I bob. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston. Sanoatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi


Download 161.82 Kb.
bet1/21
Sana16.06.2023
Hajmi161.82 Kb.
#1511677
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
KOBULOVA NILUFAR MD (2) (2)




XIX asr ikkinchi yarimi XX asr boshlarida Turkistonda yog’ moy sanoati tarixi
KIRISH

I BOB. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston. Sanoatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi



1.1. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkistonda. Sanoatning rivojlanishi
1.2. XIX asr oxirida Turkistonda Yog‘-moy sanoatining rivojlanishining bosqichlari
II BOB. Turkistonda yog’ moy sanoatiga qaratilgan e’tibor va o’lkada yog’ moy zavodlarining tashkil etilishi
2.1. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda sanoat.
2.2. Turkiston o’lkasida yog’ moy sanoatidagi yangiliklar va yog’ moy zavodlari qurilishi.
III BOB. XX asr boshlaridan Turkiston o’lkasi sanoatida paxta va chigitdan unumli foydalanish
3.1. XX asr boshlaridan Turkiston o’lkasida paxta va chigitdan unumli foydalanish
3.2. XX asr boshlarida Turkistonda sanoat.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi.
So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlari ko’lami kengaymoqda shuning uchun O’zbekiston Republikasi rivojlanishi mavzusini yangi adabiyotlar asosida yoritish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Har qanday davlat yuksak darajada taraqqiy etishi, o’ziga xos yutuqlarni qo’lga kiritishining asosini ta’lim-tarbiya hamda ilm-fanda berilgan katta ahamiyat tashkil etadi. Bu borada O’zbekistonda ham juda ko’p samarali ishlar olib borilgan. “Biz ta’lim-tarbiyaning barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashni o’zimizni birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz1” degan edi Prezident Sh.M.Mirziyoyev. Insoniyat madaniy-ma’naviy rivojlanishining ajralmas qismi ta’lim-tarbiya hamda ilm-fan bo’lib, u barcha davrlarda jamiyat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo’lgan. Bunda alohida xalqlarning ilmiy yutuqlari doimo butun insoniyat manfaatlari uchun xizmat qilgan. Shu ma’noda O’zbekiston ham o’zining jahon ilmi xazinasiga qo’shgan hissasi bilan munosib o’rin egallaydi.
Davlatimiz rahbari yoshlar ta’lim-tarbiyasiga ularning komil inson bo’lib yetishishlariga juda katta sharoitlar yaratib bermoqdalar. “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og’ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko’taramiz. Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tegdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz2” .
O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, mamlakatning madaniy-ma’naviy turmushidagi vaziyat keskin o’zgardi. “Mintaqamiz xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi qo’shnichilik aloqalari bog’lab turadi. Amaliy hamkorlikka tayyor va unga astoydil intilish, shuningdek barcha Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy kelajak uchun mas’uliyatni his etishi mintaqaning barqaror rivojlanishi va faravonligining mustahkam poydevori va kafolatidir3”.
Mamlakatning ilm-fan soxasidagi rivojlanishi haqida to’xtalganda shuni aytish kerakki, mustaqillikning ilk kunlaridan ilmiy fikr va ijodiy intelligensiya haqidagi eskirgan aqidalarni yo’q qilish bosh vazifalardan biri sifatida ilgari surildi. Boshqa kechiktirib bo’lmas vazifa - ilmiy fikrning erkin faoliyati uchun sharoitlar yaratish xorijiy davlatlar olimlari bilan keng almashinuvni yo’lga qo’yish va jahon ilmiy hayotiga kirib borishdan iborat edi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezident Islom Karimov davlatning ilm-fan soxasidagi faoliyatining asosiy vazifalarini belgilar ekan, shunday deydi: “Biz dunyodagi taraqqiy topgan davlatlar safiga kirishni maqsad qilar ekanmiz, avvalambor, olimlarimiz, ularning ilmi, obro’si olamda mashxur bo’lishi, jahon ilm-fanining yuksak mezonlariga mos bo’lishi darkor. Bugun biz olib borayotgan barcha ilmiy izlanishlar dunyodagi eng nufuzli ilm dargoxlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi, ularning ko’magi, tajribalari bilan boyitilishi kerak 4”.
Jamiyat va davlatlar tarixi shuni ko’rsatadiki, biron – bir mamlakat boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilmasdan taraqqiyotga erishgan emas. Sharq va G’arb mamlakatlarini bir – biriga bog’lagan Buyuk Ipak yo’lining markazida joylashgan O’zbekiston bir necha asrlardan buyon dinlar, millatlar va madaniyatlarning tutashuv nuqtasi bo’lib kelmoqda.
Davlatimizning tashqi siyosat sohasidagi yondashuvi va pozitsiyasi bizga yaxshi ma’lum, ana shu fikrlarga qo’shimcha qilib, biz jahondagi ilg’or tajribalarni chuqur o’rganish va amaliyotga joriy etishni oldimizda turgan keng ko’lamli vazifalarni muvafaqqiyatli amalga oshirish muhim shartlardan biri deb hisoblayman. Biz o’zaro ishonch va manfaatlarni hisobga olish asosida xorijiy davlatlar eng avvalo qo’shni davlatlar, shu bilan birga xalqaro institutlar bilan yaqindan hamkorlik qilishni bugungi kun talabi darajasida tashkil etamiz. O’zbekistonda o’zini ishonchli sherik sifatida ko’rsatgan ishbilarmonlar bilan hamkorlik munosabatlari albatta davom ettirildi5.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab xalqaro aloqalar subyekti sifatida tan olindi hamda faol tashqi siyosatni amalga oshirishni boshladi. Tarixdan ma’lumki, davlatlar dastlab o’zaro iqtisodiy aloqalarni o’rnatishga etibor qaratishadi. Keyinchalik bu aloqalarning mustahkamlanishi esa madaniy aloqalar rivoji uchun xizmat qiladi. Dunyo tarixida biron bir davlat yo’qki iqtisodiy aloqalarga kirishmasdan turib madaniy aloqa o’rnatsa. O’zbekistonning ham tashqi siyosatida birinchi galda iqtisodiy aloqalarga e’tibor qaratildi.
O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyalshuvida Yevropa Ittifoqi tarkibidagi davlatlarni muhim rol egallaydi. Binobarin, O’zbekiston jahon hamjamiyati bilan hamkorlik qilishda Yevropaning hozirgi mavjud imkoniyatlari milliy manfaatlarimiz nuqtai nazardan muhimdir. Yevropa va butun G’arb yuksak texnologiyalar va investitsiyalar manbai, hozirgi zamon demokratiya va inson huquqlarining ramzidir.
Mazkur loyihalar ta’lim sifatini yuksaltirish, qonun ustuvorligi va xavfsizlikni ta’minlash, barqaror rivojlanishga ko’maklashish hamda tabiat resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan


Download 161.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling