I bob. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston. Sanoatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi


XX asr boshlarida Turkistonda sanoat


Download 161.82 Kb.
bet14/21
Sana16.06.2023
Hajmi161.82 Kb.
#1511677
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
KOBULOVA NILUFAR MD (2) (2)

3.2 XX asr boshlarida Turkistonda sanoat.


Chigit — gʻoʻza urugʻi; terib olingan paxtani qayta ishlab (toladan ajratib) olinadi. Terilgan paxta vaznining 55—60% chigit hissasiga toʻgʻri keladi. Shakli tuxumsimon yoki noksimon, choʻzinchoq yoki kalta, boʻyi 1,5-15 mm, eni (diametri) 1-8 mm, ogʻirligi 70—160 mg, 1000 donasining oʻrtacha vazni 120—140 g; qoʻngʻirjigarrang, qattiq qobiq va magʻiz (yadro)dan iborat. Ustki qavati (poʻsti)dan tola va momiq (lint) ajratib olinadi (qarang Paxta tolasi). Tola va tuklari koʻp keng qismi (toʻmtoq tomoni) xalaza, uch qismi mikropile (chang yoʻli) deyiladi. Chigit murtagi 2 ta urugʻpalla, urugʻpalla ostki boʻgʻin, iddiz qinidan iborat. Foydalanish maqsadlariga koʻra urugʻlik va sanoatda qayta ishlanadigan texnik chigitlarga boʻlinadi. Bir necha oydan bir ikki yilgacha yaxshi saqlangan chigit fiziologik pishib yetilgan, sogʻlom va unuvchan boʻladi. Bexato va sogʻlom unib chiqishi uchun ivitiladi. Chigitning muhim xususiyati uning epidermis hujayralarida bir hujayrali 20 mm dan 42-44 mm va undan ortiq boʻlgan tolalarning hosil boʻlishidir. Chigit magʻzi tarkibida 24 dan 29 % ga qadar moy bor (qarang Paxta moyi). Oʻzbekiston yogʻmoy sanoati korxonalarida har yili 1,5— 2 million t texnik chigit qayta ishlanib paxta yogʻi, shulxa (chigit poʻchogʻi), kunjara olinadi. Chigit chiqindilarini qayta ishlab, ulardan sellyuloza, spirt, lok va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Mamlakatimizdagi eng yirik, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan 80 dan ortiq korxona “O'zyog'moysanoati” uyushmasi aъzosi hisoblanadi. AO “ANDIJONYOG’MOY” Zamonaviy yog'-moy korxonasi-murakkab mexanizm bo'lib, texnologik jarayonida asosiy xom– ashyo paxta chigitidan tashkari kuchli kimyoviy moddalar ishkor, benzin, sul`fat kislotasi, neft` maxsulotlaridan olinadigan yog' kislotalari ishlatuvchi yarim kimyoviy, yarim oziq-ovqat sanoati majmuasi hisoblanadi. Xozirgi kunda korxonaning ishlab chiqarish kuvvati bir kecha-kunduzda 400 tonna paxta texnik chigitini qayta ishlashga moslashtirilgan. Paxta texnik chigitidan tashkari kungaboqar pista donini, maxsar, soya kabi moyli usimliklar donini ham kayta ishlash imkoniyatiga ega. “Andijonyog'moy” korxonasining tarixiga nazar soladigan bulsak, 1907 yilda-bir kecha kunduzda 50 tonna paxta chigitini kayta ishlovchi «T.K.Solov`ev i kompaniya» xususiy firmasi negizida «Besh bosh» aktsiyadorlari tomonidan barpo etildi. Zavodni ishga tushgan kuni 1907 yil 19 dekabr, korxonaning tashkil topgan kuni xisoblanadi. 1917 yilda Yog' zavodi milliylashtirilib asosiy ishlab chiqarishni kengaytirilishi hisobiga bir kecha kunduzda 150 tn chigitni qayta ishlay boshladi, shu vaqtda yiliga 720 tn sovun ishlab-chiqaruvchi, asosan kul mehnatiga moslashgan sovun pishirish tsexi ishlar edi. Korxona birinchi besh yilliklar davrida juda tez rivojlandi. Bir kecha kunduzda 200 tn. chigitni qayta ishlay boshladi. Sovun ishlab chiqarish yiliga 2100 tonnaga etkazildi. Ikkinchi jaxon urushi davrida yog'-zavodi o'zining mehnatiga sidqidildan yondashuvchi, zaxmatkash, fidoiy mehnatkash odamlarining fidokorona mehnatlari bilan kupchilikka o'rnak bo'lib, frontga va front ortida turgan isteъmolchilarga yog'-moy maxsulotlarini etkazib berib turdi. 1949 yilda yog' zavodni yangi mexanizmlar bilan qayta jixozlantirildi. Uzluksiz ekstraktsiya usuli bilan yog' olina boshlandi. Korxonaning quvvati bir kecha kunduzda 450 tonna chigitni qayta ishlash darajasiga etdi. 1954 yili yog' zavodi «Andijonyog'moy kombinati» deb atala boshladi. 1960 yili sovun pishirish tsexi tula qayta jixozlash xisobiga va bir kecha kunduzda 50 tn. sovun ishlab chiqarishga erishildi. 1962 yili – yog'ni oqlashdan xosil bo'lgan soapstokdan yog' kislotalarini distillyatsiya usuli bilan olish tsexi kurilib ishga tushirildi, bu esa sovunning sifatini yaxshilashga, xamda uning tannarxini pasaytirishga imkon yaratdi. 1966 yili – korxona mehnatdagi erishilgan zafarlari, etti yillik rejani bajarilgani uchun «Mehnat qizil bayrok» ordeni bilan taqdirlandi. Forpress tsexi xodimi A.Mamarasulov mehnatdagi zafarlari uchun mehnat kaxramoni unvonini olishga erishdi. 1975 – 1980 yillari korxona kuvvati bir kecha kunduzi 540 tn chigitni qayta ishlashga kutarildi. 1983 – 1984 yillarda korxonada asosiy ishlab chiqarish tsexlari kisman qayta jixozlandi. a). Ekstraktsiya tsexidagi maъnaviy va jismonan eskirgan shnekli bug'latgich urniga PXR (Pol`sha) da ishlab chikarilgan 2 ta chanli bug'latgich «TOSTER» o'rnatildi. b). 1984 yili GDR ( Olmoniya)da ishlab chiqarilgan yog' maxsulotini kisish yo'li bilan oluvchi XSP-18 va G-24 agregatlari urnatilgan, forpress tsexi qurilib ishga tushirildi va shu bilan forpress tsexi kuvvati bir kecha kunduzda 800 tn chigitni qayta ishlashga etkazildi. 1993 yili distillangan yog' kislotalarini oluvchi yangi zamonaviy uskunalar bilan jixozlangan tsex kurilib ishga tushirildi. Ishchilarga texnika va mehnat xavfsizligi tomonidan shart-sharoit yaratildi. 1995 yil «Andijon yog'-moy» korxonasi negizida «Andijonyog'moy» ochik turdagi xissadorlik jamiyati tashkil topdi. 1996 – 1997 yillarda korxona texnik tomonidan xam katta uzgarishlarga erishdi. 1995-96 yillarda korxonada kayta rekonstruktsiya ishlari olib borilib ND-1000 shnekli ekstraktor urniga Olmoniyada ishlab chikarilgan yukori samaradorlikka ega bulgan KE -500 markali rotorli ekstraktor urnatilib ishga tushirildi. Buning natijasida bir kecha kunduzda 500 tonna texnik chigit kayta ishlanib, sifatli moy xamda 220 tonna tosterli shrot ishlab chikarish yulga kuyildi. – Yukori kuvvatga ega bulgan DK 25/14 rusumli yangi bug kozonini foydalanishga topshirilishi bilan chetdan, biokimyo zavodidan bug olishga chek kuyildi. – Suvni kimyoviy tozalash uskunalari kayta taъmirlandi, suv tozalash kuvvati oshirildi. – 5 km dan ziyodrok er osti va er usti suv va bug kuvurlari kaytadan taъmirlandi. Ekologik barkarorlikni taъminlash maksadida jamiyat raxbariyati yukori nazorat organlari ishtirokida atmosferaga chikarilayotgan zararli moddalarni kamaytirish maksadida PDV- meъyoriy xujjatlarini xamda, suvdan foydalanish, atrof muxitga chikindilarni joylashtirish PDO, PDS xujjatlarini xam kabul kilib, ushbu masalada meъriy xujjatlar talablari asosida ishlar tashkil etib kelinmokda.

Keyingi yillardagi taxlillar shuni kursatmokdaki, atmosferaga tashlanayotgan zararli moddalarning mikdori meъyor kursatkichlarining atigi 50-55 foizini tashkil etayotganligini bu borada monitoring olib boruvchi idoralar tomonidan taъkidlanmokda. «Andijonyog'moy» OAJ tomonidan 2010 yilning fevral oyida ishlab chikarilayotgan yog', xujalik sovuni, shrot, sheluxa va gasipolli smolaga yaroklilik sertifikati xamda gigienik sertifikatlar olingan. 2010 yilning 1- yarim yillik yakunida esa korxona xalkaro sifat boshkaruv tizimi ISO-9001 talablariga moslashtirilganligi va shunga mos ravishda maxsulotlar ishlab chikarishga erishganligi eъtirof etilib, korxonaga mutasaddi tashkilotning ISO-9001 sertifikati berildi. Sifat tizimini boshkarishni yanada takomillashtirib borish yunalishida muayyan ishlar olib borilmokda. – Suv tankisligini yukotish maksadida 1 ta 1000 m3 suv xavzasi kurilib bitkazildi, 2 ta 700 m3 suv xavzasi kayta taъmirlandi, kerakli kuvur va nasoslar urnatilgan. Bu suv xavzasidan unumli foydalanish maqsadida Uzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriklaridan kelib chikkan xolda viloyat xokimi tomondan kabul kilingan karor asosida balikchilikni rivojlantirish va ishchi-xodimlarni arzon balik maxsulotiga bilan taъminlab borish uchun xozirda balik bokilmokda. Korxonaning umumiy er maydoni 12,07 gektarni tashkil kilib, shundan 4,8 gektariga ishlab chikarish tsexlari va maydonlari joylashtirilgan. Korxona xududida Vazirlar Mahkamasining karori va yog'-moy uyushmasi raxbariyatining va viloyat xokimligining kursatmalariga asosan kandolat tsexi tashkil etilib, Xitoy davlatidan keltirilgan uskunalar urnatilgan. Bu tsexda karamel ishlab chikariladi. Korxona Andijon tumanida 4,5 gektar erga bog tashkil etgan va mevali kuchatlar parvarishlanib borilmokda. – Texnik yog'ni zararsizlantirib isteъmol yogini kupaytirish maksadida yogni doglash va kadoklash buyicha Belgiya-Amerika kompaniyalari bilan birgalikdagi «Andijon Flarup Oyl kompanii» kushma korxonasi 1999 yilda ishga tushirildi, buning natijasida isteъmol yog'ini ishlab chiqarish 50 foizga usdi. Xozirgi kunda ishlab chikarilayotgan isteъmol yog'ining 100 foizi 1 litrli PET idishlarga kadoklangan xolda chikarilmokda va isteъmolchilarga etkazib berilmokda. «Andijonyog'moy» aktsiyadorlik jamiyati kuyidagi texnologik bo'limlardan iborat: Xom-ashyo bo'limi Tayyorlov tsexi(chigitni tozalash shulxani ajratish, yanchilma tayyorlash bo'limi) Forpress tsexi(paxta yogini bosim ostida siqib olish bo'limi) Ekstraktsiya tsexi Yog'ni oqlash tsexi Kunjarani kayta ishlash va saklash ombori Sovun pishirish tsexi Xom-yog' kislotalari ishlab chiqarish tsexi Distillangan yog' kislotalari ishlab chikarish tsexi Suv bug'i ishlab chiqarish tsexi. Yog'ni oqlash tsexi-forpress va ekstraktsiya tsexlaridan olingan qora yog'ni kuchli ishkor (kaustik soda) NaOH bilan tozalanadi va davlat andozalari talab drajasiga etkazilib, yog' omborlariga junatiladi. Oqlash natijasida olingan chukma soapstokni kayta ishlashga, xom yog' kislotalari ishlab chiqarish tsexiga (SJK) beriladi. Rafinatsiya-yog' oqlash tsexining kuvvati bir – kecha kunduzda 90 tn. yog'ni oqlash imkoniyatiga ega.

Kunjarani qayta ishlash va saqlash ombori. Ekstraktsiya tsexidan chiqqan yog'sizlangan kunjara 100-105 oS da bo'lganligi uchun bu tsexda kunjara sovutilib xaridorlarga mashina va vagonlarga yuklanadi. Qabul qilish kuvvati – 300 tn Yuklash kuvvati – 300 tn Omborxona saqlash xajmi – 3000 tn Sovunni pishirish tsexi – bu tsex uzining texnologik jarayoni buyicha uziga xom yog' kislotalari (SJK), distirlangan yog' kislotalari (DJK) tsexlarini, sig'im xujaligi, sovun kutilarini saqlash va taъmirlash tsexlari, temir yo'l tizimlarini o'z ichiga oladigan murakkab majmuadan iborat bo'lib, bir kecha kunduzda 72,0 tn. xujalik sovuni ishlab chiqarish kuvvatiga ega. Korxonada na fakat texnik va texnologik jarayonlarni rivojlantirish, balki ishchilarning madaniy – maъnaviy dam olishini, ijtimoiy-iqtisodiy ximoyalash borasida xam ibratli ishlar olib borilmokda. Korxonada 774 ta ishchi ishlaydi ulardan 219 nafarini ayollar tashkil etadi. Viloyat axolisining isteъmol yog'iga bo'lgan extiyojini tula ravishda kondirish maksadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 avgustdagi PK-651 karori va undan keyin qabul qilingan bir kator Xukumat qarorlari asosida viloyat tumanlari kesimida joylashgan fermer xujaliklari bilan shartnoma asosida kungaboqar ekinini ekish va olingan xosilni korxonada qayta ishlab sifatli yog' maxsulotlarini ishlab chiqarish ishlarini amalga oshirib qelmokda. Shuningdek, korxona yordamchi xujaligida bokilayotgan novvos va sigirlarning gushti arzon narxlarda ishchi-xizmatchilarga bayram kunlari tarkatilmokda. Suti profilaktik maksadida zararli muxitda ishlovchi ishchi-xizmatchilarga berib borilishi tashkillashtirilgan. Xuqumat topshirigi va viloyat xokimligining karoriga asosan korxona ixtiyoriga 4,5 gektar bog' tashkil etish uchun er maydoni ajratilgan. Xozirda mevali kuchatlar ekish ishlari amalga oshirilib, agrotexnik karov amalga oshirib kelinmokda. Korxonaning asosiy maxsulotlari katorida isteъmol tovar turlarini kengaytirish va kushimcha ish urinlari yaratish maksadida, korxonadagi mavjud ishlab chikarish er maydonlarini optimallashtirish yuzasidan, bo'sh turgan er maydonlarida limonariy meva va sabzavot maxsulotlarini yanada kupaytirilishi, hamda maxsulotlarini saqlash omborlarini va kurilish materiallari saqlanuvchi omborni taъmirlab ishlarni tashkillashtirib borilmoqda.


1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling