I bob tashqi savdo siyosatining shakllari va konseptual asoslari


Download 0.73 Mb.
bet6/8
Sana22.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1285844
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi ibragimov

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda, Savdo siyosati – byudjet soliq siyosatining, tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to’g’ridan-to’g’ri cheklashlar orqali tartibga solishni o’z ichiga olgan, nisbatan mustaqil yo’nalishdir. Tashqi savdoni tartibga solishda eng ko’p qo’llaniladigan usul importga tarif belgilash bo’lib, buning natijasida ichki baholarning o’sishi kuzatiladi. Importga tariflarni joriy qilishdan iste’molchilar ko’rgan zarar ishlab chiqaruvchilar va davlat ko’rgan foydadan katta bo’ladi. Importga tariflarni joriy qilishdan ko’riladigan foyda va zararlar nisbati munozarali masaladir. Ammo import tariflari ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish, to’lov balansini tartibga solish mahsadlarida keng qo’llaniladi. Ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish usuli ham qo’llaniladi. Eksportga subsidiyalar valyuta tushumini ko’paytirish, ortiqcha mahsulotdan qutulish, tashqi bozorni egallash uchun qo’llaniladi. Eksport subsidiyalarini qo’llash dempingga olib kelmasligi kerak, chunki demping xalqaro savdo qoidalariga ko’ra ta’qiqlangan. Tashqi iqtisodiy faoliyatni litsenziyalash va kvotalar o’rnatish xalqaro savdoni tartibga solishning bevosita usullaridir. Xalqaro savdo siyosati vositalari va tadbirlari mamlakat iqtisodiyoti holatidan kelib chiqib echilayotgan vazifalarga muvofiq tanlanadi.Mamlakatimizda olib borilgan islohatlarning ilk davridan e`tiboran respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish va yanada mustahkamlash, eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirishga asosiy e`tibor qaratildi. Mustaqillik yillarida Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa institutsional tarkib tuzilmalari shakllandi. Jahon andozalariga mos keluvchi tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi me`yoriy –huquqiy asoslar yaratildi. Xorijiy investitsiyalarning mamlakatimiz hududida erkin faoliyat ko‘rsatishini va ishonchli kafolatni ta`minlovchi qulay investitsion muhit yuzaga keldi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo munosabatlari qismida uning majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, halqaro majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘zining mustaqil ovoziga ega bo‘lgan davlat darajasiga ko‘tarildi va nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘ldi. Dunyodagi sanoati rivojlangan etakchi mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatmoqda. Ikki va ko‘p tomonlama manfaatli aloqalar tobora rivojlanib bormoqda.
SHunday sharoitda mamlakatning tashqi iqtisodiy imkoniyati tabiiy resurslarning mavjudligi, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik imkoniyatlarning barpo etilishi, infratuzilma, ijtimoiy soha, mahsulot va xizmatlarning mamlakat tashqarisiga eksport qilinishi yoki chet el fuqarolariga, korxona va tashkilotlariga, shu jumladan respublikadagi xorijiy korxonalar va qo‘shma korxonalarga sotilishi bilan aniqlanadi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro ayirboshlash va xalqaro savdoning rivojlanishida globallashuvning ahamiyati to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, mamlakatlar qadim zamonlardan buyon moddiy noz- ne’matlarni tayyor mahsulotlar va turli xil resurslar ko‘rinishida o‘zaro ayirboshlab kelishgan, ya’ni bir-birlari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishishgan. O‘z navbatida, ayirboshlashning hajmi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga va tovar ishlab chiqarish hajmining oshishiga bog‘liq bo‘lgan. CHunki, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, bir tomondan, mamlakatlar o‘rtasida xo‘jalik aloqalarining kengayishiga imkon yaratsa, ikkkinchi tomondan, turli xil xomashyolar, materiallar va boshqa resurslarga bo‘lgan talabning oshib borishi ayirboshlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling