I bob. To’liqsiz fe’llar mavzusini o’rganishda ilmiy manbalardan foydalanish yo’llarri


Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………


Download 30.1 Kb.
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi30.1 Kb.
#192041
1   2
Bog'liq
zuhra

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..

KIRISH


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 15-iyun kuni Toshkentda bo’lib o’tgan “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash,muqaddas dinimizning sifligini asrash davr talabi” mavzuidagi anjumanda so’zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to’xtalib o’tdi.

“Bizni hamisha o’ylantirib keladigan yana bir muhim masala-bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so’z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bo’g’liq. Bugun zamon shiddat bilan o’zgarayapdi. Bu o’zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim-yoshlar. Mayli, yoshlar o’z davrining talablari bilan uyg’un bo’lsin. Lekin ayni paytda o’zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug’ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o’zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobiga erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”i1 Haqiqatdan ham ta’lim tarbiyasiz yuksak natijalarga erishib bo’lmaydi.

O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy sohalarda rivojlanishi ko’p jihatdan uzluksiz ta’lim –tarbiya tizimini yangilash va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarishning yuqori sifat ko’rsatkichini ta’minlash hamda ta’lim mazmunini Davlat ta’lim standartlari asosida takomillasgtirish bilan uzviy bog’liqdir. Muhtaram birnchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyvich Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat-yingilmas kuch” asarida ta’lim tarbiya haqida quyidagi fikrlarni bildirgan. “Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil-bu ta’lim-tarbita tizimi bilan chambarchas bog’liqdirii. Malumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo’lmish ilm-u ma’rifat , ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan.

Albatta, ta’lim-tarbiya-ong mahsuli,lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o’zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo’lmaydi. Shu bois bu sohada yuzaki rasmiy yondashuvlarga, puxta o’ylanmagan ishlarga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi. SHu bilan birga bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo’llab quvvatlashishini talab qiladigan umummilliy masaladir. Shuni unutmaslik kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarning bugungi qanday ta’lim tarbiya olishiga bog’liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobilyatiga ega bo’lgan ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yitkazish-ta’lim-tarbiya sohasinig asosiy vazifasi bo’lishi lozim bu esa ta’lim tarbiya ishini uyg’un olib borishni talab etadi.Muhtasar qilib aytganda, oxirgi yillarda ta’lim tarbiya sohasida amalga oshirilgan, ko’lami va mohiyatiga ko’ra ulkan ishlarimiz biz ko’zlagan ezgu niyatlarimizga erishish hech kimdan kam bo’lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo’lida mustahkam zamin yaratdi,desak hach qanday xato bo’lmaydi. Barchamizga a’yonki, inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlaeningiii

bebaho merosni eslash bilan birga ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo’lgan yana bir buyuk zot o’qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz. Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohibini tarbiyakashdek masuliyatli vazifani ado etishda birinchi galda shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz, ertaga o’rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning mehnati naqadar beqiyos ekanini o’zimizga yaxshi tasavvur qilamiz. Xalqimiz, unib o’sib kelayotgan yoshlarning ongu shuurida tarixiy adolatga ishonch va insoniy fazilatlarni qaror toptirish, ularning ma’naviy olamini kengaytirishda katta ahamiyatga ega ekani bilan ayniqsa e’tiborlidir.

O’zbek xalqining siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy ma’daniy hayotini tubdan o’zgartirgan mustaqillik davrida o’zbek tilsgunosligi ham milliy istiqlol g’oyalaridan ilhom olib rivojlandi. Millatimizning ma’naviy qadriyatlaridan biri -ona tilimiz mavqeyi tiklanib davlat tili maqomiga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yingilmas kuch” asarini o’qigan har bir kishi uning sababini chuqur anglaydi. “O’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi . Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona-tili-bu millatning ruhidir”iv




1 Mirziyoyev Sh.M 2019-yil 15-iyunda Toshkentda bo’lib o’tgan “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash muqaddas dinimizning sifligini asrash-davr talabi” mavzuidagi anjumanda so’zlagan nutqidan.

i



ii2. Karimov. I. A. Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch . Toshkent. “Ma`navuyat” 2008.

iii

iv3. Karimov I. A. Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch. Toshkent. “Ma`naviyat” 2008. 176 - bet

Download 30.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling