I bob. Tekstil mahsulotlarining sifat kursatkichlarini baholash usullari


II BOB.TEKSTEL MAHSULOTLARINING SIFAT KURSATKICHLARINING BAHOLASH USULLARI


Download 47.16 Kb.
bet4/6
Sana20.03.2023
Hajmi47.16 Kb.
#1284651
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sunnat tayyor

II BOB.TEKSTEL MAHSULOTLARINING SIFAT KURSATKICHLARINING BAHOLASH USULLARI


Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi “Xalqaro akkreditlangan sinov majmuasi”da paxta tolali matolarni sinov turlari Paxta tolali mato Chiziqli o’lchamlari va yuza zichligi bo’yicha ISO 3801 10 smda iplar soni ISO 7211/2 Xavo o’tkazuvchanligi ko’rsatgichi GOST ISO9237-2013 Matolardagi rangni sovun yoki kir yuvish kukuniga chidamliligi ISO 105-S10 Matolarni terlashga chidamligini aniqlash GOST R ISO105-E04- 14 Martendeyl usulida matolarni ishqalanishga chidamliligi O`z DSt ISO 12947-2:2014 Gazlamalarning ishqalanishga chidamliligini xalqaro standartlar asosida aniqlash.Kiyim materiallarining yemirilishi asosan ishqalanish ta’siri natijasida bo’ladi. Materiallarning ishqalanishga chidamliligi ularning tolaviy tarkibiga, sirtining tuzilishiga bog’liq. Eng avval materialning sirtiga chiqib turgan tola uchlari ishqalanish ta’sirida bo’ladi. Materialdagi iplarning bukilgan joylariga chiqib turgan tolalar yemirila boshlaydi. Tola sirtining ba’zi joylari shikastlanadi va tolalar uziladi. Ayrim tolalar yoki tola qismlari ip tarkibidan chiqqani tufayli iplar ham uziladi. Materiallarning sirtiga chiqib turgan iplarning bukilgan joylari ishqalanish ta’sirida eng birinchi bo’lib yemiriladi. Bu joylar materialning tayanch sirti deb ataladi, ya’ni materialning tayanch sirti qancha katta bo’lsa, uning yemirilishga chidamliligi ham shuncha yaxshi bo’ladi. Gazlamalarning tayanch sirtini kuchaytirish yo’li bilan uning yemirilishga chidamliligini oshirish mumkin. Buning uchun uzun qoplamali o’ralishlar (satin, atlas), tola tarkibida ishqalanishga chidamli tolalar (kapron, lavsan) yoki pardozlash jarayonlar (appretlash) qo’llaniladi. Trikotaj matosining ishqalanishga chidamliligi ham tayanch sirti miqdoriga bog’liq. Shuning bilan birga trikotajni hosil qiluvchi iplar ishqalanib uzilganda matoning o’rilishiga ko’ra halqa ustunchalaridagi yoki qatoridagi halqalar biri biridan chiqadi va matoning tuzilishi buziladi. To’qish-tikish usulida olingan noto’qima matolarning yemirilishi ham asosan ishqalanish natijasida bo’ladi. Ishqalanish jarayonida matoning tolalar o’ramidagi tolalar bir-biri bilan yaxshi biriktirilmaganligi sababli mato tuzilishidan chiqadi, tolalarni tikib biriktirgan iplar ishqalanadi va yemiriladi. Tarkibida kalta tolalar va ayniqsa sintetik tolalar bo’lgan materiallarning ishqalanishdagi yemirilish odatda pilling paydo bo’lishidan boshlanadi. Buyumning eng ko’p ishqalanadigan joylarida chigallashgan tolalardan yumshoq to’pchalar - pillar hosil bo’ladi. Avval tolalarning uchlari material sirtiga chiqadi. Keyin ular chigallashadi. Chigallashganda ba’zi tolalar material tuzilishidan chiqib ketadi. Keyinchalikda pillardagi tolalar material sirtidan uzilib tushadi. Natijada materialning qalinligi kamayadi va u osongina yemiriladi. Jun tolali buyumlarda pillinglar foydalanishning dastlabki davrlarida paydo bo’lishi mumkin. Ma’lum o’lchamga yetgach, material sirtida yo’qolib ketadi. Sintetik tolali buyumlarda pilling barqaror yopishgan bo’ladi va buyumlarning tashqi ko’rinishini shunchalik buzadiki, hatto ular foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin. Kimyoviy tolalarning tabiiy tolalarga aralashtirilib keng ko’lamda foydalanganligi uchun, ya’ni, tabiiy tolalar bilan kimyoviy tolalar aralashmali buyumlarda, pillinglanuvchanlik majburiy ko’rsatkich hisoblanadi, u har xil tolaviy tarkibli gazlamalar standartlarida me’yorlashtiriladi. Pillinglar hosil bo’lishini bir nechta bosqichlarga bo’lish mumkin. Boshlanishida erkin tolalar uchlari material yuzasidan ko’tariladi va sezilarli miqdorlik ajralmagan tola yoki limistost’ material sirtida ko’plab joylashgan tutamchalarini hosil qiladi. Keyinchalik tolalar guruhlasha boshlaydi, chalkashishida va yumshoq uyushmalar hosil qiladi. Keyingi bosqichda ayrim tolalar uziladi va dumaloq, ko’rinishidagi o’rama hosil qiladi, zichlashida va uchta-to’rtta o’zakli tolalarda ushlanib qoladi. Oxirgi bosqichda material sirtidan pillinglarni ajralishi sodir bo’ladi. Gazlamaning pillinglanuvchanlik darajasi, materialning tolaviy tarkibi tolalarning geometrik va mexanik xossalari, ip va gazlama tuzilishiga bog’liq. Poliamid (kapron)li va poliefir (lavsan) tolali gazlamalar eng katta pillinglanuvchanlik darajasiga ega. Bu tolalar silliq sirtga, ko’p cho’ziluvchanlik va pishiqlikka, ko’p marotabalik deformatsiyalarga yuqori chidamlilikka ega. Shu ko’rsatilgan xususiyatlari evaziga tolalar tezlikda gazlama sirtiga chiqadi, bu pillinglarni shakllantiradi va ularni uzoq muddatda gazlama sirtida ushlanib qolishiga imkon beradi. Buning teskarisi, kam pishiqlikda va ko’p marotabalik deformatsiyalarga chidamligi past tolalardan iborat gazlamalar kuchsiz pillinglanuvchanlik bilan farqlanadi. Tolalarning qalinligi va ko’ndalik kesimi shakli pillinglanuvchanlikka katta ta’sir ko’rsatadi. Ancha ingichka va silliq tolalar yo’g’on va tekis bo’lmagan sirtlarga qaraganda pilling bo’lishiga ko’proq moyil bo’ladi. Pillinglanuvchanlik darajasini kamaytirish uchun kundalik kesimi to’g’ri burchakli, uchburchak, yulduzcha va boshqalar, shakldagi sintetik tolalar qo’llaniladi. Pillinglanuvchanlik darajasi kamaytirilish maqsadida ip va gazlama tuzilishi tolani pishiq va ishonchli qotirilishi ta’minlash kerak. Eshilishni oshirish, qoplanishi uzunligini qisqartirish va to’ldirilish darajasini oshirish gazlamalarda pillinglanuvchanlik darajasini kamayishiga olib keladi. Pilling hosil qilish Pillinglanish darajasini aniqlash uslublari gazlama sirti(yuzasi)da yengil yoyilish ta’sirini keltiruvchi harakat tufayli, sinalayotgan namunaning ma’lum maydonida tola tuklarining to’planishi va pillinglar shakllanishiga olib qilishi va maksimal pillinglar sonini sanashga asoslangan. Sinovlar ikki bosqichda o’tkaziladi. Birinchisida 300 sikl davomida tukdorlik, ikkinchisida-tutqichning aylanma harakati bilan pillinglar hosil qilinadi 100, 300, 600, 1000,1500 va 2000 sikllardan keyin, so’ngra har 500 sikllarda asbob to’xtatiladi va gazlamaning 10 sm2 yuzasida pillinglar soni sanaladi. Sinovlar pilinglari soni kamayish, yoki o’zgarmas 234 bo’lgunga qadar o’tkaziladi. Pillinglanish darajasi ko’rsatkichi sifatida pilinglarning maksimal soni qabul qilinadi. GOST 25132-82 “Ipak va yarim ipak gazlamalarga qo’yilgan pillinglanish me’yorlar” standartiga muvofiq ipak va yarim ipak gazlamalarga qo’yiladagi pillinglanish guruhlari belgilangan: Gazlama guruhlari 10 sm2 pillinglar soni Pilinglanmaydigan 0 Kam pilinglanuvchi 1...3 O’rtacha pilinglanuvchi 4...6 Zig’ir lavsanli gazlamalar pillinglanish darajasi PLT-2 asbobida aniqlanadi. 40x200 mm o’lchamli namuna qirqimi 3 stol 4 ning rezinalik sirtiga ikki tarafdan massasi 500g yuk bilan mahkamlanadi, 40x80 mm o’lchamli asos mato 1-sinalayotgan gazlama qirqimi karetka 2 ga mahkamlanadi, u esa minutiga 87,5 siklli ilgarilanma-qaytma yunalishida harakatlanadi. 2500, 300, 3500 va h-30 har bir sikllardan keyin, ya ni har 500 sikldan keyin asbob to’xtatiladi, namunalar olinadi va 24sm2 maydondagi pillingning soni sanab chiqiladi. GOST 15968-2014 “Zigir lavsanli va yarim zigir lavsanli tolali gazlamalar. Umumiy texnik shartlar” standartiga muvofiq tarkibida 50%dan kam zigir lavsanli tolali gazlamalar ishchi namunalarida o’rilish turiga ko’ra 6 dan kam, tarkibida 50% dan ko’p lavsan- zigirlilarda esa 9 dan kam pillinglar bo’lishi kerak. Materiallarning ishqalanishga chidamliligini aniqlovchi asboblarni uchta guruhga bo’lish mumkin: 1. Materialga faqat ishqalanish ta’sirini bajaruvchi asboblar. 2. Materialga birdaniga cho’zilish, egilish va ishqalanish ta’sirini bajaruvchi asboblar. 3. Materialga g’ijimlash va ishqalanish ta’sirini bajaruvchi asboblar. Materialning turiga ko’ra ishqalanish mayda tishli metall sirtlar, qayroq toshlar, dag’al junli movut, kapron yakka tolasidan tayyorlangan cho’tka va hokazolar yordamida o’tkaziladi. Gazlamalarning ishqalanishga chidamliligini aniqlashda quyidagi xalqaro va milliy standartlardan foydalanib kelinmoqda: - ISO 12947-2:1998 “To’qimachilik mahsulotlari. Martindeyl uslubida matolarning yedirilishga chidamliligini aniqlash.
Martindeyl uslubida yedirilishni sinash uskunalari”; - ISO 12947-2:1998 “To’qimachilik mahsulotlari. Martindeyl uslubida matolarning yedirilishga chidamliligini aniqlash. Namunaning yaroqsizlik holatiga kelishini tekshirish”; - ISO 12947-3:1998 “To’qimachilik mahsulotlari. Martindeyl uslubida matolarning yedirilishga chidamliligini aniqlash. Massa yo’qolishini aniqlash. Gazlamalarning Martindeyl uslubida yedirilishiga chidamliligini aniqlash. ISO (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) milliy standartlashtirish idoralarining (ISO a'zolarining) butunjahon federasiyasidir. Xalqaro standartlar ISO ning texnik qo’mitalari tomonidan ishlab chiqiladi. Har bir a'zo idora tashkil etilgan texnik qo’mita faoliyati soxasiga qiziqsa, unda ishtirok etish xuquqiga ega. Shuningdek ISO bilan xamkor bo’lgan xalqaro tashkilotlar, davlat va nodavlat tashkilotlar qo’mita ishida qatnashishlari mumkin. Elektrotexnika soxasidagi standartlashtirish masalarida ISO Xalqaro elektrotexnika kommissiyasi (MEK) bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Xalqaro standartlar ISOG’MEK Direktivalarda keltirilgan qoidalar asosida ishlab chiqiladi. Texnik qo’mita tomonidan qabul qilingan Xalqaro standart loyixasi a'zo idoralarga ovoz olish uchun tarqatiladi. Xalqaro standart qabul qilinishi uchun u ovoz beruvchi a'zo idoralarning kamida 75% tomonidan ma'qullanishi lozim. Xalqaro standart ISO 12947-2, Texnik qo’mita ISOG’TQ 38- To’qimachilik tomonidan ishlab chiqilgan. ISO 12947 - 2 Xalqaro standartda "To’qimachilik. Martindeyl uslubida matolarning yedirilishga chidamiligini aniqlash" umumiy nomi ostida quyidagi qismlardan iborat.

Download 47.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling