I bob. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston. Sanoatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
Tadqiqot ishining tuzilish tartibi
Download 161.82 Kb.
|
KOBULOVA NILUFAR MD (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkiston paxtasi
Tadqiqot ishining tuzilish tartibi: Magistrlik dissertatsiya kirish, 3 bob, 6 paragraf, xulosa hamda adabiyotlar ro’xatidan iborat.
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkistonda. Sanoatning rivojlanishi Rossiya imperiyasi bosqinchilik siyosatining asosiy maqsadi Turkiston o‘lkasi boyliklarini talash, uni paxta monopoliyasiga aylantirish va Rossiyada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun yangi bozor tashkil etishdan iborat edi. Rossiya hukumati Turkiston o‘lkasini bosib olgan yerlarida shu siyosatni zudlik bilan amalga oshira boshladi. Ayniqsa bu sanoat sohasida yaqqol ko‘zga tashlandi. Chor hukumati Turkiston o‘lkasiga kirib kelgan rus va chet el sanoatchilarini xar tomonlama qo‘llab-quvvatladi. Turkiston o‘lkasining boy zaxiralari rus tadbirkorlarini esankiratib qo‘ydi. 1866 yilda Moskva universiteti qoshida Moskva qishloq xo‘jalik jamiyati va tabiatshunoslik ishqibozlari jamiyatining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda savdo va sanoat vakillari ishtirok etdi. Ushbu jamiyatning raisi I.N.Shatilov savdo va sanoat namoyondalarining rus qo‘shinlarining boshlab bergan ishini oxirigacha yetkazishlari kerakligini, ya’ni Rossiya uchun O‘rta Osiyo ahamiyatini mustahkamlash zarurligini uqtirdi.Rossiya imperiyasi rus tekstil sanoati uchun Turkiston paxtasini qo‘lga kiritishni azaldan orzu qilib kelgan edi. O‘lkada yetishtiralayotgan paxta Amerikadan Rossiyaga keltirilayotgan paxtadan ancha arzonga tushar edi. Chor hukumatini mahalliy paxta navlari qoniqtirmadi. Ular paxtadan yana ko‘proq daromad olish va uning navlarini ko‘paytirish maqsadida o‘lkada amerika paxta navini o‘zlashtirishga kirishdi. Chor Rossiyasi dastlabki yilardanoq paxtadan yaxshi daromad ola boshladi. Shuning uchun ham ular paxta masalasiga juda katta e’tibor bergan. Hatto rus matbuotida: «Turkiston o‘lkasining tugamaydigan boyligi bu paxta va ipak bo‘lib, ular hozir yaxshi rivojlanmagan bo‘lsada, aql-idrok bilan ish tutilsa Rossiyaning fabrikalari paxta va ipak bilan ta’minlanadi» deb bejiz aytilmagan edi. Yana chor hukumati chet eldan olinadigan paxtaga boj solgan bo‘lsa, Turkiston o‘lkasidan olinadigan paxtaga boj solmadi. Paxtadan olinadigan daromadni qanday bo‘lishini hisobini qilgan rus sanoatchilarida katta-katta paxta plantatsiyalari paydo bo‘ldi. Toshkent shahrining «yangi» qismi Turkiston o‘lkasining iqtisodiy markaziga aylandi va dastlabki yevropa tipidagi sanoat korxonalari aynan shu yerda tashkil topdi. Paxtadan mo‘may daromad olishni mo‘ljallagan rus tadbirkorlari zudlik bilan paxta zavodlari barpo etishga harakat qildilar. Ma’lumki, paxta tub aholi tomonidan oddiy usul – chig‘iriq yordamida tozalanar edi. Bu og‘ir, ko‘p vaqtni oladigan mehnat edi. Masalan, bir ishchi bir pud g‘o‘zani ikki kun tozalardi, ya’ni birinchi kuni chanoqdan paxtani ajratsa, ikkinchi kuni paxta tolasini chigitdan chig‘iriq orqali ajratgan. Shu tariqa ikki kunda bir pud g‘o‘zadan 8-9 funt toza tola olinardi. Agar shu hisobdan keladigan bo‘lsak, mardikorning oilasi hosilning o‘ndan bir qismini uzluksiz mehnat qilib 2-3 oydagina uddalar ekan. Bundan tashqari mahsulot ishlab chiqarishdan tashqari uning ustiga katta ustama xarajat qo‘shilishi ham bor edi. Qayta ishlashning mahalliy usuli o‘lkada paxtachilik rivojlanishiga katta to‘sqinlik qilardi. Paxta tozalash zavodlarining paydo bo‘lishi ushbu sohaning rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Zavodlarda paxta xom ashyosini qayta ishlash asosan paxta tolasini chigitdan ajratish va qulay shaklda presslashdan (toylashdan) iborat edi. Birinchi paxta tozalash zavodi Toshkentda 1879 yilda S.I. Nazarov tomonidan qurildi. Keyinchalik S.I. Laxtin, M.I. Nikiforov va boshqa sanoatchilarning zavodlari ham ishga tushdi. Ular orasida Yu. Davidov va Katta Yaroslav Manufaktura savdo-sanoat shirkatining paxta tozalash zavodlari eng katta sanoat korxonalaridan hisoblangan. Shuni ta’kidlash joizki paxta tozalash zavodlarining ba’zilari paxta hosili bo‘lmagani sababli muntazam ravishda faoliyat ko‘rsatmagan. Paxta tozalash zavodidagi ish jarayoni quyidagi tartibda olib borilgan: masalan, S.I. Nazarov zavodida 110 arrali 6 jin (paxta tozalaydigan mashina) mavjud edi. Har bir jin mahsuldorligi bir arraga sutkasiga 3 pud paxta hisobidan to‘g‘ri kelardi. Jin bug‘da, arra esa qo‘lda harakatga keltirilgan. Zavodda hammasi bo‘lib 12 kishi ishlar, ya’ni har jarayonga 6 tadan odam to‘g‘ri kelgan. Zavod jihozlari asta-sekin takomillasha borgan. Jinlar miqdori va paxtani pnevmatik (siqilgan havo bilan ishlaydigan) usulida uzatish bo‘yicha texnik jihoz ortib bordi. Qo‘l va vintli (parrakli) toylash ishchi kuchini ko‘p talab qilgani sababli mexanik dvigatellar yordamida harakatga keluvchi gidravlik uskunalar bilan almashtirildi. Bular barchasi paxta tozalash zavodlari ishlab chiqaradigan mahsulot hajmini oshirdi. 1885 yilda 130 ishchi ishlaydigan besh paxta tozalash zavodida 311 928 rublga mahsulot ishlab chiqarilgan edi. Keyinchalik savdo-sanoat shirkatlari tomonidan qurilgan zavodlar paydo bo‘ldi. Ular orasida Katta Yaroslav Manufakturalari va O‘rta Osiyo savdo-sanoat shirkatlari bor edi. 1893 yil ma’lumotlari bo‘yicha 8 zavodda hammasi bo‘lib 1 663 400 rublli 263 400 pud paxta tozalangan. Shaharga 1898 yil A.D. Ryadov momiq (paxta) fabrikasi ochildi. U eski uvadalarni va paxta tozalash zavodi chiqindilarini tozalash bilan shug‘ullanardi. Bundan tashqari bu yerda paxtaning amerika navidan momiq va tuya juni qayta ishlangan. Zavod oboroti yiliga 20 ming rublni tashkil etgan. Paxta zavodlaridan tashqari shaharda yog‘ ishlab chiqaruvchi zavodlarga ham asos solindi. Birinchi yog‘ zavodi 1872 yil S.I. Krauze tomonidan ochilib, bu yerda kunjutdan tashqari yong‘oq va o‘rik moylari ham ishlab chiqilgan. O‘zining arzon narxi va sifati bilan kunjut yog‘i boshqa pista va ko‘knoridan tayyorlanadigan yog‘larni sotuvdan siqib chiqardi. Yog‘ asosan paxta chigiti, kunjut, zig‘ir va boshqa mahsulotlardan olinardi. Bunday zavodlar soni ko‘payib bordi. Shunday zavodlardan birida 1888 yilda 500 pud zig‘ir, 300 pud kunjut, 100 pud kanop, 300 pud paxta yog‘i ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqarilgan mahsulot nafaqat Toshkent shahrida balki Samarqand va Farg‘ona shaharlariga xam jo‘natilgan. Bu zavodlar urug‘ tozalovchi mashinalar, linterlar, presslar, elevator, kunjara kesadigan mashinalar va h.k.lar bilan jihozlangan. 1873 yilda shaharning «yangi» qismida Pavel Gurdega tegishli to‘quv fabrikasi ishga tushdi. U yerda 60 dastgoh o‘rnatilgan bo‘lib, unda 6 rus va 54 o‘zbek xizmat qilardi. Fabrikada xomashyo o‘rnida Toshkent, Qo‘qon va Buxorodan keltirilgan kalavalardan (pryaja) foydalanilardi. Undan 250 arshin to‘rvabop mato tayyorlanib, Turkiston harbiy okrugi indentant boshqarmasiga topshirilgan. O‘sha yili Jemchujnikov to‘quv fabrikasi ham ishga tushirildi. U yerda tik, ro‘mol, mato kabilar to‘qilardi. Bu yerda 54 dastgoh bo‘lib, shundan 50 tasi asosan qo‘lda boshqarilardi. Mahsulot hajmi yiliga 4508 arshin bo‘lib, 864 rublga to‘g‘ri kelgan. Chor hukumati Turkiston o‘lkasida to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga to‘sqinlik qildi. Chunki bunday imkoniyat Rossiyaning to‘qimachilik sanoatini rivojlanishiga zarar yetkazishini juda yaxshi tushunar edi. Shu bilan birga mustamlaka o‘lkani iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy taraqqiyotdan juda uzoqda saqlash chor hukumatining asosiy vazifalaridan biri edi. Shu sababli ham tayyor paxta manbaiga ega bo‘lgan Turkiston o‘lkasida to‘qimachilik sanoati rivoji xech qanday chora-tadbir ko‘rilmadi. Aksincha Rossiyadan tayyor ip-gazlamalar keltirildi. Turkiston o‘lkasida ishlab chiqarilgan ipak tolasi qadimdan mashhur bo‘lib kelgan. Unga talab hatto Yevropa bozorlarida ham kuchli bo‘lgan. Chor hukumati paxta bilan birgalikda ipakchilikka ham katta e’tibor bergan va undan yaxshigina daromad olgan. Mahalliy aholi bu ish bilan azaldan shug‘ullanib kelgani va tutzorlarning ko‘pligi ipakchilikni rivojlanishini ta’minlagan. 1871 va 1872 yillarda Toshkentda bir necha ipak yigiruv fabrikalari ochildi. Ular orasida I.I. Pervushinning ipak o‘rash fabrikasi boshqalarnikiga nisbatan mukammalroq bo‘lgan. 1895 yilda shaharning «yangi» qismida 7 pud va eski qismida 2060 pud pilla yetishtirilgan. Bu davrda charm ishlab chiqarish ham ancha takomillashdi, tub aholi esa bu ish bilan azaldan qo‘lbola usulda shug‘ullanib kelgan. Dastlabki yevropa tipidagi ko‘n zavodini 1868 yilda Salor bo‘yida M.A. Xludov tomonidan qurilgan. 1877 yilda Kunaysev tomonidan ham ko‘n zavodi qurildi. Keyinchalik yana bir nechta ko‘n zavodlariga asos solindi. 1885 yilda shaharning “yangi” qismida 4 ta shunday zavodlar faoliyat ko‘rsatgan. Ular yiliga 157 ming so‘mlik 21 ming dona oshlangan teri ishlab chiqargan va unda 4 usta va 48 ishchi ishlagan. Bunday korxonalar Toshkentning “eski” qismida ham ochilib, uning asoschilari mahalliy aholi vakillaridan edi. Masalan, 1886 yil Y. Karimboyev ma’muriyatdan Salor bo‘yida ko‘n zavodi qurilishiga ruxsatnoma olgan. 1891 yil ma’lumotlari bo‘yicha 6 usta, 14 ishchi, 6 shogird bo‘lgan 4 zavodda 320 ming rubllik mahsulot ishlab chiqarilgan. Bu shahar bo‘yicha teri ishlab chiqarish ancha rivojlanganidan guvohlik beradi. Ichak zavodlarining asoschilaridan biri G.V. Dyurshmidt edi. U ichaklarni tozalash va konservalash bilan shug‘ullangan. 1889 yilda bu zavod mahsuloti 84 ming rublni tashkil etdi. Orenburglik savdogar A. Husainov zavodida 1898 yilda 16 200 rubllik ichakni qayta ishlangan. Turkiston o‘lkasiga rus xamda chet el kapitalining kirib kelishi sanoat ishlab chiqarishining turli sohalarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Rus sanoatchilarining ishtahasi ochilib ketdi. Ular nafaqat sanoatning bir turi, balki bir necha turi bilan shug‘ullana boshladilar, ya’ni bir necha zavod va fabrikalarga egalik qildilar. Sanoat korxonalari bilan bir qatorda bosmaxonalar ham paydo bo‘la boshladi. Birinchi bosmaxona harbiy ma’muriyat tomonidan 1868 yilda qurilgan edi. Ikkinchi bosmaxona 1872 yilda Turkiston general-gubernatorligi tomonidan ochildi. 1872 yilda S.I. Laxtin bosmaxonasiga asos solindi, u yiliga 20 ming rubllik mahsulot ishlab chiqargan. XIX asr oxirlarida O.A. Porsev va aka-uka Kamenskiylar I.I. Kostelov, V. Ilin, P.F. Britdenbax va boshqa tipolitografiyalari ishga tushdi. 1895 yilda 2 tipografiya va 3 litografiya faoliyat ko‘rsatib, ular 18 740 rubllik mahsulot ishlab chiqardi. Bu vaqtga kelib pishiq g‘isht ishlab chiqarish sohasi ham ancha rivojlangandi. 1877 yil6da V. V. Makarov va S.K. Yanchevskiyning g‘isht zavodi qurilgan bo‘lib, u 1882 yilda 2 100 ming dona g‘isht ishlab chiqargan. Bu zavodlarda 2 usta va 61 ishchi ishlagan. Biroq zavodlar har doi7m ham muntazam ravishda ishlamas, buning oqibatida ayrim yillarda u8lar ishlab chiqargan mahsulotlar ancha kam bo‘lardi. Masalan, shunday yillardan birida 11270 rublga 1030 ming dona g‘isht ishlab chiqarilgan. Shaharda cho‘yan quyish korxonalari ham vujudga keldi. 1885 yildayoq 1-gildiya savdogari A.S. Gromov shahar ma’muriyatidan Salor daryosi bo‘yida cho‘yan quyish mexanik korxonasini qurishga ruxsat oldi, ammo manbalarda bu zavod faoliyati xaqida ma’lumotlar yo‘q. Keyinchalik 9 yirik cho‘yan quyish korxonalari faoliyat ko‘rsatib, ularning yillik daromadi 300 ming rublni tashkil etgan. O‘lkada darmana (santonin) urug‘idan darmana yog‘i olinadigan zavod ochilishi katta ahamiyat kasb etdi. Bunday birinchi zavod 1884 yilda Chimkentda ochildi. Gijja tushirishda darmana eng yaxshi dori hisoblanadi. Bu o‘simlik butalari jahon bo‘yicha faqat Chimkent va Avliyootadagina saqlanib qolgan. 1886 yilda N. Nikitin Beshyog‘och va Salor ariqlari yoqasidagi Qumbegi degan aholi yo‘q joyda shunday zavod ochgan. Uning yillik mahsuloti 10 ming rublni tashkil etgan. 1897 yilga kelib bu raqam ikki baravarga ortgan. Zavodda 300-400 pud darmana urug‘i ajratilgan. Shu yili Pfaffga qarashli ikkinchi darmana zavodi ochilgan. Bu yerda 7000 rubllik 200 pud darmana ishlab chiqarilgan. 1898 yil shu mahsulot 18 ming rubllik 400 pud ishlab chiqarilgan. Har yili xom darmana ishlab chiqarishga 18 ming pud darmana urug‘i, 400 pud sulfat kislotasi, 80 pud soda sarflangan. Toshkentda korchalon Bichkov qurgan darmana zavodi ham faoliyat ko‘rsatgan. Hammasi bo‘lib 1888-1889 yillar Toshkent zavodlarida 7899 pud darmana yog‘i olingan. Bu mahsulot xorijga, jumladan Yaponiya, Italiya, Germaniya, ayrimlari Janubiy Amerikaga jo‘natilgan. Shaharda tamaki va papiros ishlab chiqaruvchi fabrika faoliyat ko‘rsatgan. Birinchi tamaki fabrikasi 1877 yilda Pervushin tomonidan ochilgan. Uning tamaki plantatsiyalari bo‘lib, har yili 15-20 desyatina yerga tamaki ekilgan. Tamakidan olingan hosil 1000 pudga yetgan. Shunisi diqqatga sazovorki, tamakining turli navlari ekilgan. Tamakini yanchish uchun qo‘l dastgoxlaridan foydalanilgan, ular toza va orasta qilib qadoqlangan. Shunday bo‘lsa-da, mahalliy papiroslar sifat bo‘yicha Rossiyadan keltirilgan tamakilarga teng kelolmasdi. 1888 yilda shaharda 8 tamaki va papiros fabrikasi bor edi. Tamaki ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinni Pervushin fabrikasi egallagan. Eng ko‘p papirosni Bubnov fabrikasi (1 500 000 dona) va Metrikova fabrikasi (1 400 000 dona) ishlab chiqargan. Bu davrda shaharda gugurt fabrikasi ham ishlab turgan, u 1893 yilda 14 200 rubllik mahsulot bergan. Rossiya Toshkentni bosib olgan dastlabki yillarda shaharning “yangi” qismida oziq-ovqat sanoati korxonalari paydo bo‘lgan. Masalan, 1868 yilda I.I. Pervushin, I.I. Kuznetsovga qarashli spirt zavodlari ishlay boshlagan. I.I. Pervushin zavodi eng kattasi xisoblanib, uning ishlab chiqarish hajmi 1872 yilda 111 390 rublga yetgan, Ye.X. Jemchujnikova zavodida – 38 930, I.I. Kuznitsov zavodida – 41 878, P. Abdurahmonov zavodida – 26 502 rubl bo‘lgan. Hammasi bo‘lib 1874 yilda 6 spirt zavodi ishlagan va 217 969 rubllik mahsulot bergan. Shu ta’kidlab o‘tish joizki, tub millat vakillari “ixtiyoriy yollanuvchilar” deb atalgan. Masalan, 1872 yilda P. Abdurahmonov zavodida 1 rus ustasi va mahalliy aholidan 10 ishchi ishlagan. 1875 yilda Jemchujnikovda 1 rus ustasi, 1 nemis va 10 nafar mahalliy aholi bo‘lgan. 1874 yildagi ma’lumotga ko‘ra, barcha spirt zavodlarida 40 usta va ishchilar ishlagan. Keyinchalik ular miqdori ortgan. 1876 yilda ular soni 64 nafarga yetgan. Toshkent, Samarqand, Xo‘jand spirt zavodlarida xomashyo sifatida uzum, mayiz va bug‘doy unidan foydalanganlar. Turkiston o‘lkasining iqlimi va u yerda yetishtirilayotgan mevalarning ko‘pligi aroq, vino kabi sanoat korxonalarining paydo bo‘lishida katta rol o‘ynadi. Ayniqsa bu yerdagi uzum va turli mevalarning serhosilligi va arzonligi bu sanoat korxonalarining rivojlanishiga katta imkoniyatlar yaratdi. O‘lkada dastlab aroq vino zavodlarida tayyorlangan, keyin maxsus zavodlar qurilgan. Ular orasida dastlabkisi Ye.X. Jemchujnikova zavodi bo‘lib, mahsuloti 56 217 rublga yetgan. 1885 yilda 81 ming rubllik mahsulot beruvchi 2 aroq zavodi ishlagan. Eng katta zavod N.I. Ivanovniki bo‘lib, 1899 yilda uning ishlab chiqargan mahsuloti 156 717 rublni tashkil etgan. Shaharda vino zavodlari ham faoliyat ko‘rsatgan. Tub aholi vino ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmagan. Qo‘qon xonligi davrida vino ishlab chiqarish bilan asosan yaxudiylar shug‘ullanganlar. Ular musulmonlar qonunidan qo‘rqib, bu ishni yashirincha bajarganlar. Vino ishlab chiqarish jarayoni oddiy qo‘lbola usulida bajarilgan. Toshkentning «yangi» shahrida vino zavodlarining paydo bo‘lishi mahalliy vino ishlab chiqarishni to‘xtashiga olib keldi. 1881 yilda dastlabki vino zavodi ishga tushdi. Bu zavodlar asosan bug‘ bilan ishlaydigan jixozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, asosan vino quritilgan mayiz yoki uzumdan tayyorlangan. Vinochilik sohasini rivojlanishida o‘lkaning arzon va turli xildagi uzumlari juda qo‘l kelgan. 1885 yilda 34725 rublga mahsulot chiqaruvchi 3 ta zavod ishlagan. 1886 yilgi Sirdaryo viloyati sharxida: “Toshkent egallab olingandan ko‘p o‘tmay bu yerda mahalliy uzumdan vino yasovchi kichik zavodlar qurildi, ammo vino sifati past edi. 6-7 yil avval mahalliy uzum ekishni yaxshilash uchun pul va mehnat sarf qilgan bir qancha ishbilarmonlar ishning payiga tushishdi, ular qrim, kavkaz va horij navlarini tarqatish niyatida edilar. Ayrim zavodchilar va ularning vinosozlari mehnati va bilimi bilan Toshkent uzumi vinolari Rossiyadan keltiriladigan vinolar bilan bemalol raqobatlashadigan darajaga yetdi” deyilgan edi. Zavod xo‘jayinlari (I.I. Pervushin, N.I. Ivanov va boshqalar) o‘z shaxsiy uzumzorlariga ega edilar. Umuman vino tayyorlash uchun xomashyo ko‘p edi. Masalan, 1889 yilda Toshkentda va Toshkent uyezdida hammasi bo‘lib 2,5 mln. pud uzum hosili ko‘tarildi. A.N. Mayev guvohlik berishicha, bu yerda vino qilish shunchalik muvaffaqiyat qozondiki, mahalliy vinolar horijning Lafit, Bordo, Sotern kabi vinolarini siqib chiqardi, shuningdek Nijnegorod, Moskva, Kavkaz kabi vino rusumlari ham endi ip esholmay qoldi. Toshkentda hatto amerika “Izabella” uzumi navidan ham vino tayyorlangan. Toshkent vinolari Charos, Qarshi, Sultoni, Buvaki, Siyobchashma, Muskat kabi nomlar bilan atalgan. Shaharda birinchi pivo zavodi 1870 yilda qurilgan. 1872-1873 yillarda Ye. Mayorov va K.V. Karlevaga qarashli 2 zavod ishga tushgan. Ular mahsuloti hajmi 1874 yilda 7 127 rubl, 1879 yilda – 42 000 rubl bo‘lgan. 1882 yilda 118 ming rubllik mahsulot bergan 4 pivo zavodi bo‘lgan. Usta va ishchilari 54 nafarga yetgan. XIX asr oxirida ular iste’molchilar orasida mashhur bo‘lgan Vena va Bavariya rusumli pivolarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirganlar. Bunday aroq, vino va pivo zavodlarining ishga tushirilishi sanoat ishbilarmonlariga katta daromad keltirgan bo‘lsa, mahalliy aholi hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ma’danli suv ishlab chiqarish ham korchalonlar e’tiboridan chetda qolmagan. Bunday xildagi birinchi korxona 1877 yilda ochilgan. Ishlab chiqarish hajmi 7 040 rublni tashkil etgan. 1884 yilda O.V. Geykka qarashli boshqa bir korxona qurilgan. 1885 yilga kelib ma’danli suv ishlab chiqarish bo‘yicha 4 korxona bo‘lgan, 10424 rublik mahsulot bergan. 1899 yilda V. Bolotinga qarashli “Nektar” firmasi faoliyat ko‘rsatgan. 1900 yilda u 10 ming rubllik ma’danli suv ishlab chiqargan. Zavodlar kamquvvat bo‘lib, notekis ishlagan. Korxona mahsulotlari asosan Toshkentda va unga tutash joylarda sotilgan. Ayrim zavodlar aralash mahsulot ishlab chiqargan. Masalan, L.G. Shtalm zavodi 1892 yilda qurilgan bo‘lib, 1900 yilga kelib pivo, vino, kvas, ma’danli suv va meva sharbatlari ishlab chiqarilgan (umumiy summasi 8 300 rubl). Toshkentni bosib olingandan keyingi dastlabki yillarda yevropa tipidagi suv tegirmoni qurilgan, u bug‘doyni yormaga aylantirgan. 1887 yilda ikki bug‘ tegirmonidagi mahsulot hajmi 20 024 rubl bo‘lib, u yerda 29 ishchi ishlagan. Shaharning «yangi» qismida birinchi qandolat fabrikasi 1887 yilda ochilgan. U Glinka Yanchevskiyga qarashli bo‘lgan. 1893 yilda uning mahsuloti 10 200 rublga yetgan. 1898 yilda uning 4 ta qandolat fabrikasi ishlab turgan. Konfet tayyorlashga ketadigan un, meva kabi mahsulotlardan tashqari mahsulotlar xomashyo sifatida Riga, Moskva va Varshavadan olib kelingan. Fabrikada ka9ramel, monpasye, marm10elad, pryanik, murabbo, qand, quritilgan turshak va boshqa mahsulotlar tayyorlangan. Keyinchalik T.Z. Genel, D.R. Ustanin, S. Proxovskiy va boshqalarning qa11ndolat korxonalari paydo bo‘ldi. Bu davrda non, kulcha, muz ishlab chiqaradigan korxonalarga ham asos solindi. Ushbu bitim bo’yicha ishlar 1994 yilda Yevropa komissiyasi va Kengashi, shuningdek, Yevropa parlamenti tomonidan chuqur o’rganilgandan so’ng boshlandi. 1995 yil oxirida Yevropa Ittifoqi muzokaralarni boshlashga qaror qildi. Ushbu shartnoma imzolanishi tufayli O’zbekiston 15 ta Yevropa davlati bilan rasmiy huquqiy asosda hamkorlik qilishga kirishdi. Shartnoma siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy, ilm-fan va boshqa ko’plab sohalarda hamkorlikni nazarda tutadi. Tomonlar o’zaro savdo uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va o’z hududida tovarlarni erkin tranzit qilish to’g’risida kelishib oldilar. Download 161.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling