I bob. Tekstil mahsulotlarining sifat kursatkichlarini baholash usullari
I BOB.TEKSTEL MAHSULOTLARINING SIFAT KURSATKICHLARINI BAHOLASH USULLARI
Download 47.16 Kb.
|
sunnat tayyor
I BOB.TEKSTEL MAHSULOTLARINING SIFAT KURSATKICHLARINI BAHOLASH USULLARI
Gazlamaning pishiqligi, gazlamalarning mustaxkamligi, egilishidagi bikirligi, bejamdorlik, g‘ijimlanmaslik, sitiluvchanlik, iplarning suriluvchanligiga gazlamaning chidamligi, gazlamalarning pillingi, yuvilgandan keyingi kirishish, havo o‘tkazuvchanlik. To’qimachilik mahsulotlari sifat ko‘rsatkichlari va ularni aniqlash usullari: Gazlamaning pishiqligi uning sifatini belgilaydigon eng muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Gazlamaning cho‘zilishga chidamliligi deganda uning yukka chidamliligi tushiniladi. Ma’lum o‘lchamdagi gazlama bo‘lagini uzish uchun yetarli minimal kuch–uzuvchi kuch deyiladi. Gazlamaning uzilishga pishiqligi ularning tola tarkibiga kalava ip yoki ipning nomeriga, zichligiga, o‘rilish turiga pardozlash harakteriga bog‘lik. Sintetik tolalardan to‘qilgan gazlamalarning uzilishiga pishiqligi eng yuqori bo‘ladi. Bosim bilan pardozlash gazlamaning pishiqligini oshiradi. Polotno o‘rilishida to‘qilgan gazlamalar pishiq bo‘ladi. Gazlamalarning mustaxkamligini aniqlash. Gazlamalarning uzilishi GOST 3813-73 standarti bo‘yicha amalga oshiriladi. Tikuvchilik gazlamalarinig uzish ishlari ikki yo‘nalishda, tanda va arqoq bo‘yicha olib boriladi. Agar uzish vaqtida kelishmovchiliklar paydo bo’lsa, unda qo‘shimcha ravishda sinash ishlari olib boriladi. Gazlama namunasining uzunligi va eni vazni va andoza bo‘yicha qirqilgan gazlamalar namunasining bichimidagi qirqim bulaklari bo‘yicha o‘lchaniladi. O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishda gazlamaning uzilishini aniqlash uchun bitta namuna ishlatiladi. Yuqoridagi qilingan bichimga asosan sinash ishlari olib boriladi. Buning uchun namuna bo‘laklari quyidagi o‘lchamda bo‘lishi shart: namuna bo‘laklarining eni, mm 25 25 50 50 qisqichlar uzunligi, mm 50 200 100 200. Sinash ishlari uchta tanda bo‘yicha, to‘rtta arqoq, yo‘nalishidagi namuna bo‘laklari bilan olib boriladi. GOST 3813-72 standartiga binoan uzish ishlari RT- 250M-2 uzish mashinasi yordamida amalga oshiriladi To’qimachilik mahsulotlarining egilishidagi bikirligini aniqlash. Bikirlik deganda tashki kuchlar ta’sirida buyum shaklining o‘zgarishiga qarshiligi tushuniladi. Shaklning o‘zgarishiga bog‘liq ravishda qo‘yilgan deformatsiyalarning ko‘rinishi bikirlikdagi cho‘zilish, pishitilish, egilish va boshqa xususiyatlari bo‘yicha farqlanadi. Gazlamalar uchun egilishdagi bikirlik eng muhim ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Odatda gazlamalarning egilishdagi bikirligining teskari xususiyati egiluvchanlik bilan baholanadi. Egilish qanchalik ko‘p bo‘lsa, gazlamaning bikirligi shunchalik kam bo‘ladi. To‘qimachilik gazlamalarining egilishdagi shartli bikirligi quyidagi formula yordamida aniqdanadi bu pog. sm. gazlama namunasining vazni mkN/sm (mgs/sm). G quyidagi formula yordamida topiladi bu yerda q — namuna, L0 uzunligining vazni, mkN (mgs). L — namunaning egilgan qismining uzunligi sm bo‘lib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi: bu yerda x — qisqichning eni, ya‘ni u 2 sm ga teng. A — nisbiy egilish f0 funksiyasi bo‘lib, u quyidagi formula yordamida topiladi: bu yerda — namunaning mutlaq, egilishi, sm. To‘qimachilik gazlamalarining egilishidagi bikirligini aniqlash. Tikuvchilik gazlamalarining egilishdagi bikirligini GOST 10550-75 standarti bo‘yicha PT-2 asbobi yordamida aniqlanadi. Buning uchun gazlama to‘dasidan namuna tanlanadi. Boshlang‘ich uzunligi 1670 mm, eni 30 mm bo‘lgan namuna qirqimlari bichim yordamida tanda va arqoq yo‘nalishi bo‘yicha tanlanadi. Agar qo‘shimcha sinashdagi ko‘rsatkichlar f ≥ 10 mm va f0 ≤ 0,65 mm shartlariga mos kelmasa, unda uzunlik ketma- ketlik bilan 10; 20; 30; mm gacha, ya‘ni olingan natijalar belgilangan shartlarga to‘gri kelmagunicha kamaytirib borilaveradi. Gazlamaning bejamdorligini aniqlash. Bejamdorlik B-osilgan gazlamalarning o‘z og‘irligi ostida yumshoq qat- qat buramlarni hosil qiladi. Gazlamalarning bejamdorligi asosan egilishdagi bikirlikka bog‘likdir. Gazlamalarning bejamdorligini aniqlashning turli uslublari bor. Birinchi uslub V.Ya.Evdokimov va A.K.Buhareva uslublaridir. Sinaladigan gazlamadan 400x200 mm o‘lchamli namuna qirqib olinadi. Namunaning kalta tomoniga to‘rtta nuqta qo‘yiladi; birinchi nuqta gazlamaning yon chetidan 25 mm, qolganlari esa 65 mm ichkariga qo‘yiladi. Belgilangan nuqtalardan igna o‘tkazilib, namunada uchta buram hosil qilinadi. Gazlamaning uchlari igna bilan tiqin yordamida qisiladi va erkin osilgan hamda ignaga mahkamlangan gazlama na munasining pastki uchlarigacha bo‘lgan A masofa mm da o‘lchaniladi. Gazlama bejamdorligi quyidagi formula yordamida topiladi: Gazlamaning barcha yo‘nalishlaridagi bejamdorligini aniqlash uchun diskli uslub qo‘llaniladi. Gazlamadan doira shaklidagi namuna qirqib olinadi va u kengrok diametrdagi disk ustiga yopiladi. Shunda gazlama namunasida buramlar hosil bo‘ladi. Gazlamaning bejamdorligi ana shu buramlarning soniga va shakliga, disk yuqoridan yoritilganda gazlama tushiradigan izning yuzasiga qarab aniqlanadi. Bejamdorlik koeffitsienti — namuna yuzasi bilan izining yuzasi orasidagi farqning namuna yuzasiga nisbati bilan ifodalanadi. Bejamdorlik koeffitsienti foizda, quyidagi formula yordamida xisoblanadi S0 bu yerda S0 — namuna yuzasi, mm2 ; Sn — namuna izining yuzasi, mm2 . Gazlamalarning g‘ijimlanmasligini aniqlash. Buqilganda va har xil kuchlar ta’sirida gazlamada g‘ijimlar va buramalar hosil bo‘lishi gijimlanuvchanlik deyiladi. Xosil bo‘lgan g‘ijim va buramalarni faqat xo‘llash-dazmollash yo‘li bilan ketkazish mumkin. Bukish va kesish ta’sirida gazlamada hosil bo‘ladigan qoldiq deformatsiyalar gijimlanuvchanlikni keltirib chiqaradi. Qayishqoq va elastik qismi ancha katta bo‘lgan tolalar bukish va qisish deformatsiyasidan keyin sekinrok yoki bir oz tezroq tekislanadi va dastlabki holatini egallaydi, shuning uchun g‘ijimlar yo‘qoladi. Tiklanish burchagi a- namunaning 180° da to‘liq tiklanish burchagi bo‘lib, foizda ifodalanadi.G‘ijimlanmaslik G‘-g‘ijimlanuvchanlikka teskari tushuncha bo‘lib, u gazlamaning ezilishiga qarshilik ko‘rsatishi hamda bukilishiga sabab bo‘lgan kuch olingandan keyin dastlabki holatini tiklash xossasidir. Gazlamalarning g‘ijimlanmasligi standart uslubi bo‘yicha g‘ijimlanmaslikni o‘lchash asbobida aniqdanadi. Asbobning asosi murvat yordamida maxkamlangan bo‘lib, unda tenglashtirish darajasi va yumoloq shkalaga joylashgan. Ustunning yo‘naltirilgan tirqishidagi qisqichning tayanch qismiga namuna 180° egilgan holatida joylashtiriladi. Tartibga soluvchi murvat ko‘rsatkich bilan egilgan qirqimni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Ung qo‘l bilan qisqich ochiladi va qirqimning bir uchi bo‘shatiladi va qisqichning yuqori plastinkasi pastkisini qisadi. Bir vaqtning o‘zida chap qo‘ul bilan sekundomer ishga tushiriladi. Qirqimning bo‘shatilgan bir uchi qayishqoq kuch ta’sirida a burchakka egiladi. Yumalok shkala bo‘yicha moslama yordamida tiklanish burchagi a 10° xatolik bilan aniqlanadi. Har bir ipning yo‘nalishi bo‘yicha g‘ijimlanmaslik o‘lchami (foizda) quyidagi formula yordamida hisoblanadi: , bu yerda a-tiklanish burchagining o‘rtacha arifmetik qiymati, gradus. Standart uslubiga binoan tanda va arqoq yo‘nalishi bo‘yicha beshta namuna qirqimi olinadi. Gazlamalarning g‘ijimlanmasligini aniqdash. Sinash uchun beshta qirqim namunasi 40x15 mm o‘lchamida olinadi va namunaning yuza qatlamining chetki qismidan qalam bilan 2 mm va teskari yuzasining chetki qismidan 24 mm masofa tashlab, ikki nuqta belgisi qo‘yiladi. Qisqichning pastki plastinkasiga namunani ushlab turish uchun yupqa parafin qatlami qo‘yiladi va namunaning uchidan 2 mm masofadagi qism qisqichi yordamida belgi qo‘yilgan joyi egilib, halqa ko‘rinishiga keltiriladi. Natijada halqa qisqich yordamida ushlanadi. Keyin, 10x15 mm o‘lchamli halqa ikkinchi qisqich bilan kesiladi. Namuna egilishining burchagi 180° ni tashkil etadi. Qisqich namuna bilan birgalikda kuchlantirgich qurilmasining tayanch yuzasiga qo‘yiladi, shunda namuna halqasi yuza ostiga joylashtiriladi. Yuza 5 kg vazndagi yuk bilan bo‘ylama ustunga mahkamlangan. Sekundomerni qo‘shgan holda dastak yukni qisqichning yuqori plastinkasiga tushiradi. Halqa 15 min mobaynida 1 kgk/sm2 bosim ostida qisilib turiladi. Undan keyin namuna qisqich bilan olinib, g‘ijimlanuvchanlikni aniqlash asbobining yo‘naltiruvchi tirqishiga qisqichning tayanch bo‘rtigacha joylashtiriladi va qisqich ochiladi, namunaning uchi qo‘yib yuboriladi. Sekundomerni qo‘shib, ikkinchi qisqich ham olib tashlanadi. Namunani atrof muhit ta’siridan saqlash uchun organiq oyna qoplamasi bilan berkitiladi. Qisqchlar ta’siridan bo‘shatilgan namunaning bir uchi muvozanat holatiga keladi. 5 minutdan keyin, tiklanish burchagi o‘lchaniladi Gazlama iplarining sirtiluvchanligini aniqlash. Sitiluvchanlik deganda gazlamaning qirqilgan chetlaridan iplarning tushishi yoki siljishi tushuniladi. Gazlamalarning tangensial qarshiligi juda kam bo‘lganida bunday hodisa ro‘y beradi. Tangensial qarshilik miqdori gazlamaning tuzilish fazasiga, o‘rilishiga va ipning turiga, bikirligiga bog‘liq. Gazlamaning sitiluvchanligini aniqlash. Gazlamaning sitiluvchanligi GOST 3814-81 standartining «g» bandi bo‘yicha SNIXBI (MITLP) moslamasi bilan uzish mashinasi yordamida aniqlanadi. Moslama taroqning uzunligi bo‘yicha bir qatorda joylashgan 0,8 mm qalinlikdagi 18 ta ignadan, uzish mashinasining yuqorisida joylashgan taroqni ushlagich; uzish mashinasining pastki qisqichiga mahkamlangan maxsus qisqichdan tashkil topgan. Sinash uchun eni 30 mm va uzunligi 100 mm bo‘lgan namunadan qirqim tayyorlanadi. Tanda bo‘yicha uzishga chidamliligini aniqdash uchun arqoq yo‘nalishida qirqim bichiladi. Arqoq bo‘yicha uzishga chidamliligini aniqlash uchun esa tanda yo‘nalishi bo‘yicha qirqim bichiladi. Gazlama namunasining qisqa uchi plastinkaning bo‘rtig‘idagi teshigiga solinadi. Keyin namuna tekis prujina bilan plastinkaga qisiladi va taroqning ignalariga solinadi. Plastinka prujina bilan birgalikda sug‘urib olinadi, taroq gazlama namunasi bilan birgalikda ushlagichga mahkamlanadi. Namunaning pastki qismiga maxsus qisqich yordamida 20gli qo‘shimcha kuch ko‘yiladi. Namunaning qisqichlari orasidagi masofasi 50mm. Gazlamadan 2mm qatlamdagi iplarni taroqli ignalar to‘liq olib tashlangandan keyin, uzish mashinasining shkalasidan kuchlanish yozib olinadi Iplarning suriluvchanligiga gazlamaning chidamligini aniqlash. Gazlamadagi iplarning suriluvchanligi deb bir tizimdagi iplarning ikkinchi bir tizimga surilishi tushuniladi. Siyrak gazlamalardan tiqilgan buyumlar kiyib yurilganda choklarda iplar surilishi mumkin. Odatda tanaga yopishib turadigan va chuzuvchi kuch ko‘prok ta‘sir qiladigan choklardagi iplar suriladi. Choklarda iplarning surilishiga gazlamaning zichligidan tashqari gazlama tayyorlangan iplarning xili, urilishi, chokning yo‘nalishi ham ta‘sir qiladi. Gazlamaning tuzilishiga qarab, iplar tanda yoki arqoq yo‘nalishida surilishi mumkin. Sillik iplardan tuqilgan gazlamalarda, nisbiy zichligi past bo‘lgan jun gazlamalarda iplar osongina suriladi. Chokda iplarning surilishi natijasida buyumning tashqi ko‘rinishi buziladi va chokning pishikdigi pasayadi. Iplarning suriluvchanligiga gazlamaning chidamligini aniqlash. Gazlamadagi iplarning suriluvchanligi GOST 22730-76 standarti bo‘yicha aniqlanadi. Gazlamadagi iplarning suriluvchanligini aniqlash uchun tanda bo‘yicha 30 mm, arqoq bo‘yicha 450 mm li o‘lchamdagi namunalar tayyorlanadi. Sinash ishlari uchun RT-2 yoki RT-2M asboblari qo‘llaniladi. Namuna uchun kushimcha kuch 0,12N. Asbob quyidagilardan tashqil topgan: 3 mmli yumaloqlangan radiusli rezinali labchok, yuk va shayindan iborat yuklagich mexanizmi, harakatlantiruvchi elektr yuritgich, gazlama namunasini o‘ziga urovchi baraban va shayin bo‘yicha yukni harakatga keltirish uchun arava. Download 47.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling