birliklarning (unli, undosh tovushlar va turli fonetik hodisalarning) hozirgi holati
o‘rganiladi. Shuningdek, mazkur bo‘limda nutq tovushlarining fiziologik (tovush
hosil qilishda ishtirok etadigan nutq a’zolarining faoliyati), akustik (eshitilish
holati) va lingvistik (so‘z ma’nolarini farqlash xususiyati) xususiyatlari, ularning
kombinator, pozitsion variantlariga xos o‘zgarishlar ham o‘rganiladi.
23
5.Eksperimental fonetika. Nutq tovushlari maxsus
asboblar yordamida
texnik-tajribalar o‘tkazish orqali o‘rganiladi. Bunda har bir fonetik birlik haqidagi
ma’lumot o‘zining aniqligi, obyektivligi bilan ajralib turadi.
Fonetikaning yuqorida sanab o‘tilgan turlari alohida-alohida tadqiq
etilmaydi, balki ular uzviy aloqadorlik asosida tekshiriladi. Xususan, tarixiy
fonetik tahlil asosida to‘plangan ma’lumotlar qiyosiy yoki tasviriy fonetik tahlil
uchun ham qimmatli manba bo‘lishi mumkin. Tilning zamonaviy(sinxron) fonetik
tarkibini tadqiq etishda esa, asosan, tasviriy fonetikaga tayaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: