I bob. Yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi


II BOB. Yapon  va o‘zbek tilida fonetik tovushlar


Download 438.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/40
Sana13.12.2021
Hajmi438.5 Kb.
#180970
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Bog'liq
yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi

II BOB. Yapon  va o‘zbek tilida fonetik tovushlar 

2.1. Yapon tili fonetik tovushlari 

Yapon  tili  tiniq  talaffuz  qilinadigan  konsonant  tipga  kiradi.  Uning  tovush 

tarkibi 23 undosh 6 ta unli hamda bitta tutuq belgisidan iboratdir. Yapon tilida esa 

5  ta  unli  tovshlar–  a,  i,  u,  e,  o  mavjud  va  ular  qisqa  hamda  uzun  talafuz  etilishi 

mumkin.  

[a] – Quyi kenglikdagi orqa unlisi; talaffuz qilinganda pastki jag‘ yapon tili 

boshqa  unli  tovushlarini  talaffuz  qilinganga  qaraganda  pastga  tushirilgan  bo‘lib, 

og‘mz katta ochiq til va lablar ishtiroki past darajadadir. [A] unlisi ifodada o‘zbek 

tilidagi  urg‘u  berilgan  undoshlar  bilan  yasalganda  o‘xshab  ketadi,  masalan, 

quyidagi  kam,  sham,  pat  so‘zlari  yapon  tilidagi  (A)  unlisining  talaffuziga  mos 

tushishi mumkin. Biroq yapon tilida tovushlar o‘zbek tiliga qaranganda juda chqur 

talaffuz qilinadi va til ancha orqaga yo‘naltiriladi. 

 [i]  –  Old  qator  yuqori  tor  unlilar;  ushbu  tovushni  talaffuz  qilganda  pastki 

jag‘ ozgina ko‘tarilib, til oldinga va yuqori tanglayga bir ozgina ko‘tarilib, tilning 

uchi  esa  pastki  tishlarga  tegib  turadi.  Lablar  bir  oz  cho‘zilgan  bo‘ladi.  Akustik 

holatda  o‘zbek  tilidagi  (i)  tovushiga  o‘xshab  ketadi.  Masalan, kir,  jim,    [i]  oldida 

hamma undoshlar yumshoqlashadi. 

 [e]  –  til  oldi  o‘rta  kenglik  unlisi;  talaffuz  qilinganda  pastki  jag‘  anchagina 

pastka  tushadi,  [i] tovushni  talaffuziga  nisbatan,  lekin  [a]  tovushiga 

o‘xshaganchalik  emas.  Til  o‘rta  tanglay  kengligida  ko‘tarilgan  bo‘lib,  lekin  [i] 

talafuziga  nisbatan  bir  oz  kamroq  til  pastki  tishlarga  tegizilgan  bo‘ladi.  Akustik 

holatda  o‘zbek  tilidagi  (E)  tovushiga  o‘xshab  ketadi.  Masalan,  etik,  eshak.  Har 

qanday holatda ham aniq va ravon talaffuz qilinadi. Undoshlarni yushatish holatlari 

ham yo‘q.  

[o] – Orqa qator lablangan quyi keng unlilar; talaffuz qilinganda pastk jag‘ 

(e) tovushini talaffuz qilgandagi holatda bo‘ladi. Til bir oz orqaga tortilgan, lekin 

lablar  o‘zbek  tilidagi  (o)  talaffuzi  singari  ozgina  dumaloqlangan  bo‘ladi.  Har 

qanday holatda ham aniq va ravon talaffuz qilinadi.  




20 

Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan a’zolar nutq a’zolari deb ataladi.  

Nutq a’zolariga ko‘krak qafasi, o‘pka, kekirdak, tovush paychalari, tanglay, kichik 

til, og‘iz bo‘shlig‘i, til, jag‘lar, tishlar, lab, bo‘g‘iz bo‘shlig‘i, burun bo‘shlig‘i 

kabilar kiradi. Nutq a’zolarining  jami nutq apparati deyiladi.  

Nutq tovushlarini hosil qilish murakkab tabiiy-fizialogik jarayon bo‘lib, 

bunda  markaziy nerv tizimi nutq a’zolarini harakatga keltiradi va  bevosita 

boshqarib turadi. Nutq tovushlarining talaffuz jarayoni quyidagi uch bosqichga 

asoslanadi:  

     


1. Talaffuz  jarayonida o‘pkadan chiqadigan havo oqimi nafas yo‘li orqali 

bo‘g‘izga kelib, u yerda joylashgan tovush paychalarini tebratadi va  un  hosil  

qiladi.  Masalan: a, i, o, o‘, e, u   kabi  unli   fonemalarning 

tovush tiplari ana shunday fiziologik jarayon mahsulidir.  

     

2. Bo‘g‘iz orqali o‘tgan havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘iga kelganda, til va 



tanglay yoki lab vositasida  hosil qilingan to‘siqqa duch keladi hamda shovqin  

paydo bo‘ladi. Masalan: b, d, t, z, s, k, g‘  kabi undosh fonemalarning nutqqa 

ko‘chishi ana shu shovqin asosida yuzaga chiqadi.  

    


 3. O‘pkadan chiqadigan havo oqimining og‘iz bo‘shlig‘iga kelganda til yoki 

lab orqali hosil qilingan to‘siqqa urilib portlash hamda bir qism  havo oqimining  

burun bo‘shlig‘idan sirg‘alishi natijada m, n, ng singari  (sonor) ovozdor undoshlar 

hosil bo‘ladi. 

     

Nutq a’zolari tovush hosil qilish jarayonida turlicha harakat yoki  holatda 



bo‘ladi. Chunonchi,  pastki jag‘ning turlicha harakati  natijasida  og‘iz bo‘shlig‘i 

keng yoki  tor holatga o‘tib turadi, bu esa ayrim tovushlarning  hosil bo‘lishini, 

(masalan  a, i  kabi) ularning aniq talaffuz  etilishini ta’minlaydi. Shuning uchun 

ham og‘izni katta ochgan holda u tovushini hosil qilib bo‘lmaganidek,  og‘izni tor 

ochish  orqali a unlisini  ham hosil qilish mumkin emas. 

      


Og‘iz bo‘shlig‘ida  joylashgan nutq a’zolaridan eng faoli tildir. Uning yuqori 

va pastki tanglay oralig‘idagi harakatini  aniq tasavvur etish uchun ularning har biri 

alohida guruhlarga  ajratiladi: til oldi, til o‘rta, til orqa, chuqur til orqa kabi. 



21 

Shuningdek, tilning og‘iz  bo‘shlig‘ida gorizontal va vertikal holatiga ko‘ra  ham 

bir necha guruhlarga ajratish mumkin:  

     


Tilning oldinga -  milkka  va teskari harakati gorizontal harakat bo‘lib, 

bunday harakat a) til oldi va b) til orqa harakat deb nomlanadi; tilning yuqori 

tanglayga ko‘tarilishi va pastga tushishi esa vertikal harakat bo‘lib, bu harakat uch 

guruhga bo‘linadi: a) yuqori; b) o‘rta; v) quyi. 

     

Nutq a’zolarining tovush  talaffuzi  jarayonidagi  turlicha harakati va holati  



artikulyatsiya deyiladi.  

     


Tovush hosil qilishda ma’lum bir nutq a’zosi  yoki uning biror qismi  faol 

ishtirok etadi. Masalan: b, p tovushlarini hosil qilishda  lablard, t, z undoshlarini 

hosil qilishda tilning oldingi qismi orqa qismi  faol ishtirok etadi. Demak, b,p 

tovushlarining artikulyatsiya o‘rni lablar, d, t, k undoshlariniki esa tildir. 

     

Nutq a’zolari  tovush hosil bo‘lish jarayonida bir-biri bilan jipslashishi va bu 



jipslashgan nutq a’zolariga havo  oqimining kelib urilishi natijasida portlashi  

(masalan  d, t, k, b  kabi) yoki  bir-biriga yaqinlashib tor oraliq hosil qilgan nutq 

a’zolari  orasidan havo  oqimining  o‘tishi (masalan s, sh, z, f  kabi) sababli  

sirg‘alishi mumkin. Tovush hosil qilish paytida  havo oqimining  sirg‘alib yoki 

portlab o‘tishi artikulyatsiya usuli deb ataladi. Demak, d, t, b  undoshlari 

artikulyatsiya usuliga  ko‘ra portlovchilar z, s, sh,  undoshlari esa 

sirg‘aluvchilardir.  

     


Nutq tovushlari artikulyatsiya jarayonida ishtirok etadigan a’zolarni faol va 

nofaol turlarga bo‘lib o‘rganamiz: 

    

  1. Faol nutq a’zolari: til, kichik til, lab, tovush paychalari, pastki jag‘lar, 



yumshoq tanglay. Bu a’zolardan eng faoli til, lab va tovush paychalaridir. 

      


2. Nofaol nutq a’zolari: yuqori jag‘,  kekirdak, qattiq tanglay, burun, 

tishlardir. 

      

Fonetika - grekcha phone "tovush" so‘zidan  olingan bo‘lib, tilshunoslikning 



nutq  tovushlarini o‘rganadigan  bo‘limidir. O‘zbek adabiy tili  fonetikasi shu 

tildagi  fonemalar tizimini, ularning nutq jarayonida  hosil bo‘lishini, aytilishi 

(artikulyatsiya) va  eshitilishini (akustika) tovush o‘zgarishlarini, so‘z va 



22 

morfemalarning ma’nolarini ajratishdagi  ahamiyati kabilarni tekshiradi. 

Shuningdek, mazkur bo‘limda bo‘g‘in va urg‘u singari  tilning fonetik tarkibi bilan 

bevosita bog‘liq bo‘lgan hodisalar ham o‘rganiladi. Shunga ko‘ra fonetika, bir 

tomondan, tilshunoslikning fonologiya, orfografiya, orfoepiya, leksikologiya, 

dialektologiya (shevashunoslik),  grammatika bo‘limlari bilan bog‘liq bo‘lsa, 

ikkinchi tomondan, fizika (akustika bo‘limi bilan) va fiziologiya sohalari bilan 

aloqadordir. 




Download 438.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling