I-bob. Turizm infratuzilmasiining ijtimoiy-nazariy asoslari
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekistonda turizm infratuzilmasini takomillashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- II-BOB. O’ZBEKISTONDA TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANISH HOLATI.
- III-BOB. BUXORODA TURIZM INFRATUZILMASINI TAHLILI, MUAMMOLARI VA ULARNI BARTARAF QILISh YO’LLARI.
- XULOSA VA TAKLIFLAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ILOVA ANNOTATSIYA
- Malakaviy bitiruv ishning obyekti
- I-BOB. TURIZM INFRATUZILMASIINING IJTIMOIY-NAZARIY ASOSLARI 1.1. TURIZM INFRATUZILMASI TUSHUNCHASI
- 1- rasm Turizm inratuzilmasi tarkibi. Turizm infratuzilmasi
2
3
I-BOB. TURIZM INFRATUZILMASIINING IJTIMOIY-NAZARIY ASOSLARI 1.1. Turizm infratuzilmasi tushunchasi va uni tashkil qiluvchi omillar. 1.2. Iqtisodiyotda turizm infratuzilmasining shakllanish omillari va sabablari. 1.3. Turizm infratuzilmasidagi mehmonxonalar tasnifi
2.1. O‟zbekistonda turizmda infratuzilmaning o‟rni. 2.2. O`zbekistonda Turizm infratuzilmasida transport tuzilmasining hissasi 2.3. O‟zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari
3.1. Buxoroda turizm sohasinig rivojlanish holati 3.2. Buxoda turizm infratuzilmasining tahlili. 3.3. Turizm infratuzilmasini takomillashtirish yo‟llari
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida dunyo mamlakatlarining ko‟pchiligi turizm infratuzilmasini rivojlantirish orqali o‟z milliy iqtisodiyotini taraqqiy ettirmoqda. 4 XX asr insoniyat hayoti va faoliyati tarzu tarovatining hamma sohalariga ulkan o‟zgarishlarni olib keldi. Bu o‟zgarishlar fan va ilmiy tadqiqotlar, texnikani rivojlantirish, yangi materiallar, texnologiyalar yaratish va ishlab chiqarishni boshqarish sohalarida yorqin namoyon bo‟ldi. Bozor iqtisodiyoti barcha imkoniyatga daxldor hodisa bo‟lib, jahon sivilizatsiyasining rivojlanish yo‟lida muqarrar bosib o‟tiladigan bosqichdir. Bozor iqtisodiyotining chinakam oxirgi maqsadi avvalo, insonga munosib yashash sharoitlarini yaratish va respublikani madaniyat va taraqqiyot cho‟qqilariga olib chiqishdir. Bozor munosabatlariga o‟tish qaror topib kelayotgan yangi davlatchilik uchun jamiki resurslardan foydalanishni, xalq xo‟jaligining farovon turmush kechirayotgan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqishni ta‟minlab beradigan qudratli iqtisodiy asos yaratib berishi kerak. Hozirgi vaqtda butun dunyoda, shuningdek O‟zbekistonda ham iqtisodiyotning noishlabchiqarish sohasi, xususan turizm sohasiga e‟tibor tobora kuchayib bormoqda. Insonlar bo‟sh vaqtlarini samarali o‟tkazib, dam olishga, sog‟ligini tiklashga, dunyoni, xalqlarning urf - odatlari, qadriyatlarini bilishga intilmoqdalar. Bunday xizmatlarni turizm sohasi ko‟rsatadi. Insoniyat har doim o‟zining harakat doirasini o‟zgartirib, yangi erlarni kashf qilishga intilgan. XX asrga kelib bunday intilishlar kuchaydi va turizm industriyasining rivojlanishiga turtki bo‟ldi. Ayrim mamlakatlarda turizm sohasi barqaror rivojlanib bormoqda va ularning har yillik o‟sish sur‟ati 8%-10% gacha boradi. Bular turizm sohasining mamlakatlar iqtisodiyoti tizimida hal qiluvchi ahamiyatga qay darajada ega ekanligidan dalolat beradi. SHunisi qiziqki, turizm rivojlanishi natijasida transport, bozor infratuzilmasi, savdo - sotiq, oziq - ovqat tarmoqlari, qurilish, hunarmandchilik va boshqa xizmat ko‟rsatish tarmoqlari ham rivojlanib boradi. Mamlakatimizning turizm infratuzilmasini takomillashtirishda har qanday xorijiy mamlakatdan qolishmaydigan imkoniyatlarga egaligi, bu borada ko‟plab muvoffaqiyatlarga erishishimizni ta‟minlovchi asosiy manba hisoblanadi. Ana shularni hisobga olgan holda, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan to hozirga qadar zamon talablariga javob beradigan turizm infratuzilmasini tarkib toptirish va rivojlantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar o‟z ijobiy natijalarini berib kelmoqda. Mustaqil o‟lkamizning jahon hamjamiyatida keng miqyosda e‟tirof etilishi, dunyoning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari bilan o‟zaro do‟stona munosabatlarning yanada barqarorlashib borishi, tashrif buyurayotgan turistlar oqimining yil sayin ortib borishi, yurtimizda mavjud yangidan-yangi turizm imkoniyatlarining kashf etilayotganligi va boshqa shu kabi o‟zgarishlar fikrimizning yaqqol dalili bo‟la oladi. Boshqa iqtisodiy tarmoqlarda bo‟lgani kabi, turizm sohasini rivojlantirishga alohida e‟tibor berilmoqda. Bundan ko‟zlangan asosiy maqsad mamlakatimizga tashrif buYuradigan turistlarga xizmat ko‟rsatish sifatini yanada takomillashtirish va bozor talablariga to‟liq javob beradigan turizm sanoatiga ega mamlakat sifatida dunyo hamjamiyati e‟tiborini jalb etishdir. Respublikamiz turizmida xalqaro iqtisodiy munosabatlar 5 tizimini rivojlantirishning asosini turistik tashkilotlar, joylashtirish vositalari va boshqa faoliyiyat turlarini rivojlantirish tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi turizmni rivojlasntirishda infratuzilmaning ahamiyatini aniqlab, uni takomollashtirish yo‟llarini aniqlashdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun bizlar quyidagi vazifalarni belgilab o‟tdik: Turizm infratuzilmasi rivojlanishining ilmiy nazariy asoslarini aniqlash
Turizm infratuzilmasini tashkil etuvchi omillarni ko‟rib chiqish
O‟zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlanish holatiga baho berish Buxoroda turizm infratuzilmasini tahlil qilib, uni takomillashtirish yo‟llarini topish Malakaviy bitiruv ishning obyekti bo‟lib Turizmning infratuzilmasi hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining tarkibi kirish, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati va ingliz tilidagi annotatsiyadan iborat bo‟lib o‟z ichiga 55 betlik bayon, 5 ta jadval, 1 ta chizma va 12 ta rasmlarni oladi.
1.1. TURIZM INFRATUZILMASI TUSHUNCHASI VA UNI TASHKIL QILUVCHI OMILLAR 6 Bugungi kunda turizm yuqori daromadli va jadal rivojlanayotganligi sababli hududiy iqtisodiyotda ushbó soxaning rivojiga katta axamiyat berilmoqda. Turistik ifratuzilmaning ahvolini izchil o`rganishdan avval, "turistik infratuzilma" tushunchasining ma`nosi, ahamiyati, tarkibi va asosiy elementlarini anglab olishimiz zarur. Mamlakatimizda turistik infratuzilma tushunchasi nisbatan yangi tushuncha emas, ammo kamdan kam adabiyotlarda uning aniq izohi keltirilgan. Buning asosiy sababi, sohada mutahassislarning etarli emasligi bilan bir qatorda, mustaqil O`zbekistonda turizm nisbatan yangi yo`nalish ekanligidir. Turizmning regional infrotuzilmasi tushunchasining to`liq izohi bilan tanishish uchun D. F. Veselixa izlanishlariga murojaat qilamiz: "Turistik infratuzilma - ma`lum bir vaqt va joy oralig‟ida turistning turli tuman istaklarini sifatli tarzda muhayyo etishga qaratilgan, turli moddiy va nomoddiy xususiyatlarga ega bo`lgan ob`ektlar yig‟indisidir" Yuqoridagi izohdan kelib chiqib hududiy turistik ifratuzilma tarkibini quyida keltirilgan chizma yordamida tasvirlash mumkin.
Turizm inratuzilmasi tarkibi. Turizm infratuzilmasi Ishlab chiqarish infratuzilmasi Transport Informatsion-kommunukatsion Kommunal xo'jalik Ecologik tozalash ob'ektlari Хizmat ko'rsatish infratuzilmasi Тuroperator va turagentlar Joylashtirish Ko'ngilochar va dam olish maskanlari Ovqatlanish Savdo sotiq Xavfsizlik
7 Ushbu rasmdan ko`rinib turganidek, turistik infratuzilma o`zaro bog‟liq bo`lgan bir qancha sohalarni qamrab oladi. Turistik infratuzilmaning sifati ushbu bo`limlarning xar biriga bog‟liqligi o`z o`zidan keliá chiqadi. Turizm infratuzilmasi tushunchasi- turistlarning turistlik zaxiralaridan bemalol foydalanishini ta`minlovchi binolar tizimi, muxandislik va kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan yo`llar, turizmning turli xizmat ko`rsatish korxonalari va ularni kerakli darajada ishlatish va ta`minlash tushuniladi. Bu avtomobil va temir yo`llar, yo`l arakatini, havo yo`llarini, dengiz va daryo yo`lari harakatini tartibga soluvchi, issiqlik, elektr va telefon aloqalari bilan ta`minlash va boshqa kommunikatsiya tizimlardir. Ma`lumki, turizm sohasida turistlik resurslari, yani tabiiy-iqlim, tarixiy-madaniy, ma`rifiy, ijtimoiy-maishiy turizm ob`ektlari bo`lgan hududlarda kerakli infratuzilmani yaratish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Yo`l qurilishi sohasini olib ko`raylik. Albatta sayyohlar oddiy yo`lovchilar emas. Yo`llarning ravonligiga qarab ham sayyohlar oqimining oshishi yoki kamayishi mumkin. Yo`llar, bozorlar mamlakatning iqtisodiy va madaniy ahvoli qay darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Turist-avvalo dam oluvchi bo`lib, unga ko`rsatiladigan xizmatlar iste`mol-chisi ekanligini unutmasligimiz lozim. Bular nafaqat avtomobil yo`llari, shuningdek, temir yo`llarga ham taa`luqlidir. Vokzal va poezd relslaridan tortib, uning ichidagi kommunikatsiya va muxandislik tarmoqlarining barchasi - turizm infratuzilmasining tarkibiy bir qismi xolos. Nafaqat avtomobil yoki temir yo`llar, xatto turistlar uchun maxsus ajratilgan yo`llar ham talab darajasida bo`lmog‟i kerak. Mehmonxona va shunga tenglashtirilgan joylardagi kommunikatsiya va muxandislik tarmoqlarida ham muammolar bo`lmasligi turizm sohasining yangi pog‟onalarga ko`tarilishida o`ziga xos o`rinni egallaydi. Bir tasavvur qilib ko`raylik: issiqlik tarmoqi ishlamaydigan, elektr tarmoqi past, kanalizatsiya tarmoqi bo`lmagan yoki ichimlik suvi talab darajada bo`lmagan mehmonxonalarda turistning bo`lishi, bular va boshqalar turizm sohasining rivojlanishidagi kechiktirib bulmas va tezda xal qilinishi zarur bo`lgaí muammolardir. Ayniqsa, olis, tog‟li joylar, yo`l trassalari kabi hududlarda bu muammolarni hal etish katta kapital mablag‟ talab qiladi. hozir respublikamizning avtomobillar qatnaydigan trassalarida shoh bekatlarning ahvoli xorijiy turistlarga xizmat ko`rsatadigan darajada emas. Turist tezda hojatini chiqarib oladigan yoki zarur tibbiy yordam beriladigan ob`ektlarning yo`g‟ligi, achchiq bo`lsa ham aytish kerak: turistlar xojatxonalari-yu boshqa karvonsaroylar qurilishi zamon talabi darajasida emas. Bir vaqtlar Buyuk ipak yo`li o`tgan joylardagi muhim maskanlarda karvonsaroylar bo`lgan. Karvonsaroylar savdo karvonlari uchun hozirgi vaqtlardagi mehmonxonalar xo`jaligi vazifasini o`tagan. Unda karvonlar va savdogarlar tunaydigan xonalardan tortib, ichimlik suvi, ovqatlanish xizmati va boshqa xizmatlar (tabiblar, mashshoqlar, qo`riqchilar) o`z joyiga qo`yilgan. Yurtimiz ko`hna tarix va madaniyatga ega. hozirda kanalizatsiya deb ataluvchi tarmoq bundan uch ming yil
8 avval xizmat ko`rsatganligini isbotlovchi dalillarni arxeologiya sohasi olimlarimiz tadqiqot ishlarida ko`rsatib berishgan. Bu esa kommunikatsiya tarmoqlari, ichimlik suvi (sardobalar) maxsus quvurlar kulolchilik mahsulotlari sopol quvurlar orqali olib kelingan-ligidan daloldatdir. Mana shunday tarixiy, an`anaviy merosimizni yana tiklash, zamonaviy hol atga keltirish ham bugungi kuning dolzarb masalasidir. Hozirgi paytda turizm infratuzilmasida bank va moliyaviy tashkilotlar - xizmatlarning o`rni alohida. Turistlar sayohatda va dam olishda xilma-xil xizmat turlaridan foydalanishni xoxlaydilar. Ya`ni, o`z xohishi bo`yicha biror narsa sotib olishni istashadi. Bunda ular ko`ngil ochish uchun har kuni ko`p miqdorda pul sarflashadi. Pulni ayniqsa, katta miqdordagi pulni ko`tarib yurish, turistlarga noqulaylik va qiyinchiliklar tug‟diradi. Turistlarning katta miqdorda pulni olib yurishi o`g‟rilarni, qaroqchi va tovlamachilarni va har-xil turdagi jinoyatchilarni jinoiy harakat qilishlariga olib keladi. Turizm sohasi tashkil topishi bilanoq, to`g‟rilanishi va tartibga olinishi mumkin bo`lgan xavfsiz pul bilan ta`minlash muammosi paydo bo`ldi. Dastlab Tomas Kuk turizmni tashkil etishdagi ushbu muammoni hal etish bilan shug‟ullangan va turistlik faoliyatni tashkil etishning hamma tomonlarini o`rganib chiqqan. Natijada, u yo`l cheklarini ixtiro qilgan. Bu xavfsiz pul tizimi turizm maqsadida yaratilgan bo`lib, uni butun dunyo banklarida bemalol mahalliy valyutaga almashtirish mumkin bo`lgan. Bir qancha vaqt o`tib, bu tashabbusni Amerikan Ýkspress firmasi o`ziga qabul qildi. Turizm sohasidagi bu ikki gigant sug‟urta moliyaviy xizmatlar bo`yicha etakchi korxonalarga aylandi. Keyinroq, plastik kartalar ixtiro qilindi. Viza, Amex, Diner Klub kabi dunyo miqyosidagi to`lov tizimlari yaratildi. Ushbu to`lov usullarining qo`llanilishi bilan turistlarning o`zlari bilan katta miqdorda pul olib yurishlari cheklandi. Barcha do`konlar, restoranlar va boshqa turistlik markazlarning korxonalari kartalar bo`yicha naqd pulsiz to`lovlar qabul qila boshladilar. Axborot xizmati ham turizm infratuzilmasida turistlarga ham va uning tashkilotchilariga ham juda zarurdir. Turist sayohatga tayyorlanayotganda hamda sayohat vaqtida o`zi boradigan joy haqida o`sha mamlakat yoki boradigan hududning qonun-qoidalari, odatlari, mexmondo`stligi haqidagi qo`shimcha ma`lumotlarga, shuningdek, o`sha joyning xaritasiga, transport magistrallari sxemasiga muqtoj bo`ladi. Sayohat và turistlarning sarguzashtlari haqidagi ma`lumotlar ommabop va maxsus adabiyotlar ko`rinishida chîï etiladi va bu hol at turistlarni sayohat qilishga chorlaydi. Zamonaviy turizmda bo`lajak turistlarga bepul tarqatiladigan axborotlarni rang-barang ko`rinishida chop etishga e`tibor qaratiladi. Turizm sohasi boshqa sohalarga qaraganda 3-5 marta ko`p reklama qiladi. hamma yirik turistlik markazlar turistlar va turizm xizmatlari uchun axborot CD ROM disklarini chop etadi. Turizm infratuzilmasini zamonaviy komp'yuter xizmatisiz tasavvur etish qiyin. Tezkor axborot va so`zlashuv, yangiliklardan xabardorlik turizmning yana bir jihatidir. hozirgi turist internet, faks va boshqa zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishi turizm infratuzilmasini qay
9 darajada ekanligidan yana bir nishonadir. Zamonaviy elektron vositalari, shu jumladan, turistlik xizmatlar turistlik markazlar haqidagi ma`lumotlar joylashgan millionlab saytlarga ega bo`lgan internet tarmoqlari nafaqat sayohat va turistlik agentliklarni tanlash, xattoki, tur sayohatning chiptalari, xizmatlar uchun to`lovlarni ham oldindan tayinlab qo`yish mumkin. Turizm tashkilotchilari axborot xizmatidan keng ko`lamda foydalanadilar. Ular ham turistlik mahsulotni tashkil etayotganida maxsus yo`l ko`rsatkichlarini o`rganadilar. Kolumbs Press nashriyotida har ikki yilda qayta chop etiladigan dunyoga mashhur yo`l ko`rsatkich Vorld Travel Guide da 200 mamlakatning sxemalarini turistlik markazlarning va agentliklarning har xil kataloglari mamlakat va butun dunyo bo`yicha transportning harakat jadvali chop etiladi. Turizm infratuzilmasining boshqa sohalar bilan xizmat qilish aloqasi mavjud, ya‟ni: - turizm infratuzilmasi - rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotiga juda katta foyda keltiruvchi soha bo‟lmoqda; - turizm infratuzilmasi ish imkoniyatlari etarli rivojlanmagan davlatlar uchun ish joylarini yaratish, ishsizlikning o‟sib borishiga katta to‟siq bo‟layotgan sektorga aylanmoqda; - turizm infratuzilmasi davlatlar va mintaqalar o‟rtasida, ekologik va madaniy muloqot orasida vositachilik qilgan xizmat mehmondo‟stlik industriyasidir; - turizm infratuzilmasi o‟z yaratuvchi manbalarini buza oladigan industriya xarakterini o‟zida aks ettira oladi. Bundan asosiy maqsad turizmning tabiiy ijtimoiy zaxiralarini vayron qilish emas, balki bu manbalarning samarali siyosatini rivojlantirishdan iboratdir. Iqtisodiyotda turizm sohasi alohida industriya hisoblanadi. Turizm infratuzilmasida jismoniy mehnat orqali mahsulot ishlab chiqarilmaydi, unda faqat xizmat ko‟rsatiladi. Turizm infratuzilmasi 4 asosiy omillardan tashkil topadi. Bular: transport; mehmonxona; animasiya faoliyatlari (hordiq chiqaruvchi va dam oldiruvchi); turistik tashkilotlar. Transportning turizmdagi ahamiyati. Joy va makon o‟zgartirish, turizmning asosiy xususiyatlaridan biridir. Chunki, sayohat bo‟lmasa turizm haqida so‟z yuritish mumkin emas. Shu sababli, transport joy o‟zgartirish harakatining ro‟yobga chiqishiga imkon yaratib, turizm industriyasining paydo bo‟lishi va rivojlanishida asosiy omil hisoblanadi. XVIII asrdagi industriya inqilobidan keyin transport vositalaridagi jadal rivojlanish zamonaviy turizmning tug‟ilishiga, uzoq masofada joylashgan turistik markazlarning ochilishiga imkon yaratdi. Turizm sohasida transportning ahamiyati quyidagicha guruhlantiriladi: 1. Transport, biror davlatda joylashgan turistik markazlarning qulay ziyorat qilinishiga imkoniyat yaratadi, chunki mazkur mintaqa turistik resurslarga ega bo‟lsa ham ularni osonlikcha ziyorat qilish imkonini beradigan vosita bo‟lmasa, ularni tomosha qilish, ko‟rish va ulardan foydalanish mumkin bo‟lmaydi. SHu sababli, turizm infratuzilmasi rivojlanishi birinchi navbatda transport vositalarining rivojlanishiga bog‟liq. Boshqa tomondan, turizm rivojlanishi transport
10
vositalariga ham ta‟sir ko‟rsatadi. Chunki, turizm infratuzilmasi rivojlangan sari mavjud ehtiyojlarni qondirish uchun transport vositalari ham rivojlanadi. SHu sababli turizm va transport orasida uzviy aloqa mavjud. 2. Transport vositasi tashqi turizmdan mamlakat xazinasiga valyuta olib keluvchi manba hisoblanadi. 3. Transport vositalari rivojlanishi natijasida tezkor jamoat transportiga imkon beradigan vositalarning qo‟llanilishi, vaqti va moliyaviy ahvoli o‟rtacha bo‟lgan insonlarning ham turizm harakatlariga qatnashishini yaratadi. SHunday qilib, transport vositalari rivojlangan sayin turistik harakatlar miqdor va sifat jihatdan yaxshilanadi, natijada o‟rta tabaqada yashovchi xalq uchun ham sayohat qilish imkoniyati yaratiladi. Transport turlari 4 ta guruhda tasniflanadi: temir yo‟l, suv yo‟li, havo yo‟li va avtomobil transportlari. Mehmonxona xo‟jaligining turizm sohasidagi ahamiyati. Turizm infratuzilmasini tashkil qiluvchi vositalardan yana biri mehmonxona xo‟jaligidir. Mehmonxona xo‟jaligi turistlarning vaqtinchalik tunash, ovqatlanish, tomosha qilish va hordiq chiqarish kabi ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi muassasadir. Bu muassasadan foydalangan turistlarning sayohat qilish sabablari, maqsadi, sayohat shakllari va zavqlari juda farqli bo‟lganligi uchun mehmonxona sektorini hosil qiluvchi muassasalar ham bir-biridan farqlidir. Mehmonxona xo‟jaliklari ham o‟z tuzilishiga ko‟ra turlicha bo‟ladi: lyuks mehmonxonalar, o‟rta narxli mehmonxonalar va arzon narxdagi mehmonxonalar: shahar mehmonxonalari, tog‟ mehmonxonalari, sanatoriya mehmonxonalari, sohil mehmonxonalari: yil bo‟yi faoliyat ko‟rsatuvchi va ma‟lum oylarda faoliyat ko‟rsatuvchi mehmonxonalar; tijoriy va ijtimoiy maqsadda qo‟llaniluvchi mehmonxonalar.
Mehmonxona xo‟jaligi va ushbu xo‟jalikni tashkil qiluvchi muassasalarning quyidagi xususiyatlari mavjud: - mehmonxona xo‟jaligida, sarmoyaning 80% dan ortig‟i bino, gilam, mebel va shunga o‟xshash vositalar kabi davomli qo‟llanishga ta‟sis qilingan vositalarga sarflanadi; - mehmonxona xo‟jaliklarida ishlovchi personallar dini, tili, daromadlari, dunyoqarashi, urf- odatlari va millatlari farqli bo‟lgan mijozlarga xizmat qilish majburiyati bo‟lganligi uchun xodimlarning kengroq tushuncha va dunyoqarashga ega bo‟lishi kerak; - mehmonxona xo‟jaliklarida turistlarga ko‟rsatiladigan xizmatlar turli xil bo‟limlarda ko‟rsatiladi. Animasiya faoliyatlarining ko‟rsatilishi uchun biror davlatga turistlarning kelishi uchun faqat sayohat, tunash va ovqatlanish imkoniyatlarining yaratilishi etarli emas. Turist ma‟lum maqsadlar uchun, turistik manbalardan foydalanish va ba‟zi faoliyatlarni o‟z ko‟zi bilan ko‟rish uchun sayohat qiladi. SHu sababli, turistning bu xohishlarini ro‟yobga chiqarishga imkon beradigan imkoniyatlarni tayyorlash kerak. Bu imkoniyat, turistik mahsulotga ba‟zi tuzatishlarni kiritish va
11
tomosha qilinuvchi muhitning tayyorlanishi bilan yaratiladi. Tomosha va jonlantiruvchi muhit bir tomondan xush vaqt o‟tkazishga, boshqa tomondan korxonaga qo‟shimcha daromad yaratishga imkon beradi, turistik joyda va korxonada bir zavqlilik yaratadi. Animasiyaning bir qancha shakli quyida keltirilgan: - ijtimoiy omillar. Bular tartibli yoki shaxsiy turistik dasturlarning tuzatilish sur‟ati bilan turistlar o‟rtasida fikr almashuvini qulaylashtiruvchi faoliyatlardir (xush kelibsiz banketi, raqslar, kokteyl banketi, rasmiy bayramlar va h.k.); - harakat xususiyatini tashkil etuvchi omillar. Bular turistlarga jismoniy faoliyatlar, sport va shunga o‟xshash o‟yinlarni ko‟rsatuvchi omillar; - madaniy va maroqli dam olishni tashkil etuvchi omillar. Bular, turistlarning bilim olish, dam olish va shunga o‟xshash turli ehtiyojlarini qondirgan, turistning ba‟zi faoliyatlarda ishtirok qilishini tashkil etgan omillar. Turizm markazi yoki biror turistik muassasalar mijozlarning ehtiyojlariga uyg‟un shaklda Yuqorida keltirilgan animasiya faoliyatlaridan hosil bo‟lgani kabi turli dasturlarni turistlarga taqdim qila olishi va bu faoliyatlarni ta‟sirchan bir shaklda turistlarga etkazishlari kerak. SHunday qilib, bu faoliyat turizm industriyasining asosiy omili bo‟lgan tashkilot tuzilmasini hosil qiladi. Turistik tashkilotlar. Turistik tashkilotlar turistlarga sayohat qilish, tomosha qilish va shunga o‟xshash faoliyatlar haqida ma‟lumot beruvchi, tavsiya beruvchi va turli mavzular bo‟yicha yordam ko‟rsatuvchi muassasadir. Turistik tashkilotlar 4 ta guruhda to‟planadi:
turizmning moliyaviy tashkilotlari; sayohat agentliklari; turoperatorlar; turizmda davlat tashkilotlari. 1. Turizmda moliyaviy tashkilotlar turistik korxonalarga zarur bo‟lgan sarmoyani ta‟minlab beruvchi tashkilotdir. Bunga misol qilib turistik banklarni olish mumkin. 2. Sayohat agentliklari xaridor bilan turistik mahsulot va xizmatlarning egalari o‟rtasida vositachi rolini o‟ynagan, sotilgan mahsulotdan ma‟lum bir foizni oluvchi tijoriy tashkilotdir. Sayohat agentliklari turizm talabi va taklifi o‟rtasidagi tijoriy hayotda tijoratchi rolini o‟ynaydi. Tijoriy hayotning rivojlanishi, tijorat vositalarining ahamiyatini oshirganidek, turizm sohasida ham 1950 yildan beri kuzatilayotgan katta bir rivojlanish sayohat agentliklarining ham ahamiyatini oshirmoqda. Bu erda ba‟zi statistik ma‟lumotlarning berilishi ushbu jihatni izohlaydi.
Tashqi turistlarning 50 % i chipta olish, ovqat kuponlarini to‟g‟irlash, xonani bron qildirish uchun sayohat agentliklariga murojaat qilmoqdalar. Xalqaro turizmdagi ish hajmining 75 % i sayohat agentliklari tomonidan ro‟yobga chiqarilmoqda. Sayohat agentliklarining turizmdagi ahamiyati quyidagi sabablar tufayli hosil bo‟lmoqda: - til muammolari. Ziyorat qilinadigan davlatning tilini bilmaslik turistlarni sayohat agentliklariga murojaat qilishga majbur qiladi; - moliyaviy ahvoli va vaqtlari chegarali bo‟lgan turistlar ijobiy bir narx orqali sayohat dasturini ro‟yobga chiqargan agentliklar bilan aloqada bo‟lishlari;
12
- davomli ishlash, insonlarning tomosha va sayohat dasturlarini tayyorlashga imkon bermaydi. Sayohat agentliklarining vazifalari quyidagilar: ma‟lumot berish ishi (informasiya); valyuta, pasport, viza va mashinani ijaraga olish vazifalari; kelgan turistlarga kirish eshiklarida va bojxona nazoratida yordamchi bo‟lish; guruhli va shaxsiy sayohatlarni tashkillashtirish; turoperatorlar tomonidan tashkillashtirilgan pekij - turlarni sotish. Sayohat agentliklari 2 xildagi vazifani bajaradi; - mamlakat ichiga yo‟naltirilgan ishlar. Tashqaridan kelgan guruh va kishilarning sayohatlarini tashkil qilish: mehmonxona, oshxona, vositachi va rahbar topish, qilinadigan chiqimlarni oldindan hisoblash ushbu servis bo‟limining vazifalaridir; - tashqariga yo‟naltirilgan ishlar. Mamlakat ichida va tashqarisida sayohat qiladigan shaxs va guruhlarni sayohat qiladigan erlarga oid transport vositalarining biletlari, mehmonxonalarning kuponlari bilan ta‟minlash, ziyoratlarni tashkil etish bu servisning vazifalaridir. 3. Turoperatorlar sayohat agentligining huquqiy maqomiga ega bo‟lib qurilgan tashkilotdir. Sayohatga chiqishdan boshlab orqaga qaytgunga qadar sayohat, tunash, ovqatlanish, hordiq chiqarish, rahbarlik xizmatlari, yolg‟iz va arzon bir narx orqali «pekij - tur» tayyorlagan va bu turlarni to‟g‟ridan-to‟g‟ri yoki sayohat agentliklari vositachiligi yordamida sotuvchi tashkilotdir. Turoperatorlarning jamoat turizmi rivojlanishida, turizmning bir mojaro bo‟lishdan qutqarilishida, sayohat muddati bo‟yicha pul masalasining bo‟lishida katta rol o‟ynaydi. Turoperator yaratgan imkoniyatlar va bu tizimni majbur qilgan sabablar quyidagicha berilgan: - turistik harakatlarning borgan sari ommaviy xususiyat qozonishi; - “Pekij – tur” xususiyati bilan tanishish; - turistik mahsulot hamda xizmatlarni qisman va ma‟lum darajada standartlashtirish; - o‟rta tabaqa vakillarining turizmga qatnashish qoidalariga javob beradigan tannarx tasarrufi; - turistik mahsulotning oldindan sotib olib, ishlab chiqaruvchilarga qisman davomli va kafolatli xaridor topish; - mahsulot paketini va paketda o‟rin olgan ba‟zi qo‟shimcha mahsulot va xizmatlarning sotish davriga kirishining yaratilishi; - turistik mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarga xalqaro turizmning yangi ehtiyoj va takliflari haqida ma‟lumot transferlari yaratilib, ishlab chiqarish siyosatlarining yo‟naltirilishi; - axborot tizimlarining rivojlanishi; - xorijiy til, ma‟lumot va sog‟liq kabi ba‟zi andishalar bilan turizmga qatnashishda tortuvchanlik ko‟rsatilganlarning turizm harakatlariga qatnasha olishi; - turizm xizmatlarini sotib olishga yo‟nalgan kishilarning muqobil yo‟llari ko‟pligidan turizmda qatnashishda qaror qabul qilish uchun jalb qilinishlari; - iste‟molchilarning transport, tunash, tomosha qilish joylarining narxlari haqidagi ma‟lumotlarning chegaraliligi. 13
4. Turizmda davlat tashkilotlari. Turizmda davlat tashkilotlari, davlat yoki boshqa hukumat idoralari tomonidan qurilgan va boshqaruvchi hukumat idoralariga bo‟ysunuvchi tashkilotlardir. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling