I bob. XVII asrda Fransiyaning siyosiy markazlashuvi va fransuz xalqining bosqinchilarga qarshi milliy ozodlik harakati


Kurs ishining dolzarbligi bir qancha sabablar bilan izohlanadi


Download 99.84 Kb.
bet2/8
Sana22.01.2023
Hajmi99.84 Kb.
#1109114
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
france story

Kurs ishining dolzarbligi bir qancha sabablar bilan izohlanadi:
- birinchidan, XVII asrda Fransiyadagi milliy – ozodlik jarayoning borishi va fransuz xalqining bosqinchilarga qarshi milliy – ozodlik harakati fransuz tarixshunosligida alohida o’rin tutadi;
- ikkinchidan, Fransiyada siyosiy markazlashuv jarayoning xususiyatlari va amalga oshirilishi o’sha davr siyosiy muhiti uchun katta ahamiyat kasb ettirdi;
- uchinchidan, XVIII asrda Fransiyada siyosiy tuzum va iqtisodiy hayot boshida G’arbiy Yevropa davlatlariga nisbatan ancha rivojlangan edi.
Mavzuning o`rganilish darajasi: Kurs ishida XVII – XVIII asrlarda Fransiyaning ijtimoiy - iqtisodiy, siyosat va madaniy sohadagi ahvoli masalalari tadqiq etiladi.
Mavjud manbalarga asoslanib, XVII asrda Fransiyaning siyosiy markazlashuvi va fransuz xalqining bosqinchilarga qarshi milliy – ozodlik harakatlari yoritib beriladi. Shuningdek, XVIII asrda Fransiyada siyosiy feodal tuzum va iqtisodiy hayot, diniy urushlar va siyosiy diniy guruhlar faoliyati ham ilmiy tahlil qilinadi.
XVIII asrda Fransiyada mutloq monarxiyaning tiklanishi hamda monarxiyasining o’ziga xos xususiyatlari ilmiy adabiyotlar asosida yoritib beriladi.
Mavzuning maqsad va vazifasi: Mazkur kurs ishining maqsadi XVII – XVIII asrlarda Fransiyaning siyosiy markazlashuvi, iqtisodiy va ijtimoiy tuzumini mavjud manba va adabiyotlar asosida ilmiy tahlil qilish.
Yuqoridagi asosiy maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar yechiladi:
- XVII asrda Fransiyadagi milliy – ozodlik jarayonining borishi va fransuz xalqining bosqinchilarga qarshi milliy - ozodlik harakatini ilmiy tahlil qilish;
- Fransiyada siyosiy markazlashuv jarayonining xususiyatlari va uning amalga oshirilishi sabablarini aniqlash;
- XVII asrda Fransiyada siyosiy feodal tuzum va iqtisodiy hayot manzaralarini yoritib berishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, ikki bob, to`rtta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.


Download 99.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling