I bob. Umumiy qism


Download 257.09 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi257.09 Kb.
#1545593
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kirish

GES larning quvvati, birinchi galda, ikki oʻzgaruvchi funkstiyalaridan aniqlanadi: - vaqt birligi (sekund) da necha kub metr (m3 /s) sarf etilayotgan suv miqdori; - harakatdagi suv sathi balandliklarining boshlangʻich va keyingi tushish nuqtalari orasidagi farqi bilan aniqlanadigan gidrostatik bosim. Stanstiyani loyihalash ishlari shu oʻzgaruvchilardan biri yoki ikkalasi asosida amalga oshirilishi mumkin.

G

U

N

T


1-rasm. GES ishlashi struktura sxemasi
T–turbina, N–nazorat va boshqarish qurilmasi; U–tishli uzatish; G-generator.


II – bob maxsus qism
2.1 – MINI-GESlarning ishlash prinsipi
GES toʻgʻonlari, aksariyat daryolarning quyi oqimlarida suv sathining farqini hosil qilish uchun quriladi. Toʻgʻon – daryodagi massiv toʻsiq boʻlib, suv oqimini ushlab turish, suv sathining farqini paydo qilish va suv resurslaridan amaliy foydalanishda tengi yoʻq vosita boʻlib xizmat qiladi. Toʻgʻonlarni qurish nazariyasi uzoq yillar mobaynida mavjud boʻlmagan. Faqatgina 1853 yilda franstuz muhandisi Sazilli toʻgʻon qurilishining ba’zi talablarini asoslab berdi. Toʻgʻon suv sathi koʻtarilishi va uni suv havzasidan chiqarishni ta’minlaydi. Undan erni sugʻorish ishlarida ham foydalaniladi. Toʻgʻonlar tuzilishi boʻyicha birnecha turlarga va guruhga boʻlinadi: -gravitastion toʻgʻon – tosh yoki beton toʻsiqlari shaklida boʻlib, suv oqib ketishidan oʻzining ogʻirligi bilan saqlab turadi; -arkasimon toʻgʻon – oʻz vazifasini konstrukstiyasining antiqiy tuzilishi hisobiga bajaradi. Arkali toʻgʻon faoliyati ishonchliligi ikki koʻrsatkichlariga bogʻliq boʻlib, ular quyidagilardan iborat: - qurilmaning vertikal elementlari qarshiliklari; - arka konstrukstiyasining massasi va qirgʻoq mustahkamligiga tayanuvchi xususiyatlari.
Toʻgʻon qurilishida bir qator tashqi omillarning ta’sirini e’tiborga olish zarur. Bular suv, shamol, toʻlqinlar va haroratning keskin oʻzgarib turishi ta’sirida hosil boʻluvchi «siljituvchi kuchlar» dir. GES quruvchilarining ushbu omillarni bajarishdagi e’tiborsizligi toʻgʻonning buzilishiga olib keladi. Shu sababli, ma’lum hisoblash ishlari bajarilib, siljituvchi kuchlarning negativ ta’sirini oldindan bartaraf etish imkoniyati yaratiladi.
Masalan, suv bosimining gorizontal tashkil etuvchisi suv chuqurligi ortishi bilan koʻpayadi va quyidagiga teng boʻladi:

Download 257.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling