I bob. Texnik topshiriq 1 Kiyim haqida umumiy ma’lumot 2
Download 1.21 Mb.
|
Kostyumbop matodan ayollar zamonaviy pidjagi asos chizmasini konstruksiyalash va modellashtirish, maketlarini tayyorlash, texnologik xarita yaratish.....
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odam gavdasining asosiy antropometrik nuqtalarini aniqlash
II.BOB. Texnik taklif
2.1 Zamonaviy va perfiktiv moda yo’nalishlari asosida kiyim modellarini tanlash va asoslash Grafik metodga chizma geometriya prinsipi asos qilib olinadi. Jami metodlarning mohiyati yoyilmaydigan sirtlarni uchastka va kichik uchastkalarga bo’lib chiqishdaniborat. Yordamchi uchastkalarning hosil qilingan chizmalari keyinchalik muayyan tartibda ketma-ket joylashtirilib, kiyim sirtining yaxlit chizma yoyilmasi hosil qilinadi. Kiyim sirtining kesimiga qarab quyidagi metodlar farq qilinadi : geodezik chiziqlar metodi (sirtning kesimi geodezik kesimi ya’ni eng qiska yoyilmaning boshlang’ich OU chizig’iga nisbatan perpendikulyar joylashgan eng qisqa X1, X2 , X3 , X4 ) chiziqlar bo’yicha hosil qilinadi; kesuvchi chiziqlar metodi (yoyiliuvchi sir tuch uchastkaga va har bir uchastka kichik uchuastkalarga bo’linadi) ; uchburchaklar metodi (sirt kesimi o’qqa nisbatan joylashgan uchburchaklarga ajratiladi.); gorizontal kesimlar metodi (sirt yo’l-yo’l qilib elementar uchastkalarga bo’lib chiqiladi); to’rt koordinata metodi (sirtqi koordinatalar o’qi chiziladi, so’ngra o’ziga xos nuqtalar qo’yib chiqiladi, nuqtalarning kordinatalari topish yo’li bilan chizma yoyilmadagi vaziyatni aniqlash mumkin); yordamchi yoyish chizig’i metodi tikiladigan materiallarning harakatchanligi (sirpanchiq, silliqligi) ni hisobga olish zarurligiga asoslangan. Maneken (kiyim) da kiyim detallari asosiy zo’riqadigan joylariga koordinata o’qlari hamda yordamchi yoyish chiziqlari chiziladi. Mazkur chiziqlar o’ziga xos kordinatalar sistemasi bo’lib, ular yordamida kiyim detallari yordamida har qanday nuqtaning fazoviy, so’ngra tekislikdagi vaziyatini aniqlash mumkin. Bu metod kiyimga shakl berish texnologiyasi haqida 1-2 mm gacha aniqlikda ma’lumot olishga imkon beradi Kiyim detallarining chizma yoyilmasini gavda o’lchamlari va chok haqiga asoslanib chizishda har xil konstruksiyalash metodlaridan foydalaniladi. Garchi konstruksiyalash metodlarining kamchiliklari ham bo’lsada, ular ancha oson kiyim detallarining forma hamda o’lchamlarini nisbatan to’g’ri aniqlash imkonini beradi, shunga ko’ra dastlabki chizmalar uchun kerakli ma’lumotlarni hisoblab chiqarishda va ularni hali ham shu metodlar ishlatiladi. Ularning ko’pchilikka ma’lum bo’lganlari hisoblash-o’lchamlar metodi, proporsional hisoblash metodi, kordinatalar metodi, masshtablar metodi va boshqalar. Konstruksiyalashning proporsional-hisoblash metodlaridan birinchi marta ko’plab kiyim tikishda foydalaniladi Bu metodlar hisoblash-o’lchash metodlarining bir to’ridir; bunda bichish o’lchamlari hisoblash o’lchamlariga almashtirilgan. Hisoblash o’lchamlari ikkita asosiy razmer belgisiga ko’krak yarim aylanasining ikkinchi o’lchamiga va rostga proporsional bog’liq holda belgilanadi. Odam gavdasining asosiy antropometrik nuqtalarini aniqlash. Ko’plab ishlab chiqariladigan kiyimlarni konstruksiyalash va asosiy bazalarni ishlab chiqish uchun maishiy xizmat sistemasidagi konstruktorga standart jussalar, ya’ni mamlakatning jami aholisiga xos jussalar razmeri o’lchamining mukammal harakteristikasi kerak bo’ladi. Bu ma’lumotlarning antropometrik tekshirish, ya’ni kishining gavdasining va uning qismlarini o’lchash yo’li bilan hosil qilish mumkin. Bu ish antropometriya deb ataladi. Antropometrik tekshirishlar vaqtida gavdaning muayyan nuqtalari antropometrik nuqtalar oralig’i yoki yumshoq gazlamada aniq bilinib ko’rinib to’radigan chegaralar, teridagi o’ziga xos nuqtalar bo’yicha o’lchanadi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling