I bob. Texnologik obyektlarni boshqarishda model-lashtirish jarayoni


Download 124.01 Kb.
bet8/13
Sana18.06.2023
Hajmi124.01 Kb.
#1565824
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
KURS ISHIM

Imitatsion modellashtirish- bu suniy eksperiment bo‘lib, u real qurilma ustida tabiiy sinov o‘tkazish o‘rniga matematik modellar ustida tajriba o‘tkazishdir.
Imitatsion modellashtirish ikki qismdan iborat:

  1. Real sistemalar uchun matematik model qurish;

  2. Real sistemalar faoliyatini baholash va o‘rganish uchun bu model ustida tajriba o‘tkazish.

Amaliy jihatdan imitatsion modellashtirish EHM larda amalga oshiriladi. Bunda EHM ga matematik model va boshlangich shartlar kiritiladi, ular asosida EXM tekshirilayotgan protsessni turli xarakteristikalarini xisoblab topadi.
Imitatsion modellashtirish quyidagi bosqichda olib boriladi:
O‘rganilayotgan jarayonni akslantiruvchi sonlar va ularning yuz berish ehtimolliklari asosida taqsimot funksiyasi grafigi tuziladi. Jarayonning tasodifiy o‘zgaruvchisi qiymatini absissalar o‘qi bo‘yicha, ularga mos ehtimolliklarini esa ordinatalar o‘qi bo‘yicha qo‘yiladi; bu eksperimental nuqtalar bo‘yicha silliq chiziq yoki siniq chiziq o‘tkaziladi.( aniqlik bu usulda yuqori emas ).
Biror usul bilan 00 bilan 99 o‘rtasida tasodifiy sonlar tanlanadi: agar ularni tasodifiy sonlar jadvalidan olinadigan bo‘lsa, uni ixtiyoriy biridan boshlab biror tartibda ketma-ket orada qoldirmasdan olish kerak Olingan tasodifiy sonlar ham ordinata o‘qi bo‘yicha qo‘yiladi, bu sonlardan taqsimot funksiyasi grafigi bilan kesishguncha gorizontal chiziq tortiladi, kesishgan nuqtadan esa absissa o‘qiga perpendikulyar tushiriladi. Perpendikulyarni absissalar o‘qi bilan kesishgan nuqtasini tajriba yo‘li bilan aniqlangan miqdorlar taksimot qonuni bilan bir xil taqsimot qonuniga ega bo‘lgan tasodifiy miqdor sifatida qabul qilinadi.
Bu oxirgi olingan tasodifiy miqdor imitatsion model bilan aniqlangan sun’iy tajriba natijasidir. Uning yerdamida turli operatsiyalarni tekshirishda va ularni effektini baholashda foydalaniladi.
II BOB. TEXNOLOGIK OBYEKTLARNI BOSHQARISHNING DASTURIY TA’MINOTI


    1. Download 124.01 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling