I bob. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Turkiston. Sanoatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi


Download 161.82 Kb.
bet9/21
Sana16.06.2023
Hajmi161.82 Kb.
#1511677
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
KOBULOVA NILUFAR MD (2) (2)

Korxona nomi

Qurilgan yili

Korxona nomi

Qurilgan
yili

1. Qo’qon yog’-moy

1884

21. Shaxriinterneyshnl

1997

2. Kattaqo’rg’on yog’-moy

1893

22. El Erk Nur

1998

3. Kogon yog’-ekstaraksiya

1901

23. Al-Nosir

2001

4. Namangan ekstrakt yog’

1902

24. Rodnik-Paxtachi

2001

5. Andijon yog’-moy

1907

25. Sharif-N

2001

6. Asaka yog’

1910

26. Kontinent-N

2002

7. Yangiyo’l yog’-moy

1922

27. Or golden oyl

2003

8. Farg’ona yog’-moy

1930

28. Jizzax ekstrakt yog’

2004

9. Turon Xodjayli

1944

29. Zulayxo

2004

10. Chimboy moy

1948

30. Yeast Oyl

2004

11. Uchqo’rg’on yog’

1953

31. Bo’ston Olami

2004




12. Buxoro yog’-ekstraksiya

1954

32. Yevrosnar

2004




13. Qarshi yog’-ekstraksiya

1954

33. Vangozi agroeksport

2005




14. Beruniy Yog’gar

1957

34. Nurli don

2005




15. Surxonoziqovqatsanoat

1963

35. Baxt-oq oltin yog’i

2005




16. Toshkent yog’-moy

1966

36. Baxt-invest-nur

2005




17. Effektiv Oyl

1975

37. Agroxizmat Shing Don

2007




18. Urganch yog’

1977

38. Karmana

2008




19. Guliston yog’-ekstrakt

1980

39. Oyl Baraka Fayz

2008




20. Koson yog’-ekstraksiya

1981

40. Vobkent yog’

2009






O’simlik moylarini olishning asosiy usullari va texnologik sxemalari


Dunyo amaliyotida o’simlik moylari olishning asosiy ikkita usuli bo’lib, ular bir biridan tubdan farq qiladi. Bular, moyli mahsulotdan mexanik ravishda moyni siqib olish – presslash usuli deb ataladi va moyni yengil uchuvchan organik erituvchi yordamida eritib olish, ya’ni ekstraksiya usulidir. Bu ikkala usul alohida-alohida, mustaqil ravishda yoki oldinma-keyin, aniq tartibda ishlatilishi mumkin. Oxirgi yo’l ishlatilganda bu usulni forpresslash-ekstraksiyalash deyiladi. Qaysi bir usul ishlatilishidan qat’iy nazar har bir usul aniq texnologik sxema buyicha olib boriladi.
Xom ashyo, oraliq va tayyor mahsulotning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlaridan birini yoki ularning agregat holatini o’zgartirishga sabab bo’ladigan mexanik, energetik, gidravlik va boshqa turdagi xodisalar natijasiga texnologik jarayon deyiladi.
Texnologik sxema deb bir-biri bilan mantiqiy jihatdan uzviy bog’langan texnologik jarayonlar (amallar, operasiyalar)ning zaruriy tartibda bajariladigan yig’indisiga aytiladi.
Texnologik operasiyalar bajarilayotganda ishlov berilayotgan mahsulot turli tashqi ta’sirlar ostida bo’ladi. Bularga mexanik, issiqlik, namlik, erituvchi va kimyoviy reagentlarning o’z o’rnida ta’siri kiradi.
U yoki bu texnologik operasiyalarni bajarishdagi jarayonlarni shartli ravishda asosiy va yondosh jarayonlarga ajratish mumkin. Shu narsani takidlash lozimki, ko’pchilik hollarda yondosh jarayonlar operasiyaning umumiy yo’nalishi va yakuniy effektiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, moyni siqib olishda mexanik va gidrodinamik (moyning oqib chiqishi) jarayonlar asosiy hisoblanib, ular mexanik energiyani ishqalanish kuchi hisobiga issiqlik energiyasiga aylantiruvchi yondosh jarayonning sodir bo’lishiga turtki bo’ladi. Yondosh issiqlik ajralish jarayoni kunjaradagi oqsil moddalarning denaturasiyasi, moyning oksidlanishi kabi kimyoviy jarayonlarini va namlikning diffuzion bug’lanishini kuchaytirib yuboradi.
Moyli urug’larni qayta ishlash texnologik sxemalarida bajariladigan jarayonlar tayyorlov, asosiy, yordamchi va qo’shimcha operasiyalardan tashkil topadi. Moyli urug’larni tozalash, namligi bo’yicha konditsiyalash va mag’izni qobig’idan ajratib olish tayyorlov operasiyalar turkumiga kiradi. Asosiy operasiyalarga moyli urug’larni va ajratilgan mag’izni maydalash (yanchish), qovurish, presslash va ekstraksiya yuli bilan moy olish kiradi. Yordamchi operasiyalarga esa shrot tarkibidan erituvchini haydash, moyni misselladan ajratib olish, erituvchi bug’larini regeneratsiya va rekuperatsiya qilish kiradi. Qo’shimcha operasiyalarga esa forpress yoki ekstraksiya qora moylarini birlamchi tozalash, fosfatid konsentratini olish va oqsil moddalarni ajratish va boshqalar kiradi.
Asosiy, tayyorlov, yordamchi va qo’shimcha operasiyalarning uzviy bog’liqligi texnologik sxemani tashkil qiladi.
Chet el hamda MDX mamlakatlarida o’simlik moylari olish uchun quyidagi texnologik sxemalar qo’llaniladi:

  1. Presslash usuli bilan tugallanadigan sxemalar: a) shnekli presslar yordamida bir marta presslash usuli; b) shnekli presslar yordamida ikki marta presslash usuli; v) shnekli presslar yordamida uch marta presslash usuli.

  2. Ekstraksiya usuli bilan tuganlanadigan sxemalar: a) ikki marta presslash va oxirida ekstraksiyalash; b) bir marta presslash va oxirida ekstraksiyalash; v) to’g’ridan-to’g’ri ekstraksiyalash. Ikkala sxema buyicha (b) usullari eng ko’p tarqalgan bo’lib, 2-b usul “forpresslash – ekstraksiyalash” sxemasi deb nomlanadi. Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan o’simlik moylarining 85 % dan oshig’i shu sxema asosida olinadi.

Download 161.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling