I bob. Texnik topshiriq 1 Kiyim haqida umumiy ma’lumot 2


Kostyumbop gazlamalar turlari va ularga qo’yiladigan talablar loyihalanayotgan kiyim uchun gazlama tanlash


Download 1.21 Mb.
bet8/17
Sana03.11.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1744622
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
Kostyumbop matodan ayollar zamonaviy pidjagi asos chizmasini konstruksiyalash va modellashtirish, maketlarini tayyorlash, texnologik xarita yaratish.....

2.2 Kostyumbop gazlamalar turlari va ularga qo’yiladigan talablar loyihalanayotgan kiyim uchun gazlama tanlash
Tikilgan kiyimlar assortimentini ko’paytirish va yangilash kiyim tikiladigan materiallarga bog’liq. Erkaklar kiyimi tabiiy va sun’iy iplardan tukilgan materiallardan tikiladi; tabiiy ipga sun’iy ip aralashtirilib tukilgan gazlamalar hammadan ko’p ishlatiladi. Xossasi va strukto’rasi dinamik ravishda takomillashtirilayotgan materiallar jumlasiga kiradigan sun’iy charm, zamsha, mo’yna, trikotaj va notukima materiallar gazlamalardan fizik-mexaniq xossalari jihatidangina emas, balki koliplanuvchanlik xossasi jihatidan ham farq qiladi. Fizik-mexaniq xossalar materialning vazifasini belgilab bersa, qoliplanuvchanlik xossasi forma hosil qilish usulini belgilab beradi.
Yangi materiallarni qoliplanuvchanlik xossasi jihatidan ikki gruppaga ajratish mumkin.
1. Sun’iy charmlar, mo’ynalar, zamsha, oshlangan teri, parda qoplangan va shunga o’xshash boshqa materiallar kiritiladi.
2. Trikotaj polotno va notukima materialar.

Birinchi gruppaga mansub materiallardan kiyimlar tikishni loyihalashda gavdaga yopishib to’radigan va murakkab bichimlardan foydalanmaslik kerak. Havo almashinuvini yaxshilash maqsadida bunday kiyimlar bloqli, xilpirama koketkali qilinadi va yo’g’on igna bilan qavib tikiladi. Nam o’tkazmasligi uchun kiyimning yelka qismiga pat, pagon tikiladi.


Kiyimga shakl berish uchun vitachkalar, bo’rtma baxyalar, qirqma koketka, yirmoch va shu kabilardan foydalaniladi. Kiyimni oldi va orqasi to’kis bo’lishi uchun yelka choki orqa va old yoqa o’mizlari vitachkali qilinadi.
Yengning old va tirsak choklari perekat chizig’i tomon siljitiladi, yeng boshiga vitachka qilinadi. Bunday kiyimlarning yenglari, ko’pincha, ikki yoki uch chokli qilib bichiladi. Yoqalarni kesik stoykali qilish tavsiya etiladi.
Oshlangan teridan iborat materialdan sun’iy mo’yna va charmdan tikiladigan kiyimlarda choklar sonini iloji boricha kamroq qilish kerak, yon tomonda esa umuman, chok bo’lmagani ma’qul bortlar yaxlit bichilishi, yenglar bir chokli bo’lishi kerak.
Yoqa, cho’ntaklar, manjet, koketka va boshqa mayda detallarni loyihalashda burchaklarni ravon egri chiziq bo’yicha dumoloqlash tavsiya etiladi. Shuning uchun 50% sun’iy tola qo’shib tukilgan materialdan tikiladigan plashning tipavoy formasida belgilangan. Bu plash to’g’ri bichimli bo’lib, bari to’g’ridan tugmalanadi, orqasida yirmochi bor, cho’ntakning og’ziga tor tasma ko’rinishidagi jiyak tutiladi, yoqasi kesik stoykali, yengi uch chokli. Plashning old va orqa yarmining chizmalarini chizishda to’g’ri bichimli paltoni konstruksiyalash tipovoy metodikasidan, yenglar uchun uch chokli yengni konstruksiyalash tipovoy metodikasidan va yoki uchun kesik stoykali yoqani konstruksiyalash tipovoy metodikasidan foydalaniladi. Muynadan tikiladigan kiyimlarni loyihalashda mo’yna tukining uzun-qisqaligi, teri qatlamining qalinligi hamda plastikli xossalarini, teri gajaklarining joylanishi terining katta-kichikligiga va hakozolarni nazarda to’tish kerak. Kiyimning to’kisligi uchun tashlab ketiladigan chok haqiteridagi jun qatlamining qalinligiga bog’liq, mo’ynaning tuklari qancha uzun, jun qatlami shuncha qalin bo’lsa, shuncha kam haq tashlash lozim.
Trikotaj kiyimlarda uning to’rli qismlarini salgina burib choklash ko’zda tutiladi. Juda chuziluvchan trikotajdan tikiladigan kiyimning detallariga shakl berish uchun yelka choklari, yon choklari va yeng o’mizi sohasini bir oz burish kerak bo’ladi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling