‘llari mavjud bo‘lmasada, qulay geografik joylashuvi, ya’ni SHarq va G‘arb dunyosini bir-biri bilan bog‘laydigan Buyuk Ipak yo‘lida joylashganligi; qishloq xo‘jaligi va uni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish imkoniyatlarining yuqoriligi hamda mamlakatning turli xil mineral- xomashyo resurslariga boyligi; eksportchi korxonalarga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalarning ajratilayotganligi; an’anaviy bozorlardan chetlashgan holda eksport geografiyasini diversifikatsiya qilish, sanoat korxonalari faoliyatini jadallashtirish, mahalliy brendlarni ilgari surish; tayyor mahsulotlar turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va boshqalar; savdo munosabatlari va investitsiyalar ixtiyoriy davlat uchun iqtisodiyot rivoji manbai bo‘lib kelganligi uchun tashqi savdoda turli to‘siq va cheklanishlar olib tashlanishi hisobiga kengayib bormoqda. Bu jarayonda faol ishtirok etayotgan xorijiy hamkorlarimiz o‘z munosabatlarini yangidan ko‘rib chiqmoqda va mamlakatimiz foydasiga kengaytirmoqda; O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarning iqtisodiy hamkorlik doirasida tovarlar va xizmatlar savdosi, sanoat hamkorligi, investitsiyalarni himoya qilish va rivojlantirish, davlat buyurtmalari, standartlash, xomashyo va tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jalik va agrosanoat majmuasi, energetika, transport, atrof-muhit himoyasi, telekommunikatsiya, xususiylashtirish, ijtimoiy sohada, kichik korxonalar, istemolchi huquqini himoya qilish, bojxona ishi va ayniqsa turizm kabi sohalar o‘z aksini topgan. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling