I bob. Yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi
Download 438.5 Kb. Pdf ko'rish
|
yapon tilida fonetik tovushlarning shakllanishi
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi: Bitiruv malakaviy ishi kirish, asosiy qism,
xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
7 I BOB. Yapon tili fonetik tovushlarning shakllanishi». 1.1. Godzyun fonetik tarkibi. Til taraqqiyoti va rivoji ma’lum qonuniyatlar asosida yuzaga keladi.Til murakkab va ko’p qirrali ijtimoiy hodisa bo’lib,undagi birliklar barcha jihatdan uzviy bog’langan.Ushbu birliklarga aloqador qonuniyatlar ham o’zaro bog’liq hisoblanadi.Tildagi tarixiy fonetik o’zgarishlar ma’lum tarixiy fonetik qonuniyatlar asosida ro’y beradi.Fonetik – fonologik o’zgarishlar tilning ichki qonuniyatlari bilan bog’liq hodisadir.Tildagi tarixiy- fonetik o’zgarishlarni o’rganuvchi qiyosiy- tarixiy tilshunoslik sohasi qiyosiy-tarixiy fonetikadir.Qardosh tillardagi(slavyan,german, roman tillari, turkiy tillar)tarixiy fonetik o’zgarishlar natijasida so’zlardagi etimologik va geneologik, ya’ni kelib chiqish jihatdan o’xshashlik va farqli tomonlarini qiyosiy –fonetika aniqlab beradi. Qardosh va qardosh bo’lmagan tillardagi tarixiy-fonetik o’zgarishlarni tahlil qilish natijasida tipologik, qiyosiy –tipologik fonetika, fonologiya sohalari shakllandi.
Til taraqqiyotidagi fonetik o’zgarishlarni tahlil etuvchi fonetik-fonologik qonuniyatlar quyidagilar: 1. Umumiy fonetik qonuniyatlar barcha tillarga xos umumiy holdagi tartib va qoidalarni tilning boshqa qonuniyatlari bilan bog’liqlikda aks ettiradi. Masalan, singarmonizm(tovushlarning uyg’unlashuvi) turkiy tillarga xos umumiy fonetik qonuniyatdir. 2. Xususiy fonetik qonuniyatlar muayyan til uchun xos bo’lgan qonuniyatlarni ifodalaydi.Masalan, turkiy tillarga mansub o’zbek tilining keyingi taraqqiyotidagi ichki o’zgarishlar hamda yondosh tillar ta’sirida yuzaga kelgan hodisalar shu tilning o’ziga xos rivojlanish omillari bilan bog’liqdir.
Fonetik qonuniyatlar davriy nuqtayi nazardan ikkiga bo’linadi. 1) tarixiy fonetik qonuniyatlar tillar yoki muayyan bir tilning tarixiy taraqqiyotida yuzaga kelgan tarixiy-fonologik o’zgarishlarni o’z ichiga oladi.Til tarixining tarixiy tovush o’zgarishlarini o’rganuvchi bo’limi tarixiy fonetika va fonologiya deb yuritiladi.
8
2)davriy fonetik qonuniyatlar muayyan til doirasida hozirgi davrda sodir bo’layotgan fonetik o’zgarishlarni izohlaydi.
Tarixiy-fonetik va fonologik o’zgarishlar turli murakkab jarayonlarni o’z ichiga oladi.Fonetik va fonologik o’zgarishlar natijasida tildagi fonemalar soni kamayishi yoki ko’payishi mumkin, bunda ikki hodisa ro’y beradi.
1. Ikki fonemaning yaxlit bir fonema sifatida birlashishi konvergensiya deyiladi. O’zbek tili tarixida ma’lum bo’lgan til oldi va til orqa, qisqa va cho’ziq fonemalar keyinchalik birlashib, o’rta cho’ziqlikka ega bo’lgan 6 ta unli fonemani hosil qilgan.
2. Bir fonemaning ikki mustaqil fonemaga ajralishi divergensiya deyiladi. Fonetik qonuniyatlarga tovushlarning kombinator va pozitsion o’zgarishlari ham kiradi.
Umuman, fonetik qonuniyatlarni boshqa yondosh hodisalar ta’sirida o’rganish tilshunoslik fani uchun ilmiy qiymatga ega. Godzyun sistemasi hozirgi yapon tilida 45 bo‘g‘indan iborat. Ular paralel qatorlar hamda 1 ta undosh tovush (n) bilan shakllangan. Godzyun so‘zining lug‘aviy ma’nosi “50ta tovush “ degan ma’noni beradi, lekin hozirgi yapon tilining fonetikasida ayrim tovushlar to‘liq emas ulardan 5 ta tovush yo‘q bo‘lgan. Ushbu tizimning tarixi Xeyan davridan boshlanadi. Ya’ni “Iroxa-uta” qo‘shig‘i yozilishidan sal oldin. Ushbu qo‘shiq harflar paydo bo‘lishidagi asosiy manba hisoblanadi. Xullas godzyun tizimining shakllanishi ancha asrlar oldinga borib taqaladi. Ierogliflar, katakana va xiragana harflari, latin alifbosi hozirgi yapon tilining asosiy tarkibidir. Yapon millati ajdodlaridan juda murakkab yozuv tizmini meros qilib olgan. Yozuvlarning ko‘pligi har xil sistematik belgilar bilan bajarilishi nafaqat chet elliklarni balki birinchi marta yaponiyaga tashrif buyurganlarni ham hayron qoldiradi. Yapon alifbosi kana deb nomlanadi. Bu bo‘g‘inli harflardan iborat. Ushbu alifboning yozuv shakli katagana va xiragana belgilari hamda, ikki xil variantdagi
9 lotin alifbosida yozilgan shakllardan iborat: Romadji deb nomlanadigan Xalqaro Xepbern lotini alifbosidir. Kana 11 ta qatorli jadval ko‘rinishidagi 46 ta asosiy belgilardan iborat (ayrim belgilar ishlatilmay ketilgan). Bundan tashqari 61 ta asosiy belgini anglatuvchi bo‘g‘inlardan iborat. Ushbu bo‘g‘inlar jarangli va yumshoq undoshlarning tarkibidan tashkil topgan. Quyidagi jadvalda kana alifbosi kirill alifbosida kelitirilgan. Katakana va xiragana harfiy belgilari: A KA
SA TA
NA XA
MA
YA RA VA
N I KI SI CHI
NI XI
MI
RI
U KU SU
SU NU
FU
MU YU RU O
E KE
SE TE
NE XE
ME
RE
O KO SO
TO NO
XO
MO YO RO
GA
Dza DA
NYA BA PA
GI Dzi
DI NYU BI
PI
GU
Dzu DU
NYO BU PU
GE Dze
DE
BE PE
GO
dzo DO
BO
PO
KYA SYA TYA XYA MYA
RYA
KYU SYU TYU XYU
MYU RYU
KYO SYO TYO XYO MYO
RYO
GYA Dzya Dzya BYA PYA
GYU Dzyu Dzyu Download 438.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling