I bob. Texnik topshiriq 1 Kiyim haqida umumiy ma’lumot 2


Kiyimga qo’yiladigan talablar


Download 1.21 Mb.
bet3/17
Sana19.06.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1608970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Kostyumbop matodan ayollar zamonaviy pidjagi asos chizmasini konstruksiyalash va modellashtirish, maketlarini tayyorlash, texnologik xarita yaratish.....

1.2 Kiyimga qo’yiladigan talablar.
Konstruksiyaning elementlar doimo o’zgarib to’radi. Masalan andaza yelkaning sathi (qiyaligi) tabiiy balandalshtirilgan va pasaytirilgan bo’lishi, yelkaning uzunligi normal uzaytirilgan yoki qisqartilgan yeng o’mizining chuqurligi oshirilgan normal va kamaytirilgan bo’lishi mumkin.
Bel chizig’i kiyimning bichimini belgilab beradi; bel chizig’i to’g’ri, gavdaning qisman yopishib to’radigan va keng bo’lishi mumkin.
Kiyimning etagi toraytirilgan, normal va kengaytirilgan bo’ladi
Kostyumning bichimi yelkaning qiyalik darajasi, qomatiga yeng o’mizining ko’rinishiga, bel chizig’ining past va balandligiga va buyum etagining keng vatorligiga bog’liq. Kostyumning formasi konstruktiv yechimlar natijasida va kostyumning ayrim qismlarini birlashtirish oqibatida vujudga keladi. Formaning geometrik ko’rinishining o’zgarishi bichimning o’zgarganligidan dalolatdir; forma shakl jihatdangina emas balki hajmiy (kattaligi) jihatidan ham o’zgardi.
Bolalar kiyimi kattalar kiyimining nusxasi bo’lib, barcha detallar takrorlanadi. Bolalar kiyimi hozirgi ko’rinishini kasb etgunga qadar uzoq rivojlanish yo’lini bosib o’tadi. Bolalar kiyimini loyhalashda har bir yosh guruppasiga mansub bolalarning gavda tuzilishidagi o’ziga xos jihatlar hisobga olinadi.
Ekspluatatsion talablar deganda, kiyimning vazifasiga va foydalanish sharaoitlariga mosligi, qulayligi, chidamliligi, ishonchliligi, formasining barqarorligi tushuniladi.
Estetik talablar deganda, kiyimning modaga mosligi, yangi materiallardan tikilganligi, yangi otdelkalar ishlatilganligi, istemolchilarning estetik didlarini qondirish tushuniladi. Gigiyenik talablarga kiyimning issiqlik balansi, havo o’tkazuvchanligi, ichki (kiyim ostidagi) nam-teridan yoki tashqi nam (qor-yomg’ir) ta’siridan himoyalash darajasi, yengilligi, konstruksiyaning qulayligi (kishining normal fizologik funksiyalariga halakit bermasligi) kiradi. Gigenik talablar bir muncha umumiyroq bo’lib, ergonomik talablarni ham o’z ichiga oladi; erganomik talablarni ham o’z ichiga oladi. Erganomik talablar esa antropometrik, gigenik va psixi-fizologik moslikka oid bir qancha ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi.
Ikkinchi gruppaga texnologik, standartlashtirish va uning metodlari, tejamkorlikdan iborat talablar kiradi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling