I bob. Umumiy qism


Download 257.09 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi257.09 Kb.
#1545593
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kirish

PGor = w*h,
bunda w – suv birlik hajmining ogʻirligi; h – suv chuqurligi.
Toʻgʻon konstrukstiyasi tagi (toʻgʻon bilan uning tagidagi er qatlami orasi) ga suvning sizib oʻtishi natijasida toʻgʻon tagiga ta’sir etuvchi filtrastion bosimni etarli darajada aniq hisoblash muhim boʻlishi bilan birga, juda murakkabdir. Bunday jarayonlar boʻlish ehtimoli darajasini aniqlash uchun tadqiqotlar oʻtkazish zarur. Bunda koʻpgina omillar toʻgʻon poydevori oʻrnatilishi lozim boʻlgan tuproqqa bogʻliq. Agar toʻgʻon poydevori shagʻal, daryo qumi va gʻovakli jins ustiga qurilsa, u holda toʻgʻon poydevori tagiga ta’sir etuvchi bosim toʻla gidravlik bosimga teng boʻladi.
Agar toʻgʻon poydevori togʻ jinslari bilan stement yordamida biriktirilsa (3- rasmda B qatlam), ular orasida yoriq (teshik) lar deyarli boʻlmaydi, toʻgʻonga toʻla gidrostatik bosimning 10-40 foiziga teng boʻlgan bosimgina ta’sir etadi.

3-rasm. Toʻgʻonli kichik gidro elektro stanstiya
SO-suv ombori; SQ-suv qabul qilgich; MZ-mashina zali; T-turbina; G-generator; EUL-elektr uzatish liniyasi; Tr-transformator; D-daryo; B-poydevor bilan togʻ jinsi orasidagi stement qatlami
GES toʻgʻonini qurish na faqat murakkab va mashaqqatli ish, balki koʻp harajatli hisoblanadi. Dunyo boʻyicha katta quvvatli GES lar qurish tajribasi shuni koʻrsatadiki, sarflanayotgan kapital mablagʻlarning yarmini toʻgʻonni qurish va suv omboridagi erni kovlash ishlari uchun sarflanar ekan. Shu sababli, Yer shari gidro energetik potenstialining kichik bir qismigina insoniyat uchun xizmat qilib kelmoqda.
Kichik GESMini- va mikro-GES lar xususiyatlari birbiriga juda yaqin ekanligini e’tiborga olib, ularni talaffuz qilishda qiyinchilikni kamaytirish maqsadida umumiy atama, ya’ni kichik GES lar deb atash qabul qilingan. Mamlakat hududinig togʻli tumanlaridagi daryolar, aksariyat, sharshara hosil qilib (ba’zan sharsharasiz) yuqoridan tushayotgan suvning kinetik energiyasi generator yordamida elektr energiyaga aylantiriladi. Bunda sharsharaga kelayotgan daryo D1 ning suvi (4-rasm), oʻzining hajmi va bosimi miqdorlariga koʻra tanlangan diametrdagi bosimli suv keltirgich (BSK) yoki quvur (truba) vositasida GES ning T turbinasiga keltiriladi.


Download 257.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling