I bob. Xalq dostonchiligi tarixi


Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 49.3 Kb.
bet2/9
Sana04.02.2023
Hajmi49.3 Kb.
#1160212
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
alpomish (3)

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishining maqsadi Alpomish‖ dostonini o’rganish, xalq og’zaki ijodining ijtimoiy-tarbiyaviy vositaligini, muhimi, o’quvchilarda estetik didni shakllantirishda muhim badiiy ahamiyatga egaligini ochib berishdir. Tadqiqotda maqsadning bunday qo’llanishi uning vazifalarini ham aniq belgilab beradi. Bu vazifalar quyidagilardan iborat:

  • Xalq dostonchiligining ilk tarixiy davrlari haqida ma’lumotlar berish.

  • Dostonchilik maktablari va ularning xususiyatlarini o’rganib chiqish.

  • Dostonlarda an’anaviy uslub va poetik formalarni tahlil etish.

  • «Alpomish» dostonining variant va versiyalari haqida ma’lumotlar berish.

  • «Alpomish» dostonining badiiy tahlil etish.

Tadqiqotning obyekti va predmeti. Mazkur tadqiqotda xalq og’zaki ijodini yangicha pedagogik tafakkur tamoyillariga tayanib o’rganish masalasi tadqiqot predmeti sifatida o’rganildi.
I BOB. XALQ DOSTONCHILIGI TARIXI

    1. Xalq dostonchiligining ilk tarixiy davrlari

Dunyodagi ayrim xalqlarda o'zining tarixiga oid yirik hajmdagi katta muhim voqea bayon etiladigan janrlar bor. Biz - o'zbeklarda bu janr «doston» deb ataladi. «Doston» so'zi qiziq-qiziq voqealarni hikoya qilish, maqtash ma'nolarini anglatadi. Badiiy adabiyotimizda asosan ikki usulda yaratilgan dostonlar bor. Birinchisi, asrlar davomida xalq og'zaki ijodida baxshilar tomonidan og'zaki tarzda kuylab kelingan dostonlar. Ikkinchisi, yozma shaklda shoirlar tomonidan ijod qilingan dostonlar. «Alpomish», Go'ro'g'li turkumidagi «Go'ro'g'lining tug'ilishi», «Malikai Ayyor», «Ravshan»; «Kuntug'mish», «Rustamxon» kabilar og'zaki dostonlar namunalaridir. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig», Haydar Xorazmiyning «Gul va Navro'z», Navoiyning «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi asariari esa yozma adabiyotdagi dostonlar bo'lib, ularni og'zakidan ajratish lozim bo'ladi.
Urug’chilik jamiyatining yemirilishi va sinfiy jamiyatga o’tish, Baqtriya, Sug’diyona va Xorazmda davlatlarning paydo bo’lishi, axmoniylarning harbiy-ma’muriy jihatdan birlashuvlari, Aleksandr Makedonskiy davlati, Grek-baqtriya podsholigining vujudga kelishi eramizdan oldingi VII asrdan to eramizning IV asrigacha bo’lgan juda katta tarixiy davrni o’z ichiga oladi. Bu davr epik xa rakterli mifologik qahramonlik ustun bo’lgan qadimgi og’zaki muzikali poetik ijodning yuzaga kelishi bilan mashhurdir. Qahramonlik afsonalari, epik qo’shiqlar O’rta Osiyo xalqlarining o’z mustaqilliklari uchun olib borgan mardonavor kurashlarining bo’yoqdor tasvirlari bilan to’la. O’z xalqining ozodligi yo’lida jonini qurbon qilgan cho’pon Shiroqning mislsiz jasorati, vatanga bo’lgan muhabbati to’g’risida hikoya qiluvchi Sak afsonalaridan parchalar bizning kunlarimizgacha saqlanib kelgan.
Masalan, Rustam va uning janglari, malika Taxminaga bo’lgan muhabbati, tanimagan otasi qo’lida qatl qilingan o’g’li Suxrobning o’limi to’g’risida hikoya qiluvchi qo’shiqlar mustaqil marosim tomoshalariga aylanib ketgan. Keyinchalik bu qo’shiqlar tojik xalqining ajoyib dostonida - «Shohnoma»da o’z aksini topdi. Rustam, Siyovush va boshqa bahodirlar to’g’risida afsonalar turkumi yaratildi. Xudolarga sig’inish bilan bog’liq bo’lgan turli xil marosimlarda ham qo’shiq aytilgan. Bu haqda Avestoda bayon qilingan. Avesto gimnlari (yashtlar)ning o’zi rechitativ tarzida ijro etilgan. Gimnlar xor bo’lib aytish mumkin bo’lgan band va takrorlanuvchi naqoratli yarim nasriy, yarim vaznli rivoyatlardan iborat bo’lgan. Xudolarga sig’inish bilan bog’liq bo’lgan marosimlarda muqaddas olov atrofida qo’shiq aytilgan, raqs tushilgan. Xalqning bayram marosimlari, masalan: bahorda kun va tunning baravarlashuvi - Navro’z keng tarqalgan edi. O’rta asr yozuvchilari musiqaning mehnat marosimlaridagi roli, insonning musiqani olam tuzilishi bilan tabiatdagi o’lish va tirilish haqidagi ma’lumotlar bilan bog’lashga bo’lgan intilishlarini ham ko’rsatib o’tganlar.
O’zbek xalqining musiqa merosida dostonlar maxsus tarmoqni tashkil etadi. Ular mavzu jihatdan rang-barang bo’lib, mazmunlarining umumiyligiga binoan ma’lum turkumlarga birlashadi. Masalan, «Go’ro’g’li» dostonlar turkumi qirqdan ortiq to’la tugallangan hamda mustaqil ijro etiladigan ishqiy-romantik dostonlardan iborat bo’lib, ularda didaktik mavzu ham alohida ahamiyat kasb etadi. O’zbekistonda «Alpomish», «Avazxon», «Kuntug’mish», «Ravshan», «Oshiq G’arib» va boshqa ko’pgina dostonlar keng tarqalgan. Dostonlarni avloddan-avlodga og’zaki an’anada yetkazib kelayotgan hamda o’z shoirona va musiqa ijrochilik qobiliyatlari bilan har bir doston ijrosiga yangicha tus bag’ishlab kelayotgan shaxslar xalq orasida baxshi (yoki shoir) deb nom olgan ma’lum maktab sohibi bo’lmish dongdor ustoz namoyandalardir. Ergash Jumanbulbul o’g’li, Fozil Io’ldosh o’g’li, Po’lkan shoir, Abdulla shoir va boshqalar ana shunday doston ijrochilaridan edi.
O’zbek dostonlari boshqa ko’pgina xalqlardagi kabi faqat epik she’riy asargina bo’lmasdan, ularda nasr ham muhim o’rin tutadi. Syujet rivojida voqealarning borishini tasvirlovchi nasriy, ya’ni proza qismi janglar mazmuni, tabiat go’zalliklari, u yoki bu obrazning alohida e’tiborga loyiq fazilatlarini tasvirlovchi poetik qism bilan almashinib turadi. Dostonlar ijro etilganda nasriy (proza) qismi, odatda, hikoya tarzida ma’lum artistik mahorat bilan aytiladi va ba’zan rechitativ tarzida kuylanishi ham mumkin. Ammo she’riy bo’limlari doimo kuylanib ijro etiladi va bu yerda baxshi (yoki shoir)ning ustaligi ishlatiladigan bir necha kuyning har birini mantiqiy rivojga mos keltirishida ham ko’rinadi.
Doston bir qator turkiy va ularga yaqin yashagan ayrim turkiy bо‘lmagan xalqlar orasida keng tarqalgan. Uning о‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, versiyalari doston xolida tojik, tatar, О‘rta Osiyo arablari versiyalari ertak va rivoyatlar tarzida mashhurdir. О‘rta asr о‘g‘iz eposining muhim yodgorligi «Kitob Dadam Qо‘rqit” tarkibidagi “Bamsi Bayrak” asari о‘zining syujeti va kompozisiyasi bilan “Alpomish” dostoniga juda yaqin turadi.

Download 49.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling