I-bob. Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar Tuxum va tvorog xaqida ma’lumot
Suyukliklar (suv, yo va b.) bilan ishlaganda
Download 117 Kb.
|
Tuxum va tvorogdan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pazandachilikda rioya qilinadigan saniatriya-gigiyena qoidalari
- 2.2. Tuxum va tvorog taomlari sifatiga qo’yiladigan talab va ularni saqlash muddatlari.
Suyukliklar (suv, yo va b.) bilan ishlaganda.
Kaynayotgan suyuklik idish chekasidan to’kilib ketmasligini nazorat kilish. Suyuklik juda kuchli kaynab kesa, olovni pasaytirish. Issik jixozlarni maxsus asbob yoki sochik bilan ushlash kerak. Suyuklik kaynab turgan idishlar kopkoini o’ziga karatib ochish kerak. Tovadagi kizdirilgan yo maxsulotlarni oz-ozdan, asta-sekin tovaning bir chetidan solish kerak. Pazandachilikda rioya qilinadigan saniatriya-gigiyena qoidalari: Ovqat pishirishda maxsus kiyimlar: oq xalat va oq qalpoq kiyish yoki oq ro’mol o’rab olish; Ovqatni tayyorlashga kirishishdan oldin qo’llarni sovun bilan yuvish, tirnoqlarni olingan bo’lishi; Ovqat tayyorlashda iloji boricha yangi sifatli mahsulotlardan foydalanish; Go’shtga, baliqqa hamda sabzavotlarga birinchi ishlov berishda maxsus bo’laklash taxtachalari va pichoqlardan foydalanish; Ish o’rnini tez-tez tozalash va har doim ozoda saqlashga harakat qilish. 2.2. Tuxum va tvorog taomlari sifatiga qo’yiladigan talab va ularni saqlash muddatlari. Yumshoq pishirilgan tuxum oqi chala pishgan, sarig‘i suyuq bо‘lishi kerak. «Xaltacha» usulida pishirilgav tuxumning oqi yuza tomoni quyuq, qolgani oz sezilarli quyuqlikda, sarig‘i ham oz sezilarli quyuqlikda bо‘ladi. Agar pо‘chog‘i tozalangan tuxum bosib kо‘rilsa bir oz eziluvchi bо‘ladi. Tula pishirilgan tuxumning oqi va sarig‘I quyuq holda bо‘ladi. Pishgan tuxum yuzida ifloslangan joylari bо‘lmasligi lozim. Sarig‘i qotirilmay qovurilgan tuxum о‘z shaklini saqlagan, sarig‘i yoyilib ketmagan, yarim suyuq holda,ost qismida ifloslangan joylari yо‘q bо‘lishi kerak. Agar qovurilgan tuxum garnir bilan tayyorlansa garnir mahsuloti yumshoq qovurilgan, bir xil shaklda tо‘g‘ralgan bо‘lishi kerak. Qovurilgan quymoq gо‘mma shaklida, rangi och sar-g‘ishdan to och qо‘ng‘ir ranggacha qobiqda bо‘ladi. Aralash quymoqdagi mahsulotlar mayda tо‘g‘ralgan -va bir xil tarqalgan bо‘lishi kerak. Qiyma tiqilgan quymoqlar garniri suvli, yumshoq, sardak aralashtirilgan bо‘ladi. Yopilgan quymoqlar yuzida qizg‘ish qobiq bо‘ladi. Drachena quyuq, yaxshi yopilgan, tuzi meyorida, yuzi kuymagan bо‘lishi kerak. Tuxum taomlari hidi va ma-zasi yangi tuxumga xos va qо‘shilgan mahsulotlariga moyil bо‘ladi. Tuxum taomlari saqlanmaydi, tayyorlangan zahoti ' tarqatiladi. Quymoq, tuxum bо‘tqasi, sarig‘i qotirilmay qovurilgan tuxum, drachena, yumshoq pishirilgan tuxum, iste’molchi talabiga muvofiq tayyorlanadi va tayyor bо‘lgan zahoti tarqatiladi. Tula pishirilgan tuxum sovuq*suvda chayilgach pо‘chog‘i quruq holda, «xaltacha» usulida pishirilgan tuxum tuzli suvda saqlana-di. Tuxumdan tayyorlangan sovuq mahsulotlar 0—6°G li haroratda saqlanadi. Pishirishga tayyor tvorogli chuchvara mahsuloti yarim oy shaklida bо‘lib, chetlari yaxshi yopishtirilgan, о‘zaro bir-biri bilan yopishib qolmagan, о‘z shaklini saqla-gan bо‘lishi kerak. Xamirining qalinligi 2—3 mm dan oshmasligi lozim. Bir dona chuchvaraning xom holdagi о‘rtacha vazni 12—14 g. yoki pishgan holda 20—25 g. bо‘ladi. Pishirilgan chuchvaralar о‘z shaklini saqlab, bir xil yumshoqlikda bо‘lishi kerak. Pishirilgan chuchvara rangi oq sarg‘ish izli kо‘rinishda* yuzi yog‘ning yaltiroq kо‘rinishiga ega bо‘lishi kerak, tashqi hid va mazaga ega bо‘lmasligi lozim. Nordonligi meyorida bо‘lib, tvorogga xos mazaga, shirinroq ta’mga ega bо‘lishi lozim. Pishirishga tayyor «Dangasa» tvorogli chuchvarasi bir xil shaklli: romb, tо‘rtburchak, tо‘g‘ri tо‘rtburchak yoki parrak-parrak shaklda bо‘lishi, yopishib qolmagan,. deformatsiyaga uchramagan, bir donasining о‘rtacha vazni 15 g. gacha bо‘lishi kerak. Sirniklar shayba shaklida yumaloq bо‘lib, och qiz-g‘ish yoki sarg‘ysh qobiq bilan qoplangan, kuygan, uvoq-langan joylari bо‘lmasligi kerak. Kesilganda ichi bir xil kо‘rinishda, qumoqlashmagan, tvorog hidiga, nordon-shirin mazaga ega bо‘lishi kerak. Tvorogli zapekankalar yuzi silliq, yorilmagan, kuy-magan bо‘lishi, bir xil qizg‘ish yoki sarg‘ish qobiq bila» qoplangan, kesilganda oq yoki sarg‘ish rangda, mazasi nordonroq-shirin bо‘lishi lozim. Tvorog mahsulotlari taxir, achchiq, zax mazali, о‘ta suyuq, о‘ta nordon bо‘lmasligi kerak. Tvorogli pishirishga tayyor mahsulotlar va sovuqtaomlari tarqatish jarayonida 0—6°S haroratli muzxonalarda saqlanadi. Tvorogli chuchvara, sirnik, blinchiklar tarqatilgunga qadar issiq holda 15 daqiqagacha, pudinglar 30 daqiqa,. zapekaJalar 60 daqiqagacha saqlanadi. Tvorog va tvorog mahsulotlari sirlangan idishlarda usti berki-tilib, sovuqda 6 soatdan 24 soatgacha saqlanadi. Xulosa. Kurs ishida yuqorida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirgan holda qoyidagicha xulosa qilish mumkin: - Tuxum haqida ma’lumotlar tahlil qilindi; - Tuxumdan tayyorlanadigan taomlar haqida ma’lumotlar yig’ildi; - Tuxum taomlari va sifatiga qoyiladigan talab va ularni saqlash muddatlari ko’rsatib berildi; - Tvorog haqida ma’lumotlar to’plandi; - Sovuq va issiq tvorog taomlariga ishlov berish haqida ma’lumotlar aniqlandi; - Tvorog taomlarining sifatiga qoyiladigan talab va ularni saqlash muddatlari haqida ma’lumotlar to’plandi; - Tvorog va tuxumdan taomlar tayyorlashni o'rgatish metodikasi haqida ma’lumotlar tahlil qilindi; - Klaster metodi haqida ma’lumotlar to’plandi; - O‘qitishning muammoli - izlanish metodlari va ularni qo‘llash haqida ma’lumotlar tahlil qilindi; - “ Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar mavzusini o’qitishda klaster metodidan foydalanish ” boyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. - Hayotiy faoliyat xavfsizligi ta’minlashgа fаoliyatning аniq shаroitlаrigа, xаvfning dаrаjаsigа vа boshqа mеzonlаrgа bog’liqligi aniqlanib, inson fаoliyat xаvfsizligini ta’minlashgа qаrаtilgаn tаdbirlаr uchun еtаrli dаrаjаdа e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi. Download 117 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling