Nutq tovushlari tasnifi. Nutq tovushlarini tasnif etishda bo‘g‘iz
bo‘shlig‘ida joylashgan tovush paychalarining tebranishidan hosil bo‘ladigan
ovozning hamda og‘iz bo‘shlig‘ida paydo bo‘ladigan shovqinning ahamiyati
kattadir. Shunga ko‘ra, ular ikki turga ajratiladi: 1) unli tovushlar; 2) undosh
tovushlar.
Unli tovushlar faqat ovoz (un) ishtirokida hosil bo‘lib, ularni talaffuz qilish
jarayonida o‘pkadan chiqadigan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday
to‘siqqa uchramaydi. Masalan, o, a, i kabi. Shuning uchun unli tovushlarda
ohangdorlik kuchli bo‘ladi. Har bir til o‘ziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi
unlilar tizimi vokalizm deyiladi. Vokalizm - lotincha vokalis so‘zidan olingan
bo‘lib, unli (ovozdor) demakdir.
Undosh tovushlar o‘pkadan chiqadigan havo oqimining og‘iz bo‘shlig‘ida
to‘siqqa uchrashi natijasida yuzaga keladi. Bunday tovushlar faqat shovqindan
yoki ovoz hamda shovqindan iborat bo‘lishi mumkin. Tildagi undoshlar tizimi
konsonantizm deb ataladi. Bu termin inglizcha konsonontism so‘zidan olingan
bo‘lib, undoshlar tizimi demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |