I bob. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston. Sanoatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
II BOB. Turkistonda yog’ moy sanoatiga qaratilgan e’tibor va o’lkada yog’ moy zavodlarining tashkil etilishi
Download 161.82 Kb.
|
KOBULOVA NILUFAR MD (2) (2)
II BOB. Turkistonda yog’ moy sanoatiga qaratilgan e’tibor va o’lkada yog’ moy zavodlarining tashkil etilishi
2.1. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda sanoat. Yog‘-moy sanoati respublika oziq-ovqat sanoatining yetakchi tarmoqlaridan biri. O‘zbekistonda qadimdan kunjut, zig‘ir, indov, maxsar urug‘i, paxta chigiti, poliz ekinlari urug‘laridan juvozlarda o‘simlik moyi olingan. O‘zbekistonda paxta chigitidan moy oluvchi dastlabki zavod 1884 yili Qo‘qonda qurilgan. 1913 yili 30 ta kichik yog‘ zavodlarida 57 ming tonna paxta moyi ishlab chiqarilgan. Hozirda Respublikamizda io‘lash quvvati 3 million tonna moyli o‘simlik urug‘larini qayta ishlaydigan 19 ta korxona ishlab turibdi. Sanoatning bu tarmog‘ida paxta, soya, raps, meva danaklari, hamda sabzavot urug‘laridan moylar olinadi. Atir-upa, farmatsevtika va oziq-ovqat tarmoqlarida ishlatiladigan moylar, margarin mahsulotlari, mayonez, kirsovun, atirsovun, texnika maqsadlari uchun boshqa turli mahsulotlar ishlab chiqariladi. O‘simlik moyi ishlab chiqarishda yiliga o‘rtacha 2,1 mln.tonnadan ko‘proq paxta chigiti ishlatiladi. Raps, zig‘ir, maxsar urug‘i, shuningdek import bo‘yicha olinadigan soya dukkagi qayta ishlanadi. Respublika yog‘-moy sanoati oziq- ovqat sanoati umumiy mahsuloti hajmining 40 % ga yaqinini beradi. Koson, Guliston yog‘ ekstraksiya zavodlari (bir kunda 1200 t. chigitni qayta ishlaydi), Farg‘ona yog‘-moy kombinati (quvvati kuniga 840 t. chigit), Qo‘qon yog‘-moy kombinati (quvvati kuniga 810 t.chigit), Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy kombinati (quvvati kuniga 950t. chigit), Denov yog‘-moy ekstraksiya zavodi (bir kunda 800t. xom ashyo), Urganch yog‘-moy kombinati (bir kunda 800t. xom ashyo) tarmoqdagi eng yirik korxonalardir. Qo‘qon yog‘-moy kombinati tarkibida meva danaklari va sabzavot urug‘laridan moy ishlab chiqaradigan maxsus zavod (quvvati kuniga 50t. danak) ishlaydi. Bu zavoda 15 nomdagi meva danagi moylari (o‘rik, shaftoli, pomidor, uzum va b.) ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Toshkent yog‘-moy kombinatida margarin mahsulotlari (yillik quvvati 52,4 ming t.) va mayonez (yillik quvvati 2 ming t.), tarmoqdagi 10 korxona - Farg‘ona, Yangiyo‘l, Andijon, Urganch va Kattaqo‘rg‘on va boshqa yog‘- moy kombinatlarida kirsovun (yalpi yillik umumiy quvvati 103,7 ming t.) ishab chiqariladi. Farg‘ona yog‘-moy kombinati yiliga 16,7 ming t. turli kichik o‘lchamdagi (25,40,100 grammli) atirsovunlar ishlab chiqarmoqda, 15 glitserin (yillik quvvati 2 ming t.) ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Tarmoq korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, xorijiy firmalar uskunalari bilan jihozlash ishlari davom ettirilmoqda. Korxonalarni texnikaviy jihatdan qayta jihozlashda Krup, Sket (Germaniya), «Alfa-Laval» (Shvetsiya), «Jon Braun», «Karven», «Kraun» (AKSh), «Matssioni», «Bollistra» (Italiya), Germaniya, Polsha, Ukraina, Rossiya firmalari bilan hamkorlik yaxshi samara bermoqda. Qadim zamonlardan buyon o‘simlik moyi uchun xom ashyo – zig‘ir, nasha o‘simligi va paxta chigiti moyi ishlab chiqarish bo‘yicha 1- o‘rinni egallib kelgan. Kungaboqar Yevropaga Janubiy Amerika va Meksikadan keltirilgan. XVIasr boshlarida Ispaniya o‘zlashtirgan, keyinchalik Sharqda tarqala boshlagan. Moy olish uchun kungaboqarni Rossiyada yetishtirish 1829 yilga to‘g‘ri keladi. Turkiston o‘lkasi paxtachilik sohasida qadim zamonlardan buyon dunyoga mashhur. Iqlim, yer va suv sharoitlarning qulayligi sababli paxtadan mo‘l hosil olib kelingan. Dehqonlar paxtaning bir qismini shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ip, bo‘z, gazlama tayyorlashga olib qolib, ko‘p qismini savdogarlarga sotganlar. O‘lkada paxta tozalash korxonalari bo‘lmaganligi sababli paxta chigiti bilan birga chet elga chiqarilib yuborilgan. Faqat qismangina chigit qovun, tarvuz urug‘lari, kunjut, zig‘ir va meva danaklari bilan aralashtirilib, yog‘ olish uchun moy-juvozlarda ishlatilgan xalos. Bunday moyni zig‘ir yog‘i deb ataganlar. CHigit to tola ajratish mashinasi – Djin ixtiro qilinmaguncha moy olish uchun asosiy xom ashyo sifatida ishlatilmagan. Djin mashinasi yordamida paxta tolasini chigitidan ajratib olish qo‘llanila boshlangandan so‘ng, chigit ko‘payib ketgach, uni sanoat miqyosida qayta ishlash zaruriyati tug‘ildi. Zavodlarda bir necha yuz ming tonna paxta chigitdan ajratila boshlangach, chigitlar «chiqindi» tariqasida paxta zavodi joylashgan shahar xududlari va temir yo‘l yoqalarini ifloslantirib yubordi. Bunga qarshi mahalliy xukumat tomonidan, sog‘liqni saqlash me’yorlarini buzmaslik uchun, chigitlarni yo‘qotish to‘g‘risida bir necha farmonlar chiqarildi. «CHigit balosi» dan qutilish eng zarur ishlardan biri hisoblanganligi uchun, uning mumkin qadar foydali tomonlarini qidira boshladilar. XIX asrning ikkinchi yarimida O‘rta Osiyoda yog‘ zavodi qurish zaruriyati paydo bo‘ldi. 1883 yilda Laxtin, Sagatelev va boshqalar Qo‘qonda yog‘ zavodi qurdilar. Ammo ularning bu sohada qilgan xarakatlari, mahalliy xalq paxta moyini iste’mol qilmagani va uni boshqa maqsadlarda ishlata olmaganligi uchun, deyarli natija bermadi. Xorvat va Yugovich 1893 yilda Kattaqo‘rg‘onda yog‘ zavodi qurib, 1896 yilda o‘z mahsulotlaridan bir necha bidon moyni Moskvaga jo‘natdilar. Keyingi yil shu zavodda ishlab chiqarilgan bir vagon moy Moskvaga yuborildi. Buni ko‘rgan kapitalistlar yog‘ zavodlari qurish ishini jadallashtirib yubordilar. Sekin-asta paxta moyini iste’mol qilishga o‘rgana boshlagan yerli xalq ham sanoatning rivojlanishiga sababchi bo‘ldi. Tez orada paxta tozalash zavodlari yonida 1-2 pressli kichik yog‘ zavodlari qurila boshlandi. 1917-1918 yillarda butun O‘rta Osiyoda 150 ta pressga ega bo‘lgan 40dan ortiq yog‘ zavodi qurilib, bulardan 19 ta zavod (105 press) Farg‘ona vodiysida joylashgan edi. O‘zbekistonda asosan 1924 yildan boshlab yog‘-moy sanoati o‘sa boshladi. Eski uskunalar yangi uskuna va jihozlar bilan, eski texnologik rejimlar esa ilmiy ravishda asoslangan rejimlar bilan almashtirila boshlandi. Chigitlarni namlash, avtomatik tarozilar o‘rnatish, chigit tozalaydigan yangi mashinalar, guller, separator, valsovka va mexanik ravishda ishlaydigan kunjara qirquvchi mashinalar o‘rnatish ishlari avj olib ketdi. Shu bilan birga yangi yog‘ zavodlari qurilish ishlari ham boshlab yuborildi. 1920 yilda Yangiyo‘l yog‘ zavodi qurildi. 1930 yilda Farg‘ona shahrida 24 gidropressli yog‘ zavodi ishga tushirildi. 1934 yilda moy olishning ekstraksiya usuliga asoslangan Kattaqo‘rg‘on moy- ekstraksiya zavodi ishga tushirildi. 1943-1946 yillarda kichik yog‘ zavodlari – Alimkent, Denov, G‘ijdivon Xo‘jayli, Xiva zavodlari qurilib, ishga tushirildi. Keyigi yillarda Qo‘qon, Uchqo‘rg‘on, Buxoro va Qarshi shaharlarida ekstraksiya va ekspeller zavodlari qurildi. Shundan so‘ng paxta zavodlari beradigan hamma chigit respublikaning o‘zida qayta ishlanadigan bo‘ldi. Hozirda mustaqil O‘zbekistonimizda 38 ta ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari, 4 ta qo‘shma korxona o‘z faoliyatlarini olib bormoqda. Respublikamizda kuchli yog‘-moy sanoati potensiali yaratilgan bo‘lib, quvvati jihatdan mustaqil davlatlar xamdo‘stligi mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Sanoatimizda chigitni qayta ishlash quvvati yiliga 3,6 mln.tonnani, margarin mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati yiliga 524 ming tonnani, mayonez ishlab chiqarish 2 ming tonnani, xo‘jalik sovuni ishlab chiqarish 120 ming tonnani, atir sovuni ishlab chiqarish 8 ming tonnani tashkil qiladi. Asosiy maqsad respublikamiz xalq xo‘jaligini ekologik toza, raqobatbardosh, chiroyli qadoqlangan yog‘-moy mahsulotlarini eng kam tannarxda, qulay mehnat sharoitida ishlab chiqarishdan iborat bo‘lib, bu maqsadni amalga oshirish uchun sanoatimizni zamonaviy, yuqori samara beruvchi asbob, uskunalar va yangi texnologiya bilan ta’minlashni bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda. Buning uchun 20 ta yog‘-moy korxonalarining barchasida rekonstruksiya ishlari, qayta texnik ta’mirlash, chet el investitsiyalari ishtirokida qo‘shma korxonalar yaratish ishlari olib borilmoqda. Yaqin vaqtlargacha dezodoratsiya va qadoqlash sexlari faqatgina Toshkent, Farg‘ona yog‘-moy kombinatlaridagina bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda «Urganch yog‘-moy», «Koson yog‘-ekstraksiya», «Guliston yog‘-ekstraksiya», «Qarshi yog‘- ekstraksiya» XJ larida bunday sexlar faoliyat ko‘rsatmoqda, yaqin kelajakda esa barcha o‘simlik moyi ishlab chiqariladigan korxonalarda dezodoratsiya qilingan va did bilan kichik hajmdagi idishlarga qadoqlangan o‘simlik moylari ishlab chiqariladi. Shu maqsadda, bugungi kunda B16.elgiyaning «De-Smet», Germaniyaning «Lurgi», Fransiyaning «Steka-Bottlez» firmalari bilan xamkorlikda ishlar olib borilmoqda. «Toshkent yog‘-moy» XJ ning margarin sexida Shvetsiyaning «Alfa-Laval» firmasini avtomatlashtirilgan tizimida quyma margarin ishlab chiqarish, Amerikaning «Djon-Braun» firmasi uskunalarida margarinni 200-250 grammli plastik idishlarga qadoqlash yo‘lga qo‘yilgan. «Farg‘ona yog‘-moy» XJ da sovun ishlab chiqarish sexini qayta jihozlab, Italiyaning «Matssoni» firmasining asbob-uskunalari o‘rnatilmoqda. Kelajakda chiroyli yorliqli, qadoqlangan, xushbo‘ylantiruvchi komponentlar qo‘shilgan, jahon andozalari talablariga javob beradigan, kichik hajmdagi atir sovunlar ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.17. Moyli xom ashyolar deb, sanoat miqyosida moy ishlab chiqarilganda iqtisodiy samara beradigan moyli urug‘larga aytiladi. Moyli xom ashyolar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Faqat moy olish maqsadida o‘stiriladigan o‘simliklar urug‘i (kungaboqar, raps, kunjut) 2. Faqat moy olish maqsadida emas, balki boshqa maqsadlar uchun ham o‘stiriladigan o‘simliklar urug‘i: a) to‘qimachilik sanoati uchun (paxta, kanop) b) atir-upa sanoati uchun (koriandr-kashnich) v) eng qimmatbaho qismi oqsil va uglerod bo‘lgan o‘simliklar (soya, gorchitsa, yeryong‘oq). 3. Meva, sabzavot va poliz ekinlarini urug‘i ham ikkinchi darajali moy olinadigan xom ashyolar hisoblanadi: a) boshqa ishlab chiqarish korxonalarining chiqindisi (makkajo‘xori, guruch va bug‘doy kurtaklari) b) tarkibida moyi bo‘lgan oziq-ovqat sanoati chiqindisi (o‘rik, shaftoli, olcha, olxo‘ri, uzum danaklari, qovun, tarvuz, pomidor urug‘lari). O‘simlik urug‘i, ya’ni moy olish mumkin bo‘lgan xom ashyolar 2 guruhga bo‘linadi: 1) po‘stloqli; 2) po‘stloqsiz. Kungaboqar, paxta chigiti, soya, yeryong‘oq kiradi, ular qayta ishlanganda albatta chaqiladi va mag‘iz po‘stloqdan ajratiladi. Raps, zig‘ir, kunjut po‘stloqsiz urug‘larga kiradi. Bu urug‘lar chaqilmasligiga sabab, ularning pustlog‘i yupqa va mag‘izga yopishgan holda bo‘ladi. Agar biz ishlab chiqarishda, ya’ni urug‘larni qayta ishlaganda chaqsak, moyni chiqishi kamayib ketgan bo‘lar edi, chunki chaqilganda po‘stlog‘i bilan birgalikda mag‘iz ham o‘tib ketib, isrofgarchilikka olib keladi. Urug‘lar moyliligiga qarab uch turga bo‘linadi: 1) sermoy urug‘lar; 2) o‘rtacha moyli urug‘lar; 3) kam moyli urug‘larga bo‘linadi. Sermoy urug‘larga: kunjut, kanakunjut, kungaboqar, zig‘ir kiradi. Ularning mag‘izi tarkibida 56-75% moy bo‘ladi. O‘rtacha moyli urug‘larga: chigit, yeryong‘oq, raps kiradi. Ularning mag‘izi tarkibida 36-55% moy bo‘ladi. Kam moyli urug‘larga: loviya va shunga o‘xshash o‘simliklarning urug‘lari kiradi. Ular mag‘izi tarkibida 15-35% gacha moy bo‘ladi. Korxona uchun zarur dastgoh, jin jihozlari AQShning N`yu-York dengiz portidan Atlantika okeani, O'rta Er va Qora dengizlardan o'tib Odessaga olib kelingan. So'ngra temir yo'llar orqali Kaspiy dengizi osha Zakaspiy temir yo'lidan Chorjo'ygacha, undan Amudaryo bo'ylab kemalarda Cholish pristaniga tushirilgan. Keyin ot va tuya aravalarida Yangi Urganchga keltirib o'rnatilgan. Barcha yo'l xarajatlari oltin pul hisobiga 370 ming rublga tushgan. Urganch paxta tozalash va yog'-moy ishlab chiqarish zavodi nafaqat vohada, balki butun O'rta Osiyoda ish boshlagan ilk zavod va fabrikalardan biri edi. Shundan so'ng o'tgan asrlarda yuzlab sanoat korxonalari qurilishi uchun aynan Urganch paxta tozalash va yog'-moy ishlab chiqarish zavodi tajriba (etalon) maktabi bo'lgan. Paxta etishtirishdan keladigan daromadning ko'pligi xususiy mulk egalarining sohaga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirdi. XVIII asr oxirlarida paxta tozalash korxonalari tarqoq ravishda bo'lsa-da, xususiy mulk sifatida tashkil topa boshlaydi. Taxminiy hisob-kitoblarga qaraganda, shu davrda Xiva xonligi va Amudaryo bo'limida 10 mingga yaqin charx, bir yarim mingdan ziyodroq juvoz bo'lgan. 1890 yilda Xonqada rus kapitalisti K.M.Chernikov foydani teng bo'lish sharti asosida Avazboy Qozi Madyorov erida paxtaga dastlabki ishlov beradigan zavod quradi. Keyinchalik Chernikov Avazboy Qozi bilan kelisha olmay zavodni Yangi Urganchga ko'chiradi. Avazboy Qozi esa o'zi mustaqil ravishda zavod quradi. Xonqaning ko'zga ko'ringan kishilaridan bo'lgan Najmiddin boy Petro-Aleksandrovsk shahridan Pitrey degan urallik ustani yollab, elektr quvvati bilan ishlaydigan tegirmon va paxta tolasini chigitdan ajratuvchi dastgohlar bilan jihozlangan zavod qurdirgani ham maъlum. Bu kichik zavod dastlab 6 ot kuchiga, keyinchalik 9 ot kuchiga ega bo'lgan quvvat taъminlagich (dvigatel`) bilan ishlay boshladi. Vohadagi zavodlarda ishlovchilar soni terim mavsumida 1500 kishi bo'lib, shundan 415 kishi doimiy malakali ishchi-xizmatchilar bo'lgan. Shundan Urganch paxta-yog' zavodida 150 kishi ishlagan va korxonaning o'rtacha yillik sof foydasi 350-370 ming rubl (oltin pul hisobida) bo'lgan. Keyinchalik yog'-moy korxonalari Kattaqo'rg'on, Andijon, Buxoro, Namangan, Qarshi, Toshkent kabi shaharu qishloqlarda barpo etildi. Sobiq ittifoq davrida butun O'zbekiston paxta xom-ashyosini etkazib beruvchi hududga aylandi, natijada yurtimizda paxta yakkahokimligi hukm surdi. Shu tufayli yog'-moy korxonalariga millionlab tonnadan ortiq paxta chigiti etkazib berildi va qayta ishlandi. Ko'rinib turibdiki, mamlakatimizda moyli xom ashyolarni qayta ishlash tizimi katta yo'lni bosib o'tgan. Lekin faqat O'zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingina barcha sohalarda bo'lgani kabi yog'-moy sanoatida ham haqiqiy rivojlanish davri boshlandi. Shu bois hozirgi kunda yurtimizda 240 tadan ziyod yirik va kichik yog'-moy korxonalari mavjud bo'lib, ular tomonidan 60 turdagi va 200 dan ortiq assortimentdagi yog'-moy mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Korxonalardan 80 tasida o'simlik moyi, 38 tasida margarin mahsulotlari, 25 tasida mayonez, 94 tasida xo'jalik va atir sovun va 3 tasida distillangan glitserin mahsulotlari ishlab chiqarmoqda. Ishlab chiqarilayotgangan yog'-moy mahsulotlari UZTR 520-023:2017:2017 «Yog'-moy mahsulotlari xavfsizligi to'g'risida»gi texnik reglament talablariga to'liq javob beradi. Korxonalarda ISO 9001:2015 va ISO 22000 xalqaro sifat standartlari joriy etilgan.Mamlakatimizdagi eng yirik, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan 80 dan ortiq korxona “O'zyog'moysanoati” uyushmasi aъzosi hisoblanadi.AO “ANDIJONYOG’MOY” Zamonaviy yog'-moy korxonasi-murakkab mexanizm bo'lib, texnologik jarayonida asosiy xom– ashyo paxta chigitidan tashkari kuchli kimyoviy moddalar ishkor, benzin, sul`fat kislotasi, neft` maxsulotlaridan olinadigan yog' kislotalari ishlatuvchi yarim kimyoviy, yarim oziq-ovqat sanoati majmuasi hisoblanadi. Xozirgi kunda korxonaning ishlab chiqarish kuvvati bir kecha-kunduzda 400 tonna paxta texnik chigitini qayta ishlashga moslashtirilgan. Paxta texnik chigitidan tashkari kungaboqar pista donini, maxsar, soya kabi moyli usimliklar donini ham kayta ishlash imkoniyatiga ega. “Andijonyog'moy” korxonasining tarixiga nazar soladigan bulsak, 1907 yilda-bir kecha kunduzda 50 tonna paxta chigitini kayta ishlovchi «T.K.Solov`ev i kompaniya» xususiy firmasi negizida «Besh bosh» aktsiyadorlari tomonidan barpo etildi. Zavodni ishga tushgan kuni 1907 yil 19 dekabr, korxonaning tashkil topgan kuni xisoblanadi. 1917 yilda Yog' zavodi milliylashtirilib asosiy ishlab chiqarishni kengaytirilishi hisobiga bir kecha kunduzda 150 tn chigitni qayta ishlay boshladi, shu vaqtda yiliga 720 tn sovun ishlab-chiqaruvchi, asosan kul mehnatiga moslashgan sovun pishirish tsexi ishlar edi. Korxona birinchi besh yilliklar davrida juda tez rivojlandi. Bir kecha kunduzda 200 tn. chigitni qayta ishlay boshladi. Sovun ishlab chiqarish yiliga 2100 tonnaga etkazildi. Ikkinchi jaxon urushi davrida yog'-zavodi o'zining mehnatiga sidqidildan yondashuvchi, zaxmatkash, fidoiy mehnatkash odamlarining fidokorona mehnatlari bilan kupchilikka o'rnak bo'lib, frontga va front ortida turgan isteъmolchilarga yog'-moy maxsulotlarini etkazib berib turdi. 1949 yilda yog' zavodni yangi mexanizmlar bilan qayta jixozlantirildi. Uzluksiz ekstraktsiya usuli bilan yog' olina boshlandi. Korxonaning quvvati bir kecha kunduzda 450 tonna chigitni qayta ishlash darajasiga etdi. 1954 yili yog' zavodi «Andijonyog'moy kombinati» deb atala boshladi. 1960 yili sovun pishirish tsexi tula qayta jixozlash xisobiga va bir kecha kunduzda 50 tn. sovun ishlab chiqarishga erishildi. 1962 yili – yog'ni oqlashdan xosil bo'lgan soapstokdan yog' kislotalarini distillyatsiya usuli bilan olish tsexi kurilib ishga tushirildi, bu esa sovunning sifatini yaxshilashga, xamda uning tannarxini pasaytirishga imkon yaratdi. 1966 yili – korxona mehnatdagi erishilgan zafarlari, etti yillik rejani bajarilgani uchun «Mehnat qizil bayrok» ordeni bilan taqdirlandi. Forpress tsexi xodimi A.Mamarasulov mehnatdagi zafarlari uchun mehnat kaxramoni unvonini olishga erishdi. 1975 – 1980 yillari korxona kuvvati bir kecha kunduzi 540 tn chigitni qayta ishlashga kutarildi. 1983 – 1984 yillarda korxonada asosiy ishlab chiqarish tsexlari kisman qayta jixozlandi. a). Ekstraktsiya tsexidagi maъnaviy va jismonan eskirgan shnekli bug'latgich urniga PXR (Pol`sha) da ishlab chikarilgan 2 ta chanli bug'latgich «TOSTER» o'rnatildi. b). 1984 yili GDR ( Olmoniya)da ishlab chiqarilgan yog' maxsulotini kisish yo'li bilan oluvchi XSP-18 va G-24 agregatlari urnatilgan, forpress tsexi qurilib ishga tushirildi va shu bilan forpress tsexi kuvvati bir kecha kunduzda 800 tn chigitni qayta ishlashga etkazildi. 1993 yili distillangan yog' kislotalarini oluvchi yangi zamonaviy uskunalar bilan jixozlangan tsex kurilib ishga tushirildi. Ishchilarga texnika va mehnat xavfsizligi tomonidan shart-sharoit yaratildi. 1995 yil «Andijon yog'-moy» korxonasi negizida «Andijonyog'moy» ochik turdagi xissadorlik jamiyati tashkil topdi. 1996 – 1997 yillarda korxona texnik tomonidan xam katta uzgarishlarga erishdi. 1995-96 yillarda korxonada kayta rekonstruktsiya ishlari olib borilib ND-1000 shnekli ekstraktor urniga Olmoniyada ishlab chikarilgan yukori samaradorlikka ega bulgan KE -500 markali rotorli ekstraktor urnatilib ishga tushirildi. Buning natijasida bir kecha kunduzda 500 tonna texnik chigit kayta ishlanib, sifatli moy xamda 220 tonna tosterli shrot ishlab chikarish yulga kuyildi. – Yukori kuvvatga ega bulgan DK 25/14 rusumli yangi bug kozonini foydalanishga topshirilishi bilan chetdan, biokimyo zavodidan bug olishga chek kuyildi. – Suvni kimyoviy tozalash uskunalari kayta taъmirlandi, suv tozalash kuvvati oshirildi. – 5 km dan ziyodrok er osti va er usti suv va bug kuvurlari kaytadan taъmirlandi. Ekologik barkarorlikni taъminlash maksadida jamiyat raxbariyati yukori nazorat organlari ishtirokida atmosferaga chikarilayotgan zararli moddalarni kamaytirish maksadida PDV- meъyoriy xujjatlarini xamda, suvdan foydalanish, atrof muxitga chikindilarni joylashtirish PDO, PDS xujjatlarini xam kabul kilib, ushbu masalada meъriy xujjatlar talablari asosida ishlar tashkil etib kelinmokda. Keyingi yillardagi taxlillar shuni kursatmokdaki, atmosferaga tashlanayotgan zararli moddalarning mikdori meъyor kursatkichlarining atigi 50-55 foizini tashkil etayotganligini bu borada monitoring olib boruvchi idoralar tomonidan taъkidlanmokda. «Andijonyog'moy» OAJ tomonidan 2010 yilning fevral oyida ishlab chikarilayotgan yog', xujalik sovuni, shrot, sheluxa va gasipolli smolaga yaroklilik sertifikati xamda gigienik sertifikatlar olingan. 2010 yilning 1- yarim yillik yakunida esa korxona xalkaro sifat boshkaruv tizimi ISO-9001 talablariga moslashtirilganligi va shunga mos ravishda maxsulotlar ishlab chikarishga erishganligi eъtirof etilib, korxonaga mutasaddi tashkilotning ISO-9001 sertifikati berildi. Sifat tizimini boshkarishni yanada takomillashtirib borish yunalishida muayyan ishlar olib borilmokda. – Suv tankisligini yukotish maksadida 1 ta 1000 m3 suv xavzasi kurilib bitkazildi, 2 ta 700 m3 suv xavzasi kayta taъmirlandi, kerakli kuvur va nasoslar urnatilgan. Bu suv xavzasidan unumli foydalanish maqsadida Uzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriklaridan kelib chikkan xolda viloyat xokimi tomondan kabul kilingan karor asosida balikchilikni rivojlantirish va ishchi-xodimlarni arzon balik maxsulotiga bilan taъminlab borish uchun xozirda balik bokilmokda. Korxonaning umumiy er maydoni 12,07 gektarni tashkil kilib, shundan 4,8 gektariga ishlab chikarish tsexlari va maydonlari joylashtirilgan. Korxona xududida Vazirlar Mahkamasining karori va yog'-moy uyushmasi raxbariyatining va viloyat xokimligining kursatmalariga asosan kandolat tsexi tashkil etilib, Xitoy davlatidan keltirilgan uskunalar urnatilgan. Bu tsexda karamel ishlab chikariladi. Korxona Andijon tumanida 4,5 gektar erga bog tashkil etgan va mevali kuchatlar parvarishlanib borilmokda. – Texnik yog'ni zararsizlantirib isteъmol yogini kupaytirish maksadida yogni doglash va kadoklash buyicha Belgiya-Amerika kompaniyalari bilan birgalikdagi «Andijon Flarup Oyl kompanii» kushma korxonasi 1999 yilda ishga tushirildi, buning natijasida isteъmol yog'ini ishlab chiqarish 50 foizga usdi. Xozirgi kunda ishlab chikarilayotgan isteъmol yog'ining 100 foizi 1 litrli PET idishlarga kadoklangan xolda chikarilmokda va isteъmolchilarga etkazib berilmokda. «Andijonyog'moy» aktsiyadorlik jamiyati kuyidagi texnologik bo'limlardan iborat: Xom-ashyo bo'limi Tayyorlov tsexi(chigitni tozalash shulxani ajratish, yanchilma tayyorlash bo'limi) Forpress tsexi(paxta yogini bosim ostida siqib olish bo'limi) Ekstraktsiya tsexi Yog'ni oqlash tsexi Kunjarani kayta ishlash va saklash ombori Sovun pishirish tsexi Xom-yog' kislotalari ishlab chiqarish tsexi Distillangan yog' kislotalari ishlab chikarish tsexi Suv bug'i ishlab chiqarish tsexi. Yog'ni oqlash tsexi-forpress va ekstraktsiya tsexlaridan olingan qora yog'ni kuchli ishkor (kaustik soda) NaOH bilan tozalanadi va davlat andozalari talab drajasiga etkazilib, yog' omborlariga junatiladi. Oqlash natijasida olingan chukma soapstokni kayta ishlashga, xom yog' kislotalari ishlab chiqarish tsexiga (SJK) beriladi. Rafinatsiya-yog' oqlash tsexining kuvvati bir – kecha kunduzda 90 tn. yog'ni oqlash imkoniyatiga ega. Kunjarani qayta ishlash va saqlash ombori. Ekstraktsiya tsexidan chiqqan yog'sizlangan kunjara 100-105 oS da bo'lganligi uchun bu tsexda kunjara sovutilib xaridorlarga mashina va vagonlarga yuklanadi. Qabul qilish kuvvati – 300 tn Yuklash kuvvati – 300 tn Omborxona saqlash xajmi – 3000 tn Sovunni pishirish tsexi – bu tsex uzining texnologik jarayoni buyicha uziga xom yog' kislotalari (SJK), distirlangan yog' kislotalari (DJK) tsexlarini, sig'im xujaligi, sovun kutilarini saqlash va taъmirlash tsexlari, temir yo'l tizimlarini o'z ichiga oladigan murakkab majmuadan iborat bo'lib, bir kecha kunduzda 72,0 tn. xujalik sovuni ishlab chiqarish kuvvatiga ega. Korxonada na fakat texnik va texnologik jarayonlarni rivojlantirish, balki ishchilarning madaniy – maъnaviy dam olishini, ijtimoiy-iqtisodiy ximoyalash borasida xam ibratli ishlar olib borilmokda. Korxonada 774 ta ishchi ishlaydi ulardan 219 nafarini ayollar tashkil etadi. Viloyat axolisining isteъmol yog'iga bo'lgan extiyojini tula ravishda kondirish maksadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 avgustdagi PK-651 karori va undan keyin qabul qilingan bir kator Xukumat qarorlari asosida viloyat tumanlari kesimida joylashgan fermer xujaliklari bilan shartnoma asosida kungaboqar ekinini ekish va olingan xosilni korxonada qayta ishlab sifatli yog' maxsulotlarini ishlab chiqarish ishlarini amalga oshirib qelmokda. Shuningdek, korxona yordamchi xujaligida bokilayotgan novvos va sigirlarning gushti arzon narxlarda ishchi-xizmatchilarga bayram kunlari tarkatilmokda. Suti profilaktik maksadida zararli muxitda ishlovchi ishchi-xizmatchilarga berib borilishi tashkillashtirilgan. Xuqumat topshirigi va viloyat xokimligining karoriga asosan korxona ixtiyoriga 4,5 gektar bog' tashkil etish uchun er maydoni ajratilgan. Xozirda mevali kuchatlar ekish ishlari amalga oshirilib, agrotexnik karov amalga oshirib kelinmokda. Korxonaning asosiy maxsulotlari katorida isteъmol tovar turlarini kengaytirish va kushimcha ish urinlari yaratish maksadida, korxonadagi mavjud ishlab chikarish er maydonlarini optimallashtirish yuzasidan, bo'sh turgan er maydonlarida limonariy meva va sabzavot maxsulotlarini yanada kupaytirilishi, hamda maxsulotlarini saqlash omborlarini va kurilish materiallari saqlanuvchi omborni taъmirlab ishlarni tashkillashtirib borilmoqda. Yog‘-moy – sanoati respublika oziq-ovqat sanoatining yetakchi tarmoqlardan biridir. О‘zbekistonda qadimdan kunjut, zig‘ir, indov, maxsar urug‘i, paxta chigiti, poliz ekinlari urug‘laridan juvozlarda о‘simlik moyi olingan. О‘zbekistonda paxta chigitidan moy oluvchi dastlabki korxona 1884 yili Qо‘qonda qurilgan. 1913 yili 30 ta kichik yog‘ korxonalarida 57 ming tonna paxta moyi ishlab chiqarilgan. Hozirda Respublikamizda ishlash quvvati 3 million tonna moyli о‘simlik urug‘larini qayta ishlaydigan 19 ta korxona ishlab turibdi. Sanoatning bu tarmog‘ida paxta, soya, raps, meva danaklari hamda sabzavot urug‘laridan moylar olinadi. Atir-upa, farmasevtika va oziq-ovqat tarmoqlarida ishlatiladigan moylar, margarin mahsulotlari, mayonez, kirsovun, atirsovun, texnika maqsadlari uchun boshqa turli mahsulotlar ishlab chiqariladi. О‘simlik moyi ishlab chiqarishda yiliga о‘rtacha 2,1 mln.tonnadan kо‘proq paxta chigiti ishlatiladi. Raps, zig‘ir, maxsar urug‘i, shuningdek import bо‘yicha olinadigan soya dukkagi qayta ishlanadi. Respublika yog‘-moy sanoati oziq-ovqat sanoati umumiy mahsuloti hajmining 40 % ga yaqinini beradi. Koson, Guliston yog‘ ekstraksiya korxonalari, Farg‘ona yog‘-moy kombinati, Qо‘qon yog‘-moy kombinati, Katgaqо‘rg‘on yog‘-moy kombinati, Denov yog‘-moy ekstraksiya korxonasi, Urganch yog‘-moy kombinati tarmoqdagi eng yirik korxonalardir. Qо‘qon yog‘-moy kombinati tarkibida meva danaklari va sabzavot urug‘laridan moy ishlab chiqaradigan maxsus korxona (quvvati kuniga 50t. danak) ishlaydi. Bu korxona 15 nomdagi mevadanagi moylari (о‘rik, shaftoli, pomidor, uzum va b.) ishlab chiqarish о‘zlashtirildi. Toshkent yog‘-moy kombinatida margarin mahsulotlari (yillik quvvati 52,4 ming t.) va mayonez (yillik quvvati 2 ming t.), tarmoqdagi 10 korxona - Farg‘ona, Yangiyо‘l, Andijon, Urganch va Kattaqо‘rg‘on va boshqa yog‘-moy kombinatlarida kirsovun (yalpi yillik umumiy quvvati 103,7 ming t.) ishab chiqariladi. Farg‘ona yog‘-moy kombinati yiliga 16,7 ming t. turli kichik о‘lchamdagi (25,40,100 grammli) atirsovunlar ishlab chiqarmoqda, gliserin (yillik kuvvati 2 ming t.) ishlab chiqarish о‘zlashtirildi. Tarmoq korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, xorijiy firmalar uskunalari bilan jihozlash ishlari davom ettirilmoqda. Korxonalarni texnikaviy jihatdan qayta jihozlashda Krup, Sket (Germaniya), «Alfa-Laval» (Shvesiya), «Jon Braun», «Karven», «Kraun» (AKSH), «Madsioni», «Bollistra» (Italiya), Germaniya, Polsha, Ukraina, Rossiya firmalari bilan hamkorlik yaxshi samara bermoqda. Qadim zamonlardan buyon о‘simlik moyi uchun xom ashyo - zig‘ir, nasha о‘simligi va paxta chigiti moyi ishlab chiqarish bо‘yicha 1- о‘rinni egallib kelgan. Kungaboqar Yevropaga Janubiy Amerika va Meksikadan keltirilgan. XVI asr boshlarida Ispaniya о‘zlashtirgan, keyinchalik Sharqda tarqala boshlagan. Moy olish uchun kungaboqarni Rossiyada yetishtirish 1829 yilga tо‘g‘ri keladi. Turkiston о‘lkasi paxtachilik sohasida qadim zamonlardan buyon dunyoga mashhur. Iqlim, yer va suv sharoitlarning qulayligi sababli paxtadan mо‘l hosil olib kelingan. Dehqonlar paxtaning bir qismini shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ip, bо‘z, gazlama tayyorlashga olib qolib, kо‘p qismini savdogarlarga sotganlar. О‘lkada paxta tozalash korxonalari bо‘lmaganligi sababli paxta chigiti bilan birga chet elga chiqarilib yuborilgan. Faqat qismangina chigit qovun, tarvuz urug‘lari, kunjut, zig‘ir va meva danaklari bilan aralashtirilib, yog‘ olish uchun moy-juvozlarda ishlatilgan xolos. Bunday moyni zig‘ir yog‘i deb ataganlar. Jin ixtiro qilinmaguncha moy olish uchun asosiy xom ashyo sifatida ishlatilmagan. Jin mashinasi yordamida paxta tolasini chigitidan ajratib olish qо‘llanila boshlangandan sо‘ng, chigit kо‘payib ketgach, uni sanoat miqyosida qayta ishlash zaruriyati tugaldi. Korxonalarda bir necha yuz ming tonna paxta chigitdan ajratila boshlangach, chigitlar «chiqindi» tariqasida paxta korxonasida joylashgan shaxar xududlari va temir yо‘l yoqalarini ifloslantirib yubordi. Bunga qarshi maxalliy xukumat tomonidan, sog‘liqni saqlash meyorlarini buzmaslik uchun, chigitlarni yо‘qotish tо‘g‘risida bir necha farmonlar chiqarildi. «Chigit balosi» dan qutilish eng zarur ishlardan biri hisoblanganlign uchun, uning mumkin qadar foydali tomonlarini qidira boshladilar. XIX asrning ikkinchi yarmida О‘rta Osiyoda yog‘ korxonasi qurish zaruriyati paydo bо‘ldi. 1883 yilda Laxtin, Sagatelev va boshqalar Kо‘qonda yog‘ korxonasini qurdilar. Ammo ularning bu sohada qilgan harakatlari, mahalliy xalq paxta moyini iste’mol qilmagani va uni boshqa maqsadlarda ishlata olmaganligi uchun, deyarli natija bermadi. Xorvat va Yugovich 1893 yilda Kattaqо‘rg‘onda yog‘ korxonasini qurib, 1896 yilda о‘z mahsulotlaridan ancha qism moyni Moskvaga jо‘natdilar. Keyingi yil shu korxonada ishlab chiqarilgan bir vagon moy Moskvaga yuborildi. Buni kо‘rgan kapitalistlar yog‘ korxonalari qurish ishini jadallashtirib yubordilar. Sekin-asta paxta moyini iste’mol qilishga о‘rgana boshlagan yerli xalq ham sanoatning rivojlanishiga sababchi bо‘ldi. Tez orada paxta tozalash korxonalari yonida 1-2 pressli kichik yog‘ korxonalari qurila boshlandi. 1917-1918 yillarda butun О‘rta Osiyoda 150 ta pressga ega bо‘lgan 40dan ortiq yog‘ korxonasi qurilib, bulardan 19 ta korxona (105 press) Farg‘ona vodiysida joylashgan edi. О‘zbekistonda asosan 1924 yildan boshlab yog‘-moy sanoati о‘sa boshladi. Eski uskunalar yangi uskuna va jihozlar bilan, eski texnologik rejimlar esa ilmiy ravishda asoslangan rejimlar bilan almashtirila boshlandi. Chigitlarni namlash, avtomatik tarozilar о‘rnatish, chigit tozalaydigan yangi mashinalar, guller, separator, valsovka va mexanik ravishda ishlaydigan kunjara qirquvchi mashinalar о‘rnatish ishlari avj olib ketdi. Shu bilan birga yangi yog‘ korxonalari qurilish ishlari ham boshlab yuborildi. 1920 yilda Yangiyо‘l yog‘ korxonasi qurildi, 1930 yilda Farg‘ona shahrida 24 gidropressli yog‘ korxonasi ishga tushirildi. 1934 yilda moy olishning ekstraksiya usuliga asoslangan Kattaqо‘rg‘on moy-ekstraksiya korxonasi ishga tushirildi. 1943-1946 yillarda kichik yog‘ korxonalari - Alimkent, Denov, G‘ijdivon Xujayli, Xiva korxonalari qurilib, ishga tushirildi. Keyigi yillarda Qо‘qon, Uchqо‘rg‘on, Buxoro va Qarshi shaharlarida ekstraksiya va ekspeller korxonalari qurildi. Shundan sо‘ng paxta korxonalari beradigan hamma chigit respublikaning о‘zida qayta ishlanadigan bо‘ldi. Hozirda mustaqil О‘zbekistonimizda 38 ta ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari, 4 ta qо‘shma korxona о‘z faoliyatlarini olib bormoqda. Respublikamizda kuchli yog‘-moy sanoati potensiali yaratilgan bо‘lib, quvvati jihatdan mustaqil davlatlar xamdо‘stligi mamlakatlari orasida yetakchi о‘rinlardan birini egallaydi [3]. Sanoatimizda chigitni qayta ishlash quvvati yiliga 3,6 mln.tonnani, margarin mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati yiliga 524 ming tonnani, mayonez ishlab chiqarish 2 ming tonnani, xо‘jalik sovuni ishlab chiqarish 120 mln. tonnani, atir sovuni ishlab chiqarish 8 ming tonnani tashkil qiladi. Asosiy maqsad respublikamiz xalq xо‘jaligini ekologik toza, raqobatbardosh, chiroyli kadoqlangan yog‘-moy mahsulotlarini eng kam tannarxda, qulay mehnat sharoitida ishlab chiqarishdan iborat bо‘lib, bu maqsadni amalga oshirish uchun sanoatimizni zamonaviy, yuqori samara beruvchi asbob, uskunalar va yangi texnologiya bilan ta’minlashni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Buning uchun 20 ta yog‘-moy korxonalarining barchasida rekonstruksiya ishlari, qayta texnik ta’mirlash, chet-el investisiyalari ishtirokida qо‘shma korxonalar yaratish ishlari olib borilmoqda. Yaqin vaqtlargacha dezodorasiya va qadoqlash sexlari faqatgina Toshkent, Farg‘ona yog‘-moy kombinatlaridagina bо‘lgan bо‘lsa, bugungi kunda «Urganch yog‘-moy», «Koson yog‘-ekstraksiya», «Guliston yog‘-ekstraksiya», «Qarshi yog‘-ekstraksiya» OXJ larida bunday sexlar faoliyat kо‘rsatmoqda, yaqin kelajakda esa barcha о‘simlik moyi ishlab chiqariladigan korxonalarda dezodorasiya qilingan va did bilan kichik hajmdagi idishlarga qadoqlangan о‘simlik moylari ishlab chiqariladi. Shu maqsadda, bugungi kunda Belgiyaning «De-Smet», Germaniyaning «Lurgi», Fransiyaning «Steka-Bottlez» firmalari bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda. «Toshkent yog‘-moy» XJ ning margarin sexida Shvesiyaning «Alfa-Laval» firmasini avtomatlashtirilgan tizimida quyma margarin ishlab chiqarish, Amerikaning «Djon-Braun» firmasi uskunalarida margarinni 200-250 grammli plastik idishlarga qadoqlash yо‘lga qо‘yilgan. «Farg‘ona yog‘-moy» XJ da sovun ishlab chiqarish sexini qayta jihozlab, Italiyaning Massoni» firmasining asbob-uskunalari о‘rnatilmoqda. Kelajakda chiroyli yorliqli, qadoqlangan, xushbо‘ylantiruvchi komponentlar qо‘shilgan, jahon andozalari talablariga javob beradigan, kichik hajmdagi atir sovunlar ishlab chiqarish kо‘zda tutilgan. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan o’zaro manfaatli aloqalarni o’rnatish va yanada chuqurlashtirish alohida o’rin tutadi. 1996-yil 21-iyunda Florensiyada imzolangan va 1999-yil 1-iyulda kuchga kirgan O’zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi “Sheriklik va hamkorlik to’g’risida”gi bitim mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan munosabatlariga huquqiy asos yaratdi18. Ushbu bitim bo’yicha ishlar 1994 yilda Yevropa komissiyasi va Kengashi, shuningdek, Yevropa parlamenti tomonidan chuqur o’rganilgandan so’ng boshlandi. 1995 yil oxirida Yevropa Ittifoqi muzokaralarni boshlashga qaror qildi. Moyli xom ashyolar deb, sanoat miqyosida moy ishlab chiqarilganda iqtisodiy samara beradigan moyli urug‘larga aytiladi. Moyli xom ashyolar quyidagi turlarga bо‘linadi: 1. Faqat moy olish maqsadida о‘stiriladigan о‘simliklar urug‘i (kungaboqar, raps, kunjut). 2. Faqat moy olish maqsadida emas, balki boshqa maqsadlar uchun ham о‘stiriladigai о‘simliklar urug‘i: a) tо‘qimachilik sanoati uchun (paxta, kanop); b) atir-upa sanoati uchun (koriandr-kashnich); v) eng qimmatbaho qismi oqsil va uglerod bо‘lgan о‘simliklar (soya, gorchisa, yeryong‘oq). Moyli urug‘larni kimyoviy tarkibi: (xarakateristikasi)
3. Meva, sabzavot va poliz ekinlarini urug‘i ham ikkinchi darajali moy olinadigan xom ashyolar hisoblanadi: a) boshqa ishlab chiqarish korxonalarining chiqindisi (makkajо‘xori, guruch va bug‘doy kurtaklari), b) tarkibida moy bо‘lgan oziq-ovqat sanoati chiqindisi (о‘rik, shaftoli, olcha, olxо‘ri, uzum danaklari, qovun, tarvuz, pomidor urug‘lari). О‘simlik urug‘i ya’ni moy olish mumkin bо‘lgan xom ashyolar 2 guruhga bо‘linadi: 1) pо‘stloqli; 2) pо‘stloqsiz. Kungaboqar, paxta chigiti, soya, yeryong‘oq pо‘stloqli urug‘lar jumlasiga kiradi, ular qayta ishlanganda albatta chaqiladi va mag‘iz pо‘stloqdan ajratiladi. Raps, zig‘ir, kunjut pо‘stloqsiz urug‘larga kiradi. Bu urug‘lar chaqilmasligiga sabab, ularning pustlog‘i yupqa va mag‘izga yopishgan holda bо‘ladi. Agar biz ishlab chiqarishda, ya’ni urug‘larni qayta ishlaganda chaqsaq, moyni chiqishi kamayib ketgan bо‘lar edi, chunki chaqilganda pо‘stlog‘i bilan birgalikda mag‘iz ham о‘tib ketib, isrofgarchilikka olib keladi [15,16,18]. Urug‘lar moyliligiga qarab uch turga bо‘linadi: 1) sermoy urug‘lar; 2) о‘rtacha moyli urug‘lar; 3) kam moyli urug‘lar. Sermoy urug‘larga: kunjut, kanakunjut,kungaboqar, zig‘ir kiradi. Ularning mag‘zi tarkibida 56-75% moy bо‘ladi. О‘rtacha moyli urug‘larga: chigit, yeryong‘oq, raps kiradi. Ularning mag‘izi tarkibida 36-55% moy bо‘ladi. Kam moyli urug‘larga: loviya va shunga о‘xshash о‘simliklarning urug‘lari kiradi. Ular mag‘zi tarkibida 15-35% gacha moy bо‘ladi. Download 161.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling