I bob. XVII asrda Fransiyaning siyosiy markazlashuvi va fransuz xalqining bosqinchilarga qarshi milliy ozodlik harakati


XVIII asrda Fransiya davlatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzumi


Download 99.84 Kb.
bet5/8
Sana22.01.2023
Hajmi99.84 Kb.
#1109114
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
france story

2. XVIII asrda Fransiya davlatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzumi.
2.1. XVIII asrda Fransiyada siyosiy feodal tuzum va iqtisodiy hayot. Parij Kommunasi va uning bo'limlari tor-mor etilgach, inqilobiy harakat o'zining eng yuqori nuqtasiga chiqdi. Barcha hokimiyat tizimi yakobinchilar qo'lida bo`lishiga qaramay, ular o'rtasida o'zaro kelishmovchilik boshlandi. So'l yakobinchilar - Eber va Shomett Ozodlik va Idrok e'tiqodlarini o'tkazishda boshchilik qilgan edilar. Ularning «o'lim mashinasi» - gilotinada qatl etilishlari Yakobinchilar o'rtasidagi kelishmovchilikni kuchaytirdi. Robesper va uning guruhi hokimiyatni saqlab qolishgina yagona yo'li terror - jazoni kuchaytirishda deb bildilar. Qatag'on dahshatli tus oldi «o’lim aravalarining» «qatnovi» tezlashdi.
10-iyulda maxsus qonun qabul qilindi. Bu qonunga asosan yolg'on ma'lumotlarni tarqatgan har bir kishi o'lim jazosiga mahkum etilardi. Robespyer va uning atrofidagi kishilarni qo'llab-quvvatlamagan har bir kishi gilotina tig'idan o'tkazilar edi. Kishilar endi yakka-yakka emas, balki guruhlab sud qilinar va o'lim jazosiga mahkum etilar edilar. 150 nafar royalistlar, turli jinoyatchilar va boshqalar bir vaqtning o'zida sud qilinib, o`limga mahkum etildilar. Bu dahshatli voqealar 46 kun davom etdi. Nihoyat, 9 termidor (1794 yil 27 iyul) kuni u nihoyasiga yetdi. Konvent qo'qqisdan Robespyer va uning tarafdorlariga qarshi chiqib «yo'qolsin zolimlar» hayqirig'i bilan Robespyerga so'z ham bermadilar. Oradan bir kun o'tgach, Robespyer sudsiz, so'roqsiz qatl etildi. Robespyerning o`limi bilan mamlakatda «oq terror» avjiga chiqdi, endi yakobinchilarning o'zlari bu qatag'onning birinchi qurbonlari bo'ldilar . Hokimiyat tepasiga yana jirondachilar keldi. Ular mulkni va erkinlikni, tadbirkorlikni himoya qiladigan Respublika tarafdori edilar. 1795-yilda Konvent yangi Konstitutsiya qabul qildi. U mamlakatda respublika tizimini mustahkamladi. Inqilobning feodal tartiblarni tugatish haqidagi barcha qarorlarini tasdiqladi. Mamlakatda 2 palatali parlament tashkil etildi, ijroiya hokimiyat besh kishidan iborat Direktoriyaga topshirildi.
Direktoriya 1795-1799 yillar mobaynida mamlakatni boshqardi. Bu davrda monarxiya tarafdorlari isyon ko'tardilar. Ularning maqsadi monarxiyani qayta tiklash edi. Biroq General Napoleon Bonapart Konventning xaloskori bo'ldi. U isyonchilar kuchini tor-mor etdi. Bu xaloskorlik unga yorqin kelajak sari yo'l ochdi. Direktoriya Shimoliy Italiyani Avstriya qo'shinidan ozod qilishi uchun Napoleon Bonapartga umid bog'ladi. 26 yoshli general bu vazifani sharaf bilan uddaladi.
1797-yilda u Avstriyani tinchlik shartnomasi tuzishga va Fransiyaning g'alabasini tan olishga majbur qildi.Shu tariqa Napoleon Italiyadan Parijga shon-shuhratga ko'milgan holda qaytib keldi. Endi hukmron tabaqalar Fransiyada Napoleondek qattiqqo'l siyosatchining hokimiyatini o'rnatishga fursat yetdi, degan xulosaga keldilar va davlat to'ntarishi tayyorladilar. Napoleon Bonapart bunga rozi bo'ldi. 1799-yil 9-noyabrda Davlat to'ntarishi amalga oshirildi. Parlament Konsullik deb ataluvchi hukumat tuzishga majbur etildi. Uning tarkibi 3 kishidan iborat bo'ldi va ularning har biri «Fransiya Respublikasining Konsuli» unvoniga ega bo'ldi. Uch konsuldan biri Napoleon Bonapart edi. Aslida butun hokimiyat uning qo'lida to'plandi . Buyuk fransuz inqilobining tarixiy ahamiyati katta. Uning natijasida Fransiyada bozor iqtisodiyotiga asoslangan Yangi jamiyat qurilishi boshlandi, mutloq hukmronlikka asoslangan va ming yildan uzoq davr mobaynida yashab kelgan qirollik tuzumi ag'darilib, Respublika o'rnatildi. Fransiyada feodalizmga asoslangan jamiyatga chek qo'yilib, huquq, qonun oldida barcha teng, ozod deb e'lon qilindi. Buyuk fransuz inqilobi demokratik inqilob bo'lib, undagi Tenglik, Ozodlik, Birodarlik g'oyalari butun Dunyo bo'ylab tarqaldi. Buyuk fransuz inqilobi feodal tartiblarni, imtiyozli unvonlarni bekor qildi hamda sanoat, savdo va qishloq xo'jaligini tez rivojlantirish yo'lini ochdi. Inqilob natijasida «Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi»ning 1789-yilda qabul qilinishi, 1791-yil qabul qilingan Konstitutsiyaning ahamiyati nihoyatda katta. Ana shu hujjatlar asosida mamlakatda o'tkazilgan saylovlar xalqning siyosiy ongini oshirdi. Davlatni boshqarishning yangi tizimi joriy etildi, ularda mahalliy hokimiyat organlari -munitsipalitetlarning roli osha boshladi.1794-yil iyul oyi norozilik va omma ahvolining nihoyatda og'irlashishi natijasida Robespyer boshchiligidagi yakobinchilarning zo'ravonlikka asoslangan o'ta so'l diktaturasi ag'darib tashlandi. Ko'p o'tmay 1795-yilda yangi konstitutsiya qabul qilindi. Saylab qo'yiladigan qonun chiqaruvchi korpus ta'sis qilindi, ijroiya hokimiyat esa 5 a'zodan iborat direktoriyaga (fransuzcha «direktoire» boshqaruv, rahbarlik ma'nosini anglatadi) topshirildi. Direktoriya hukmronligi (1795-1799) davrida ichki kurash bilan bir qatorda Fransiyaning Yevropadagi feodal monarxiyalari va Angliyaga qarshi urushi davom ettirildi.1 Rahbarlar ichida ayyor, ig'vogar Barras ajralib turar, hokimiyatning boshqaruv tizimlari ham uning qo'lida edi. Ammo, xalq orasida respublika g'oyalari keng tarqalib, fransuz qo'shinlari tashqi dushmanlar ustidan birin-ketin g'alabalarni qo'lga kiritayotgan edilar. Fransiya ilg'or ijtimoiy tizimi, rivojlanayotgan san'ati, erkin dehqonlardan tuzilgan muntazam armiyasi tufayli Yevropadagi feodal qirolliklardan harbiy ustunlikka erishmoqda edi. Reynning so'l sohili bilan Belgiya Fransiyaga qo'shib olindi, Gollandiya esa qaram respublikaga aylantirildi.
Fransiya qo'shinlari qayerga borsalar, dehqonlar va hunarmandlar yordamida ko'pgina feodal tartiblarni tugatib, yangi zamonaviy tartiblar o'rnatdilar. Mamlakat ichkarisida esa hamon direktoriya hokimiyatiga qarshi ilgarigadek isyonlar tez-tez bo'lib turar edi. Anna shunday isyonlardan biri Parijda yuz berdi. Bu isyonni bostirishda yosh general Napoleon Bonapart o'zining harbiy san'atini namoyish etdi. Fransiyaning Yevropa qirollik davlatlariga qarshi olib borgan urushlari asta-sekin bosqinchilik va boylik orttirish urushlariga aylandi. Urush natijasida pul, oziq-ovqat zaxiralari, nodir rasmlar, haykalchalar, san'at asarlarini tortib olish birinchi o'ringa chiqarildi. Bu narsalar o'lja sifatida Parijga tashila boshlandi. Ichki va tashqi urushlar natijasida armiya hamda uning generallarining Direktoriyaga ta'siri kuchaydi. 1799- yilgi davlat to'ntarilishdan so'ng Fransiyaning 1-konsuliga aylangan Napoleon Bonapart endi yakka hokimlikka intila boshladi . 1
Napoleon Bonapart 1769-yilda Korsika orolida kambag'allashgan dvoryan oilasida dunyoga keldi. Bonapartlar oilasida 8 farzand bo'lib, ular 5 o'g'il va 3 qiz-Jofer, Napoleon, Lyusen, Eliza, Lui, Pashna, Karolina va Jeromdan iborat edi . Napoleon ikkinchi farzand edi. Otasi uni harbiy bilim yurtiga berdi. Napoleon bilim yurtini tugatib, 24 yoshidayoq general unvonini oldi. Napoleon Avstriya qo'shinlari egallab turgan shimoliy Italiyaga yurishga tayyorlanayotgan armiyaga qo'mondon etib tayinlandi. Bonapart armiyasi shimoliy Italiyaga bostirib kirib, Avstriya qo'shinlarini tor-mor etdi. 1797-yilda Napoleon Bonapart Avstriyani taslim bo'lish sulhini imzolashga va Fransiyaning g'alabasini tan olishga majbur etdi.Shundan so'ng Italiya Fransiyaga qaram bo'lgan bir necha kichik respublikalarga bo`linib ketdi.2
1798-yilning may oyida Napoleon 30 mingdan oshiq kishilik armiya bilan 350 ta kemada Misrga yo'l oldi. Quruqlikda fransuz qo'shinlari Misr otliq armiyasi ustidan g'alaba qozondilar. Ammo tezda ingliz floti Misr sohillariga yetib kelib, fransuz kemalarini yondirib yobordi. Napoleon qo'shinlari Fransiyadan ajratib qo'yilib, halokatga mahkum etildi. Suriyaga qilingan hujum arablar bilan bilan turk qo'shinlarning qattiq qarshiligiga duch keldi. Shu paytning o'zida Suvorov qo'mondonligidagi rus armiyasi Shimoliy Italiyada fransuz qo'shinlarini mag'lubiyatga uchratdi.
Napoleon Bonapart o'z armiyasini tashlab,poytaxt Parijga shoshildi, u hokimiyat uchun kurashda asosiy da'vogarlardan biri edi. Napoleon Fransiyaga qaytgan paytda mamlakatda vaziyat og'ir edi. Direktoriya o'z obro'sini yo'qotib, ko'pchilik Napoleon Bonapart shaxsida o'z najotkorini izlayotgan edi. U armiya va xalq orasida katta obro'ga ega edi. Napoleon Fransiyaga qaytib kelgach, oradan bir oy o'tar o'tmas, 1799-yilning 9-noyabrida Direktoriya a'zolarining iste`fo berishlariga erishdi . Ertasi kuni o'z ukasi, deputat Lyusen Bonapart yordamida sadoqatli qo'shinlar bilan qonun chiqaruvchi korpusni qurshab oldi. Deputatlarga hokimiyatni Napoleon boshchiligidagi uch konsulga (lotincha «consul» so'zidan kelib chiqqan bo'lib, Fransiyaga saylab qo'yiladigan ijro etuvchi hukumat rahbarlari) topshirish to'g'risidagi talab taqdim etildi. Tez orada yangi Konstitutsiya loyihasi ishlab chiqildi va konsullar ichida Napoleon keng vakolatlarga ega bo'lib, u 10 yillik muddat davomida shu lavozimni egallab turishi kerak edi.1
Konstitutsiya va Napaleonning birinchi konsullikka tayinlanishi umumxalq ovoziga qo'yildi va deyarli ko'pchilik, ya'ni 3,5mln kishi uni yoqlab ovoz berdi.
Konsullik davrida davlat tizimi ancha mustahkamlandi, harbiy diktatura siyosati davom ettirildi. 1804-yilda Napoleon Bonapartni Napoleon I nomi bilan Fransiya imperatori deb e'lon qildi, mamlakatda monarxiya tuzumi qaytadan tiklandi. 2Biroq mazkur monarxiya feodallar, dvoryanlar, ruhoniylar manfaatini emas balki yangidan rivojlanib kelayotgan o'rta tabaqalar, bankirlar, zodagonlar, armiya va amalorlarga tayanuvchi harbiy byurokratik monarxiya edi. Mulk, oila, savdo to'g'risidagi qonunlarning majmualari, jinoyat kodeksi tuzib chiqildi. «Napoleon kodeksi» deb nom olgan «fuqarolik kodeksi» ularning eng muhimi edi. Har qanday miqdordagi xususiy mulkka ega bo'lish huquqini mustahkamlab berish bu kodeksni asosiy vazifasi edi. Xususiy mulkka ozgina bo`lsa ham tajovuz qiluvchilarga juda qattiq jazo joriy qilindi.


Download 99.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling