I-bob. Turizm infratuzilmasiining ijtimoiy-nazariy asoslari


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana29.11.2020
Hajmi1.33 Mb.
#155614
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekistonda turizm infratuzilmasini takomillashtirish


 

 

 

1.2. 

IQTISODIYOTDA TURIZM INFRATUZILMASINING SHAKLLANISH 

OMILLARI VA SABABLARI 

 

Bozor iqtisodiyotining shakllanish jarayoni ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarda ma‟lum bir darajada 

o‟zgarishlar sodir bo‟lishini taqozo etib, sifat ko‟rsatkichlarida o‟z aksini topadi. Mamlakatda sodir 

bo‟layotgan  o‟zgarishlar  eng  avvalo  iqtisodiy  islohotlarning  izchillik  bilan  amalga  oshirilishi 

natijasida  ko‟zga  tashlanib  bormoqda.  Ayniqsa,  iqtisodiyotning  muhim  tarmog‟i  hisoblangan 

noishlab  chiqarish  sohalari  Respublika  iqtisodiyotining  rivojlanishida,  aholini  ish  bilan 

ta‟minlashda,  ularning  moddiy  farovonligini  oshirishda  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Aynan 

shuning  uchun  ham  noishlab  chiqarish  sohalari  faoliyatini  zamon  talablari  asosida  tashkil  etish 

maqsadida  moddiy,  mehnat  va  moliyaviy  resurslar  ajratilib,  uning  rivojlanishi  uchun  zarur  chora-

tadbirlar belgilanmoqda. 

  Agar  rivojlangan  mamlakatlarning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishi  samaradorligiga  e‟tiborni 

qaratadigan  bo‟lsak,  keyingi  yillarda  noishlab  chiqarish  sohalarining  ijtimoiy  mehnat  taqsimotida 

yirik tarmoqqa aylanib borayotganligining guvohi bo‟lamiz. 90- yillarning ikkinchi yarmidan ba‟zi 

mamlakatlarda  ishga  yaroqli  umumiy  aholining  o‟rtacha  71  %  dan  ortig‟i  noishlab  chiqarish 

sohalarida faol ishtirok etmoqda va shu orqali mamlakat iqtisodiyoti va aholi turmush farovonligiga 

sezilarli darajada ta‟sir ko‟rsatmoqda. 

  Insonning  qobiliyatini  saqlash  va  rivojlanishi  uchun  qaratilgan  ijtimoiy  strategiyaning 

muhim  pallalaridan  biri  bo‟lgan  turizm  infratuzilmasining  sezilarli  darajada  faoliyat  ko‟rsatishi 

uchun  etarli  shart-sharoitlar  va  imkoniyatlar  mavjud.  Xizmat  ko‟rsatishning  asosiy  elementlari  va 

omillarini  uchburchak  shaklida  ifodalashimiz  va  quyidagi  nuqtalarda  tasvirlanganidek  turizm 

tarmog‟i ichki-maishiy xizmat ko‟rsatishi mumkin (2-rasml). 

                              

    

        Mehmonxona 



                                                              

                          

         

           Transport                                                    Iste‟mol, hordiq  chiqarish 

 

2-rasm. 


 

14 


Turizm uchligi 

 

 Hozirgi  kunda  fan-texnika  taraqqiyoti  insonlarning  jismoniy  charchashini  kamaytirib,  asab 



tarangligini  kuchaytiryapti.  Bu  esa  o‟z  navbatida  insonlarning  ko‟ngilli  hordiq  chiqarishlarini  va 

dam  olishlarini  yaxshi  tashkil  etishni  taqozo  etadi.  SHuni  hisobga  olib,  turizm  bo‟yicha  Gaaga 

deklarasiyasida  «dam  olish,  bo‟sh  vaqt  va  muntazam  berib  boriladigan,  to‟lanadigan  ta‟til, 

shuningdek,  bu  vaqtni  dam  olish  uchun  sarflash,  ta‟lim  olish  va  o‟yin-kulgi  bilan  o‟tkazish 

maqsadida  erkin  yurish,  ichki  va  xalqaro  turizmdan  olinadigan  ne‟matlardan  foydalanish»  (52) 

huquqini  belgilab  qo‟yishi,  eng  zarur  bo‟lgan  talablardan  biridir.  CHunki  turizm  rang-barang 

taassurotlardan hosil bo‟lgan fikrni yanada boyitib, insonlarning ruhiy holatiga ijobiy ta‟sir etadi va 

keyingi  mehnat  faoliyatlarida  faol  ishtirok  etish uchun  zamin  yaratadi.  Insonlarning  shaxs  sifatida 

kamol topishida turizm infratuzilmasining ham roli va ahamiyati muqarrardir. Ularning intellektual 

madaniyatini  atrof-muxit,  safardan  olgan  taassurotlari  asosida  oshirishga  va  shu  orqali  kishini 

ijtimoiy madaniyatini ham qanday darajada bo‟lishini ko‟rsatib bermoqda. Rivojlangan mamlakatlar 

oilalari  byudjetining  salmoqli  hissasi  turizm  sohasi  uchun  sarflanayotgani  buning  yorqin  dalili 

bo‟ladi. 

Yuqoridagi fikrlardan va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida turizmning tutgan o‟rnini 

hisobga  olib,  u  davlatning  ijtimoiy  hayotida  muhim    rol  o‟ynashi,  insonlarning  bo‟sh  vaqtlarini 

samarali o‟tkazishi, olamni bilishi, davlatlar bilan davlatlar o‟rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, ma‟naviy 

aloqalarni kuchaytirishi, jahon xo‟jaligida eng foydali tarmoqlardan biriga aylanishi mumkin degan 

xulosani  qilishimiz  mumkin.  Haqiqatan  ham  turizm,  jumladan  xalqaro  turizm  orqali  mamlakat 

ravnaqida juda katta ishlarni amalga oshirish mumkin. 

Dunyo  miqyosida  turistik  aloqalarning  paydo  bo‟lishi  va  shakllanish  omillari  har  xil  bo‟lib, 

ularning  asosiylari  quyidagilardan  iborat.  Turizm  sohasi  uchun  birinchi  omil  kadrlarning  bilim  va 

tajriba  salohiyati  hisoblanadi  (ishchi  mutaxassis  bo‟lishi  mumkin,  lekin  maxsus  bilim  va  tajriba 

bo‟lmasa, turizmda ish ketmaydi). Turmahsulotning soni  va sifati, turistik rekreasion resurslariga, 

iqlim  sharoitlariga,  tarixiy  va  arxeologik  hamda  arxitektura  joylarining  sifat  ko‟rsatkichlariga, 

milliy o‟yinlarning, bayramlarning va milliy tovarlarning soni va sifatiga, milliy taomlarning dunyo 

andozalariga javob berishiga, transport sifatiga va soniga qarab yo‟nalishlar shakllanadi. 

Turistik  aloqalarni  shakllantirish  asosiy  omillarining  umumlashtirilgan  shakli  quyidagi 

guruhlar  hisoblanadi:  turistlarni  qabul  qiluvchi  transportlar,  mehmonxona  va  restorandagi  joylar, 

kadrlarning soni va sifat-standartlari, ko‟rsatiladigan turmahsulotlar soni va sifati, turmahsulotlarni 

reklama  qilish  soni  va  sifati.  Turizmda  xalqaro  hamkorliklarni  rivojlantirishning  ijtimoiy  va 

iqtisodiy o‟sishiga quyidagi omillar ta‟sir qiladi: 

 Siyosiy omillar - davlatlar o‟rtasidagi munosabatlar, shartnomalar, mahsulot va turist almashish 

va davlatdagi barqarorlik. 


 

15 


Iqtisodiy  omillar  -  turistik  tashkilotlar,  infratuzilmaning  sifati,  iqtisodiy  engilliklar,  moliyaviy 

investisiyalar, bank ssudalari. 



Tabiiy  omillar  -  tarixiy  va  arxeologik  inshootlar,  daryo,  dengiz  va  ko‟llar,  er  osti  davolovchi 

suvlari, tog‟lardagi chiroyli manzaralar. 



  Ilmiy-texnik  omillar  -  zamonaviy  xizmat  ko‟rsatish  yo‟llari  va  usullari,  yangicha  texnika  va 

texnologiyalar,  ilmiy  tajribalar,  yangi  turistik  menejment,  marketing  bilimlari,  turistlarga  maxsus  

qo‟llanmalarning mavjudligi va h.k. 

 

1.3.TURIZM INFRATUZILMASIDAGI MEHMONXONALAR TASNIFI 

 

            Mehmonxona xizmatlarining  sifatini  boshqarish  masalalarini  hal  qilishda  mehmonxona 

korxonalarini  shinamlik  darajasiga  qarab  tasniflash  katta  rol  o‟ynaydi.  Shinamlik  darajasi  - 

kompleks mezon bo‟lib, u quyidagilardan tarkib topadi: 

  nomerlar fondining holati: nomerlar maydoni (m



2

), bir o‟rinli (bir xonali), ko‟p xonali nomerlar, 

apartament nomerlarning ulushi, kommunal qulayliklarning mavjudligi va hokazo; 

  mebel, inventar, sanitariya-gigiena ashyolari va h.k.ning holati; 



  ovqatlanish      korxonalari:      restoranlar,      qahvaxonalar,      barlar      va  h.k.ning  mavjudligi  va 

holati; 

 



binoning,  unga  keladigan  yo‟llarning  holati,  mehmonxonaga  yondosh  hududning 

obodonlashtirilganligi; 

 

axborot  bilan  ta‟minlash  va  texnik  jihozlash,  shu  jumladan  telefon,  yo‟ldosh  aloqasi, 



televizorlar, muzlatkichlar, mini-barlar, mini-seyflar va h.k.ning mavjudligi; 

  ayrim qo‟shimcha bepul va pullik xizmatlar ko‟rsatish imkoniyatining mavjudligi. 



Sanab  o‟tilgan  mezonlar  hozirgi  kunda  dunyoda  mavjud  bo‟lgan  barcha  mehmonxonalarni 

tasniflash  tizimlarida  qo‟llaniladi.  Bundan  tashqari,  xodimlarga  va  ularning  tayyorgarligi: 

ma‟lumoti, malakasi, yoshi, soғligi, chet tillarni bilishi, tashqi ko‟rinishiga ham bir qancha talablar 

qo‟yiladi. 

Hozirda jahonda ma‟lum 30 dan ortiq, tasniflash tizimlari zamirida shinamlik darajasi yotadi. 

Ular orasida quyidagi tasniflash tizimlari ayniqsa keng tarqalgan: 

  Evropa  tasniflash    tizimi  yoki  «yulduzlar»    tizimi»    Franstiya  milliy  tasniflash  tizimi  asosida 



tuzilgan.  Uning  zamirida  mehmonxonalarni  1  dan  5  yulduzgacha  bo‟lgan  toifalarga  ajratish 

yotadi,  Bunday  tizim  Franstiya,  Avstraliya,  Vengriya,  Misr,  Rossiyada,  O‟zbekistonda  va 

boshqa bir qancha mamlakatlarda qo‟llanadi; 

  harflar tizimi (A, V, S, D). Grestiyada qo‟llanadi; 



 

«tojlar» tizimi. Buyuk Britaniyada amal qiladi; 



  hind tizimi. 



 

16 


Rivojlanayotgan mamlakatlarda mehmonxonalarni  tasniflashning  hind  tizimi    ayniqsa  keng  

tarqalgan.   Bu  tizim   ham   mehmonxonalarni   besh toifaga: «bir yulduzli», «ikki yulduzli», «uch 

yulduzli», «to‟rt yulduzli», «besh yulduzli» toifalarga ajratishni nazarda tutadi. Bu toifalarni maxsus 

komissiya  ballar  bo‟yicha  baholash  asosida  belgilaydi.  Ma‟lum  toifa  mehmonxonalariga  tizim 

tomonidan  qo‟yilgan  talablar  ballarda  baholanadi.  Bunda  har  bir  band  bo‟yicha  mumkin  bo‟lgan 

maksimal baho belgilanadi. Komissiya o‟z ixtiyoriga ko‟ra tasniflash talablarida nazarda tutilmagan 

har qanday qo‟shimcha xizmatlar uchun 15 ballgacha baho qo‟yishi mumkin. Muayyan toifani olish 

uchun  mehmonxona  ayni  toifa  uchun  belgilangan  ballarning  minimal  miqdorini  to‟plashi  lozim. 

Bunda  har  bir  band  bo‟yicha  to‟plangan  ballar  miqdori  maksimal  bahoning  50%  dan  kam 

bo‟lmasligi  kerak.  Ammo  oxirgi  shart  alohida  hollarda  komissiya  tomonidan  bir  yoki  ikki  band 

uchun  majburiy  emas  deb  topilishi  mumkin,  basharti  mehmonxona  bungacha  ballarning  zarur 

minimal  miqdorini  to‟plagan  bo‟lsa.  Mehmonxonalarni  tasniflashning  hind  tizimi  umumiy 

ovqatlanish korxonasini «restoran» toifasiga kiritish uchun zarur talablarning alohida ro‟yxatini o‟z 

ichiga oladi. Bu toifaga mansub deb topishlari uchun umumiy ovqatlanish korxonasi ham ballarning 

minimal  miqdorini  hamda  har  bir  band  bo‟yicha  ballar  maksimal  miqdorining  kamida  50%  ni 

to‟plashi lozim. 

 

Butun  dunyo  turistik  tashkiloti  ekspertlari  tomonidan  ishlab  chiqilgan  joylashish  vositalari 



standart  klassifikatori  bo‟yicha,  barcha  joylashish  vositalari  kollektiv  (jamoaviy)  va  individual 

qismlarga bo‟linadi.  

 

Jamoaviy  joylashish  vositalari  mehmonxona  tipidagi  va  maxsuslashtirilgan  korxonalarga 

bo‟linadi. 

 

Jamoaviy 



(kollektiv) 

joylashish 

vositasi 

bo‟lgan 


mehmonxona 

tipidagilarga: 

mehmonxonalar;  motellar;  yashash  mumkin  bo‟lgan  klublar;  pansionatlar;  mebellashtirilgan 

xonalar; yotoqxonalar kiradi. 

 

Maxsuslashtirilgan  joylashish  vositalariga:  sanatoriyalar,  profilaktoriyalar,  dam  olish 

uylari,  turistik  qo‟noqlar  va  to‟xtash  joyi,  turistik  sport  bazalari,  dam  olish  bazalari,  ovchilar 

(baliqchilar) uylari, kongress markazlari, kempinglar, botellar, flotellar, rotellar kiradi. 

 

Shaxsiy__mehmonxon__a__(kechki'>Individual_joylashish_vositasiga'>Individual  joylashish  vositasiga  ijaraga  beriladigan  kvartiralar,  kvartiralardagi  xonalar, 

uylar, kottedjlar va boshqalar kiradi. 

 

1-jadval da yuqorida keltirilgan joylashish vositalarining klassifikator sxemasi keltirilgan. 



 

Ushbu sxemadan ko‟rinib turibdiki, mehmonxona korxonalari joylashish vositasining asosiy 

turi hisoblanadi  va ular turistik  kompleks xizmat ko‟rsatishda o‟zining turliligi  bilan har xil tipda 

bo‟ladi. 

Mehmonxonalarning  umumiy  klassifikastiyasi  1-rasmda  keltirilgan.  Mehmonxonalarning 

tipi  bo‟yicha  tavsiflanishi  X.I.Axmedov,  A.A.Allaberganov  tomonidan  tuzilgan  jadvalda, 

o‟zgartirilgan holda keltirildi. 


 

17 


 

“Lyuks”  oteli  –  yuqori  darajali  mebellar  bilan,  yaxshi  jihozlangan  jamoaviy  xonalar  va 

nomerlar soniga nisbatan xizmatchilar sonining ko‟pligi bilan tavsiflanadi. 

 

“Lyuks”  otellarida  nomerlar  soni  ham  ularning  darajasini  belgilaydi.  Ularning  atalishida 



ham, ichki jihozlanishi, tuzilishi va xizmat ko‟rsatish turlarining bo‟lishligidan kelib chiqadi.  

 

O‟rtacha  darajada  otel  bo‟lsa,  uning  keng  tabaqali  iste‟molchilarga  mo‟ljallangan  bo‟lib, 



yashashning  o‟rtacha  narx  belgilangan  bo‟ladi.  Xuddi  shuningdek,  iqtisodchilar  sinfi  uchun  otel, 

ya‟ni  nomerlar  soni  kamroq  (10  dan  150  gacha)  bo‟lib,  ishbilarmonlarning  samarali  ishlashlari, 

yaxshi xordiq  


 

18 


1-jadval 

Mehmonxonalarning tipi bo’yicha tavsiflanishi 

Tipi 

Raz

meri 

Joylashg

an joyi 

Xizmat 

ko’rsatish 

Bah

osi 

Iste’mol

chi 

Sharo

iti  

Boshq

aruvi 









Otel-

lyuks 

Katta 


bo‟lmaga

o‟rtacha 



100-400 

nomerda 


Katta 

shaharda 

kuchli 

iqtisodi bilan 



Yuqori 

sifat  yaxshi 

o‟rnatilgan 

personal 

Nom

er  bahosi 



juda 

yuqori, 


barcha 

xizmatlar 

turi 

mavjud 


Korporas

tiya 


rahbarlari, 

professionall

ar, 

kichik 


konferenstiya

lar 


yuqori 

darajada 

Elitar 

xonalardag



i  qimmatli 

jihozlash, 

bezash 

Boshqaru__v__kompaniy__asi__Apartament__-__mehmonxon__a'>Boshqaru__v__kompaniy__asi__Mehmo__nxona__(o’rtacha__klass)'>Boshqaru



kompaniy

asi 

Mehmo

nxona 

(o’rtacha 

klass) 

Katta 


400-

2000 


nomer 

Shaharda


katta 


shaharlar 

markazi 


Xizmatl

arni 


katta 

tanlovi, 

barcha 

xizmat 


uchun 

xodimlarnin

g borligi 

Umumiy 


baho, 

o‟rtachad

an 

yuqori, 


barcha 

qulaylikl

ar 

Tadbirko


rlar  shaxslar 

konferenstiya 

a‟zolari 

va 


h.k. 

Qimm


atli  mebel 

va 


jihozlar, 

katta 


foyda 

restoranlar 



Boshqaru



kompaniy

asi 

Apartament 



mehmonxon

Katta 


bo‟lmaga

o‟rtacha 



razmerda 

100-400 


nomer 

Aholisi 


doimiy 

bo‟lmagan 

katta 

shaharda 



O‟rtacha 

daraja, 


vaqitnchalik 

yashash 


uchun 

qo‟llaniladi 

Joyla

shish 


muddati 

bo‟yicha 

bahosi 

Kommer


santlar 

va 


oilaviy 

turistlar, 

vaqtincha 

yashovchilar 

To‟la 

mebellash-



tirilgan 

xonalar 


Boshqaru



kompaniy

asi 

Motel 

O‟rta


cha 

razmerda


150-


400 

nomer 


Shaharda

tashqari, 



magistral 

bo‟yida, katta 

shaharlarga 

kirishda 

O‟rtacha 

darajadagi 

kichik 

personal 



soni 

O‟rta


cha 

Mehmon


xonadek, 

lekin 


avto 

turizm 


bo‟yicha 

Mehm


on-

xonalardek

uichik 


foydali 

oshxonali, 

kafeteriyli 

Boshq

aruv 

kompaniy

asi, 

franstizli 

yoki 

xo’jayinli 

Iqtisodiy 

sinfdagi 

mehmonxon

Kich


ik 

razmerla


rda 

10-


150 

nomerga


cha 

Qishloq 


joylarda  yoki 

shahar 


chetida, 

magistralga 

yaqin 

Xodimla


soni, 


darajasi 

chegaralang

an 

Katt


a  emas, 

klientlar

ga 

qiziqarli 



Avto 

turistlarning 

kechasini 

o‟tkazish 

uchun 

Foyda


si 

va 


ovqatlanis

bloki 



yo‟q, 

oddiy 


va 

tez  xizmat 

ko‟rsatish 

Indivi

dual  yoki 

fanchez 

Shaxsiy 

mehmonxon



(kechki 

yotoq 

va 

tushlik) 

Katta 


emas  10-

150 


nomerli 

Shahar 


cheti,  qishloq 

joyi 


Kontane

ntal  tushlik 

va 

ertagi 


engil 

uy 


obstanovkad

agi 


O‟rta

cha 


darajada, 

o‟z 


ichiga 

gazak  va 

tushlik 

Kommer


santlar, 

marshrutli 

turistlar 

Qulaylik, 

ko‟klamzo

rli 


Shaxs

iy 

mehmonx

ona 

tarmog’id

agi 

Oromgo



mehmonxon

asi 

100-


500 

nomerli, 

farq 

bo‟lishi 



Izolyasti

yalangan, 

tog‟lar, 

okeanlar, 

ko‟llar 

va 


To‟la 

xizmat 


turlari, oddiy 

mehmonxon

adan 

O‟rta


cha 

bahodan 


yuqori, 

komplek


Yakka 

yoki 


oila 

bilan, 


guruhda 

simpozium, 

Katta 

miqdorda, 



sport 

qurilmalari

katta 


Erkin 

prof, 

boshqaru

v organi 

 

19 


ham 

mumkin 


h.k. oldida 

kattaroq 

baho 


ham 

bo‟lishi 

mumkin 

kogress 


va 

h.k. 


foye, 

qimmatli 

restoranlar

,  nomerlar 

appartame

nt tipida 



Kondom

inimum 

mehmonxon



(taymsher) 

50-


250 

nomerli, 

4-5 

alohida 


nomerlar 

ham 


bo‟lishi 

mumkin 


Katta 

tashkilot 

harbiy  baza, 

kollej  va  PK 

bo‟linmas  bir 

qismi 


O‟z-

o‟ziga 


xizmat 

ko‟rsatish 

chegaralang

an 


Kom

pleks 


bahosida 

ovqati 


ham 

kiradi, 


oldindan 

pul 


to‟lovi 

Katta 


spektrda 

Xarakt


eri 

bo‟yicha 

komfor-

tabelli 


kvartalga 

yaqin 


Feder

alli 

hokimiyat

,  mahalliy 

hokimiyat



prof. 

boshqaru



kompaniy

asi 

Tashkilo

tga  qarashli 

uy xo’jaligi 

Katt

a, 

nomerla

rga 

bo’llash 

yo’q 

Katta 

tashkilot, 

harbiy  baza, 

kollej va h.k. 

bo’linmas 

qismi 

Chegar

alangan o’z-

o’ziga 

xizmat 

ko’rsatish 

Kom

pleks 

bahosid



ovqatlan

ish 

kritiladi, 

to’lovi 

oldinda



Keng 

spektrda 

Tradi

stionga 

yaqin, 

komforta

belli 

kvartalda 

Federalli, 

mahalliy 

hokimiyat



prof. 

boshqaru



kompaniy

asi 

 


 

20 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Rasm 3. Joylashish vositalarining Butundunyo turistik tashkiloti ekspertlari tomonidan 



ishlangan standart klassifikatori 

 

 

 

 

Joylashish vositalari 

Jamoaviy (kollektiv) 

Individual  

Mehmonxona tipida 

Maxsuslashgan  

Mehmonxonalar; 

Motellar; 

Yashash 

mumkin 


bo‟lgan klublar; 

Pansionatlar; 

Mebellashgan 

xonalar; 

Yotoqxonalar  

Sanatoriylar; 

Profilaktoriylar; 

Dam olish uylari; 

Turistik 

қo‟noқlar, 

to‟xtash 

joylari 


va 

boshqalar; 

Turistik 

sport 


byurosi, 

dam 


olish 

bazasi; 


Ovchilar 

(baliqchilar) uylari; 

Kongress markazi; 

Kempinglar; 

Botellar; 

Flotellar; 

Rotellar  

Ijaraga beriladigan: 

Kvartiralar; 

Kvartiradagi 

xonalar; 

Uylar; 


Kottedjlar  

 

21 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling